Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda


Urganchni egallanish tarixshunosligi


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana30.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1690319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5aec47bd72400

1.3.Urganchni egallanish tarixshunosligi. 
Chingizxon Buxoro yoki Samarqanddan Donishmand-hojib boshchiligida 
elchilarni yuborib, Turkan xotunga u bilan emas faqat o’g’ullari bilan jang 
qilayotganligini ma’lum qilgan. Ammo qilingan va’dalar bajarilmadi Turkan xotun 
o’g’li Muhammadning Amudaryo sohillarini tark etganligini eshitdi. Sulolani qiyin 
ahvoldan chiqarish uchun chora tadbirlar ko’rishga majbur bo’lgan. buxoro sadri 
Burxoniddin halok bo’ldi. Juvayniyning hikoya qilishicha Turkan xotun 
Urganchda qiyin ahvolda qolgan edi. U Turkmanistonning yuqori g’arbiy 
qismidagi Yazrga o’tdi. Bu yerdan Mozandaronga borgan uning ayrim kishilari, 
kuzatuvchilari Hartjan va Ilial qal’asida qolgan edi. Qal’a mo’g’ullar tomanidan 
o’rab olingan. Mo’g’ullar qal’a atrofiga yog’och to’siq qilishgan. To’rt oylik 
qamaldan so’ng suv yetishmasligi ma’kum bo’ldi. Nasafiyning aytishicha to’rt oy 
davomida viloyatda bir tomchi ham yomg’ir yog’magan. Ibn al-Asrning hikoya 
qilishicha, Turkan xotunni asirga olish 1220yil yozida ro’y bergan. Bu vaqtda 
mo’g’ullar Ray viloyatiga kelmagan edi. Qal’aning qamal qilinishi sulton orolga 
qochgandan keyin yoki oldin sodir bo’lganligi haqida turlicha qarashlar mavjud. 
Turkan xotun bilan birgalikda sulton Nuhammadning qizi va yosh o’g’li ham 
asirlikka olingan. Eng kichigidan bosgqasi o’ldirilgan. Sulton oila a’zolari 
Chingizxon ixtiyoriga berilgan. Mo’g’ullar xizmatida bo’lgan musulmon 
Donishmand-xojib nazorati ostida turgan. Xon-sulton o’limiga qadar Emilyada 
yashagan. U Jo’jiga berilgan edi. Chig’atoy uni musulmon vazir-xabash amidga 
berib yuborganligi ham takidlangan. 
31
turkan xotun bilan birgalikda vazir Nizom 
ul-mulk ham asirlikka olingan. 1221-yil Chigizxon uni qatl ettirgan. Turkan xotun 
Chingizxon tomonidan Mo’g’ulistonga yuborilgan. 1232-33 yilgacha u yerda 
yashagan. Turkan xotun ketgach Xorazm boshqaruvi qandaydir Alining qo’lida 
qolgan. Ko’xi-durugan nomini olgan. U davlat daromadlarini vijdonsiz holatda 
31
Ўзбекистон халқлари тарихи 1-жилд. А.Асқаров таҳрири остида. Тошкент, 1992. 136 - 
143.


36 
sovurgan. Harbiy kuchlar tepasida gapilmagan. 1220-yil yozida Xorazmga 
xo’jandni himoya qilgan Temur Malik keldi. Xorazm qo’shinlari Jo’ji binosiga 
qarshi hujum qildi. Mo’g’ullardan Yangikentni ham qaytarib logan, shahardagi 
mo’g’ul boshlig’i o’ldirilgan. Temur Malik bu g’alabalaridan fordalanmasdan 
Xorazmga qaytgan. Temur Malik va turk yo’lboshchilari o’rtasida to’likq kelishuv 
bo’lmagan. Qishda fuqarolik ishlari tartibga solindi. Devonning ikkita amaldori 
keldi. Mushriy Imomaddin va vakil Sharofaddin. Ular sultonning tirikligi haqidagi 
ma’lumotni olib kelishdi. Uning nomidan harakat qilishdi. Undan keyin Jaloliddin 
keldi. Uzloqshoh va Oqshoh ham u bilan birga edi. Sulton bilan o’limiga qadar 
orolda bo’lib, uni dafn qilishgan. 70 ta askar qurshovida mung’ishloqqa kelishgan. 
Ular poytaxtga kelib sultonning vafot etganligini elon qilishdi. Sulton tomonidan 
taxt vorisi Uzloqshoh tainlanganligi u bilan birgalikda Jaloliddin tainlanganligi 
haqidagi hujjatlarni ma’lum qilishdi. Sobiq noib rozi bo’lsada turk amirlari bunga 
rozilik berishmadi. Norozi kuchlar tepasida Tudji-Paxlavon turgan. 
32

Qutlug’xon unvonini olgan. 700 jangchiga boshchilik qilgan. U Jand va 
Yangikentning noibi bo’lgan (sobiq) . Jaloliddinni asirga olish va o’ldirish fitnasi 
tuzildi. Enanchxon ularni ogohlantirgach, Jaloliddin Xorazmdan Hurosonga 
qochdi. Temur Malik va 300 jangchi ular bilan birga edi. Uch kundan so’ng, 
O’zloqshoh ham Xorazmni tark etgan. Tatarlarning yaqinlashayotganligi haqida 
habar tarqatildi.
Urganch mudofasi shubhasiz armiyaga ega edi. Taxt vorisi uchun 
tortishuvlar davom etib, mudoffa uchun kuchlarni birlashtirishga imkon 
bo’lmagan. Sulola vakillari ketgach harbiy boshliqlar o’rtasida kelishuv tiklandi. 
Harbiy boshliqlardan biri Turkan xotunning qarindoshi hisoblangan. Xumortegin 
sulton unvonini qabul qildi. Juvayniy yana bir shahar mudofasini O’g’ul-xojib deb 
ataydi (yuqorida Buxoro mudofasida eslatib o’tilgan edi). Er-Buka Paxlavon va Ali 
Durugi esa, harbiy boshliq hisoblangan (sipohsalar). Bunday katta shahar 
Urganchni qamal qilish uchun Chingizxon katta kuchlarni yuborgan. Boshqa 
32
История стран Азии и Африки в средние века. М.1968. стр 99.


37 
shaharlarga qaraganda Xorazmga janubi-sharqdan Buxoro orqali Chig’atoy va 
O’gudayning ming kishilik o’ng qanoti, shimoli-sharq ya’ni Janddan-Jo’ji korpusi 
keldi. Nasafiyning aytishicha dastlab Tajibek boshchiligidagi avangard qo’shin, 
so’ngra O’guday korpusi, undan keyin Chingizxonning “maxsus otryadi”, 
(Bugurdchji-noyon boshchiligida) va oxiri Chig’atoy korpusi kelgan. Minglik va 
o’ng qanotiga To’lun-cherbi undan tashqari boshqa qo’shinlarga Ustun-noyon va 
Hadan-noyon boshchilik qilgan. 
33
Kepteuellarning minglik o’ng qanoti ham 
jangovor holatda kelgan. Jo’ji qismi kelgunga qadar ularning soni ming kishilik 
edi. Avangard qo’shinning harakati to’g’risida Juvayniy bir qator ma’lumotlarni 
beradi. Mo’g’ullar dastlab shahar darvozasi atrofiga kelib kichik sonli qo’shin 
bilan chorva mollarini quvib, dushmanni aldashga harakat qildi. Mudofachilar esa 
“ Dunyo Darvozasi”dan chiqib ularni ta’qib qilishga kirishdi. Mo’g’ullarning ming 
kishilik qo’shini ularni qurshab oldi. Qolgan mo’g’ul qo’shinlari Akabilan 
darvozasi orqali hujum qilishdi. Nesurgacha kirib bordilar. Keyingi kuni jang yana 
davom ettirildi. Faridun Go’ri 500 kishilik qo’shin bilan darvozada dushman 
hujumini kesdi. Shundan so’ng Chig’atoy va O’guday qo’shinlari kelishdi. Ular 
aholi bilan muzokara olib borishga harakat qildi. Xorazm atrofida tosh 
bo’lmaganligi uchun mo’g’ullar tut daraxtidan foydalandi. Jo’ji qo’shini kelgach 
shahar hamma tomondan o’rab olindi. Asirlarga g’ov qilish, handaq qazush 
topshirig’I berilgan( Rashidaddinning aytishicha bu uchun 10 kun vaqt kerak edi). 
Ishchilar asirga olingach, devorlar tagidan chuqur qazishga majbur qilingan. 
Bundan vahimaga tushgan sulton Xumor-tegin darvozadan chiqdi. Mo’g’ullar 
qo’liga tushdi. 
34
Uning boshliqligini keyin kim qabul qilganligi manbalarda 
aytilmagan. Sultonning bunday siyosati aholi ishonchi ruhini tushirib yubordi. 
Shunday bo’lsada, mudofaa davom etdi. Mo’g’ullar devorlar ustiga o’z 
bayroqlarini qo’yishdi. Neft solingan idish vositasida uylarga o’t qo’yishdi. Har bir 
ko’cha va kvartalni tintib chiqa boshladi. Shaharning katta qismi vayronaga 
aylantirildi. Shaharni Amudaryo suvidan uzish uchun hujumni sekinlik bilan olib 
33
История Монгольской Народной Республики. М., 1983. Стр 58 
34
O’sha kitob 59. 


38 
borishga qaror qildilar. Daryo orqali shaharning o’zida ko’prik qurildi. Asirlarni 
ishlatish uchun uch ming mo’g’ul ko’prik bilan mashg’ul bo’lgan. aholi mudofasi 
yana davom etdi. Ibn al-Asr shunday hikoya qiladi; shahar mudofasida devorni 
egallagan mo’g’ullarga qaraganda ko’proq kishi halok bo’lgan. rashididdinning 
aytishicha mo’g’ullar o’lganlarning suyaklaridan katta tepaliklar yasashgan. 
Tarixchining so’zlariga qaraganda, mudofaa muvoffaqiyatsizligiga sabab ichki 
nizolar ham sabab bo’lgan. jo;ji va Chig’atoy o’rtasida ham nizo kelib chiqib 
qamalga salbiy ta’sir etgan. Nasafiyning hikoya qilishicha Jo’ji shahardagi 
boyliklarni saqlab qolish tarafdori bo’lgan. shundan so’ng uni ta’sir doirasiga 
qo’shib boorish mumkinligi haqida taklif bildirgan. Ushbu maqsaddan bir necha 
bor aholiga shaharni tinch yo’l bilan topshirishni aytgan. Aholi orasida buni qabul 
qilish tashabbusi paydo bo’li, ammo ba’zi guruhlar bunga rozilik bildirmadi. Bu 
Chig’atoyda norozilik kayfiyatini keltirib chiqardi. Birinchilari orolda turgan 
sulton Muhammad yuborgan maktubni ilgari surdilar. Unda qarshilik ko’rsatmaslik 
tavsiya qilinganligi qytib o’tgan. Chingizxon ikkala o’rtasidagi nizodan xabar 
topgan. Uchta qismga O’gudayni boshliq qilib tainladi. Mo’g’ullar kvartal ortidan 
kvartalni taqib qilishni davom ettirishgan. Aholi faqat uchta kvartalda qolishgan. 
Oxir oqibat ular shahar mutaxasisi faqih Ali- addin Xayyat nomidan iltimosnomani 
yuborishga qaror qildilar. 
35
Endi Jo’jining o’zi ularning talabini bajarishi 
mumkin emas edi. Aholining maydonga chiqarilib, ulardan iqtisosligi bo’yicha 
alohida turishi talab qilindi. Asosiy maqsad hunarmandlarni ajratib olish edi. 
Ba’zilar buni bajarishdi, qolganlari esa o’z kasblarini sir tutdilar. Chunki 
mo’g’ullar hunarmandlarni olib ketishi hammaga ayon edi. Juvayniyning 
ma’lumot berishicha, hunarmandlarning soni 100.000 ga yaqin bo’lgan. voyaga 
yetmagan bolalar va ayollar ham asirga olingan. Qolgan aholiga ham tazyiq 
o’tkazilib har bir mo’g’ul jangchisiga 24 kishidan xizmatkorlikka bo’lib berilgan. 
Juvayniyning bundan ham kattaroq hisobni eshitganligini yozib qoldirgan. 
Shayr Najmiddin Kubro haqida Rashidaddin xabar qiladi, ya’ni Chingizxon 
35
Иванин М. Икки буюк саркарда. Чингизхон ва Амир Тимур. Т.-1994.Стр 102. 


39 
Xorazmga mo’g’ullarning yurishi vaqtida shayxni ogohlantirib shahardan chiqib 
kutishini taklif qilgan. Shayx esa taqdiri o’z fuqarolari bilan ajralmas ekanligini 
e’lon qilib, shahar qo’lga olinishida halok bo’lgan. ibn al-Asrning aytishicha 
Urganch fojiasi boshqa shaharlarga nisbatan juda ham achinarli bo’lgan. urganchda 
mo’g’ullar suv yo’lini yopishib, binolarni vayron qilishgan. So’ngra u yerga suv 
qo’yib yuborishgan.
36
Urganchni qamal qilishda Rashidaddin boshqa ko’plab voqealarni ham yozib 
qoldirgan. Uning aytishicha, shahar mudofaasi 7 oy davom etgan. Ibn al-Asrning 
aytishicha bu mudofaa 5 oy davom etgan. Nasafiy esa shahar 1221-yil aprel oyida 
qo’lga olinganligini aytdi. Xorazm shunday qilib Jo’jiga qarashi ta’sir doiralariga 
kiritildi. Chig’atoy va O’qtoy esa otasining oldiga qaytishdi. Qaytish chog’ida esa 
yana bir shaharni vayron etishdi. 
37
36
O’sha kitob 103 bet. 
37
O’sha kitob 104 bet 


40 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling