Murodulla mirzaev


Download 1.97 Mb.
bet49/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Madaniyati

Saljuqiylar davlatida ilm-fan va madaniyat rivojlangan. Ayniqsa, Eron, Iroq va Movarounnahrda madaniy yuksalish yuqori bo'lgan. Nishopur, Isfahon, Basra, Hirot, Marv, Buxoro, Samarqandda madrasalar bunyod qilingan. Xususan, Bosh vazir Nizomulmulk 1067-yilda qurdirgan Bag'doddagi Nizomiya madrasasi butun jahonga mashhur bo'lgan. Nizomulmulk davlatni boshqarish asoslari haqida “Siyosatnoma” asarini yaratgan. Munajjim va riyoziyotchi olim Umar Xayyom loyihasiga ko'ra Isfahonda rasadxona kurilgan. U Malikshoh topshirig'iga ko'ra, rasadxonada kuzatuv ishlarini olib borgan va sosoniylarning shamsiy taqvimini isloh etib, 1079-yilda Yangi taqvim ("Malikshoh taqvimi" yoxud "Jalol erasi") ni tuzgan. Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Sa'diy Sheroziy, Umar Xayyom fors she'riyatining so'nmas durdonalarini yaratgan. Muhammad G'azzoliy, Farididdin Attor, Xoja Yusuf Hamadoniy kabi islom ulamolari va so'fiylar ijod kilgan.

Bu davrda Nishopur, Marv, Isfahon, Ray, Hamadon kabi poytaxt shaharlar, shuningdek Buxoro, Samarqand, Termizda ko'plab me'moriy yodgorliklar qurilgan. Marv gullab yashnagan, “Marvi Shohijahon” – “Shaharlar shohi” deb ulug'langan. Tarixchi va sayyoh Yoqut Hamaviy Marvda bo'lganida, bu yerda 10 ta yirik kutubxona borligini ko'rgan va ulardan foydalangan. Termiz yaqinidagi Payg'ambar orolda Zulkifl majmuasi (XI-XII asrlar), Sulton Saodat me'moriy majmui (XI-XYIII asrlar), Jarqo'rg'on minorasi (1109-yil), Marvda Sulton Sanjar maqbarasi (XII asr) va boshqa me'moriy obidalar qurilgan. Saljuqiylarning Ko'nya sultonligida ham madaniyat taraqqiy etgan.

Kichik Osiyoning islomlashish jarayoni kuchayib, tasavvufning mavlaviylik, bektoshiya kabi tariqatlari shakllangan, axiylik (javonmardlik) va qalandarlik kuchaygan. Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro (1240—1320), Xoja Bektosh Vali (1248—1338), Sadriddin Ko'nyoviy, Shahobiddin Suhravardiy singari mashhur mutasavvuflar yetishib chiqqan. Ko'nya (Ikoniy), Sivas, Qaysari, Nikeya shaharlari yirik madaniy markazlar hisoblangan. Bu paytda “O'g'uznoma” dostonining yozma varianti shakllangan, latifa Xo'ja Nasriddin (Afandi) obrazi (Turkiston va Anadoluda) yaratilgan.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling