Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda
Movaraunnahr shaharlarini mo’g’ullar tomonidan bosib olinishi
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
5aec47bd72400
1.2.Movaraunnahr shaharlarini mo’g’ullar tomonidan bosib olinishi
tarixshunosligi. Jurjoniy mo’g’ullar savdo karvonining ozchilik guruhi bilan birgalikda Muhammad tomon yuborilganligini hikoya qiladi. Chegara viloyat O’trorga keldi. Karvonga boshchilik qilgan to’rt savdogarning nomini Nasafiy sanab o’tadi; Umar Xoja O’troriy, Hammal Merogi, Faxriddin Dizzakiy Buxoriy, Amin ad-din Xaraviy, Juvayniyning so’zlariga qaraganda Karvonda 450 kishi bo’lgan. ularning barchasi musulmon edi. 500 ta tuyasi borligi, yuklangan tavarlari, aynan oltin, kumush, xitoy ipagi borligini Jurjoniy hikoya qiladi. Ushbu savdogarlarning barchasi qamoqqa olinadi. O’tror hukumdori Inolchiq bo’lib, Kaer-xon unvonini olgan. (Nasafiy uni inolhon deb atagan). U Turkan xotunning qarindoshi hisoblangan. (Nasafiyning aytishicha u sultonga amakivachcha hisoblangan). Savdogarlarning ayg’oqchilik maqsadida kelganligini noib Inolchiq, Muhammadga yetkazgan. Sulton ularni faqat qamoqqa olishni buyurgan. Ularni o’ldirishni O’tror noibi o’zi mustaqil qaror asosida bajargan. O’lganlarning barcha narsalariga o’zi egalik qildi. Sulton harbiy partiya bilan urishishga kirishishni xohlamasdi. Uning aftariteti albatta sultonga yoqmagan. Tavarlar Buxoro va Samarqand savdogarlariga sotib yuborilgan. Sulton ham bu pullarga egalik qildi. Juvayniyning aytishicha, Inolchiq savdogarlarning biri tomonidan haqorat qilingan. 12 Chingizxon bundan xabar topsada yana xorazmshoh huzuriga Ibn Kafroj Bug’ro boshchiligidagi elchilarni 12 Всемирная история. Т.10. Минск. 1998. 465-466. 18 yuborgan (Otasi hech qachon takashga xizmat qilmagan). Inolchiqni jazolash haqidagi Chingizxon taklabini olib kelgan xorazmshoh nafaqat uning talabini bajarmadi, balki elchini o’ldirishga buyruq berdi. Uning hamrohlari esa soqollari kesilib, jo’natilgan. Biz bu yerda ikkala davlat orasidagi ziddiyatga asos va biror bir tashqi ta’sirni ko’rmaymiz. Tarixshunoslikda A.Myullerning shunday qarashlari mavjuddir: Chingizxon Xorazmshohga qarshi yurishdan oldin Kuchluk otryadini yo’q qilishi lozim edi. Chjebe-noyon boshchiligidagi otryadni yubordi. D’ossonning fikri asoslidir. Ya’ni xorazmshohning kuchlari dushmanga qaraganda kam sonli edi. Xorazmshoh o’z harbiy boshliqlari bilan dushmanlik munosabatida bo’lganligi uchun, qo’shin ustunligi bo’lsada ulardan foydalana olmadi. Mo’g’ul elchilari kelgunga qadar ham harbiy kengashda Shahobiddin Hivaqiy o’z fikrini bildirgan. Ya’ni qo’shinni Sirdaryoda birlashtirish kerakligi xususida Nasafiyning hikoya qilishicha, mo’g’ullar bosqiniga qadar ham asosiy mudofa inshoatlari tugallanmagan edi. Hatto ayrim asosiylari boshlanmagan edi. Juvayni faqat Samarqandda asosiy mudofa mustahkamlanganligini aytgan. Yevropalik olimlar, shular qatorida A.Myuller ham xorazmshohni ayblaydi. Imkoniyatlardan foydalanmaganligi va boshqa sustkashlikda. 13 Juvayniyning ma’lumot berishicha O’tror besh oy mudofa qilingan. Asosiy shaharning qismi- yana biro y saqlab turilgan. Qamal 1219-yil sentyabr oyida boshlangan deb aytishimiz mumkin. Chingizxon o’trorda o’z qo’shinlarini bo’ldi: qo’shinning bir qismi shaharni qamal qilish uchun qoldirilgan (Rashidaddinning aytishicha, ular bir necha tumandan iborat bo’lgan). Uyg’ur otryadi ham ularning 13 O’sha kitob 472-473 bet. 19 tarkibida qoldirilgan. Qo’shinning boshqa qismiga esa Jo’ji boshchilik qilgan. U Sirdaryoning pastki qismiga yuborilgan: uncha katta bo’lmagan otryad daryoning yuqori qismiga: Binokant va Xo’jantga yuborilgan; Chingizxonning o’zi va Tulu asosiy kuchlar bilan Buxoroga yo’l olgan. Nasafiyning aytishicha, sultonni o’z qo’shinidan ajratib qo’yish maqsad qilingan. Chingizxon Zernuq qalasiga kirdi. Bu yerda mo’g’ullar biror-bir qiyinchilikka duch kelmadi. Daryo muz bilan qoplangan edi. Zernuq aholisi Donishmand- hojib boshchiligidagi vakilarni Chingizxon huzuriga yubordi. Ular qarshilik ko’rsatishmadi. Donishmandning mulki va hayoti saqlab qolingan. Berilgan vadalar ham bajarildi; Mo’g’ullar faqat qal’ani vayron qildi. Mahalliy yoshlardan otryad turdi. Shaharga Qulqug’-baliq nomi berildi. Voqealarga zamondosh hisoblangan Ibn al-Asr, Jurjoniylarning hikoya qilishicha Chingizxon Buxoroga 1220-yil febral oyida kirib brogan. Juvayniy aytganidek, mart oyida emas. Ibn al-Asr va Jurjoniylarning ko’rsatgan sanasi Narshahiy tomonidan ham tasdiqlangan. Jurjoniylarning guvohlik berishicha, Buxoro garnizonida 12.ooo askar bo’lgan. juvayniy esa ularning sonini 20.000 deb ko’rsatgan nasafiyning so’ziga qaraganda, shahar mudofasiga Ixtiyoriddin Qo’shlu boshchilik qilgan. 14 yana biri- Enanchxon O’g’ul-xojib edi. Boshqa harbiy boshliqlarni Juvayniy Hamid-Pura ( qora-xitoy, kelib chiqishi shunday. 1210-yilgi jangda asrga tushgach, xorazmshohga xizmat qila boshlagan). Suyunchixon va qandaydir Gurxon go’yoki mo’g’ul bo’lishgan. Chingizxondan qochib Muhammad xizmatiga kelgan ammo Juvayniy buni tasdiqlamaydi. Qamal boshlangandan uch kun o’tgach, Enanchxon boshchiligidagi 14 Греков Б.Д. и Якубовский А.Ю. Золотая Орда и ее падение. М-Л., 1950. Стр 274-276. 20 qo’shin shaharni tark etish va mo’g’ullar qatorida o’zlariga yangi yo’l tanlashga qaqror qilishdi. Enanchxon kichik qo’shin bilan Amudaryo orqali qochishga erishdi. Hamid Pura esa ushbu jangda halok bo’ldi. O’z mudofaachilari ketgach, aholi shunday qarorga kelgan: shaharni topshirish, Badriddin qozixon boshchiligida. Ibn al-Asr shahar egallanishini 10-fevral va Juzjoniy esa 16-fevral deb ko’rsatdi. Asosiy markazni mudofaa qilish yana 12 kun davom ettirilgan. 400 askar qolgan edi. Aholi sulton qo’shinlari uchun tayyorlangan zahirani mo’g’ullarga berishga majbur bo’lgan. Badaxlar savdogarlar esa o’z tavar, boyliklarini berishagnlar. Mo’g’ullar shaharni talon-taroj qilgan. Aholiga faqat kiyim-kechak olishga, shaharni tark etishi buyirilgan. Kim itoat etmasdan shaharda qolsa, o’ldirilishi uqtirilgan. Juvayniyning hikoya qilishicha, imom Jalol ad-din Ali bin Hasan (yoki Husayn) Zendi masjid talanayotganda o’z munosabatini bildirgan. 15 Rukn ad-din va uning o’g’illari jangda halok bo’lishgan. O’ldirilganlar qatorida Sadr Majididdin Ma’sud ham o’lgan. buxorodan Samarqandga o’tishda mo’g’ullar ko’pchilik kishini asr olgan edi. Ibn al-asrning ma’lumot berishicha, asrga olingan kishilar uchun og’ir, ular otliq mo’g’ul qo’shini ortidan yurishlari kerak edi. Ularning ko’pchiligi yo’lda halok bo’lishgan Samarqand va Buxoro orasida faqat Dabusiya va Saripul qarshilik ko’rsatishgan. Xulosa qilish mumkinki mo’g’ullar Zarafshon daryosining ikkala yo’nalishi bo’ylab o’tgan. Biz ko’ramizki, Movarounnahardagi asosiy shahar hisoblangan. Samarqand mudofasiga Xorazmshoh alohida e’tibor qaratgan. Tabiiyki bu yerda katta qo’shin to’plangan. Boshqa joylarga qaraganda Juvayniy aytishicha, 15 Васильев Л.А. История Востока. Т.1. М., 1998. стр 23 7. 21 Samarqandda 110.000 qo’shin bo’lgan. ulardan: oltmish ming turk, ellik ming tojik edi. Yigirmata fil ham bo’lgan nasafiy aytishicha qo’shin qirq ming; Ibn al-asrning aytishicha qo’shin ellik ming, Juzjoniyning aytishicha qo’shin oltmish ming bo’;gan ya’ni turk, tojik, xaladj va qarluqlarni qo’shganda Nasafiyning aytishiga qaraganda shaharning asosiy boshlig’i- To’g’ayxon bo’lgan u Turkan xotinning ukasi bo’lgan. chingizxon Samarqandga kelib, shahar tashqarisidagi Ko’ksaroyga to’ztagan. Qamalga olinganlarni aldash uchun mo’g’ullar asirga olinganlarni (asirdagilar) jangovor qatorga qo’ygan. Har o’ninchi kishi qo’lida bayroq ko’targan. Shahar oldida go’yoki katta qo’shin turganligini namoyon qilish shaharliklarni shu yo’l bilan vahimaga tishirishni rejalashtirgan. Chig’atoy va Uguday kelgach, asirdagilar soni yanada oshgan edi. Ularning ko’pchiligi O’tror aholisi edi. Movarounnahrdagi boshqa shaharlarga qaraganda, O’tror mudofasi uzoq davom etgan, inolxon ixtiyorida 20.000 kishi bo’lgan Juvayniyning aytishich sulton unga 50.000 kishi yuborgan. Bundan tashqari yordam berish uchun 10.000 qo’shin bilan Qoracha Xojib ham jo’natilgan. Besh oylik qamaldan so’ng Qoracha Xojib shaharni topshirish va uni tashlab chiqishga qaror qilgan. O’tror aholisi ham Buxoroliklar singari shahardan chiqarib yuborilgan. Asosiy markazdagi mudof ayana bir oy davom ettirildi. Enalxonning o’zi binolardan birining tomiga qochdi.Qurol-yarog’lari qolmagach, mo’g’ullarga g’isht uloqtirdi. Uni mo’g’ullar tiriklayin asirga olib Ko’ksaroyga Chingizxon huzuriga yuborgan. Masnaviyning yozishicha Inalxon shu yerda qiynoq asosida qatl etilgan. 16 16 Ўзбекистон халқлари тарихи 1-жилд. А.Асқаров таҳрири остида. Тошкент, 1992.78-82. 22 Samarqand qamalining uchinchi kuniyoq og’ir ahvolga keldi. Ibn al-Asir va Juzjoniyning xabar berishicha, mudofaa og’ir mag’lubiyat bilan yakunlangan. Mo’g’ullar oxirgi kishigacha qirg’in uyushtirdi; Ana shunda Ibn al-Asirning aytishicha, 70.000 kishi halok bo’lgan. Juzjoniy esa halok bo’lganlar sonini 50.000 deb ko’rsatgan. Ibn al-Asirning ishonch bilan aytishicha, sulton qo’shini asosiy mudofaa ishtirok etmagan. Ammo zamondoshlarning hikoyalari ba’zida bir-biriga zid keladi. Masalan, Juvayniyning aytishicha sulton qo’shini asosiy mudofaada ishtirok etmagan. Ammo zamondoshlarning hikoyalari ba’zida bir-biriga zid keladi. Masalan, Juvayniyning aytishicha, mudofaada turklar Alp-Er-Xon, boshchiligida ishtirok etgan. Alp-Er- Xon, Shayxon, Bovaxon boshchiligidagi turklar shahardan chiqib, bir qancha mo’g’ullarni o’ldirgan. Ko’pchiligi asirga tushgan. O’zlari 1000 kishini yo’qotgan. Qamalning beshinchi kuni turklar singari, mahalliy aholi ham shaharni topshirishga qaror qilgan. Kichik qo’shindan tashqari turklar Tug’ayxon boshchiligida mo’g’ullarga o’z shartlarini taklif qildilar. Shaharliklar esa qozi va Shayx-islom boshchiligidagi vakillarini yubordi; Mo’g’ullar shaharga Nomozgoh darvozasi orqali kirdilar. Mudofaa inshoatlarini vayron qilishga kirishdilar. Doimgidek shahar aholisini quvib chiqardilar. Talonchilikni amalgam oshirdilar. Qozi va Shayx-islom qo’l ostidagi kishilar soni 50.000 ga yaqin edi. Samarqand ruhoniylari (din arboblari) Buxorolik din arboblariga teskari holatda, ya’ni mo’g’ullarga deyarli qarshilik ko’rsatmagan. Boshdayoq ularning hurmatini qozonishga harakat qilgan. Qandaydir shamanchilar umuman barcha dinga ergashib ketishaverganlar. Agar din vakillariga sayidlar qo’shib hisoblansa, ularning soni 50.000 ga yetardi.Mo’g’ullar 23 Samarqandni vayron qilishga kirishdi. Shaharga suv kiriladigan tizimlarni izdan chiqardi. Kechasi Alpxon (Alp-Er-Xon) 1000 ta jangchisi bilan chiqib sulton qo’shinlari bilan birlasha oldi. Markaziy qismdagi qolgan himoyachilar 1000 kishi atrofida edi. Ular masjidda to’planishdi. Xorazmshox tomonidan qurilgan masjid yoqib yuborildi. Sultonning turk jangchilari dastlab mo’g’ullar xizmatiga o’tishgan. Jangchilarning soni 30.000, yo’l boshchilari esa 20 kishi bo’lgan. Bu Chingizxon tomonidan Rukn ad-din karta yorlig’ida yozib qoldirilgan. Qolgan kishilar ham taslim bo’lishgan. 30.000 ga yaqin hunarmand Chingizxonning o’g’illari va qarindoshlariga bo’lib berilgan. Shahar bo’shab qolgan edi. Shahar aholisining ¼ qismi qoldi xolos. Samarqand bosib olingandan so’ng, Chingizxon vaqtinchalik o’z korpusi harakatini to’xtatdi. Jo’ji boshchiligidagi qo’shin ham Sirdaryoning pastki qismiga yuborilgan edi. Uning g’alabalari haqida Juvayniy batafsil ma’lumot beradi. 17 Mo’g’ullar boshda O’trordan 24 farsax masofadagi sig’noqqa kirib borishgan. Aholi bilan Jo’ji o’rtasida muzokara boshlangan. O’z vakili sifatida u musulmon savdogari Hasan Xojani yuborgan. Uzoq yillardan beri u mo’g’ullar xizmatida edi. Uning nomi Yuan-Chan-Bi- Shi-da ham eslatib o’tilgan. Aholi elchini o’ldirdi. Shundan so’ng mo’g’ullar shaharni yetti kun qamal qildilar. Oxir oqibat katta vayronagarchilik, talonchilik sodir bo’ldi. O’ldirilgan Hasanning o’g’li usha joy boshlig’i etib tayinlandi. Bundan keyin O’zgand, Barchinlig’kent va Ashnas qo;lga olindi. Oxirgi garnizon qatttiq qarshilik ko’rsatdi. Jangda muzokara uchun Chin-Temur yuborildi. Kelib chiqishi ongutlardan bo’lgan (oq tatar) U oxirgi vaqtlarda Eron 17 Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Сборник сочинений. Т-1. М., 1963. стр 441. 24 tarixida katta rol o’ynagan. Bundan ilgariroq Djandni sulton qo’shinlari shaharni tark etgan edi. Ular Qutlug’xon boshchiligida Xorazm cho’llari orqali qochgan.Nasafiyning aytishicha Qutlug’xon 10.000 qo’shin bilan Shahrikent (Yangikent) da turgan. Chin-Temur Djand aholisi tomonidan yomon kutib olingan. U shahar aholisiga Sig’noq taqdiri qaytarilishini aytib, ogohlantirdi. Agar shartlarga ko’nsa, mo’g’ullarni shahardan ketkazishini ma’lum qildi. Mo’g’ul harbiy boshliqlari ilgari jangda borishni taklif qilmagandilar. Balki Qoraqurumda dam olishni istagan. Qipchoqlar yeri katta ekanligini yaxshi bilur edi. 18 Mo’g’ul otliq qo’shini Jo’jidan talab qilganligi sababli, u ko’chmanchilar xizmatidan foydalanishni rejalashtirgan. Ammo Djandga borishni lozim topgan Juvaniyning barcha qo’lyozmalari va Rashididdin so’zlariga qaraganda bu hijriy 616-yil ya’ni 1219-yil 20 aprel yoki 1 may kuniga to’g’ri keladi. Shahar darvozasi yopilsada, aholi biror-bir qarshilik ko’rsatmagan. Mo’g’ullar devorlardan oshib, shaharni egallashgan. Aholini shahardan chiqib ketishga majbur qilgan. Shaharni talash davom ettirilgan Buxorolik Ali-xoja shahar boshlig’i etib tayinlandi. Jo’jining o’zi Djandda qolib, kelgusi yili Xorazmga brogan. Uncha katta bo’lmagan qo’shin Yangikentga yuborilgan. Shahar qarshiliksiz egalangan. Qoraqurumga Ulus-fai boshchiligidagi qo’shin yuborildi. Turkmanlardan tashkil qilingan 10.000 qo’shin almashtirildi. Ushbu qo’shin Taynal-noyon boshchiligidagi qo’shin tarkibida Xorazmga ham yuborgan edi. Taynal aytishicha turkmanlarga hujum qilib, katta qismini 18 O’sha kitob 442 25 qirib yuborgan. Ularning ayrim qismlari Marv va Amulga qochib jon saqlashgan edi. 19 Mo’g’ullar qo’shini Banokatga yuborildi. Qo’shini 5000 askardan iborat bo’lib, ularga Oloq-noyon boshchilik qilgan. Kelib chiqishi barin qabilasidan edi. U o’z aka-ukalari bilan birga Chingizxonni yon kuzatuvchi sifatida olib yurgan. Boshqa qoshinlarga Suketu-cherbi boshchilik qilgan. Uning kelib chiqishi xongxotun qabilasidan edi. Tug’ay ham unga hamrohlik qilgan. Banokatdagi turk gornizoniga Elatxu-Malik boshchilik qilgan. Shaharni uch kun mudofaa qilishgan. 4 kuni shahar taslim bo’ldi. Mo’g’ullar gornizonni yo’q qildilar. Demak, mo’g’ullar Banokatda jiddiy qarshilikka duch kelmagan.(Boshqa shaharlarga qaraganda) Movaraunnahrdagi shaharlar xususida gapirilar ekan, faqatgina Banokat Chingizxon davridan Temur davrigacha vayron holda yotgan. Juvayniy so’zlariga qaraganda, mo’g’ullar qo’shini Banokatdan-Xo’jandga yo’l olgan. Aynan Juvayniyning o’zi bir joyda aytadiki, Oloq-noyon Chingizxon tomonidan Vaxsh va Talkanga yuborilgan ikkita qo’shindan biriga boshchilik qilgan. Besh ming kishilik qo’shin Banokat qo’lga olingandan so’ng, Chingizxon huzuriga qaytgan. Xo’jandni bosib olish topshirig’i maxsus qo’shinga yuklatilgan. Samarqanddan yuborilgan edi. Ibn-al-Asir va Juzjoniylarning aytishicha, Chingizxon Samarqand yemirilgandan so’ng qo’shinni Farg’onaga yuborgan. 20 Juvayniyning o’zi tan oladiki, Xo’jandga katta qo’shin tashlangan. 20.000 mo’g’ul, 50.000 asirdagilar. O’tror taslim bo’lgandan so’ng, Chig’atoy va Uguday qo’shini chaqirib olingan. Ularning qo’shini 1919 O’sha kitob 483bet 20 20 O’sha kitob 484. bet 26 Xo’jandga yuborilgan. Ikkalasining qo’shini ham ishtirok etganligi no’malum. Xo’jand qamaliga kim bohchilik qilganligini bilmaymiz. Xo’jand boshlig’I Temur-Malik shaharni ushlab turish qiyinligini bilib, mingta jangchi bilan Sirdaryo orollaridan birida mustaxkam o’rnashgan. Ta’kidlashga asos bor, Xo’jandning pastki qismida orol ko’rinishidagi joy bo;lgan. Bu yerdan ko’plab oltin, kumush, mis tangalar, turli xil idishlar topilgan. Orol sohildan uzoq bo’lib, o’qqa tutish mumkin emasdi. (tutib bo’lmasdi) Mo’g’ullar asirlarni o’nlab kichik guruhlarga bo’lib tashladi. Har ikki o’nlik guruhga mo’g’ullardan boshliq tayinlangan. Asirlar tog’dan tosh olib kelishi kerak edi. Xo’janddan uch farsax masofada mo’g’ul otliqlari ushbu toshlarni daryoga tashlab yuborar edilar. Bunday yo’l bilan damba hosil qilishganklar. Temur- Malik 12 ta yopiq qayiq qurdi. Tepa qismi loy bilan berkitilib, dushmanga yashirincha hujum qilganlar. Tunda va tong sahar mudofaachilar sohilni mustahkamlashga harakat qilishganlar. Mo’g’ullarga hujum qilar va dambalarni surib yuborardilar. Oxir-oqibat Temur-Malik orolni tark etishga majbur bo’ldi. Zahira va qurollar oxirlab qolgan edi. Tunda Temur-Malik qolgan zahira bilan 70 ta kemani tayyorlatdi. Masha’la yorug’ida daryodan o’ta boshladi. Mo’g’ullar ularni ta’qib qildi. Banokatda uning yo’li to’silsada, Temur- Malik uni buzishga erishdi. U Barchinlig’kent va Djandga yetib bordi. Ulusgacha daryoning ikkala sohiliga o’z qo’shinini joylashtirdi. Korabllardan ko’prik qurdirdi. 21 Temur-Malik SHu bilan birga sohilda o’rnasha oldi. Mo’g’ullar ta’qibidan qocha oldi. 21 21 O’sha kitob 485 bet. 27 Muhammad Xorazmshox mo’g’ullarga qarshilik ko’rsatish tizimini izdan chiqarib yubordi. Jaloliddin uchun bunday imkoniyat mavjud edi. Chingizxon O’trorlik Badriddin bergan maslahatdan foydalandi. Ya’ni sulton Muhammad Xorazmshox bilan harbiy boshliqlar o’rtasida ziddiyatarni kuchaytirish , xususan Turkon xotun bilan. Mo’g’ullarning Movaraunnahrdagi harakati vaqtida, Muhammad Xorazmshox Kalif va Anxud bilan band edi. Samarqand qamali vaqtida sulton yordamga birinchi navbatda 10.000 kishi yuborgan. 2-marotaba esa, 20.000 kishini jo’natdi.Ammo biron-bir qo’shin tayinlangan joyga yetib bormagan. Haqiqatdan ham ularning harakati foydasiz bo’lgan. Samarqand ostonasida Chingizxon o’z qo’shinlarini quyidagicha bo’lgan; Xo’jand va Farg’onaga yuborilgan qo’shindan tashqari, bitta qo’shin Oloq-noyon boshchiligida Jasavurning ming kishilik so’l qanoti (jaloyir qabilasidan) Vaxsh va Talkanga yuborilgan. 22 Ularning harakati haqida biz batafsil bilmaymiz. Ibn-al-Asirning aytishicha, yana bir qo’shin Termizga yuborilgan. Ammo bu qal’a keyinchalik Chingizxonning o’zi tomonidan egallangan Oxir-oqibat uch tuman (30 kishi) Chjebe Subuday va Toxuchar-baxodir boshchiligida Amudaryo orqali o’tishi kerak edi. Ular tinch aholiga teginmagan, shaharlarni talamagan. Faqat Xorazmshoxni ta’qib etgan. Sultonning qo’shini kuchsiz ekanligi haqida xabar kelgach, Chingizxon shunday qarorga kelgan. Undan oldinroq ushbu qo’shin Qoraxitoy va Alauddin qo’shiniga bo’lingan. U Qunduz hukmdori edi. Sulton Iroqda qoshin to’plash va joylashishni lozim topsada, Jaloliddin 22 Бира Ш. Монгольская историография. XIII-XVII вв. М., 1978. Стр 486. 28 otasidan bunday yengil qarorga kelmaslik, qo’shinni qoldirishni so’ragan. 23 Chjebe va Subuday qo’shinlari kelguniga qadar Xorazmshox Amudaryo sohillarini tark etgan edi. Panjobda faqat kuzatuv qo’shinini qoldirgan edi. Ibn al-Asir bu haqida quydagilarni yozadi; “Ular joylarda qurol-yarog’ yasadilar vaziyatni doimo baholab brogan”. Ammo zamondoshlarining bergan ma’lumotlari bir-biriga zid berilgan holatlari ham aniqlandi. Mo’g’ullar tomonidan sulton Muhammad ta’qib qilinganligi haqida Juvayniy o’z ma’lumotlarini yozib qoldirgan. 1220- yil 18 aprel kuni Nishopurga kirib borgan.Juzjoniyning so’ziga ko’ra, aylanib o’tish may oyida amalga oshgan. Sulton mo’g’ullar oldidagi qo’rquv oldida Nishopurda turmaganligini Nasafiy aytib o’tadi. Sutonning Nishopurdan qochishga ko’plab omillar sabab bo’lgan. Sulton saroy vakillaridan biriga ikki qutidagi qimmatbaxo toshlarni berib, Ardaxom qal’asiga olib borishni talab qilgan. Ammo uning boylilari saqlab qolinmagan. Qal’a mo’g’ullarga taslim bo’lgach, qimmatbaxo toshlar Chingizxon huzuriga yuborilgan. Xorazmshox Ray orqali qochgan. U yerda Rukn ad-dinning o’g’li Gurshanshi 30.000 kishilik qo’shin bilan kutar edi. Endi sulton Chjebe va Subudayning tarqoq qo’shinini yo’q qilish imkoniatiga ega edi. Ammo Xorazmshox bundan foydalanmadi. U o’z xotini ya’ni G’iyosiddin Pirshoxning onasi va boshqa ayollarni Karun qal’asiga jo’natdi. U yerda Tojuddin Tug’an hukmronlik qilardi. Huriston otabeki Nasret ad-din Xazoraspni o’ziga maslahatchi sifatida qabul qilgan. 24 Huriston va Fars o’rtasidagi joydan 23 Козин С.А. Сокровенное сказание. Монгольская хроника 1240г. Т-1. М-Л, 1941. Стр 487. 24 Стр 488-489. 29 100.000 piyoda jangchini to’plash imkoni mavjud bo’lgan. Sulton Muhammad bu rejaga rozilik bildirmadi. Nasriddinning shaxsiy manfaatini ko’zlagan rejasi deb qabul qilindi. Nasriddin o’z hudud doirasiga qaytdi. Muhammad esa Iroqda qoldi. Mo’g’ullar yaqinlshgach, u o’g’illari bilan Karun qal’asiga yo’l oldi. Bu yerda faqat bir kun qoldi. Bir necha ot va kuzatuvchilarni olib, Bog’dodga yo’lga chiqdi. Ularni ta’qib qilayotgan mo’g’ullarni aldab, Ser-chaxan qal’asiga keldi. U yerda yeti kun qolib, so’ngra kaspiy dengizi sohillariga qarab o’tgan. Juvayniyning hikoya qilishicha, umuman eslatib o’tilmagan. Hamadonga sultonning ketganligi aytiladi. Bu yerda uni savdogarlar ko’rishgan. Bu ma’lumotni Ibn al-Asirdan olgan bo’lishi mumkin, Nasafiy ma’lumotlariga tayanadigan bo’lsak, Hamadon atrofidagi Davlatobod degan joyda sulton va mo’g’ullar o’rtasida to’qnashuvlar yuzaga kelgan. Oxirgi harakatlar to’g’risidagi ma’lumotlar tushunarli emas.Yuan-Chao-Bi-Shi da hikoya qilinishicha, musulmon aholisi qarshiligi uchun bu yerga Chingizxon kelmagan. Musulmonlar ikki tomondan hujum qilgan. Old qo’shin to’g’risida Plano Karpini hikoya qiladi. (Old qo’shin-praycursores) “Ular ot va qurol-yarog’ga ga hech nimani talamadi, uylarni yoqmadi, hayvonlarni o’ldirishmadi. Ammo kishilar jaroxat oldi. Ular qochishga majbur bo’lishgan” Chjebe va Subuday undan tashqari Xorazmshoxni ta’qib qilishi kerak edi. Bu haqida Ibn al-Asir guvoxlik beradi. “Yo’lda ular talonchilik uchun to’xtashmagan. Qotillik uchun ham. Faqat sultonni ta’qib etishda davom etgan. Unga umuman dam berishmagan.”. Jurjoniy esa shunday so’zlarni keltirib o’tadi; “Mo’g’ullar Chingizxondan topshiriq olishgan. Biror-bir Xuroson shaharlariga yetkazmasligi tushintirilgan”. Hirot 30 viloyatidagi 5 tashqari, qo’mondonlardan bittasi o’ldirilgan. Bu uchun shahar aholisidan qattiq o’ch olingan. Boshqa tomondan Juvayniyning aytishicha, Mo’g’ullar o’z noiblarini Balxda qoldirib, aholisi qarshilik ko’rsatganligi uchun Zavu shahrini vayron etishgan. Ular Rabi oyining boshlarida (iyun) Nishopurga o’tishgan. 25 Uchinchi ya’ni Toxuchara qo’shini buyruqdan chetga chiqib qoidani buzgan. Rashid ad-din hikoya qiladi; ya’ni Hirot noibi Malikxon Amin al-Mulk (Ba’zi joylarda xon Malik, ba’zi o’rinlarda Amin Malik Amin al-Mulk deb atalgan) Chingizxon tomonidan ilgariroq bosib olingach, unga yorliq olgan. Mana shu sababli Chjebe va Subuday uning yerlarida talonchilik siyosatini yuritmagan. Topshiriqlar ijro etilgan. Ammo Toxuchar bunga rioya qilmadi. Tog’liklar bilan bo’lib o’tgan jangda noib o’ldirilgan. Qoida, tartib-intizomning buzilishi mo’g’ullar ko’z o’ngidagi yirik voqea hisoblangan. Mo’g’ul hikoyakarida u haqida eslatib o’tilmagan. Faqat g’arbga yurish haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Uning o’limi haqida ham gapirilmagan Chingizxon uni o’ldirishga ahd qilgan. Ammo xayfsan ya’ni qattiq ogohlantirish bilan uni qo’shinga boshliq qilib qoldirgan. Nasafiyning hikoya qilishicha Toxuchar o’ldirilmagan. Nasafiyning tasdiqlashicha Toxuchar Niso shahrini vayron qilgan. Unda Chingizxonning kuyovi Toxuchar noyon va uning yordamchisi Burka- noyon ishtirok etgan. Bundan oldinroq Niso aholisi sulton Muhammad maslahati bilan qo’zg’alon ko’targan. Mo’g’ullar boylik yig’ib o’z yurtlariga qaytguncha, sulton ulardan qochishga muvaffaq bo’lgan. Juzjoniy va Juvayniylarning aytishicha, Toxuchar Nishopur yaqinida o’ldirilgan. Ramazon ya’ni noyabr oyining o’rtalarida Toxuchar qo’shini 25 Всемирная история. Учебник. М., 1997. стр 49. 31 Sabzavorni ham vayron qilgan. Uning keyingi harakatlari haqida ma’lumotlar yo’q. Nasafiyning hikoya qilishicha tatarlar Xurosonning asosiy shahri bo’lgan Nisoni egallab olishgan. 26 Haqiqatdan ham Chjebe va Subuday qo’shini kam sonli bo’lib bunday yirik shaharlarda o’z harbiy boshliqlarini qoldirish imkoniyatiga ega bo’lmagan. Nishopur aholisi uyg’ur yozuvida yozilgan yorliq olganligi unga qizil muhr ilova qilinganligini Juvayniy hikoya qiladi. Yorliqda aholining mo’g’ullarga qarshilik ko’rsatmasligi ta’kidlab o’tilgan. Shubhasiz Muhammad Xorazmshox Nishopurdan ketishda o’z izlarini yo’qotishga muvaffaq bo’lgan. Uning Iroqdagi harakatlari haqida ko’pchilik tarixchilar ham bilishmagan. Bu shunday tushintiriladi; Mo’g’ullar Nishopurdan o’z qo’shinlarini turli tomonga yuborishgan. Chunki sulton Muhammadning qaysi tomondan ketganligi haqida ma’lumot olishi kerak edi. Juvayniyning aytishicha, bunday qo’shin To’s vayron qilingandan so’ng (yana bir necha shaharlar) to’g’ri Darg’om va Samnon orqali Rayga yo’l olgan; Chjebe qo’shini esa, bir qator Mozandaron shaharlari talon-taroj qilingandan so’ng, Amulyaga kelgan. Juvayniyning aytishiha, Ray aholisi ixtiyoriy taslim bo’lgan; Ibn al-Asirning tasdiqlashicha, tatarlar kutilmaganda shahar oldida yig’ildi va egalladi. Ayollar va bolalar taslim bo’lgan. Sultonning Rayga kelganligi, Hamadonga yo’l olganligi haqida mo’g’ullar eshitgan. Ibn al-Asirning aytishicha, mo’g’ullar yo’lda chiqgan har qanday qishloq va shaharni ayovsiz talagan. Erkaklar, ayollar va bolalar qilichdan o’tkazilgan. Ibn al-Asirning hikoya qilishicha sulton Muhammad dushman kelguncha, Hamadondan 26 Рашид-ад-дин. Сборник летописей. т.1 кн.1, М-Л.1952; т.1. кн.2 М-Л.1952; т.III.М-Л. 1946. стр 91. 32 qochgan. Juvayniyning aytishicha, Qazvindan-Karonga o’tish yo’lida sulton mo’g’ullarni uchratgan. Mo’g’ullar uning qo’shinigahujum qilgan va sulton yaralangan. Sulton qal’adan ketgandan so’ng, mo’g’ullar qal’ani qamal qilihgan. Uning qal’da yo’qligini bilgach qamalni to’xtatib, sultonning ortidan quvishgan. Sulton kutilmaganda o’z yo’lini o’zgartirib Ber-Chaxan qal’asiga yo’l olgan. Mo’g’ullar uning izini yo’qotishgan. Kuzatuvchilarni o’ldirib, ortlariga qaytishgan. Nasafiyning aytishicha hamadon qo’shinidagi Davlatobod tekisligida mo’g’ul qo’shinlari qurshovda qolgan.Qiyinchilik bilan qocha olgan. 27 Ibn al-Asirning hikoya qilishicha, Hamadon atrofida mo’g’ullar sultonni izini yo’qotishgan. Safaviyning tasdiqlashicha sulton joylashgan orol Kaspiy dengizi sohillariga yaqin edi. Mozondaronliklar har kuni unga oziq-ovqat va boshqa narsalar olib kelishgan. Mo’g’ullarning keyingi harakatlari haqida bilmaymiz. Hamadondan qaytishda ular Zandjan va Qazvin shaharlarini talashgan. Juvayniyning aytishicha, Xorazm qo’shinlari ham Bey-tigin va Kuyuch-Buka xon boshchiligida yuqoridagi shaharlarni vayron qilgan. Qish faslining boshlaridayoq ular Azarbayjonga yurish qilgan. Ardabelni vayron qilishgan. Tatarlar sohilga yaqinlashganda, sulton Muhammad xorazmshoh hayotdan ko’z yumgan edi. Sulton yashiringan orol dengiz bo’yidagi Abeskun shahriga yaqin edi. Gurgan shahridan uch kunlik yo’l bo’lgan. gurgan daryosiga yaqinroq hisoblangan Ashur-Ada oroli. Sultonning orolda qancha yashaganligi noma’lum. unga yo’ldoshlik qilganlar suhbatidan ma’lum bo’lishicha sulton orolga kelgandayoq sog’ligi yomon holatda bo’lgan. hayotining oxirgi kunlarida u o’z kishilariga katta lavozim, yer-mulkini 27 O’sha kitob 92. 33 inom qilgan. Ammo endi buning ahamiyati yo’q edi. Nasafiyning so’zlariga ishonadigan bo’lsak ushbu yorliqlarning barchasi Jaloliddin tomonidan tasdiqlangan, sultonning vafot etgan sanasi birinchi manbalarda uchramaydi. Ravertining aytishicha, 617-yil shavval-1220- yil dekabr; A.Myullerning aytishicha 617-yil zulka’da 15-1221-yil yanvar oyi 11-kuni. 28 Shunday qilib xorazmshohlar davlatining hukumdori hayoti, boshqaruvi tugadi. Saljuqiylar imperiyasi tarkibiga kirgan katta-katta hududlar unga itoat etgan edi. Mo’g’ullar bosqinchiligi sodir bo’lgach uning roli achinarli bo’lib qolgan. XIII asrdagi Muhammad haqida mo’g’ullar dastlabki hujumdayoq unitishgan. Faqat Jaloliddin haqida eslashadilar. Xorazmshoxning dushmandan qochganligi uning kuchsizligi, qat’iyatsizligi sababli unga ayblar qo’yiladi. 1220-yil bahordayoq Chingizxon Movarounnahrni o’z ta’sir doirasidayoq deb hisobladi. Tinch hayot tiklashi uchun chora tadbirlar ko’rdi. Samarqanddan Buxoroga noib sifatida, Nushabosqoqni yuborib viloyat boshqaruvini o’z qo’liga oldi. Chingizxon yozni Nasaf atrofida o’tqazdi. Uning atrofi mo’g’ul qo’mondonlari uchun sevimli joyga aylangan. Ma’lumki chig’atoy xonlaridan biri bu yerda saroy qurdirgan. Yuqoridagi nasaf nomi ana shundan paydo bo’lgan. bobur ham o’z estaliklarida buni aytib o’tgan. Shubxasiz mo’g’ul bosqininga qadar Kesh va uning atrofi yemirilgan holatda bo’lgan. shu bilan birgalikda Nasaf rivojlanib borgan. O’sha davr geogriflari Nasaf haqida gapirib o’tishgan. 29 28 O’sha kitob 93. 29 O’sha kitob 94. 34 Chingizxon kuzni Termizda o’tqazdi. Mudofa qilish saljuq qo’shinlariga berilgan edi. Nasafiyning aytishicha uning nomi- Faxriddin Xabash Enan an-Nasafiy bo’lgan. Juzjoniyning aytishicha uning ismi- Zangi Abu Xays bo’lgan; garnizonning soni ko’rsatilmagan. Shaharni topshirish taslim bo’lish taklifi qabul qilinmagan. Bir necha kun davomida ikki tomon ham katapulta bilan harakat qilishgan. Qamalning o’n birinchi kuni shahar taslim bo’ldi va mo’g’ullar tomonidan vayron etildi. Barcha aholi quvib chiqarildi. 1220-21 yil qishida Chingizxon Amudaryo sohillarida bo’ldi. Ko’chmanchilar ko’z o’ngida bu qishlash uchun qulay joy hisoblangan. Bu yerda chig’atoylar poytaxtlaridan biri bo’lgan Sole-saroyga asos solingan. Ushbu qish davomida va kelgusi bahordagi voqealar musulmonlar foydasiga xizmat qilgan. Viloyatlarda harbiy harakatlar olib borilgan. Ammo bu xorazmga ta’luqli emas. Xorazmni sulton Muhammad xorazmshohni onasi Turkan xotun boshqardi. Harbiy guruhi bosahchilik qilgan. 1219-yil mamalakat poytaxtida bo’lgan elchilar uning yuksak madaniyati boyligi haqida yozib qoldirishgan. 30 30 O’sha kitob 95-96. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling