Murtazayeva sadoqat


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/35
Sana23.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1392220
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari

Bosh kelishik 0 shaklli bo‗lib, uning mohiyati boshqa kelishikka qarama-qarshi 
qo‗yilish asosida belgilanadi. Bosh kelishikdagi so‗zshakl gap tarkibida tobe 
mavqedagi istagan gap bo‗lagi, so‗z yoki gap kengaytiruvchisi bo‗lib kela oladi. 
Misol: 
Ega: Derazamning oldida bir tup o„rik oppoq bo„lib gulladi. (H.Olim.) 
Aniqlovchi: Bilim - baxt kaliti. (Maq.) 
To‗ldiruvchi: Ko„rpangga qarab oyoq uzat. (Maq.) 
Hol: Ship etdi, Shibirg„on ketdi. (Top.) 
Darslik va qo‗llanmalarda bosh kelishik kesim vazifasidagi so‗zni ham 
shakllantiradi deyiladi: Otam – o‗qituvchi. Dil qulfi – til kabi. Biroq bunda o‗qituvchi, 
til so‗zshakli kesim vazifasida bo‗lib, boshqa bo‗lakka mutlaq hokim. Kelishik 
kategoriyasining sintaktik mohiyati esa «sintaktik qurilmada oldingi so‗zni keyingi 
so‗zga bog‗lash». Bu mohiyat nuqtai nazaridan kelishikka munosabatda bo‗ladigan 
bo‗lsak, kesimda bosh kelishikni qidirish mantiqsiz. Chunki, a) kesimlik kategoriyasi 
tarkibi murakkab bo‗lsa-da, unda kelishik shakli mavjud emas; b) kelishik 
kategoriyasi umumturkumiy kategoriya ekan, unda kesim vazifasidagi barcha 
mustaqil so‗zda kelishikni qidirishga to‗g‗ri kelgan bo‗lar edi; v) kelishik kategoriyasi 
sintaktik mohiyati «oldingi so‗zni keyingi so‗zga bog‗lash» ekan, kesim eng oxirgi 
so‗z bo‗lib, undan keyin bog‗lanadigan birlik yo‗q; g) ayrim tadqiqotda bunday 
paytda kelishik ma‘nosi va vazifasi o‗ta darajada kuchsizlashadi, deyiladi. Aslida 
bunda kuchsizlashish shu darajadaki, kelishik mohiyati mutlaqo voqelanmaydi – 
«ko‗rinmaydi». Bu esa ushbu pozitsiyada kelishikni qidirmaslikni taqozo qiladi.


25 
Qaratqich kelishigi uch xil qo‗llanadi: kitobning varag‗i, mening uyim, qoshin 
qarosi. Qaratqich kelishigi ko‗rsatkichini olgan so‗z qaratqich, u bog‗langan so‗z 
qaralmish deyiladi. Qaratqich-qaralmish munosabati ancha barqaror bo‗lib, bu 
qaratqich kelishigi ko‗rsatkichining so‗z birikmasidagi o‗rni ancha barqarorligi bilan 
belgilanadi.
Qaratqich kelishigi shuning uchun, shuning singari kabi birikuvda so‗z birikmasi 
hosil qilmaydi, balki so‗zning ajralmas qismiga aylanadi. Qaratqich kelishigini olgan 
so‗z egalik kategoriyasini olgan so‗z bilan birga qo‗llanadi. Bunday qurilishli so‗z 
birikmasi [qaratqich kelishigidagi ism +qaralmish egalik kategoriyasidagi ism] so‗z 
birikmasi umumiy qolipining voqelanishi. 
Qaratqich kelishigining keltirilgan uch xil ko‗rinishi nutq ko‗rinishi, 
bog‗lanuvchi so‗zning lug‗aviy ma‘nosiga bog‗liq ravishda yuzaga chiqadi.
Qaratqich kelishigi biror predmetning shu kelishikdagi otdan anglashilgan 
predmetga qarashli ekanligini bildiradi. Qaratqich kelishigidagi ism doimo ism bilan 
bog‗lanadi: ukamning do‗sti, nonning qadri, bolamning o‗qigani, buzoqning yugurgani 
kabi. Qaratqich kelishigi ikki shaklda – belgili va belgisiz qo‗llaniladi: shaharning 
ko‗chalari – shahar ko‗chalari. Qaratqich va qaralmish orasida biror so‗z kelsa, u 
albatta belgili qo‗llaniladi: daraxtning baland shoxlari. Qaratqich va qaralmish orasida 
hech qanday so‗z kelmasa, belgisiz qo‗llanishi xam mumkin: daraxt shoxlari. 
Shuningdek, badiiy adabiyotda qaratqich kelishigi qo‗shimchasi ba‘zan qisqargan 
shaklda (Kim bilmaydi onasin qadrin?) yoki -im tarzida qo‗llanishi mumkin: 
O‗zbekiston - vatanim manim! 
Qaratqich kelishigidagi otda kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosi 
«otni qaratqich aniqlovchi vazifasida keyingi so‗zga bog‗lash» tarzida xususiylashadi: 
Mohidil inson tabiatining naqadar murakkabligiga yanada chuqurroq tushuna bordi
(J.Abdullaxonov) 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling