Murtazayeva sadoqat
I-BOB. O„zbek tilida kelishiklar sinonimiyasi va ularning o„rganilishi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari
I-BOB. O„zbek tilida kelishiklar sinonimiyasi va ularning o„rganilishi
Ma‘nodoshlik (sinonimiya) o‗zbek tilida atroflicha o‗rganilgan hodisalardan hisoblanadi. Bu borada, ayniqsa, A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev, A.G‗ulomov kabi olimlarning xizmatlari katta. Sinonimiya hatto Alisher Navoiyning ham nazariga tushgan hodisalardan. Navoiy turkiy tilning ifoda imkoniyatlari haqida gapirar ekan, bir ma‘noni darajalanishiga yoki holatiga qarab turib bir nechta so‗z orqali berish mumkinligini, fors (tojik) tilida esa bunday imkoniyatning yo‗qligini aytib o‗tadi. Aka, uka, og‗a, ini; singil, egachi, opa kabi so‗zlarning fors (tojik) tilida bir so‗z – birodar va xoxar so‗zlari bilan berilishini ta‘kidlaydi. Bu sinonimiya hodisasini o‗rganishning o‗zbek tilshunosligida uzoq tarixga egaligini ko‗rsatadi. Sinonimiya grekcha ―synonima‖ so‗zidan olingan bo‗lib, ―bir xil ma‘nodagi nom‖ degan tushunchani beradi. Ushbu hodisa faqat so‗zlargagina emas, boshqa til birliklariga ham xos. Shunga ko‗ra sinonimlarning turlari quyidagicha ajratiladi: 1. Leksik sinonimlar 2. Frazeologik sinonimlar 3. Affiksal sinonimlar Malakaviy ishda sinonimiyaning alohida ko‗rinishi affiks (ba‘zi adabiyotlarda morfologik, grammatik, qo‗shimcha) sinonimlar, xususan, kelishik shakllarida ma‘nodoshlik va gap bo‗laklarini ajratish muammolari xususida so‗z boradi. Ma‘lumki, ismlarning gapda qanday bo‗lak vazifasida kelishini kelishik shakllari belgilab beradi. Aniqrog‗i, mavjud darsliklarda kelishik kategoriyasining umumiy grammatik ma‘nosi ―o‗zi qo‗shilgan so‗zni keyingi so‗zga tobelantirib bog‗lash va gapdagi sintaktik vazifasini belgilash‖ deb belgilanadi. Haqiqatdan ham, kelishik shakllarining sintaktik shakl yasovchilik tabiati uning shu vazifalarida ko‗rinadi. Biroq sinonimiya hodisasining kelishiklarda yuzaga chiqishi gap bo‗laklarini ajratishda bir muncha muammolarni keltirib chiqaradi. Kelishik shakllarining aksariyati, jumladan, chiqish kelishigi barcha kelishiklar o‗rnida qo‗llanishi, ma‘nodosh bo‗lishi mumkin. Masalan: Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling