Murodulla mirzaev
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- YIII Mavzu. XYI-XYIII ASRLARDA USMONIYLAR IMPERIYaSI
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Ertug'rul va uning hokimiyatga kelishi haqida ma'lumot bering. 2. Kichik Osiyo hududida dastlabki bekliklarning vujudga kelishi va ularning asosiylari haqida ma'lumot bering. 3. Usmon Dindor o'rtasidagi ziddiyatning asosiy sabablari nimada edi? 4. Usmon I haqida nimalar bilasiz?
Salim I Boyazid II ning o'g'li bo'lgan. Uning ikki akasi bo'lgan. Korkut – Antaliyani, Axmet – Amasiyani boshqargan. Salim I ning o'zi Trabzonda hokim edi. Sultonlik an'analariga ko'ra, hukmdor vafotidan keyin birinchi bo'lib Istanbulga yetib kelgan merosxo'r taxtga da'vogarlik qilish huquqiga ega bo'lgan. Axmet bu imkoniyatga ko'proq ega edi. Chunki, u boshchilik qilgan sanjak Istanbulga eng yaqini bo'lgan. Aka-ukalar o'rtasidagi taxt uchun kurash avj olgan. 1511-yilda Salim I otasi sulton Boyazid II vafotini kutmasdanoq, Istanbulga qo'shin tortgan, ammo yengilgan va jon saqlash uchun Qrim xonligiga qochib ketgan. Qrim xoni Mengli-Gireyning qo'llab-quvvatlashiga ishonib, u bilan kelishib turgan bir paytda, Axmetning taxt uchun kurashda hech narsadan qaytmasligidan qo'rqqan sulton Boyazid II 1512-yil 25-aprelda kutilmaganda kamdan-kam uchraydigan qaror olgan – u o'g'li Salim I foydasiga taxtdan voz kechgan. Bunday qarorni yanicharlarning unga nisbatan o'tkazgan tazyiqi ostida olinganligi haqidagi taxminlar ham bor. Shu tariqa Qrimga qochib ketgan taxt vorisi Salim I Istanbulga sulton sifatida kirib kelgan. Salim I buyuk saltanat sultoni sifatidagi faoliyatini Eron, Iroq, Afg'oniston va O'rta Osiyoga egalik qilgan qudratli fors shohi – Ismoilga qarshi qarata boshlagan. 1513-yilda Salim I Anatoliya aholisining 4/5 qismini tashkil etgan shialarga qarshi qatliom o'tkazib, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan 40-45 ming odamni o'ldirganligi aytiladi. 1514-yilning may oyida Salim I Ismoiliylarga qarshi yurish boshlagan. Shu yili 23-avgustda Chaldiron jangida yuz mingdan oshiq qo'shinga ega Salim I shoh Ismoilning 50-60 ming kishilik qo'shinini tor-mor keltirgan va juda katta hududni qo'lga kiritgan. Biroq Salim I ketgach, shoh Ismoil janubi-sharqiy Anado'luning katta hududini qaytarib olgan. 1516-yil 24-avgustda Usmoniylar va mamlyuklar1 o'rtasida jang bo'lib o'tgan. O'sha davrning dahshatli quroli hisoblangan artilleriya o'q otar quroli jang taqdirini hal qilgan, Salim I g'alaba qozongan. 29-avgustda Salim I Makka va Madinaga kirib borgan, shu paytgacha Misrga qaragan bu ikki shahar Salim I ta'siriga o'tgan. U “Ikki muqaddas shahar xizmatkori” unvoniga ega bo'lgan. So'ngra Suriya jangsiz qo'lga kiritilgan, Damashqqa kirib borgan, G'azo shahrini qo'lga kiritib, Falastinni egallagan. 1517-yilda Qohira qo'lga kiritilgach, Misr Usmoniylar ixtiyoriga o'tgan. Shu yili aprelda Madina va Makka kalitlari Salim I ga topshirilgan. Hozirgi Saudiya Arabistonining bir qismi hisoblangan butun Hijoz Usmoniylar saltanati tasarrufiga o'tgan, 1519-1916 – yillar davomida shu saltanat tarkibida bo'lgan. Bu davrda Venetsiya2 Kipr uchun oldin Misrga to'lab turgan o'lponini Salim I ga to'lay boshlagan. Shu tariqa Salim I to'rt yil ichida Usmoniylar imperiyasi hududini ikki baravraga - 70 % ga kengaytirib, sultonlik hududini 1,5 mln kv²ga yetkazgan. 1518-1519 – yillarda Suriya va Anado'luda ko'tarilgan diniy isyonlarni e'tiborga olmaganda, Yaqin Sharqda sulton va ayni paytda xalif Salim I ga teng keladigan kuch bo'lmagan. Bu g'alayonlar osonlikcha bostirilgan. Jasur va Yovuz nomi bilan shuhrat taratgan Salim I ma'lumotlarga ko'ra og'ir yuqumli kasallik hisoblangan sibir yazvasidan, ba'zi ma'lumotlarda saraton kasalligidan, ba'zilarida ovqatdan zaharlanish oqibatida ham deyiladi - 54 yoshida vafot etgan. Usmoniylar tarixida muhtasham sulton nomi bilan ma'lum va mashhur, Salim I ning ikkinchi xotini Qrim xoni Mengli I Gireyning qizi Xafsa-sultonning o'g'li Sulaymon taxtga o'tirgan. Birinchi xotini Oysha xotindan tug'ilgan uch o'g'il qatl etilgan. Sulton Salim I ning jami to'rt o'g'li va o'n nafar qizi bo'lgan, Sulaymon - to'rtinchi o'g'il.
Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling