«musiqa nazariyasi» kafedrasi


Download 237.77 Kb.
bet18/47
Sana31.03.2023
Hajmi237.77 Kb.
#1311223
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
МДХ маърузалар матни тайёр

Nazorat savollari:

  1. N.Rimskiy-Korsakovning asarlari qanday mavzuda?

  2. N.Rimskiy-Korsakovning eng mukammal operalaridan biri qaysi?

Mavzu: N.Rimskiy-Korsakovning
"Shaxrizoda" simfonik syuitasi
Reja:
1. Asarning yaratilish tarixi
2. Kompozitsiyasi
3. Kompozitorning kiritgan yangiligi (navatorligi)
Bayoni:
1. YARATILISH TARIXI.
Buyuk rus kompozitori Rimskiy-Korsakov Qudratli to’daning eng kichik a'zolaridan bo’lsada , to’dada asosiy o’rinni egallagan Rimskiy-Korsakov xalq ertaklari va ularni musiqasi orqali bayon etishga ijodini bag’ishlagan. Uning "Shaxrizoda" asari xam xuddi shunday ertak mavzusiga yozilgan simfonik syuitadir. "Shaxrizoda" arab xalq ertagi "Ming bir kechaga asoslangan bo’lib, rus klassik musiqasida sharq xalq xayoti, tabiatining rang-barangligini moxirona tasvirlagan."Shaxrizoda" 1988 yilda Peterburg- shaxri saxnasida birinchi marta ijro etilgan. Asarga Rimskiy-Korsakovning o’zi dirijyorlik qilgan. Avvaliga asar mashxur bo’lmadi. Keyinchalik tinglovchilar asarni asta-sеkinlik bilan tushunib, qabul qila boshladi.
2. K O M P OZ I TS I YA .
"Shaxrizoda" simfonik syuitasi dasturli asar bo’lib, to’rt qismdan iboratdir. Tinglovchiga musiqada nima tasvirlangani aniq bo’lishi uchun qismlarga nom berilgan.1-qism nomi "Dengiz va Sinbod kemasi" deb nomlangan. Qismga kirishda ikkita qarama-qarshi mavzu: Shaxriyor-qattiq qo’l va jaxldor xukmdor sifatida hamda yosh va go’zal Shaxrizoda mavzulari taqqoslangan. Birinchi Shaxriyor mavzusi torli va misli puflama cholg’u sozlari orqali ijro etiladi. Go’zal Shaxrizoda obrazi asarda arfa xamroxligida yakaxon skripka orqali tasvirlangan. Bu mavzu o’zining melodik ko’rinishi bilan sharqona ohanglarni beradi. Birinchi partiya mavzusi sonata allegrosi shaklida yozilgan bo’lib, to’lqinlanayotan dengiz tasvirlanadi. Kuyning bosh partiyasida asosiy mavzu Shaxriyor mavzusi bo’lsa, so’ngra asta-sekin ertak bosh qahramoni dengizchi Sinbod asosiy mavzuga aylanadi.
2-qism nomi "Qalandar shaxzodaning fantastik xikoyasi" deb nomlangan. Yana Shaxrizoda mavzusi eshitiladi. U yana yangi ertak boshlaydi. Xikoyachi Qalandar endi ertakdagi bosh qaxramon bo’ladi. Manaendi skripka o’rnini fagot egallaydi. Qismning o’rtasida skripka qarama-qarshilik qiladi. Kuy oxirida marshga aylanib u yanada dramatik rivojlana boradi. Qism oxirida jaxldor Shaxriyor mavzusi paydo bo’ladi.
3-qism (andante, sol major). Bu qism barcha qismlar ichidagi eng lirigi bo’lib, "1001 ta malika" deb nomlanadi. Bu qismda kuy juda ham yorqindir. Birinchi mavzu shox mavzusi sharq milliyliginiko’rsatadi ikkinchi mavzu malika mavzusi raqssimon xarakterdadir.
4-qism. Jaxldor Shaxriyorning ovozi eshitiladi. Unga muloyim ovozli Shaxrizoda javob qaytaradi. U o’zinrng oxirgi ertagini tamomlaydi. Sharq shaxarlaridan biririda o’yin kulgu ovozi eshitiladi. To’rtinchi qismning asosiy mavzusi sharqona raqs xarakteridadir. Bu qismda barcha qismlardagimavzular ko’shilib tobora dramatik rivojlanib boradi. Kuy avjiga yetadi va so’ngra xamma yo’q tinchlanib, Sinbod kemasi to’lqinlar orasida ko’rinmay ketadi.
3. NAVATORLIGI.
"Shaxrizoda" asari rus kompozitorlari tomonidan yozilgan sharqona ruxdagi yagona asardir. Bu yerda kompozitor sharq ohanglaridan keng foydalangan. "Shaxrizoda" kuylari juda xam mashxur bo’ldi. Bu asar dunyo bo’yicha sevimli simfonik asarlardan.

Download 237.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling