Murtazayeva sadoqat
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ma‘lumki, ismlarning gapda qanday bo‗lak
vazifasida kelishini kelishik shakllari belgilab beradi. Kelishik kategoriyasining umumiy grammatik ma‘nosi ―o‗zi qo‗shilgan so‗zni keyingi so‗zga tobelantirib bog‗lash va gapdagi sintaktik vazifasini belgilash‖ deb belgilanadi. Haqiqatdan ham, kelishik shakllarining sintaktik shakl yasovchilik tabiati uning shu vazifalarida ko‗rinadi. Biroq sinonimiya hodisasining kelishiklarda yuzaga chiqishi gap bo‗laklari va so‗z birikmasi turlarini ajratishda bir muncha muammolarni keltirib chiqaradi. Sinonimlik deyarli barcha kelishik shakllarida o‗zaro boshqa kelishik shakli bilan, shuningdek, ko‗makchilar bilan almashina olishda namoyon bo‗ladi. Ayniqsa, chiqish kelishigi shakli barcha kelishiklar o‗rnida qo‗llanilishi, hatto ko‗plab ko‗makchilar bilan o‗rin almasha olishi mumkin. Malakaviy ishda ushbu hodisalar atroflicha o‗rganildi. Uning ilmiy yangiligini quyidagilar tashkil etadi: 1. Bosh kelishik shakli: – chiqish kelishigi bilan ma‘nodosh bo‗la oladi: Bu sumkadan sizda ham bor ekan-da. Demak, ega faqat bosh kelishikdagi so‗z bilan emas, shartli ravishda chiqish kelishigidagi so‗zlar ham ifodalanadi. Ammo sumkadan bor jumlasiga nisbatan boshqaruvli so‗z birikmasi emas, predikativ aloqa sifatida qarash o‗rinli. 2. Qaratqich kelishigi shakli: – chiqish kelishigi bilan ma‘nodosh bo‗la oladi. Bunda qaratqich kelishigidagi so‗z ko‗p miqdordan oz miqdorni ajratib ifodalash, belgiga ta‘kid berish, butunning qismini ifodalash ma‘nosida keladi: Qizlarning eng kichigi xonadan birinchi bo„lib chiqdi – Qizlardan eng kichigi xonadan birinchi bo„lib chiqdi. Ko„chalardan to„rttasiga kirib chiqdik – Ko„chalarning to„rttasiga kirib chiqdik. Bolalardan ikkitasi orqada qoldi – Bolalarning ikkitasi orqada qoldi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling