Murodulla mirzaev


Tasviriy san'at, me'morchilik va madaniy aloqalar


Download 1.97 Mb.
bet41/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Tasviriy san'at, me'morchilik va madaniy aloqalar

Tasviriy san'at - mozaika, freska2 hamda ikonalar Vizantiya madaniyatining eng mashhur va betakror sohalaridir. Ibodatxona va saroylar devorlarini mozaikalar: har xil rangdagi mayda-mayda toshlar yoki rangli xira shisha parchalari - smaltalar qadab ishlangan suratlar bilan bezatish benihoya yuksak san'at darajasiga ko'tarilgan. Ushbu mozaikalar har xil qiyalikdagi xom suvoqqa qadab terilgan. Tomoshabin bino ichida yurganda bezaklarda aks etgan nur unda rang-barang chaqnab, jilvalanib ko'ringan.

Bu davrning ajoyib yodgorliklaridan biri Xori monastiri mozaika va freskalari edi (Istanbuldagi hozirgi Qahriya jome, masjidi).

Ibodatxonalarga ikonalar-payg'ambarlar, avliyo, anbiyo va farishtalar aks etgan butlar, Injildagi sahnalar tasvirlangan suratlar joylashtirilgan.

Me'morlar V-VI asrlardayoq shaharlarni rejalashtirishning yangi uslublarini yaratgan. Ushbu uslub butun o'rta asrlar me'morchiligi uchun qo'llanma bo'lgan.

Yangi ko'rinishdagi shahar markazida bosh maydon va ibodatxona joylashib, undan shaharning turli tomonlariga ko'chalar tarqagan. Xuddi shu paytdan ko'p qavatli, peshtoqli uylar, boylarning mustahkam koshonalari, saroylari paydo bo'lgan. Vizantiyada cherkov va ibodatxonalar qurilishi ham yuksak san'at darajasiga ko'tarilgan. Uning beqiyos timsoli Muqaddas Sofiya ibodatxonasidir1.

Turli ma'lumotlarga ko'ra ibodatxona Rim imperatori Konstantin I tomonidan cherkov sifatida barpo etilgan, imperator Konstantsiy uni kengaytirgan. 404-yilda birinchi marta, 415-yilda ikki bor g'alayonchilar tomonidan yondirib yuborilgan.

Yustinian I tomonidan 10 ming ishchi ishtirokida mashhur sobor shaklida 532-537 - yillarda qayta baropo etilgan bu ibodatxona gumbazining diametri 30 metrdan ortiqroq. Ibodatxona ichidagi ustunlar, uning devorlari turli rangdagi marmar va mozaikalar bilan qoplangan.

Tarix taqozosi bilan bir necha bor bu cherkov masjid sifatida o'zgartirilgan.1453-yilda Sulton Mehmet Konstantinopolni fath etgach, masjidga aylantirilgan. 1934-yilda Mustafo Kamol Ota turk uni muzeyga aylantirgan. 2020-yil 24-iyulda bu muzey yana avvalgi masjid maqomiga qaytarilgan. Oradan 86 yil o'tib amalga oshirilgan bu tadbirning boshida Turkiya Prezidenti Rejep Toyyib Erdo'g'on turgan.

Sharqiy Rim imperiyasi inqirozga qadar madaniyati yuksak mamlakat bo'lgan. Ko'plab mamlakatlar qirollari, knyazlar va yepiskoplar rassom, me'mor va zargarlarni Vizantiyadan taklif qilgan. Ilmga chanqoq yoshlar matematika, tibbiyot va Rim qonunlarini o'rganish uchun turli mamlakatlardan Konstantinopolga kelgan.

Vizantiya madaniyati qo'shni mamlakatlar madaniyatining o'sishiga salmoqli ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Bolgariya, Serbiya va Kiyev Rusi xristian dinini Vizantiyadan qabul qilgan. Ko'pgina diniy kitoblar yunon tilidan slavyan tillariga tarjima qilingan. O'rta Osiyolik buyuk allomalar Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, al-Xorazmiylar ham antik dunyo olimlari asarlari bilan Rumdan (Vizantiya shunday atalgan) keltirilgan nusxalari orqali tanishgan, o'zlarining buyuk kashfiyotlarida ulardan foydalangan.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling