Murodulla mirzaev
Karaman o'g'illari bekligi
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
Karaman o'g'illari bekligi
Dastlabki bekliklarning aksariyati asosan: - o'zga dinga e'tiqod qilgan mahalliy hukmdorlardan tortib olingan yerlarda shakllana boshlagan. Bular Karaman, Menteshe, Choban bekliklaridir; - boshqa amirliklar Saljuqiy va mo'g'ul hukmdorlari tomonidan ularning boshliqlariga tuhfa qilingan joylarda shakllangan. Keyinchalik, siyosiy vaziyatdan kelib chiqib mahalliy amirlar o'zlari qaram bo'lgan hukmdorlar bilan aloqalarni uzgan va mustaqil davlatga aylangan. Ana shu shaklda Ashraf (1284-1326 yy), Germiyon va Hamid (1301-1391 yy) bekliklari tashkil topgan. Ular haqida ma'lumot yetarli emas. Karaman, Menteshe, Germiyon bekliklari tarixi Turkiya tarixining keyingi taqdiriga jiddiy ta'sir o'tkazgani uchun boshqalardan ko'ra yaxshiroq ma'lum. Karaman bekligi Tavr tog'i etaklarida Kilikiya Armanistonining shimoliy va g'arbiy taraflarida yuzaga kelgan. 1256-1483 – yillarda hukm surgan. XIII asr yilnomachisi Smbat Sparapet bu beklikning ilk tarixi haqida qiziq ma'lumot qoldirgan. 1263-yil voqealari haqida yozar ekan u shunday deydi: “Ko'chmanchi Ismoil (ya'ni, mumsulmon) urug'iga mansub Xaraman degan bittasi paydo bo'ldi. Uning qabilasidagi barcha birlashdi. U o'zini sulton deb atashlarini talab qildi. U shu qadar kuchli edi-ki, Saljuqiy Rum sultoni Rukniddin (Qilich Arslon IV) ham unga e'tiroz bildirishga jur'at eta olmadi. Xaraman ko'p viloyatlarni qal'alari bilan birga o'z qo'li ostida birlashtirdi va Kilikiyaning shimoli va g'arbidagi yerlar – Ko'nya viloyatining katta hududini tarkibiga qo'shib oldi, Tavr tog'ining markaziy qismini egalladi, Isavriy hamda Salavkiyga ta'sir o'tkaza boshladi, aholisini qul qildi. U ikki marta podsho chegaralarni qo'riqlab turgan Getum (Xetum I, Kilikiya Armanistoni podshosi) qo'shinlarini tor-mor keltirdi”. Baxritlar sulolasidan bo'lgan Misr va Suriya mamluklari sultoni (1260-1277 yy) Az-Zohir Beybars al-Bundukdoriy I bilan yaqin aloqada bo'lgan Xaramanning o'g'li Mexmed yanada dovrug' qozongan. U o'zini Ko'nya sultoni Kay Kovus II ning o'g'li deb tanishtirgan, sulton taxtiga da'vogar bo'lgan Jimri boshchiligidagi qo'zg'olonni qo'llab-quvvatlagan. Qo'zg'olon Xulaguiylarga qarshi ko'tarilgan. U shundan e'tiboran Ko'nyaning amaldagi sultoni bo'lishga erishgan edi. Devonxona hujjatlarining fors tilidan turk tiliga o'tkazilishi ham Mexmed Karamano'g'li nomi bilan bog'liq. Mo'g'ul bosqinchilari bir necha bor Karamano'g'li yerlariga hujum uyushtirgan. Qattiq mag'lubiyatga uchragan bo'lishiga qaramasdan, beklik yashashda davom etgan. Mexmed Bek vorislari davrida beklik yanada kengaygan. Karaman bekligi amirlari 1308-yilda Ko'nyani egallab, ochiq-oydin o'zlarini Saljuqiylar davlati vorisi degan da'vo bilan chiqqan. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling