Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
5aec47bd72400
Xulosa. Tarixshunoslarning deyarli barchasi avvalo Xorazmshohlarning davlatini umumiy ahvoliga e’tibor qaratishgan. V.V.Bartold ham mo’g’ullarning savdo va elchilik missiyalariga alohida to’xtalib o’tga. Xorazmshohlar imperiyasi yanada kengayib Sirdaryodan Iroqi Arabga cho’zilgan ulkan hududga ega bo’ldi va o’sha davr islom olamining eng qudratli davlatiga aylandi. Biroq shunday qudratga ega bo’lgan sulton Alovuddin Muhammad o’z davlat mehanizmiga tamomila hukmron bo’la olmadi. Mo’g’ullar istilosi arafasida xorazmshohlar davlatida o’ziga xos ierarxiya ikki hokimlik tizimi vujudga kelgan; mutloq hukmdor deb Muhammad hisoblanardi. Ikkinchi tarafdan u o’z onasi Turkan xotunning itoatkori edi. Tarishunoslikda tadqiqotchilarning bu boradagi qarashlari deyarli bir xil ko’rinishga egadir. Turkan xotun esa davlatning ichki va tashqi ishlarida ikkinchi hukmdor, ayrim masalalarda hatto sultonga muxolif ham edi. Xorazmshohning ko’pincha buyruq va farmonlari ko’pincha qudratli Turkan xotun tomonidan bekor qilinar va hech qanday kuchga ega bo’lmay qolardi. 64 Shahobiddin an- Nasafiy shunday yozgan; “Xorazmshoh onasiga qarshi chiqolmas edi…kichik ishlarda ham yoki jiddiylarida ham, ahamiyatsizlarida ham . bu ikki sababga ko’ra edi. Birinchisi- farzandning burchi bo’lsa, ikkinchi va eng asosiysi-mamlakatning barcha amirlari onasining urug’idan ekanligi edi”. Mo’g’ullar bosqini arafasida xorazmshoh harbiy kengash chaqiradi. Unda atoqli davlat arbobi Shahobiddin Abu Said ibn-Al Hivaqiy Alovuddinga barcha lashkarlar bilan (600.000) Chingizxonga qarshi chiqishi kerak degan takifni o’rtaga tashlaydi. (Chingizxonning qo’shinlari 3-4 barobar kam edi). Tarixshunoslar o’z asarlarida manbalardagi ma’lumotlarni bevosita keltirib o’tadilar. Ammo Alovuddin Muhammad bu takliflarni rad etadi. Barcha qo’shinini shahar va qal’alarga bo’lib,(bo’lib yuborish ma’lum fikrga asoslangan bo’lishi aniq deyiladi) parchalaydi. (bazi tarixchilar bu oxiri yaxshi o’ylanmay qilingan ishga Alovuddin Muhammadning Chingizxonni mensimagani sabab bo’lgan deyishsa, boshqa tarixchilar bu paytda xorazmshohni o’z atrofidagi ayonlariga ishonchi susaygani vaj bo’ldi deb yozishadi). Oqibatda Chigizxonda raqib kuchlarni bitta bitta osongina qirib tashlash imkoni tug’ildi va u buni uddaladi ham. Birinchi zarbani Chingizxon 1219-yilda O’trorga berdi. Buning muhim sababi bor edi. Chingizxoning o’z hisob kitobi bo’lgan. Enalxon bu shaharning noibi edi. O’tror 5 oy qamal qilinib, Enalxonning odami Xojib Qoracha xoinligi sabab, ishg’ol qilinmadi. Enalxonni Chingizxon huzuriga olib keladi.So’ng esa uning ko’zlari va quloqlariga kumush erittirib quyishadi. Tarixshunoslikda xorazmshohlar davlati keng o’rganilgan. Ularda manbalar asosidagi ma’lumotlar asosiy o’rin egallagan. Manbalardagi ba’zi ma’lumotlar bir-biriga zid ekanligi ham 65 ma’lum bo’ldi. Mustaqillik yillariga Jaloliddin Manguberdining jasorati, dishmanga qarshi kurashini o’rganish yetarlicha yo’lga qo’yildi. Tarixshinoslikdagi asosiy yondashiv esa tadqiqot doirasini kengaytirishga qaratilganligi ma’lum bo’ladi. V.V.Bartold o’zining to’plamida xorazmshoh davlatidagi ichki siyosiy vaziyatni yoritishga harakat qilgan. Juvayniy, Juzjoniy, Nasafiylar muayyan voqealar haqida ko’plab ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Mustaqillikka erishgandan so’ng, xorazmshohlar davlati mo’g’ullar bosqini yuzasidan ko’plab ilmiy izlanish, tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mo’g;ullarning bosqinchiligi barcha tarixchilarning ishlarida deyarli atroflicha yoritilgan. Ammo ayrim shaharlarning mudofasi qancha vaqt davom etayotganligi borasida manbalarda turlicha ma’lumotlar berilgan. Haqiqatdan ham xorazmshohlar davlatida ichki siyosiy nizolar mavjud bo’lgan ularnig asosiy sabablri barcha tarxshunoslar tomonidan ko’rsatilgan. Jaloliddin Manguberdining keyingi kurashlari mo’gullar bilan olib brogan urishlari ko’rsatib o’tilgan. Sulton Muhammadning Ashura orolida vafot etishi buxoro, Samarqand, Urganchning talon-taroj qilinishi, e’tiborli holatlar tadqiq qilingan. Mo’g’ul bosqinchilari haqiqatdan ham barcha shaharlarda talonchilik bosqinchilik yurishlarini amalgam oshirishgan. Aholining keskin kamayib ketishi ham uning asosiy natijasi bo’lib hisoblanadi. Mo’g’ullar qo’shinlariga asosan Chingizxonning o’g’ullari boshchilik qildi. Mo’g’ul bosqinchilarining harakatlari zamondosh kishilarning estaliklarida ham aks ettirilgan. Urganch qamalidagi o’zaro xoinliklar, Najmiddin Kubro, Temur Malik jasoratlari tarixiy adabiyotlarda keng o’rin egallagan. Akademik Bartold va boshqa 66 ko’plab tarixshunoslar asosan Juzjoniy, Juvayniy, Ibn al-Asir, Nasafiy Rashidaddin ma’lumotlarini asos qilib olishadi. Jaloliddin Manguberdining jasoratlarini, uning mo’g’ullar ustidan qozongan g’alabalari xorij tarixshunoslarining ham asosiy diqqat markazida bo’lgan. xorazmdagi Manguberdi tavalludi va tarixchi olimlarimizning amjumanlarida bu masalalar umumlashtirilib kelinmoqda. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling