Ko'prulyu islohotlari
Yangi bosqinchilik yurishlari uchun mablag' topish maqsadida buyuk vazir Mahmed Ko'prulyu (1656 –1661 yy) asosiy e'tiborni sipohiylar qo'shinining ilgarigi imkoniyatlarini qayta tiklashga qaratgan. Chunki, bu ish harbiy xarajatlarni bir necha barobar qisqartirishi mumkin edi. Mahmed Ko'prulyu va uning vorislari – Fozil Ahmet Ko'prulyu va Qora Mustafo Ko'prulyu tomonidan ko'rilgan chora-tadbirlar natrijasida feodal ko'ngillilar safi ko'paygan.
Kyoprulyu turk qo'shinlarining jangovor qudratini oshirishga, Kichik Osiyo va Suriyadagi feodallarni bo'ysundirishga va markaziy hokimiyatni mustahkamlashga muvaffaq bo'lgan. Biroq Ko'prulyu islohotlari oldingi harbiy-feodal tizimni to'la tiklay olmagan.
Kyoprulyu islohotlarini ikki tomoni ham uchli bo'lgan tayoqqa o'xshatish mumkin. Bir tomondan, bu islohotlar bir necha yillar davomida harbiy muvaffaqiyatlarni ta'minlagan, ikkinchi tomondan, sipohiylik tizimining so'nggi zaxiralarigacha safarbar qilib bo'lgan.
Usmoniylarning yangi g'alabalari feodal ekspluatatsiyaning kuchaytirilishi, dehqonlarning ommaviy kambag'allashuvi hisobiga amalga oshgan. Oqibatda, Ko'prulyu islohotlari sipohiylik tizimining to'la barbod bo'lishiga olib kelgan. 1683-yili Usmoniylarning Venadagi mag'lubiyati imperiya harbiy va siyosiy qudratining qaytmasligini aniq ko'rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |