Murtazayeva sadoqat


O„zbek tilida kelishik shakllarining umumiy va xususiy


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/35
Sana23.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1392220
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari

1.3. O„zbek tilida kelishik shakllarining umumiy va xususiy 
grammatik ma‟nolari 
Ishning avvalgi bo‗limlarida o‗zbek tilida kelishik umumiy grammatik ma‘nosi, 
kelishiklarning o‗rganilish tarixi va umumiy grammatik ma‘nosi, sinonimiya hodisasi, 
uning turlari xususida batafsil to‗xtalindi.
O‗zbek tilida oltita kelishik shakli mavjud bo‗lib, ularning har biri o‗z ma‘nosi, 
shakli, so‗rog‗i va vazifasiga ega. Mavjud qo‗llanmalarda, shuningdek, maktab 
darsliklarida kelishiklarning o‗zaro bir-biri bilan, qolaversa, ko‗makchilar bilan 
ma‘nodosh bo‗lib o‗rin almashinib kelishi xususida ham to‗xtalinadi.
Ushbu bo‗limda har bir kelishik shakli, uning xususiy va oraliq grammatik 
ma‘nosi, o‗zi qo‗shilgan so‗zni gapda qanday vazifaga xoslashi, tizim ichidagi 
munosabatlarini alohida-alohida ko‗rib o‗tamiz. 
Kelishik tobe so‗zning hokim so‗zga sintaktik munosabatni ko‗rsatuvchi 
kategoriya ekan, uning ba‘zan kesim tarkibida kelib, keyin keluvchi hokim so‗zdan 
holi bo‗lishida sintaktik emas, balki semantik vazifa bajarishi kuzatiladi (Bu sovg„a 
sizga, Umidim sendan, Hurmat kichikdan) va u kelishik kategoriyasi umumiy 
grammatik ma‘nosidan tashqariga chiqadi.
Kelishik sintaktik jihatdan paradigmatik munosabatda bo‗lar ekan, bunda ikki 
pozitsiyani farqlash lozim:
1) hokim-tobelik pozitsiyasi asosidagi ziddiyat;
2) gap bo‗lagi vazifasi asosidagi ziddiyat. 
―Tobelik‖ pozitsiyasiga egalik‖ belgisi asosida kelishik noto‗liq ziddiyatda 
bo‗ladi. Bunga ko‗ra, bosh, qaratqich, tushum kelishigi ziddiyatning belgili, jo‗nalish, 
o‗rin-payt va chiqish kelishigi belgisiz a‘zo maqomida namoyon bo‗ladi. Chunki 
bosh, qaratqich, tushum kelishigi har doim tobe so‗z tarkibida keladi. Boshqa kelishik 
ba‘zan hokim so‗z (kesim) tarkibida ham kela oladi (Bu sovg‗a sizga, Umidim 
sendan, Hurmat kichikdan).


23 
Gap bo‗lagi vazifasi asosida kelishik ko‗p qatorli ziddiyatni hosil qiladi. 
Masalan, ―ega vazifasida kela olmaslik‖ belgisiga ko‗ra bosh kelishik kuchsiz, boshqa 
kelishik kuchli a‘zo sifatida namoyon bo‗ladi. 
―Vositasiz to‗ldiruvchi bo‗la olish‖ belgisiga ko‗ra, bosh, tushum, chiqish 
kelishigi noto‗liq ziddiyatda bo‗ladi. Bunda vositasiz to‗ldiruvchi ham bo‗la oladigan 
bosh, chiqish kelishigi belgisiz, tushum kelishigi faqat shu vazifaga xoslanganligi 
uchun belgili a‘zo sifatida yuzaga chiqadi. O‗rin-payt kelishigi, jo‗nalish kelishigi va 
qaratqich kelishigi bu oppozitiv qatorda ishtirok etmaydi, chunki u bu vazifaga 
mutlaqo xoslanmagan. ―Vositali to‗ldiruvchi bo‗la olish‖ belgisi asosidagi noto‗liq 
ziddiyatda tushum kelishigi va qaratqich kelishigi kuchli, boshqa kelishik kuchsiz 
a‘zo sifatida ishtirok etadi. 
―Qaratuvchi aniqlovchi bo‗la olish‖ belgisi asosidagi noto‗liq ziddiyatda 
qaratqich kelishigi kuchli, bosh, o‗rin-payt kelishigi kuchsiz a‘zo sifatida ishtirok etib, 
bu sirada boshqa kelishik ishtirok etmaydi. Bu ziddiyatda o‗rin-payt kelishigining 
ishtirok etishi nisbiy. U ba‘zan qaratqich kelishigi shakli bilan ma‘nodoshlik 
munosabatida bo‗ladi va shu belgisi asosida mazkur ziddiyatga dahldor bo‗ladi. 
―Hol bo‗la olmaslik‖ belgisiga ko‗ra qaratqich va tushum kelishigi kuchli, 
boshqa a‘zo kuchsiz a‘zo sifatida ishtirok etadi. 
―Kesim bo‗la olmaslik‖ belgisiga bosh, qaratqich va tushum kelishigi ijobiy va 
boshqa kelishik salbiy munosabatda bo‗ladi. 
―Birgina gap bo‗lagiga xoslik‖ belgisi ostidagi ziddiyatda tushum va qaratqich 
kelishigi belgili, boshqa kelishik belgisiz munosabatda bo‗ladi. 
Muayyan grammatik ma‘no guruhiga tobelana olishi jihatdan tushum kelishigi 
boshqa kelishikdan ajralib turadi, ya‘ni u faqat o‗timli fe‘lgagina tobelanadi. Boshqa 
kelishik biror turkumni aniq talab qilmaydi. Shuningdek, qaratqich kelishigigina 
muayyan grammatik shakldagi (egalik shaklidagi) so‗zni talab qiladi, boshqa kelishik 
bunday xususiyatga ega emas.
Semantik belgi ham ziddiyat asosi bo‗la olishi mumkin. Masalan, ―aniqlik‖ 
belgisiga egalik‖ ziddiyat asosiga ko‗ra bosh kelishik kuchsiz (chunki u aniqlikni 
ham, noaniqlikni ham ifodalay oladi) boshqa kelishik aniqlikni ko‗rsatadi.


24 
―O‗rinni ifodalash‖ belgisiga ko‗ra qaratqich kelishigi kuchli, jo‗nalish, o‗rin-
payt, chiqish kelishigi kuchsiz a‘zo sifatida namoyon bo‗ladi. 
Bunday semantik oppozitsiyani ko‗plab ajratish mumkin. Biroq, baribir, 
kelishikning mustahkam va barqaror ziddiyat asosi sifatida sintaktik belgi qolaveradi. 
Bu mutlaq belgi ―soyasi‖da semantik belgi ham yashaydi. Kelishik kategoriyasi 
sintaktik jihatdan tobelikni ifodalash va semantik jihatdan predmetlik-hodisaviylik va 
lokallikni ifodalash uchun xoslangan. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling