Murodulla mirzaev


Usmoniylar imperiyasi inqirozi


Download 1.97 Mb.
bet61/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Usmoniylar imperiyasi inqirozi

Bir necha sultonning davlat mavqei va nufuzini ko'tarishga qilgan urinishlariga qaramay, XYII – XYIII asrlar XYI asrga nisbatan tushkunligi bilan farq qiladi.

1571-yil 7-oktyabrda Usmoniylar floti Lepanto (Gretsiya) yaqinidagi dengiz jangida ispan-venetsiya birlashgan flotidan qaqshatqich mag'lubiyatga uchragan. Bu jang dunyo tarixida eng yirik dengiz janglaridan biri hisoblanadi. Mag'lubiyat oqibatida Usmoniylar imperiyasining O'rta yer dengizidagi yuz yillik hukmronligiga yakun yasalgan. Ittifoqchilarning kuchli qurollangan 208 ta kemasi Usmoniylarning 230 harbiy kemasini deyarli to'liq yo'q qilgan. Usmoniylarning XYI asr oxirida Vengriyada Gabsburglardan, XYII asr boshlarida Ozarbayjon va Gruziyada forslardan uchragan mag'lubiyati, Anatoliya va Suriyadagi qo'zg'alonlar davlatning kuchsizlanganidan darak berar edi. Inqirozga shuningdek, moliyaviy qiyinchiliklar va Anatoliyadagi dehqonlar qo'zg'olonlari ham sabab bo'lgan.

Agar XYII asr boshlarida Ahmad I (1603-1617 yy) bobolari yo'qotgan barqarorlikka erishishga bir muncha muyassar bo'lgan bo'lsa-da, o'g'li Usmon II ning taqdiri (1618-1622 yy) umuman fojiali yakunlangan: 1622-yilda sulola tarixida birinchi marta sulton taxtdan tushirilib, o'ldirilgan. Uning vorisi Murod IY (1623-1627 yy) podsho hokimiyatini qayta tiklagan, qo'zg'olonlarni bostirgan va imperiyadagi holatni to'g'rilagan. Lekin undan so'ng tartibsizliklar yana boshlangan. 1683-yil Venadagi mag'lubiyat, Rossiyaning Ukraina va Qrimdagi muvafaqqiyatlari va Usmoniylar tomonidan birinchi marta tuzilgan samarasiz shartnoma davlat mavqeini tushirib yuborgan.

XYIII asr Usmoniylar imperiyasi uchun xos uch jihat bor. Ular quyidagilar:

- tashqi muammolar. Usmoniylar imperiyasi qo'shni davlatlar hisoblangan Rossiya, Avstriya va Eron bilan doimiy urush holatida bo'lgan. Bu muammolar Usmoniylarning hududiy yo'qotishlariga va ular nufuzining tushishiga olib kelgan;

- G'arb bilan aloqalar o'rnatila boshlagan. G'arb davlatlarining rivojlanish sabablarini va texnika tarqqiyotini o'rganish uchun Usmoniylar 1719-1723 - yillarda Yevropaning ko'plab davlatlariga o'z elchilarini yubora boshlagan. Masalan, Vena, Parij, Moskva, Varshava va b.;

- askariy islohotlar. Urushlardagi qiyinchilik va mag'lubiyatlar davlatning ichki holatiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatgan. Bular davlatning asosiy tuzilmalarida, avvalo armiya va flotda islohotlar o'tkazish zaruratini tug'dirgan. Chunki, qo'shin ketma-ket jiddiy mag'lubiyatga uchragan.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling