Murodulla mirzaev


Islom dinining tarixiy taraqqiyotga ta'siri


Download 1.97 Mb.
bet60/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Islom dinining tarixiy taraqqiyotga ta'siri

Har qanday tarixiy voqeaga nisbatan bo'lgani singari islom diniga ham ijtimoiy va madaniy hodisa sifatida qarash lozim. Paydo bo'lish jarayonida va rivojlanishining dastlabki yillarida islomning tarixiy taraqqiyotga ta'siri progressiv bo'lgan. Birinchidan, u, arab qabilalarining ilgarigi majusiylik dinlarini yagona monoteistik din bilan almashtirdi va bu bilan arablarning xalq bo'lib shakllanishi uchun imkoniyat yaratdi. Ikkinchidan, arablar, arab tili va madaniyatining Arabiston yarim oroli chegaralaridan chiqib, keng tarqalishi hamda o'rta asrlar yirik davlati – Arab xalifaligining tashkil topishi uchun juda katta rag'batlantiruvchi kuch bo'lgan. Madaniyat rivoji nuqtai nazaridan islom bir etnik va diniy makonga – arab-islom jamiyatiga turli mamlakatlar – Shimoliy Afrika va Sharqiy O'rta yer dengizi bo'yidagi Vizantiya provintsiyalari, Eron, O'rta Osiyo davlatlari, Hindiston, hatto, G'arbiy Yevropa davlatlarida (masalan, Ispaniya) o'sha paytda ma'lum bo'lgan barcha madaniy va ilmiy yutuqlarni mujassamlashtirgan.

Din va siyosatning yaxlitlik tamoyili azaldan islomning hokimiyat to'g'risidagi kontseptsiyasiga xos bo'lgan. Shu jihatdan islom boshqa dinlardan keskin farq qiladi. Masalan, xristian mamlakatlarida davlat hokimiyati hech qachon cherkov tashkilotlari bilan qo'shilib ketmagan. Rim imperiyasida dastlab yangi dinga qarshi qattiq kurash olib borilgan va faqat IY asrdagina xristianlik rasmiy dinga aylangan. Ammo shunda ham davlat va cherkov o'zlarining alohida hokimiyat tizimlariga ega bo'lgan hamda ular tepasida imperator va bosh ruhoniy turgan.

Keyinchalik ham Yevropada bu ikki tizim faqat alohida-alohida mavjud bo'lmasdan, ba'zi hollarda bir-biriga muxolifatda ham bo'lgan: Frantsiyada kardinallar va qirollar, Rossiyada podsholar va patriarxlar. Umumiy “xristiancha” qoidadan kichkinagina teokratik1 katolik davlati Vatikan istisno xolos. Bu yerda Rim papasi ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatning boshlig'i hisoblanadi.

Arab xalifaligida, Usmoniylar imperiyasida, boshqa musulmon davlatlarida butunlay boshqacha holat bo'lgan. Islom bu yerda faqat din emasdi. U musulmonlar hayotiga to'liq kirib borgan, inson faoliyatining mafkuraviy, huquqiy-siyosiy, ma'muriy, qidiruv-jazo, harbiy, sud va maishiy sohalarini to'liq qamrab olgan edi.

Qonunchilik, sud va jazo tizimi, armiya, maktab – bularning hammasi islom tamoyillari asosida faoliyat yuritgan. Islomda xalifalik ko'rinishidagi davlat to'liq diniy tamoyillar asosida shakllantirilgan. Shuning uchun islom dini jamiyat va shaxs hayotining hamma jabhalarini qamrab olgan omma diniga aylangan.

O'rganilayotgan davrga kelib islom olamida fan o'z imtiyozlarini yo'qotishdan qo'rqadigan ruhoniylar tomonidan siqib qo'yilgan edi. Dunyoviy ta'lim mavjud emasdi. Aholining ko'pchiligi keng ma'nodagi dunyoviy bilim va savodga ega emas edi.

1500-yilda Yevropaning o'n ikki mamlakatida yirik bosmaxonalar mavjud bo'lib, ularda qirq ming nomdagi kitoblar chop qilingan bo'lsa, musulmon xalqlarida, masalan, Usmoniylar imperiyasida bosmaxonalar shundaygina imperiya bo'sag'asida bo'lishiga qaramasdan, kitob chop etish hali yo'lga qo'yilmagan edi. Masalan, Vengriyada birinchi bosmaxona 1473-yili usmoniylar bosqinidan oldin, Chernogoriyada esa 1493-yilda ochilgan edi. Ajablanarlisi shuki, imperiya hududining o'zida birinchi bosmaxona 1494-yilda yahudiy-espanollarda paydo bo'lgan. Istambuldagi armanlarda bosmaxona - 1562, greklarda – 1627-yilda paydo bo'lgan. Faqat 1729-yili birinchi musulmon kitob – arabcha-turkcha lug'at chop etilgan. Iogann Gutenberg tomonidan 1445-yili kashf etilgan kitob chop qilish musulmon olamida qariyb 300 yildan keyin o'zlashtirilgan.

Shunday qilib, islom musulmonlar hayoti va faoliyatining barcha sohalariga kirib borgan, musulmon jamiyatining barcha institutlarini qamrab olgan edi. Yangi davrda G'arbiy Yevropa mamlakatlarida shakllangan yangicha dunyoqarash, demokratik g'oyalar, inson tadbirkorligi va tashabbuskorligiga ochilgan keng imkoniyatlarning islom mamlakatlarida qaror topishi uzoq va og'ir jarayon bo'lgan. Ba'zi mamlakatlarda bu jarayon hamon davom etmoqda.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling