Murtazayeva sadoqat


II-BOB. O„zbek tilida kelishiklar sinonimiyasi va gap bo„laklarini


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/35
Sana23.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1392220
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari

II-BOB. O„zbek tilida kelishiklar sinonimiyasi va gap bo„laklarini
ajratish muammolari 
 
Turkiy tillarda kelishikning semantik va vazifaviy jihatini bir-biridan alohida va 
har xil mikrosistemaga keskin bo‗lib o‗rganib bo‗lmaydi, chunki bu tillar 
kelishigining ma‘no va vazifasi dialektik birlikda yashaydi, kelishikning turli 
funksiyasi bir-biriga turli belgisi bilan qarama-qarshi qo‗yiladi. Masalan, jo‗nalish 
kelishigi, o‗rin-payt kelishigi va chiqish kelishigi bir xil – hol va to‗ldiruvchi 
vazifasida kela oladi. Biroq u bu vazifani turlicha bajaradi.
Darslik va grammatikada har bir kelishikning yigirma-o‗ttiz ma‘no turi 
keltiriladi. Uning aksariyati kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosiga xos 
bo‗lmagan, birikuvchi so‗zning lug‗aviy va grammatik ma‘nosiga bog‗liq hodisa. 
Shu boisdan har bir kelishik mohiyatini kelishik kategoriyasi umumiy grammatik 
ma‘nosidagi kategorial ma‘no – «oldingi so‗zni keyingi so‗zga bog‗lash» substansial 
mohiyatini qay tarzda xususiylashtirishidan qidirmoq lozim. 
Ma‘lumki, ismlarning gapda qanday bo‗lak vazifasida kelishini kelishik shakllari 
belgilab beradi. Aniqrog‗i, mavjud darsliklarda kesimlik kategoriyasining umumiy 
grammatik ma‘nosi ―o‗zi qo‗shilgan so‗zni keyingi so‗zga tobelantirib bog‗lish va 
gapdagi sintaktik vazifasini belgilash‖ deb belgilanadi. Haqiqatdan ham, kelishik 
shakllarining sintaktik shakl yasovchilik tabiati uning shu vazifalarida ko‗rinadi. 
Biroq sinonimiya hodisasining kelishiklarda yuzaga chiqishi gap bo‗laklarini 
ajratishda bir muncha muammolarni keltirib chiqaradi.
Kelishik shakllarining aksariyati, masalan, chiqish kelishigi barcha kelishiklar 
o‗rnida qo‗llanishi, ma‘nodosh bo‗lishi mumkin. Masalan: 
Bosh kelishik bilanBu kitobdan menda ham bor – Bu kitob menda ham bor
Qaratqich kelishigi bilanQizlarning to„rttasi biz tomonga burildi – Qizlardan 
to„rttasi biz tomonga burildi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling