Murodulla mirzaev


Download 1.97 Mb.
bet48/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Iqtisodiy hayot

Saljuqiylar davri iqtisodiy munosabatlarida o'z davri uchun katta ahamiyat kasb etgan dehqonchilik alohida o'rin tutgan. Sun'iy sug'orish tizimlari kengayib borgan. Suv to'g'onlarini ta'mirlash, yangilarini qurish, yer osti va yer usti suv inshootlarini barpo etish, dehqonchilikning ilg'or usullaridan foydalanish, sun'iy suv havzalarini yaratish kabi tadbirlar o'sha zamon dehqonchiligi taraqqiyotidagi asosiy omillardan hisoblangan. G'alla, bog'dorchilik, poliz, sabzavot, paxta, pilla sohalari rivojlangan. Xorazm qovunlari, Jurjon (Gurgon) xurmolari, shakarqamish, limon, Niso uzumlari, behilari, baqlajonlari, Marv bug'doyi nafaqat mintaqada, balki undan tashqarida ham shuhrat qozongan.

Dehqonchilik sohasining rivoji hunarmandchilik taraqqiyoti uchun tegishli asos yaratib bergan. Saljuqiylar davri ham bundan mustasno emas. Yozma manbalar, arxeologik izlanishlar natijalari ma'lumotlariga qaraganda, to'qimachilik (ip gazlama, ipak, zig'ir poya tolasidan tayyorlangan matolar ishlab chiqarish), kulolchilik (kosa, xum, ko'za, piyola va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish), gilamchilik, zargarlik, oynasozlik, temirchilik, ko'n-chilik kabi qator sohalar ham ichki, ham tashqi talab va ehtiyojlarni qondirish yo'lida taraqqiy etib borgan.

Savdo-sotiqning rivojlanishida ishlab chiqarish (dehqonchilik, hunarmandchilik) bilan bir qatorda ulkan iqtisodiy-savdo makonining mavjudligi ham muhim o'rin tutgan. Shaharlarda bozorlar ahvolini yaxshilash, tartib o'rnatish, karvon yo'llari xavfsizligini ta'minlash, ma'lum masofalarda rabotlar, to'xtash joylari bino etish, pul muomalasini nazorat kilish kabi qator muhim tadbirlar doimiy amalga oshirib kelingan. Natijada, mintaqaning O'rta va Yaqin Sharq, Sharqiy Yevropa, Hindiston, Xitoy kabi mamlakat va o'lkalar bilan savdo aloqalari gurkirab borgan. 1087-yilda Sulton Malikshoh Sharq va G'arb yo'nalishlariaro savdoni yanada jonlantirish niyatida Xuroson va Iroq savdogarlarini ba'zi bir savdo to'lovlaridan ozod etgan. Savdo-sotiqda quruqlikdan tashqari Kaspiy dengizi imkoniyatidan oqilona foydalanilgani ma'lum. Kaspiy dengizi orqali Turkistonga neftь mahsulotlari keltirilgan. Sirdaryo quyi oqimi, o'ng qirg'og'i yerlaridan chiqadigan mushk, oltin, kumush, simoblar nafaqat tashqi bozorda, balki mintaqaning o'zida ham qadrlangan.

Mintaqa bozorlarida qimmatbaho mo'yna, qorako'l terisi, tuzlangan baliq, morj qoziq tishidan tortib quruq meva, nafis matolar, qimmatbaho toshlar, taqinchoqlargacha topish mumkin bo'lgan.

Yuqori darajadagi pul birligi o'rnida sof oltindan zarb etilgan dinor (qizil dinor) qabul qilingan. Tarkibida oltindan tashqari qo'shimcha metall aralashmasi bo'lgan va mahalliy ahamiyat kasb etgan dinor ham bo'lib, rukniy deyilgan. Shuningdek, muomalada mis dirhamlar ham bo'lib, ular asosan ichki bozorga mo'ljallangan. Saljuqiylar davrida ham chek, akkreditiv, veksel turidagi naqd pulsiz muomala qilish tizimi ham amal qilgan.

Saljuqiylar davlatida ayniqsa, Buyuk saljuqiylardan To'g'rulbek, Alp Arslon, Malikshoh, Sanjar davrlarida iqtisodiy va madaniy hayotda katta yuksalish yuz bergan. Buyuk ipak yo'li ulkan saltanatning markaziy shaharlari orqali o'tgan.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling