Murtazayeva sadoqat
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari
15 1.2. O„zbek tilida sinonimiya va uning turlari Sinonimiya grekcha ―synonima‖ so‗zidan olingan bo‗lib, ―bir xil ma‘nodagi nom‖ degan tushunchani beradi. Ma‘nodoshlik (sinonimiya) hodisasi o‗zbek tilida atroflicha o‗rganilgan bo‗lib, bu borada, ayniqsa, A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev, A.G‗ulomov kabi olimlarning xizmatlari katta. Sinonimiya hatto Alisher Navoiyning ham nazariga tushgan hodisalardan. Navoiy turkiy tilning ifoda imkoniyatlari haqida gapirar ekan, bir ma‘noni darajalanishiga yoki holatiga qarab turib bir nechta so‗z orqali berish mumkinligini, fors (tojik) tilida esa bunday imkoniyatning yo‗qligini aytib o‗tadi. Aka, uka, og‗a, ini; singil, egachi, opa kabi so‗zlarning fors (tojik) tilida bir so‗z – birodar va xohar so‗zlari bilan berilishini ta‘kidlaydi. Bu sinonimiya hodisasini o‗rganishning o‗zbek tilshunosligida uzoq tarixga egaligini ko‗rsatadi. Sinonimiya termini ma‘nodoshlik xususiyatiga ega bo‗lgan barcha til birliklariga nisbatan ishlatiladi. Ushbu hodisa faqat so‗zlargagina emas, boshqa til birliklariga ham xos. Shunga ko‗ra sinonimlarning quyidagi turlari ajratiladi: 1. Leksik (lug‗aviy) sinonimlar. 2. Affiks (qo‗shimcha) sinonimlar. Leksik birliklarning o‗zaro sinonim bo‗lishiga lug‗aviy sinonimiya deyiladi. Lug‗aviy sinonimlarni ham uch turga bo‗lish mumkin: a) Leksik sinonimlar sinonimlarning asosiy qismini tashkil qilib, tub ma‘nosiga ko‗ra bir-biriga ma‘nodosh bo‗lgan so‗zlardir: asta, sekin, ohista; darslik va qo‗llanmalarda leksik sinonimlar ―Aytilishi va yozilishi har xil, lekin ma‘nosi bir- biriga yaqin bo‗lgan so‗zlar‖ deb ta‘riflanadi. Leksik sinonimlar barcha so‗z turkumlarida uchraydi. Ot sinonimlar: uy, hovli, uchastka, eshik. Sifat sinonimlar: uzoq, yiroq, olim Olmosh sinonimlar: u, o‗sha Fe‘l sinonimlar; shivirlamoq, pichirlamoq, shipshimoq, Ravish sinonimlar: keyin, so‗ng Yordamchi so‗zlar: ammo, lekin, biroq 16 Leksik sinonimlarning paydo bo‗lishiga quyidagilar sababchi bo‗lishi mumkin. 1. So‗z ma‘nosining kengayishi yoki torayishi tufayli. Masalan, ko‗k so‗zi rang ma‘nosidan o‗z takomili natijasida osmon ma‘nosini ifodalashga o‗tgan, uning sinonimiga aylangan. Masalan: Ko‗kka boqma, yerga boq. 2. Ichki imkoniyat asosida shevalardan so‗z olish natijasida ham sinonimlar paydo bo‗lishi mumkin. Do‗ppi – qalpoq – kallapush – takya; narvon – shoti – zangi va shu kabi. 3. Chetdan kirgan so‗zlar amalda ishlatilayotgan so‗zga sinonim bo‗lib qolishi juda ko‗p uchraydigan hodisa sanaladi. Masalan, turkiy tildagi Tangri so‗zi o‗rniga fors-tojik tilidan Xudo, arab tilidan Olloh o‗zlashtirildi. Egam, Yaratgan, Parvardigor, Oliy ruh kabi atamalar ham shu ma‘noda ishlatila boshlandi. Bunday misollarni istagancha keltirishimiz mumkin. Sinonimlarniig paydo bo‗lishi har bir jonli til uchun qonuniy hol sanaladi. Ular tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi, nutqni go‗zallashtiradi. Ayrim tilshunoslar ta‘kidlaganidek, sinonimiya hodisasi zararli emas, balki foydali hodisalardan biri sanaladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling