Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda
Mustaqillik yillarida Sulton Jaloliddin faoliyatini o’rganilishi
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
5aec47bd72400
2.3.Mustaqillik yillarida Sulton Jaloliddin faoliyatini o’rganilishi. Mustaqillik yillarida Sulton Jaloliddin faoliyatini o’rganish bo’yicha ulkan ishlar izlanishlar olib borildi.Xususan Jaloliddin Manguberdining 800 yilligiga bag’ishlab ko’plab maqolalar tezislar yozildi. 5 noyabr kuni Xorazm zaminida o’zbek xalqining dovyurak o’g’loni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag’ishlangan katta tantanalar bo’lib o’tdi.Avvalambor Prezident Islom Karimovning Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida quyidagi fikrlarni bildirdi. Avvalo barchangizni qadimiy va muqaddas Xorazm zaminida turib, Vatan ozodligi uchun jon fido qilgan buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi bilan muborakbod etaman. Vatanimizning ko’p ming yillik tarixi el-yurtimizni bosqinchi, yovuz kuchlardan himoya qilish, millatimizning erkinligi va or momusini asrash yo’lidagi buyuk voqealarni, bu kurashlarda jasorat va mardlik ko’rsatgan buyuk shaxslarning nomlarini asrlar davomida o’zining yorqin xotirasida saqlab kelmoqda. Jaloliddin Manguberdi --- ona yurt himoyachisi, jasur sarkarda va davlat arbobi, xalqimizning Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Amir Temur singari tarixda o’chmas iz qoldirgan milliy qahramonidir. Biz bugun yurtimizda Jaloliddin Manguburdi xotirasini hurmatlab, muazzam yodgorlik majmuini bunyod etdik. Ko’rib turganingizdek, bu 59 ulug’vor haykal timsolida mard va jasur sarkarda, zo’r iroda, beqiyos matonat sohibi bo’lgan buyuk insonning so’nmas shijoati mujassam topgan. Bu baxodir zotning muborak nomi, uning qahramonligi kelajak avlodlarga, birinchi galda siz bilan bizga, tarixiy xotira oldida boshimizni mag’rur tutib yashamog’imiz uchun to’la huquq beradi. Jaloliddin Manguberdi --- bor- yo’g’i o’ttiz ikki yillik qisqa hayoti davomida elu yurt uchun, so’nmas xizmat qilishga ulgurgan ulug’ ajdodimizdir. Tarixda shunday shaxslar bo’ladiki, kuch imkoniyat yetishmasligiga, maslakdosh va safdoshlarning kamligiga, boshqa to’siqlar va qiyinchilikarga qaramay, zulm va istibdodga qarshi ayovsiz kurashdi. Yurt ozodligi yo’lida jonidan kechadigan bunday insonlar fidoyi jasur mard deymiz. Buyuk bobokolonimiz Jaloliddin Manguberdi ana shunday inson sifatida kishilik tarixiga kirgan. 56 O’zbek xalqi o’zining ulug’ ajdodlarini unutmagan. Tarix silsilasida boshiga qora kunlar tushgan davrlarda ham xalq o’zining olimu – ulamolarini, mard farzandlarini yodda tutdi, ularning xotirasini muqaddas sanab keldi. Istiqlolning buyuk ne’matligi shundaki, zulmat zamonlarida sharpaga aylangan xotira hozirga kelib quyosh singari balqimoqda O’tgan sakkiz yil ichida qanchadan-qancha buyuk zotlarning to’yini nishonladik, ularning hurmatini bajo keltirib, nomlarini yana bir bor dunyoga yoydik. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti professori Jan-Lui Bake Gramon va boshqalar xalqimizning milliy qadriyatlarini, buyuk ajdodlarimizning unitilayozgan nomlarini tiklash 56 I.A.Karimov Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutq. Vatanparvar-1999 6 noyabr. 60 va jahonga yoyish, anashu boqiy meros asosida yoshlarimizni Vatanga sadoqat, fidoiylik, mardlik va jasurlik ruhida tarbiyalash borasida ulkan iashlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladilar. Nishonlanayotgan katta to’y ham buning yorqin misolidir. Omonullo Bo’riyev O’zFA Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi ham “Manguberdi kechinmalari” nomli maqolasida Chingizxon va Jaloliddin munosabatlari haqida manbalarga tayangan hoda fikr mulohazalarini bildirgan. Bundan tashqari Jaloliddin Manguberdining 800 yilligiga bag’ishlab ko’pgina jurnalistlar o’z maqolalarini yozishdi shulardan biri Kamol Matyoqubov bo’lib “Jaloliddin Manguberdi drammasi” nomli maqolasi O’zbekiston ovozi gazetasida 2010 yil 7- yanvar sonida nashr etildi 57 . Biz bunday misollarni qatorlab keltirishimiz mumkin. H.Nurmuhammedov, N.Habibullayevlarning “Jaloliddin Manguberdi”nomli kitobi 1999-yilda nashr etildi 58 . Ushbu nodir asar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Vatan ozodligi yo’lida jonini fido qilgan dovyurak kurashchi, milliy qahramon, jahon xalqlari tarixida o’chmas iz qoldirgan Jaloliddin Manguberdi tavalludiga 800 yil to’lishi munosabati bilan uning xotirasini abadiylashtirish va tarixiy adolatni qaror toptirish maqsadida Vazirlar Maxkamasi qaror qiladi; Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini keng nishonlash haqidagi takliflar ma’qullansin. Xalq qahramonining hayoti va o’lmas jasoratlari matbuot vositalarida keng yoritilsin ushbu fikrlar bilan 57 Bo’riyev O. Manguberdi kechinmalari. Milliy tiklanish. 1999 y. 16-noyabr 58 Matyoqubov J. Manguberdi darammasi. O’zbekiston ovozi 2010 y. 7-yanvar 3 bet. 61 boshlanadi. Asarda Jaloliddin Manguberdini Muarix Shahobiddin an- Nasafiy o’zining “Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberdi” (“Sulton Jaloliddin Manguberdining holati”) asarida shunday ta’rif bergan;”U qorachadan kelgan … Nutqu iborasi turkiy bo’lsa-da, fors tilda ham so’zlardi. Shijoatiga kelsak, bu haqda aytish uchun men bayon etgan janglari yetarlidir. U sherlar ichra sher, suvoyriylararo eng dovyurak (suvoriy) edi. Va yumshoq tabiat bo’lib, g’azablanmas va so’kinmasdi, jiddiy qiyofada yurar, kulmas, faqat tabassum qilar va ko’p gapirmas edi. U adolatni sevardi” 59 . Bundan tashqari ushbu asarda Jaloliddinning o’limi to’g’risida quydagicha ma’lumotlar keltirilgan. Aynar qishlog’iga kelayotganda Jaloliddinni talonchi kurdlar ushlab olishadi. Uni qatl etmoqchi bo’lganlarida, Jaloliddin o’zini Xorazmshoh ekanini aytib, basharti bunga ishonmasangizlar meni Mayafariein hokimi al- Malik al- Muzaffar Shahobiddin G’oziy huzuriga olib boringlar, deb ularni ko’ndiradi. Kurdlar boshlig’i rozi bo’lib, Xorazmshoxni chodirga olib kiradi, oldiga soqchi qo’yadi-da o’zi ulov hozirlash uchun chiqib ketadi. Shu vaqtgacha chodirga boshqa bir kurd kirib:”Au pinakka ketgan kishi kim ?” deb so’raydi. Soqchidan uning Xorazmshox Jaloliddin Manguberdi ekanini bilib olgach, uni qora xayol qamraydi. U akasini Xilotda Xorazmshox lashkarlari o’ldirgani uchun “qasos olish” payti keldi, deb uxlab yotgan Jaloliddin Manguberdiga nayza sanchib, og’ir yarador qiladi. Xorazmshox Jaloliddin Manguberdi paymonasi to’lganini bilib, o’zicha yigitlariga shunday vasiyat qilgan bo’ladi:”Mening jasur yigitlarim …Endi men ertaklar olamiga safar qilayapman. Mening shon - shuxratim, pand- 59 Sapayev P. Jaloliddin Manguberdi va Avesto. O’zbekiston arxtekturasi va qurilishi. 2008 y. № 4. 30 b. 62 nasihatlarim yigitlarga qanday qilib uddaburon bo’lishga o’rgatajak.O’zidan o’ta kuchli dushman bilan kurashgan lashkarlarning ko’nglini ko’tarajak …Mo’g’ullar bizning xalqimiz orasida dengizga tushgan bir siqim tuz kabi erib ketajak. Ana ushanda biz baxtiyor kishilarning mustaqil yurtini ko’rajakmiz” 60 . Ko’z ko’rib, quloq eshitmagan necha-necha jasoratlar ko’rsatgan, o’z ona Vatanini mo’g’ul bosqinchilari istibdodidan xalos etish uchun umrbod kurash olib borgan jasur vatandoshimiz Xorazmshox Jaloliddin Manguberdining hayoti 1231- yilning taxminan 17 yoki 20 avgustda 32 yoshida shu tarzda fojiali tugadi. Jaloliddin Manguberdining muborak jasadini Mayafariein hokimi al- Malik al- Muzaffar Shahobiddin G’oziy Mayafariein tuprog’ida dafn ettirdi. Qabrini g’animlar taxqirlashidan saqlab qolish maqsadida yer barobar tekislab qo’yildi. Keyinchalik mo’g’ullar yurtdan quvib chiqarilgach, Xorazmshox Jaloliddin Manguberdi qabri ustiga maqbara bunyod etilib, uning qabri muqaddas ziyoratgohga aylandi. Mustaqillik yillaridagi Jaloliddin Manguberdi faoliyati izchil o’rganilib ushbu nodir asarlar bularning yorqin namunasidir. 60 Salinov J. Turon qoplonlari. Manaviyat – Marifat 2008 y. 5 yanvar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling