Murtazayeva sadoqat


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/35
Sana23.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1392220
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari

 
№ 
 
Kelishikning nomi 
 
 
Qo„shimchasi 
 
Misol 

Bosh kelishik 
-0 
Kitob, yaxshi, o„n, men, borish

Qaratqich kelishigi 
-ning 
Kitobning, yaxshining,
o„nning, mening, borishning 

Tushum kelishigi 
-ni 
Kitobni, yaxshini, o„nni,
meni, borishni 

Jo‗nalish kelishigi 
-ga 
Kitobga, yaxshiga, o„nga,
menga, borishga 

O‗rin-payt kelishigi 
-da 
Kitobda, 
yaxshida, 
o„nda, 
menda, borishda 

Chiqishi kelishigi 
-dan 
Kitobdan, yaxshidan, o„ndan, 
mendan, borishdan 
Grammatik ma‘no har doim ham quyi ma‘noga nisbatan olinadi. Masalan, 
kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosi quyidagi kelishikning ma‘nosiga 
nisbatan olinsa, har bir kelishikning umumiy grammatik ma‘nosi undan quyidagi bu 
kelishik umumiy grammatik ma‘nosining «parchasi»ga nisbatan olinadi. Chunki ota 
farzandiga nisbatan ota, otasiga nisbatan farzand bo‗lganligi kabi kelishik 
kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosi haqida gap ketayotganda har bir 
kelishikning ma‘nosiga nisbatan umumiy grammatik ma‘no termini qo‗llanilmaydi. 
Kategoriya va shakl ma‘nosi hamda uning xususiy ko‗rinishi haqida bahs ketganda, 
uni qanday baholash muammosi ham bor. Bunda dialektikaning umumiylik-
maxsuslik-alohidalik kategoriyasiga metodologiya sifatida tayanish lozim bo‗ladi. 


13 
Tilshunoslikda grammatik ma‘noga nisbatan bu umumiy grammatik ma‘no - oraliq 
grammatik ma‘no – xususiy grammatik ma‘no tarzida tatbiq etilgan. Misol sifatida 
tushum kelishigi shakli ma‘nosini olaylik. Kelishik kategoriyasining «oldingi 
mustaqil so‗zni keyingi mustaqil so‗zga bog‗lash» , tushum kelishigining «oldingi 
ismni keyingi fe‘lga vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» va tushum kelishigining 
muayyan nutq parchasi bo‗lmish kitobni o‗qimoq birikuvida voqelangan «kitob 
so‗zini o‗qimoq so‗ziga vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» nutqiy ma‘nosi 
yaxlitlikda olinganda umumiy grammatik ma‘no – oraliq grammatik ma‘no – xususiy 
grammatik ma‘no munosabatida. Kelishik kategoriyasining «oldingi mustaqil so‗zni 
keyingi mustaqil so‗zga bog‗lash» ma‘nosi tushum kelishigining «oldingi ismni 
keyingi fe‘lga vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» ma‘nosiga nisbatan umumiy 
grammatik ma‘no maqomida bo‗lib, tushum kelishigining muayyan nutq parchasi 
bo‗lmish kitobni o‗qimoq birikuvida voqelangan «kitob so‗zini o‗qimoq so‗ziga 
vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» nutqiy ma‘nosi xususiy grammatik ma‘no. 
Tushum kelishigining «oldingi ismni keyingi fe‘lga vositasiz to‗ldiruvchi sifatida 
bog‗lash» ma‘nosi esa umumiy grammatik ma‘no va xususiy grammatik ma‘no 
orasida turganligi hamda uni bog‗lovchi bo‗g‗in bo‗lganligi uchun oraliq grammatik 
ma‘no maqomida. Oraliq grammatik ma‘noning mavqei nisbiy. Masalan, kelishik 
kategoriyasining umumiy grammatik ma‘nosi e‘tibordan soqit qilinsa va fikr faqat 
tushum kelishigi hamda uning quyi ma‘nosi haqida ketsa, mazkur oraliq grammatik 
ma‘no umumiy grammatik ma‘no sifatida qaraladi. Tushum kelishigining zikr etilgan 
xususiy grammatik ma‘nosi e‘tibordan soqit qilinib, so‗z kelishik kategoriyasi va 
tushum kelishigi munosabati xususida ketsa, bunda oraliq grammatik ma‘no ushbu 
umumiy grammatik ma‘noga nisbatan xususiy grammatik ma‘no sifatida ham 
qaralishi ham mumkin.
Kelishik kategoriyasi morfologik kategoriya sirasida ustuvor sintaktik tabiati 
bilan ajralib turadi. U egalik kategoriyasi bilan birgalikda sintaktik shaklning so‗z 
birikmasiga xos guruhini tashkil etib, gapga xos kesimlik kategoriyasidan farqlanadi. 
Kelishik kategoriyasining umumiy grammatik ma‘nosi «sintaktik qurilmada oldingi 
so‗zni keyingi so‗zga bog‗lash». Bu bilan u egalik kategoriyasiga qarama-qarshi 


14 
tursa, ko‗makchi, fe‘lning o‗zgalovchi kategoriyasi, bog‗lovchi va ko‗makchiga yaqin 
turadi. Ammo undan farqli jihatga ega. Ko‗makchidan morfologik ko‗rsatkich 
(qo‗shimcha) ekanligi bilan farqlanadi. Ko‗makchi grammatik ma‘no ifodalash, 
so‗zni bir-biriga bog‗lash vazifasini bajarsa-da, u leksik birlik hisoblanadi. 
O‗zgalovchi kategoriya shaklidan barcha mustaqil so‗zni sintaktik aloqaga kiritish, 
so‗zning lug‗aviy ma‘nosiga ta‘sir etmasligi bilan ajraladi. Holbuki, o‗zgalovchi 
kategoriyasi faqat fe‘lga xos va fe‘lning lug‗aviy ma‘nosiga ta‘sir etishi bilan 
lug‗aviy-sintaktik mohiyatga ega. Shuning uchun u «fe‘l kelishigi» deb ham 
yuritiladi. Bog‗lovchidan esa tobe aloqa uchun xizmat qilib, so‗z birikmasiga xosligi 
hamda grammatik ko‗rsatkich (qo‗shimcha) ekanligi bilan farqlanadi. 
Kelishik kategoriyasi olti shaklli sistema bo‗lib, uning har biri o‗ziga xos 
ma‘noviy va sintaktik xususiyat yaxlitligidan iborat.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling