Murtazayeva sadoqat
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jo„nalish kelishigi
Tushum kelishigi ham bir necha morfologik ko‗rsatkichga ega: -ni, -n, -i.
Tushum kelishigidagi so‗z faqat fe‘l bilan bog‗lanadi. Fe‘l tushum kelishigidagi so‗zga munosabatiga ko‗ra, ikkiga ajraladi: o‗timli fe‘l va o‗timsiz fe‘l. 26 Tushum kelishigi bilan shakllangan so‗z gap tarkibida so‗z kengaytiruvchisi – to‗ldiruvchi vazifasini bajaradi: Novdalarni bezab g„unchalar tongda aytdi hayot otini. (H.Olim.) Tushum kelishigi otdan anglashilgan ish-harakatni o‗ziga olganligini ifodalaydi. U har vaqt ot bilan fe‘lni bog‗laydi. Tushum kelishigi ham qaratqich kelishigi kabi belgili va belgisiz, badiiy adabiyotda esa qisqargan shaklda qo‗llanishi mumkin: kitob o‗qidim – kitobni o‗qidim, varaqlaymiz hayot daftarin. Tushum kelishigidagi ot turdosh ot bo‗lsa, u belgisiz qo‗llanishi mumkin: choy ichdim, she‘r o‗qidim. Agar tushum kelishigidagi so‗z atoqli ot bo‗lsa, u, albatta, belgili qo‗llaniladi: Toshkentlarni aylanib qaytdim. Karimni uchratdim kabi. Jo„nalish kelishigi ko‗rsatkichi -ga. O‗zi qo‗shilayotgan so‗z oxiridagi tovushga qarab -ka, -qa shakllariga ega bo‗ladi: oxiri k va g tovushi bilan tugagan so‗zlarga -ka (bilakka, yurakka, barkka) va q hamda g‗ tovushlari bilan bitgan so‗zlarga -qa shaklida (ufqqa, o‗roqqa) qo‗shiladi. Mumtoz adabiyotda -g‗a, -a, -na shakllari ham uchraydi: insong‗a, odama, jamolina. Jo‗nalish kelishigi semantikasiga yo‗nalganlik, xoslik, tenglashtirish kabi ma‘no turi xos. Bu ma‘no birikuvchi so‗zning xususiyatidan kelib chiqib o‗zgarib ketaveradi: ukamga olmoq, maktabga bormoq. Birinchi birikmada «atalganlik» ma‘nosi uka va ol, ikkinchi birikmada «yo‗nalganlik» ma‘nosi maktab va bormoq so‗zining lug‗aviy va grammatik ma‘nosiga bog‗liq. Jo‗nalish kelishigi umumiy grammatik ma‘nodagi kategorial ma‘no esa «oldinggi so‗zni keyingi so‗zga hol va to‗ldiruvchi vazifasida bog‗lash». Jo‗nalish kelishigi ish-harakat yo‗nalgan predmetni anglatadi. Jo‗nalish kelishigidagi ot gapda: a) vositali to‗ldiruvchi: Mohidil shoshilinch safarga otlana boshladi. (J.Abdullaxonov) Dildor Nafisaning oppoq chaqnoq ko„ziga havaslanib boqdi. (H.G‗ulom) b) o‗rin holi: 1. Bahor ko„zi to„la yoshni yashirmoq uchun eshikka yugurdi. (Sh.R.). 2. Nayman cho„liga, to„qayiga chinakam bahor keldi. (S.Ahmad) v) payt holi: Sport musobaqalari bahorga qoldirildi. («Qashq.»). 27 g) maqsad holi: 1. Baloning oldini olmoqqa ne chora ko„rmoq lozim. (J.Abdullaxonov). 2. Bahor Po„latni kuzatishga yasanib chiqqan edi.(Sh.R.) d) sabab holi: O„z vaqtida davolanmaganimga juda afsuslanaman. Sitora sportda katta muvaffaqiyat qozonganiga xursand bo„ldi. y) miqdor-daraja holi: Ra‟no do„kondan besh so„mga turli o„quv quroli sotib oldi. Qisqargan qolipli gapda kesim vazifasida keladi: Kitob hammaga. Bilim ommaga. Ko‗rinadiki, jo‗nalish kelishigi ot turkumida kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosini «oldingi otni keyingi fe‘lga vositali to‗ldiruvchi va hol vazifasida bog‗lash» tarzida xususiylashtiradi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling