Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda


Иванин М. Икки буюк саркарда. Чингизхон ва Амир Тимур. Т.-1994


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana30.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1690319
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
5aec47bd72400

Иванин М. Икки буюк саркарда. Чингизхон ва Амир Тимур. Т.-1994.
Стр
50
bet5

49
O’sha kitobСтр
5
02 bet 6 



54 
ikkala guruh o’rtasidagi nizoni keskinlashtirdi. Ikki yoki uch kundan so’ng Amin 
al-Mulk kelib, hokimyatni o’z qo’liga oldi. Vazir Shams ul-Mulk qal’aga qamab 
qo’yildi. Chingizxon bu paytda Nusratkuh qamali bilan band edi. Uncha katta 
bo’lmagan mo’g’ul qo’shinlari esa boshqa hududlarga harakat qilishdi. Amin al-
Mulk ularning qo’shinlaridan birini mag’lub etdi. U G’aznaga borib, shaharda 
Salohiddinni qoldirdi. Voqealarni keyingi rivoji haqida tarixchilar turlicha fikr 
bildirishadi.
50
Peshovarda Xurosonga Movaraunnahr turklar va Xalajlardan katta 
qoshin yig’ildi. Ularga Sayfiddin Agrak Malik boshliq etib tayinlandi. Ammo u 
Rozi al-Mulk bilan bo’lgan jangda mag’lub etildi. G’aznada Uzdat al-Mulk 
hukumdor deb e’lon qilingan. Imom ad-Din Balxiyning o’g’li A’zam Malik va 
Qobul hukumdori Malikshox unga qarshi chiqdi. O’z atrofida Gurjiylarni to’plab, 
ular G’aznani egallagan. Bu vaqtda Jaloliddin vazir Shamsul-Mulkni qal’adan 
ozod etib, uni G’aznaga yubordi. Salohiddin o’ldirilgach, Jaloliddin kelguniga 
qadar hokimyatni Rozi al-Mulk o’z qo’liga olgan. Jaloliddin qachon Parvonadan 
g’alaba bilan qaytib kelgunga qadar Rozi al-Mulkni almashtirmadi. Ammo Rozi al-
Mulk majburiy suv ichirish yo’li bilan o’ldirilgan. Juvayniy vaJuzjoniyning 
guvohlik berishlaricha, Jaloliddin G’aznaga kelgunga qadar hokimyat A’zam 
Mulkni qo’lida bo’lgan. Jaloliddin G’aznaga Amin al-Mulk va 30 ming qo’shin 
bilan 
kelgan. 
Nasafiyning aytishicha, ular G’aznada birlashishgan.
51
Tarixchilarning aytishicha, Amin al-Mulk 50 ming kishilik, Sayfiddin Ag’roq esa 
40 ming kishilik qo’shinga boshchilik qilishgan. Uchta harbiy boshliq A’zam 
Malik, Amin al-Malik, Ag’roqdan tashqari, Nasafiy yana ikki kishini nomini tilga 
oladi. Ular avg’onlar yo’lboshchisi Muzaffar Malik va qarluqlar yo’lboshchisi 
Hasan edi. Jaloliddin Amin al-Mulkning qiziga uylangan edi. O’zining tirli qabila 
va qo’shini bilan mo’g’ullar bilan uchrashish uchun Parvonaga chiqdi Bu yerda u 
mo’g’ul qo’shinini mag’lub etib, Toxaristonning Valiyon qal’asini qamal 
qildi.Mo’g’ullar 1000 kishisini boy berdi. Jaloliddinga qarshi Shiku Xutuxu 
No’yon boshcgiligidagi qo’shin yuborildi. Juvayniyning aytishicha uning qo’shini 
50
O’sha kitob 57 betСтр 507.
51
O’sha kitob 60 betСтр 508



55 
30 ming kishini, Juzjoniyning aytishicha, uning qo’shini 45 ming kishi edi. 
Jaloliddinning qo’shini Parvona yaqinidagi asosiy jangda qatnashdi. 
Musulmonlarning o’ng qanotiga Amin al-Mulk, so’l qanotiga Ag’roq boshchilik 
qilgan. Musulmonlar otda, piyoda va suvda jang qilishgan. Juvayniyning hiloya 
qilishicha Shiku Xutuxu No’yom 2 kun yunda Jaloliddinni ayyorlik bilan aldashga 
harakat qilgan, ya’ni qo’g’irchoq otliq askarlar yasab, qo’shin sonini ko’paytirib 
ko’rsatishga harakat qilgan. Ammo Jaloliddin buli anglab, hal qiluvchi umumiy 
hujumga o’tib, Siku Xutuxuni mag’lub etdi. Siku Xutuxu kam sonli qo’shini bilan 
chingizxon huzuriga qaytdi. Parvona jangi mo’g’ullarning eng muvaffaqiyatsiz 
jangi bo’ldi. Nasafiyning hikoya qilishicha, ko’pchilik shaharlarda aholi 
qo’zg’alon ko’tari, mo’g’ul noiblarini o’ldirishgan. Musulmonlar bundan 
foydalanishga urinishdi. Orttirilgan o’lja ustida harbiy sarkardalar o’rtasida nizo 
kelib chiqdi. Jaloliddin vaziyatni o’nglay olmaydi. Sayfiddin Ag’roq, A’zam Malik 
va Muzaffar Mulklar Jaloliddinni tark etishdi. Faqat Amin al-Mulk o’z qo’shini 
bilan qoldi. Rashid ad-Dinning aytishicha, Chingizxon bu mag’lubiyatdan keyin 
tushkunlikka tushmadi. Ammo Shiku Xutuxu bundan keyin ehtiyotkorlik bilan 
harakatlanishi kerakligi ogohlantirildi. 
52
Talkan bu vaqtda mo’g’ullar qo’liga 
o’tdi. Chingizxon bor qo’shini bilan dushmanning ortidan quvishi mumkin edi. 
Harbiy boshliqlar ketgandan so’ng mo’g’ullar bilan ochiqcha jangga chiqishi qiyin 
edi. Hindikush dovoni orqali o’tish ham uning harakatini susaytirdi. Juvayniyning 
xabar brishicha Bo’miyon aholisi tomonidan mo’g’ullarga jiddiy qarshilik 
ko’rsatilgan. Chingizxon Valiyondagi mag’lubiyatini eshitdi va Gurzivon orqali 
yurishni boshladi. Bomiyon shahrini qamal qilishda Chingizxonning sevimli 
nevarasi (nabira) Mutugan I o’ldirildi. U Chig’atoyning o’g’li edi. Bu uchun butun 
shaharni vayron qilish, aholini qirib tashlash buyirilgan. Shaharga Mobaliq 
(“Axmoq shahar”) nomi berilgan. Juvyniyning aytishicha Chingizxon 
mag’lubiyatdan so’ng qo’mondonlarni to’g’ri G’aznaga yuborgan. Jaloliddinning 
Bomiyondagi harakati haqida gapirilmagan. Amin al-mulk va Ag’roq haqidagi 
52
O’sha kitob 69 bet.Стр 509.


56 
bobda esa, Sheki Xutuxu qo’shini 10-12.000 bo’lib Jaloliddin bilan to’qnashuvdan 
oldin G’aznani vayron qilganligi, ko’plab masjidlarni yoqib odamlarni katta 
hisobda o’lganligini aytib o’tgan. Rashidaddinning aytishicha, Chingizxon Talkan 
olingandan so’ng Bomiyon qamalini 7 oy davom ettirgan. Ushbu shahar vayron 
bo’lgandan so’ng, Chingizxon o’z o’g’ullari bilan Talkanga qaytib yozni shu yerda 
o’tkazgan. Ibn al-Asr, Jurjoniy va Nasafiylar Bomiyonning qo’lga olinishi haqida 
biror fikr bildirishmagan. Mirxond esa Chigizxonning Talkandan Andirov orqali 
Bomiyondaga u yerdan Qobul va G’aznaga o’tganligi. Bomiyon qamali biro y 
davom etganligini aytib o’tgan. Yevropalik tadqiqotchilardan D’osson bu borada 
shunday deydi; Chigizxon Talkandan Gurzivon va Bomiyonga ketgan. Oxirgi 
shahardan Chigizxon qo’mondonlarining mag’lubiyati haqidagi xabarni eshitgan. 
Roverti ham bu borada o’z fikrlarini keltirgan va shunday xulosaga keladi; 
Bomiyonning qamal qilinishi hech qachon sodir bo’lmagan. Bomiyon bu hamma 
joyda Valiyon deb o’qilishi kerak. Shu bilan bir vaqtda, Talkan va Parvon agarda 
shuyerda joylashgan bo’lsa Chigizxon qatsi yo’nalishdan borganligi tushinarsiz 
bo’lib qoladi.
53
Rashidaddinning aytishicha, Chigizxon Parvona jangidan so’ng 
muvoffaqiyatsiz siyosat tanlaganligi uchun o’z qo’mondonlariga hayfsan bergan. 
Chingizxonning o’zi Jaloliddin qo’shini bilan duch kelmagan va qarshiliksiz 
G’aznani egallagan. Sulton 15 kun ilgari shaharni tark etganligini eshitdi. 
Juvayniyning aytishicha Chigizxon shaharga noib etib Maba Yalovach (Mahmud 
Yalovoch emas) ni tainladi. Jaloliddin qochib ketgandan so’ng u G’aznaga 
O’qtoyni yuborgan. Otasining buyrug;iga ko’ra shaharga qattiq jazo belgilashi 
kerak edi (aholi qo’zg’aloni haqida gapirilgan emas). Asirdagi hunarmandlardan 
tashqari barcha aholi qirg’in qilingan. Bu qirg’in haqida Juzjoniy ham hikoya 
qiladi. Jaloliddin ilgariroq Hindga yaqinlashib, suzib o’tish uchun kemalar 
tayyorlashga kirishgan. Nasafiyning hikoya qilishicha Jaloliddin mo’g’ullarni 
Gardizdagi avangard qo’shiniga hujum qilishga buyruq bergan. Unda to’liq 
53
O’sha kitob 70 -72 bet.Стр 510-511



57 
mag’lubiyatga uchragan. Jaloliddin o’z rejalarini to’liq amalga oshira olmagan. 
Nasafiyning so’ziga ko’ra Hind sohilidagi jang 1221-yil 24-noyabr kuni bo’lib 
o’tgan. Jang bo’lib o’tgan joy haqida biz Juzjoniy guvohliklaridan foydalanamiz. 
Nasafiyning aytishicha, Jaloliddin Djuda tog’lik viloyatiga hujum qilgan. 
Sharafiddin ali- Yazdiyning Temurning yurishlari to’g’risidagi hikoyasida, 
Jaloliddin o’tgan joy- Cho’li-Jaloliy deb nom olgan. 
54
Tarixshunos Rovertining 
aytishicha, bu nom hozirga qadar saqlanib qolgan. Roverti jang bo’lib o’tgan joyni-
Gora-trat (ot sakrash) deb ataydi. Aynan bunday nom Jaloliddin sakrab o’tgandan 
so’ng shunday nomlanishini Roverti aytib o’tadi. Nasafiyning hikoya qilishicha, 
musulmon qo’shini markaziga Jaloliddinning o’zi boshchilik qilgan. Hatto 
Chingizxon qochishga ham tushgan. Ammo 10.000 mo’g’ul bahodirlarning hujumi 
jangni hal qilgan. Musulmonlarning o’ng qanotiga Amin al- mulk qo’mondonlik 
qilgan. Jaloliddining 7-8 yoshlik o’g’li asir olinib, o’ldirilgan. Onasi, xotini va 
boshqa ayollarni suvga sakrashiga aynan Jaloliddin topshiriq bergan. Ularning 
mo’g’ullarga asir tushishini xoxlamagan. Jaloliddinning o’zi daryodan ot bilan 
o’tdi. U bilan 4000 jangchi bor edi. Uch kundan so’ng 300 otliq unga qo’shildi. 
Chingizxon Hind orqali taqib qilmadi. Kelgusi yili uning ortidan 20.000 qo’shinni 
yubordi. Ular Multongacha bordi. Yoz issig’i tufayli shaharni egallamasdan orqaga 
qaytishgan. 1221-yilning ikkinchi yarmida Jaloliddining g’alabalari to’g’risidagi 
gap-so’zlar, Xurosonning qator shaharlarida qo’zg’alon kelib chiqishiga sabab 
bo’lgan. jumladan Marv hamda Hirot ham. Marvdagi qo’zg’alon noyabr oyining 
yarmida boshlangan.
55
54
Стр 512. 
55
Стр 513-515. 


58 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling