Murodulla mirzaev
Vizantiya imperiyasining parchalanishi
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
Vizantiya imperiyasining parchalanishi
800-yilda Buyuk Karl G'arbiy Rim imperiyasini tiklashini e'lon qilgan. Bu Vizantiya uchun tahqirlash edi. 810-yilda Buyuk Karlning imperatorligi e'tirof etilgani - Vizantiyaning Italiyada faqat Venetsiyaga va yarim orolning janubidagi yerlarga egalik qilishini anglatar edi. Ayni paytda, Bag'dod xalifaligi o'zining Sharqdagi ta'sirini kuchaytirayotgan edi. 804-yilda arablar bilan boshlangan urush vizantiyaliklarning ikkita jiddiy mag'lubiyati bilan tugagan: 826-yilda Gretsiyaning eng yirik oroli - Krit bosib olingan va O'rta yer dengizining sharqiy chekkalari payhon qilingan. 827-yilda shimoliy afrika arablari tomonidan - Sitsiliya, 831-yilda - Palermo zabt etilgan. 867-yilda imperiya yana oyoqqa tura boshlagan. Taxtga o'tirgan Vasiliy I Makedoniyalik (867—886 y) va boshqa imperatorlar Vizantiyaning yana 150 yil yashashini ta'minlagan. Bu davrda Bolgariya, Krit, Apenninning janubi bosib olingan, Suriyaga qarshi bir necha bor muvaffaqiyatli urushlar olib borilgan. Imperiya chegaralari Yevfratdan Tigrgacha, Ioann I Simisxiy davrida, hatto Ierusalimgacha yetib borgan. 1019-yilda Bolgariya, keyinroq Armaniston va Iberiyaning bir qismi bosib olingan. Imperiya moliyaviy jihatdan kuchaygan, madaniyat gurkiragan. Biroq mamlakatning zaif nuqtalari feodal tarqoqlikda namoyon bo'la borgan. Yuqori tabaqa vakillari o'zlarini markaziy hokimiyatga qarshi qo'ya boshlagan. Vasiliy II vafotidan keyin mamlakatda tushkunlik boshlangan. Bu, ayniqsa XI asr ikkinchi yarmida Makedonskiy sulolasi tugagandan keyin yanada kuchaygan. O'sha davrdagi hozirgi Italiya XI asrda normannlar bosqini natijasida tugatilgan edi. Asosiy xavf sharqdan kutilayotgan edi. 1071-yilda Roman IV Diogen saljuqlardan Mantsikert (Malazgirt) yonida mag'lubiyatga uchragan va o'ziga kela olmagan. Keyingi o'n yilliklarda turklar butun Anado'luni egallagan. 1080-yilda Vizantiyadan ajragan mustaqil Kilikiya arman davlati tashkil topgan. 1081-yilda taxtga feodal aristokratiya vakillari - Komninlar (1081—1204 yy) sulolasi o'tirgan. Bu paytda saljuqiylar Ko'nya sultonligida edi.
Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling