Murodulla mirzaev


Usmoniylarning jahon imperiyasiga aylanishi


Download 1.97 Mb.
bet58/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Usmoniylarning jahon imperiyasiga aylanishi

Sulton Sulaymon muhtasham 1494-1566 – yillarda yashagan, 1520-yildan 10-sulton va 1538-yildan boshlab 89-xalif sifatida Usmoniylar saltanatini 46 yil davomida muvaffaqiyat bilan boshqargan. Usmoniy sultonlarning buyugi sanalgan Sulaymon I davrida saltanat o'z taraqqiyotining eng yuqori cho'qqisiga yetgan. Islom olamida Qonuniy nomi bilan mashhur Sulaymonni Yevropa muhtasham sulton sifatida e'tirof etgan.

Sulaymon I taxtga o'tirishi bilan hukmdor sifatida o'z faoliyatini otasi Salim I tomonidan tutqunlikda ushlab turilgan nufuzli oilalarga mansub bir necha yuz misrlik asirlarni ozodlikka chiqarishdan boshlagan. Yevropaliklar uning bu rahm-shafqatidan quvonchlari cheksiz edi. Biroq Sulaymon I bosqinchilik yurishlarini otasidan ham ko'proq yaxshi ko'rishini hali ular bilmas edi. Dastlab Sulaymon I venetsiyaliklar bilan munosabati yaxshi bo'lgan. Shu sabab Venetsiya Sulaymon I ning Vengriya va Rodosga qarshi urushga tayyorgarlik ko'rayotganidan tashvishga tushmagan.

Sulaymon I Vengriya va Chexiya qiroli Layosh (Lyudovik) II ga xiroj to'lash talabi bilan o'z elchisini yuborgan. Qirol yosh bo'lgani sabab, atrofidagi ayonlar bu taklifni rad etgan va bu bilan qirolni og'ir vaziyatga tushirib qo'ygan. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra qirolni o'ldirgan. Bu Sulaymon I uchun urush boshlashga asos bo'lgan.

1521-yilda Sulaymon I qo'shinlari Dunaydagi kuchli istehkom bo'lgan Shabats qal'asini qo'lga kiritgan, Belgradni qamal qilgan. Qanchalik qarshilik ko'rsatmasin, qal'a himoyachilari garnizoni 400 kishi qolganida taslim bo'lishga majbur bo'lgan.

1522-yilda Sulaymon I Rodosga katta miqdordagi qo'shin tashlagan. Ritsarlar beshigi bo'lgan bu shahar ham shu yil 25-dekabrda taslim bo'lgan. Usmoniylar katta talofot bergan bo'lishlariga qaramay, Rodos va yaqin atrofdagi orollar sultonlik ixtiyoriga o'tgan.

1524-yilda Jiddadan qaytgan Usmoniylar floti Qizil dengizda portugaliyaliklarni tor-mor keltirgan va bu bilan dengizni yevropaliklardan tozalagan. 1525-yilda olti yil avval Usmoniylarning vassaliga aylangan Xayriddin Barbaross floti Jazoirda mustahkam o'rnashib olgan. Ana shu davrdan boshlab bu flot Sulaymon I ning dengiz urushlaridagi yetakchi qo'shiniga aylanadi.

1526-yilda Sulaymon I yuz ming kishilik qo'shinini Vengriyaga yuborgan. 1526-yil 29-avgustda sodir bo'lgan Moxach jangida Layosh II qo'shini usmoniylar tomonidan yakson qilingan. Qirol Layosh II qochayotib, botqoqlikka botib ketgan. Vengriya tor-mor qilingach, o'n minglab aholi qullikka olib ketilgan.

1527-1528 – yillarda Usmoniylar Bosniya, Gertsegovina va Slavoniyani taslim qilgan. 1528-yilda Transilьvaniya hukmdori, Vengriya taxti da'vogari Yanosh I Zapolьyai Sulaymon I ga vassalligini ma'lum qilgan. Uni himoya qilish niqobi ostida Sulaymon I 1529-yil avgustda Vengriya poytaxti Budu shahrini qo'lga kiritgan. Shahardan avstriyaliklar haydalgan, shu yil sentyabr oyida 120 ming kishilik qo'shin bilan Avstriya poytaxti Vena qamal qilingan. Keyin Sulaymon I Bavariyaga qo'shin tortgan. Mustahkam himoya, epidemiya va oziq-ovqatning yetishmasligi Sulaymon I ni qamalni to'xtatib, Bolqonlarga chekinishga majbur qilgan.

1532-1533 – yillardagi Usmoniylar va avstriyaliklar o'rtasidagi yangi urush ham Sulaymon I uchun muvaffaqiyatsiz tugagan. Venani ololmagan, faqat Kyoseg chegara qal'asini olgan, xolos. Ikki o'rtada imzolangan bitimga ko'ra Avstriya Usmoniylarning Sharqiy va Markaziy Vengriya ustidan hukmronligini tan olgan va yiliga 30 ming dukat miqdorida xiroj to'lash majburiyatini olgan. Sulaymon I bundan keyin Venaga yurish qilmagan. Avstriyaga qarshi urush Sulaymon I uchun ko'zlangan natijani bermagan bo'lsa-da, uning xristianlar Yevropasining kuchli ittifoqchi davlatlariga qarshi olib borgan yurishlari muvaffaqiyatli yakunlangan.

1533-yilda Sulaymon I shox Taxmasp I hukmronligidagi Safaviylar davlatiga qarshi yurish qilgan. Bu paytda Safaviylar o'zlariga qarashli hududlarni bosib olgan Buxoro amirligiga qarshi qo'shin tortgan bo'lib, Sulaymon I bun fursatdan foydalangan edi. Sulaymon I Eron Ozarbayjoniga bostirib kirib, Safaviylar poytaxti Tabrizni egallagan. 1534-yilning sentyabrida Sulaymon I qo'shinlari bu yerda buyuk vazir Ibrohim-pasha Pargali qo'shinlari bilan birlashgan. Oktyabrda Bag'dodga qarab yuradi 1534-yil noyabrda bu shaharga kirib boradi. Basra, Xuziston, Luriston, Baxrayn kabi bir qator amirliklar Sulaymon I nazoratiga o'tgan.

1533-yilda Xayriddin Barbaross Usmoniylar floti qo'mondoni - kapudan-pasha etib tayinlanadi. U 1534-yilda Tunisni zabt etgan. Biroq 1535-yilda Tunis ispanlar tomonidan ishg'ol qilingan. Bunga qarshi Sulaymon I 1536-yilda Ispaniya qiroli Karl V ga qarshi Italiya ustidan hukmronlik o'rnatish uchun ko'p yillardan buyon kurash olib borayotgan Frantsiya qiroli Frantsisk I Valua bilan xufyona kelishuvga erishadi. 1537-yilda Xayriddin Barbaross Korfa orolini qo'lga olib, Apuliya qirg'oqlari va Neapolga tahdid soladi.

1538-yilda Venetsiya ispanlar bilan ittifoqqa kirib, Usmoniylarga hujum qilgan. Xayriddin Barbaross Venetsiyaga qarashli Egey dengizi orollarini yakson qiladi, Zante, Egin, Cherigo, Andros, Paros va Naksosni zabt etadi.

1538-yilda Usmoniylar Janubiy Arabiston va Hindistonga dengiz yurishi uyushtirgan. Dengiz jangida ololmagan bo'lsa-da, quruqlikda Usmoniylar so'zsiz g'alabaga erishgan va bu hududdagi yevropaliklarga qarshi kuchli zarba bergan. Hind musulmonlari Usmoniylarga yordam bergan.

1540-1547 – yillarda Sulaymon I Avstriyaga qarshi urush boshlagan. Budu, Vengriyaning eski poytaxti Estergom va boshqa qator shaharlar qo'lga kiritilgan (1544 y). Adrianopolь tinchlik shartnomasiga ko'ra 1547-yil 19-iyundan boshlab Avstriya Usmoniylarga o'lpon to'lab turgan, Transilьvaniya Valaxiya va Usmoniylar imperiyasining vassali bo'lib qolgan. 1548-1555 – yillarda Tabriz, Isfaxon, Yerevan, Naxichevan, Iroq va janubi-sharqiy Anatoliya, G'arbiy Gruziya Usmoniylar imperiyasi tarkibiga qo'shib olingan.

Sulaymon I davrida Usmoniylar va Rossiya munosabatlari keskin bo'lgan. Chunki, Qrim xonligi bilan Moskva knyazligi o'rtasida kelishmovchilik munosabatlari mavjud edi. 1551-1562 va 1566-1568 – yillarda Sulaymon I hududini kengaytirish uchun bir necha davlatga hujum uyushtirgan. Biroq 1566-yil 6-sentyabr kuni vafot etgan.

Sulayman I ajoyib harbiy tashkilotchi va omilkor rahbar bo'lgan. O'z dushmanlariga nisbatan xatti-harakatlarida hech qachon qo'pollik va shafqatsizlik qilmagan. U adolatli va qat'iy qarorlar qabul qilguvchi, hurfikrli inson bo'lgan. Rag'batga munosib odamlarga nisbatan hamdardlik va oliyjanoblik ko'rsata olar, lekin zarur hollarda jazo choralari qo'llashda ham g'oyat qattiqqo'llik qila bilardi.

Mardona jang qilgan zobitlar hamda jangchilarga yer berib, eng muhim lavozimlarga ko'tarardi. Ulardan faqat harbiy harakatlar paytida sultonga madadkor bo'lishni hamda imperiya uchun jang qilish lozimligini piyoda va otliq askarlarga singdiring, deb talab qilgan.

Sulaymon I ham san'at va hunarmandchilikning saxiy homiysi bo'lib, masjidlar, madrasa, maktab, kasalxona, ko'priklar va boshqa foydali inshootlar bunyod ettirgan. Huquqshunoslikni isloh qilib, tarixda qonunshunos sifatida nom qoldirgan.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling