Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda
Mustaqillik yillarida Sulton Jaloliddin faoliyatini o’rganilishi………
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
5aec47bd72400
2.3.Mustaqillik yillarida Sulton Jaloliddin faoliyatini o’rganilishi………..
Xulosa………………………………………………………………………. Adabiyotlar ro’yxati………………….…………………………………… … 3 Kirish. Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl nasabini, o’z to’g’ilib, voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski vatanining tarixini bilishni istaydi. Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning vatanimiz nafaqat sharq, balki umumjahon svilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu- ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asosi mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin ham ko’plab osori-atiqalarimiz tariximizdan dalolat berib kelmoqda. Beshavqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at siyosat, axloq falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, astranomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o’n minglab asarlar bizning beqiyos boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning salmoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha oladi. 1 Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari, diniy axloqiy, ilmiy qarashlarini o’zida mujassam etgan.bu nodir 1 Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz - kelajak yo’q. T;1998 3-4 bet. 4 qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi.Olimlarimiz tariximizning turli davrlariga oid risolalar yozishmoqda. Tarixiy mavzularda nasriy, nazmiy sahna asarlari yaratilmoqda. Muayyan mamlakat voqea haqida, shaxsga munosabat bildirayotganda, bu faqat bir kishi yoki muayyan toifadagi kishilarning nuqtai - nazari bo’lishi mumkinligini unutmaylik. Chuqur tahlil mantiqqa asoslanmagan bir yoqlama fikr odamlarni, avvalo tarix o’qituvchilarini chalg’itadi. Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak , mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli bilimli odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi.O’z fikr-o’yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk bo’la oladi. Erkin, demokratik jamiyat qurayapmiz. Biz uchun yopiq mavzuning o’zi yo’q. Tarixning ma’naviyatimizda tutgan o’rni qanday? Tarixni yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma’naviyatga erishish mumkinmi? Albatta mumkin emas. Ma’naviyatini tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga albatta tarixiy xotira kerak bo’ladi. 2 Bakalavrlik disertatsiyam mavzusi – O’rta Osiyoda mo’g’ul bosqini davri tarixshunosligidir. Albatta mustaqilligimizga qadar bu mavzuni o’rganish amalga oshirilgan. Ko’plab tadqiqotchilar ilmiy asar monagrafiyalarni chiqarishgan. Tarixshunoslarning asosiy yondashuvlari, mo’g’ul bosqinining qaysi vaqt, qanday va kim tomonidan o’rganilganligini bilish juda ham muhimdir. Rus sharqshunos 2 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T;1998 5-6 bet. 5 olimi, akademigi V.V.Bartold o’zining “Туркистан в епоху монгалского нашествея” homli asarida mo’g’ullarning O’rta Osiyoga bostirib kirishini atroflicha yoritishga harakat qilgan. Barcha tarixshumoslarning asarlarida dastlab mo’g’ullar bilan xorazmshohlar davlati o’rtasidagi elchilik, savdo aloqalari batafsil berilgan. Tarixshunos olimlar mo’g’ullarning xorazmshohlar davlatini bosib olishini manbalar asosida yoritishga harakat qilgan. D. J. Juvayniy, Jurjoniy, Nasafiy, Ibn al-Asir, Roshiddinlar yozib qoldirgan ma’lumotlarni solishtiradi. Mo’g’ullar bosqini arafasida Xorazmshoxlar davlatidagi siyosiy vaziyat, o’zaro ichki nizolar, Turkan xotun bilan Sulton Muhammadning o’zaro munosabati atroflicha yoritilgan. Muhammad Xorazmshoxning keyingi ahvoli, O’tror va boshqa qator shaharlarning bosib olinishi tarixshunoslikdagi asosiy ob’ekt bo’lib hisoblanadi. Xorij tarixshunosligida ham bu mavzuga bir necha bor murojaat qilingan. : Филипс Э.Д. “Монголы Оснаванеии империи Реесках ханов” М: 2004 : Бира Ш, “Монголсках историография XIII-XVII вв” М: 1978 : Бунятов, Государство Хорезмщахов Аништагинъцов, М: 1986 Bundan tashqari, O’rta Osiyo mo’g’ullar bosqini davrida qanday ahvolda bo’lganligi, boshqa tarixshunoslarning asarlarida ham o’z aksini topadi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin ham, Jaloliddin shaxsi, uning siyosiy kurashlari tarixini o’rganishga katta qiziqish yuzaga keldi. 6 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 30-avgustdagi farmoniga ko’ra “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi. Jaloliddin Manguberdini haqqoniy tasvirlash amalgam oshirildi. Uning shaxsi haqida Prezidentimiz I.Karimov shunday so’zlarni keltirib o’tgan:Jaloliddin Manguberdi ona yurt himoyachisi, jasur sarkarda va davlat arbobi, Jaloliddin Manguberdining tavalludi nishonlanib kelinmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling