6
Jo„nalish
kelishigi:
gapingizni
tushunmayapman
–
gapingizga
tushunmayapman.
Har ikki holatda ham tushum kelishigi bilan sinonim bo‗lgan so‗z
vositasiz
to‗ldiruvchi bo‗lib keladi, so‗z birikmasi sifatida boshqaruvli birikma hisoblanadi.
4. Jo‗nalish kelishigidagi so‗z quyidagi kelishiklar bilan o‗rin
almashinishi
mumkin:
Chiqish kelishigi bilan:
Dars tayyorlab kelmaganiga uyaldi – Dars tayyorlab
kelmaganidan uyaldi. Mehrdan to„ymadik – Mehrga to„ymadik. Ko„rsatishga
uyaldim – Ko„rsatishdan uyaldim. U bir so„z aytishdan (ga) cho„chir edi.
Tushum kelishigi bilan:
Bu gapga tushunmadim – Bu gapni tushunmadim.
Nima dedingiz, gapingizni (ga) tushunmadim.
O„rin-payt kelishigi bilan:
Biz hashamatli bino oldiga to„plandik. – Biz
hashamatli bino oldida to„plandik. Bugun uyda (ga) to„planamiz.
Bunda so‗z birikmasi turlari va gap bo‗laklarini ajratishda tafovut bo‗lmaydi.
Faqat tushum kelishigi shakli bilan ma‘nodosh bo‗lganda vositasiz to‗ldiruvchi
sifatida qaraladi.
5. O‗rin-payt kelishigi qo‗shimchasi quyidagi kelishik shakllari bilan ma‘nodosh
bo‗la oladi:
Tushum kelishigi bilan:
dalani kezdi – dalada kezdi;
Jo„nalish kelishigi bilan:
yig„ilishga qatnashdi – yig„ilishda qatnashdi;
Chiqish kelishigi bilan:
radiodan gapirdi – radioda gapirdi.
Bunda ham tushum kelishigi shakli bilan ma‘nodoshligini istisno qilganda so‗z
birikmasi turlari va gap bo‗laklarini ajratishda tafovut bo‗lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: