sog„inishidan va umrining zoye ketkazgan lahzalariga o„kinib yashashidan bilinadi».
Insonning o„z xalqiga bo„lgan sadoqati va fidoyiligi uni vatanini himoya qilishiga, taraqqiy
topib, har tomonlama mustahkam va qudratli bo„lishiga hamda xalqining tinch va farovon
hayot k
echirishiga imkoniyat darajasida hissa qo„shishga undashi lozim.
Vatanni turli g„arazli oqimlar va yovuz kuchlardan himoya qilish yo„lida diniy ekstremizm va
uning turli ko„rinishlariga qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligini ta‟minlash borasida olib
borilgan tezkor-
profilaktik tadbirlar o„z samarasini berib, sezilarli darajada ijobiy
ko„rsatkichlarga erishildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlardan boshlab kelajagimiz egalari bo„lgan
yoshlarga e‟tibor kuchaytirildi. Yurtimizda amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar kelajagimiz
egalarini Vatanga, milliy istiqlol g„oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
Shu davrda yuksak maqsad
– muddaolarga erishish uchun yurtimizda qonunchilik va huquq-
tartibotni mustahkamlashning
muhim bo„g„ini bo„lgan Qurolli Kuchlar xodimlariga yuksak
e‟tibor qaratildi, mazmun-mohiyatiga ko„ra ulkan ishlar amalga oshirildi.
Jonajon Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligini ta‟minlashdek mas‟uliyatli, shu bilan birga, savobli
ishlarni bajarishga posbonlarimiz kamarbasta. Ularda buning uchun matonat, mardlik va
jasorat kabi fazilatlar yetarli.
Zero, har bir oilada o„g„il farzand tug„ilganda ota-ona bilan bir qatorda yurt – Vatan ham
suyunib, shodu xurram bo„lar ekan. Chunki o„g„il farzand nafaqat ota-onasi, oilasini, balki
butun xalqini, Vatanini himoya qiladigan o„g„lon hisoblanadi. Yurtimiz tinchligi va
Do'stlaringiz bilan baham: |