Murtazayeva sadoqat
Ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning o„rganilganlik darajasi.
Ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari. Malakaviy ishda sintaktik shakl
yasovchilardan bo‗lgan kelishik shakllari sinonimiyasi va uning so‗z birikmasi turlari hamda gap bo‗laklarini ajratishga ta‘siri masalalarini o‗rganish va uzluksiz ta‘lim 1 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma‘naviyat», 2008.-176 b. B – 87. 4 bo‗g‗inlarida mavzuga doir darslarni o‗qitish uchun uslubiy tavsiyalar berish maqsad qilib olingan. Ushbu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni bajarishni talab qiladi: 1. O‗zbek tilida kelishiklarning o‗rganilish tarixini yoritish; 2. O‗zbek tilida sinonimiya va uning turlarini izohlash; 3. O‗zbek tilida kelishik shakllarining umumiy va xususiy grammatik ma‘nolari haqidagi fikrlarni bir tizimga yig‗ish; 4. O‗zbek tilida kelishiklar sinonimiyasi va gap bo‗laklari hamda so‗z birikmasi turlarini ajratish muammolarini yoritish; 5. Bosh kelishikning sinonimlari va ularning sintaktik vazifalarini aniqlash; 6. Qaratqich kelishigining sinonimlari va ularning sintaktik vazifalarini aniqlash; 7. Tushum kelishigining sinonimlari va ularning sintaktik vazifalarini aniqlash; 8. Jo‗nalish kelishigining sinonimlari va ularning sintaktik vazifalarini aniqlash; 9. O‗rin-payt kelishigining sinonimlari va va ularning sintaktik vazifalarini aniqlash; 10. Chiqish kelishigining sinonimlari va va ularning sintaktik vazifalarini aniqlash; 11. Kelishiklar sinonimiyasi mavzusini o‗qitish yuzasidan mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish. Mavzuning o„rganilganlik darajasi. O‗zbek tilshunosligida kelishik shaklining o‗rganilish tarixi tilshunos A.G‗ulomov tadqiqotidan boshlandi. Olim o‗zbek tilidagi kelishikni ajratib, asosiy ma‘noviy va sintaktik xususiyatini aniqladi – kelishik sistemasini tikladi. Akademik A.N.Kononovning avval ―Грамматика узбекского языка» va so‗ngra «Грамматика современного узбекского литературного языка» asarida bu sistemaning formal tavsifi berildi. Keyinchalik I.Ziyoyeva, T.Inoyatov, A.Yo‗ldoshev, G.Ro‗ziyev, A.Ma‘rufov, R.Rasulov, Sh.Rahmatullayev kabi olimlar kelishik kategoriyasining har bir shaklini formal tadqiq usuli asosida atroflicha tadqiq qildilar. Ularning tadqiqotlarida kelishikning nutqiy ma‘nosi va sintaktik xususiyati yoritildi. Istiqlol yillarida H.Ne‘matov, Sh.Shahobiddinova, Z.Qodirovlarning ishlarida kelishik kategoriyasining umumiy – lisoniy grammatik ma‘nosi tiklandi. Kelishik shakllarining sistemaviy tadqiqi Z.Qodirovning ―O‗zbek tilida grammatik 5 kategoriyalarni sistem tahlil qilish (kelishik kategoriyasi)‖ mavzusidagi nomzodlik ishida batafsil ochib berildi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling