Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda


II bob.Jaloliddin Manguberdi jasorati tarixshunosligi


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana30.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1690319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5aec47bd72400

II bob.Jaloliddin Manguberdi jasorati tarixshunosligi. 
2.1. Mo’g’ullar davrining rus tarixshunosligida o’rganilishi. 
O’rta asrlar mo’g’ullar tarixining rus tarixshunosligida dastlabki o’rganish 
ishlari XVIII asrga borib taqaladi. XVIII asrning 20-40 yillarida tashqi ishlar 
Komissiyasining maslahatchisi bo’lgan V.M.Bakunin qalmiq-mo’g’ul ishlariga 
doir barcha hujjatlarni to’plagan edi. U mo’g’ul tilining oyrat va xalqa shevalarini 
bilgan, 1724 yilda qo’lyozma nusxada «Qalmiqlar tarixiga doir» asarini yozdi. 
1761 yilda asl tarixiy manbalar asosida bu asarni qayta ishladi va to’ldirdi. 
Shuningdek V.Bakunin fanda 1640 yilgi mo’g’ul-oyrot qonunlari nomi bilan 
ma’lum bo’lgan XVII asr mo’g’ul feodal huquqlari to’plami bo’lgan «Ix saaz» va 
Galdan-xuntaydji farmonlarini yetarlicha mohirona darajada tarjima qildi. 
XVIII asrga kelib Rossiyada mo’g’ulshunoslik ilmiy yo’nalishi ham paydo 
bo’la boshladi deb aytishimiz mumkin. Rossiya Fanlar Akademiyasi tomonidan 
Mo’g’uliston va unga tutash Sibir va Qalmiqlar yeriga uyushtirilgan ekspedisiyada 
taniqli olimlar T.F.Miller, Ye.I.Fisher, P.S.Pallaslar ishtirok etib, keyinchalik ular 
ekspedisiyalari tassurotlari natijasida Mo’g’uliston tarixiga oid qator ilmiy asarlar 
e’lon qildilar. Jumladan akad. G.F.Miller o’zining Sibir tarixiga bag’ishlangan 
asarida Mo’g’ulistonga Sibir tarixining uzviy bir qismi sifatida qaraydi. G.F.Miller 
asarining qisqacha varianti sifatida namoyon bo’lgan I.Ye.Fisherning «Sibir tarixi» 
asarida ham Mo’g’uliston, shuningdek Xitoy tarixiga o’rin ajratilgan. 
P.S.Pallasning ikki tomdan iborat «Mo’g’ul xalqlari haqida tarixiy ma’lumotlar 
to’plami» asari garchi nemis tilida chop etilgan bo’lsada, mo’g’ul xalqlari tarixi va 
etnografiyasi to’g’risida maxsus tadqiqot ishi edi. 
XIX asrning birinchi yarmiga kelib rus tarixshunosligida mo’g’ullar tarixini 
o’rganish yana kengaya bordi. Bu borada Mo’g’ulistonga bag’ishlangan ishlari 
uchun akademik unvonini birinchi bo’lib olgan Ya.I.Shmidtni va jahondagi 
universitetlar ichida birinchi bo’lib mo’g’ul tili kafedrasiga rahbarlik qilgan 
O.M.Kovalevskiylarning xizmatlarini alohida ta’kidlash kerak. Ularning 


41 
tadqiqotlari samarasi o’laroq rus sharqshunosligida mo’g’ulshunoslik alohida va 
dolzarb ilmiy yo’nalishga aylandi. 
Ya.I.Shmidt tadqiqotchilar ichida birinchi bo’lib elxonlar maktubini o’qidi 
va tarjima qildi, mo’g’ul tarixshunosligining mashhur yodgorligi bo’lgan Sagan-
Sesenning «Erdeniyn-tobchi» yilnomasiga keng qamrovli izohlar yozdi. 
O.M.Kovalevskiy 1838-1854 yillarda Qozon uneversitetining «Sharq» 
fakultetida mo’g’ullar tarixi bo’yicha maxsus ma’ruzalar kursini o’qigan. Undan 
tashqari 1843-1856 yillarda ikki tomli «Mo’g’ullar tarixi» asarini yozdi. Olim o’z 
asarida mo’g’ullarning kelib chiqish etnognezi haqida mulohazalar yuritib, G’arb 
olimlari tomonidan «sharq xalqlarining tabiatan urush va talonchilikka moyil 
bo’lgan» degan tushunchalariga qarshi chiqadi. Shu bilan birga O.M.Kovalevskiy 
mo’g’ul manbalari orqali buddizm va uning Tibet-mo’g’ul shaxobchasi bo’lgan 
lamaizm haqida izlanishlar olib bordi
38

Mo’g’uliston tarixini o’rganishga munosib hissa qo’shganlardan biri taniqli 
sharqshunos olim N.Ya.Bichurin (Iakinf) hisoblanadi. 14 yil davomida 
Rossiyaning Pekindagi diniy missiyasiga rahbarlik qilgan olim xitoy tilini va shu 
tildagi, shu jumladan Mo’g’uliston tarixiga oid, manbalarni o’rganib, o’zidan keyin 
Xitoy, unga qo’shni bo’lgan Mo’g’uliston, Tibet, Sinszyanning tarixi, geografiyasi, 
ijtimoiy- iqtisodiy tuzumi, madaniyati haqida boy ilmiy meros qoldirdi. Uning 4 ta 
kitobi bevosita mug’ullar tarixiga bag’ishlangan. N.Ya.Bichurinning mo’g’ullar 
tarixini o’rganishdagi xizmatining yuksakligini tarixchi N.P.Shastinning qo’yidagi 
so’zlari bilan izohlaganda: «Mo’g’ullar tarixini usiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 
N.Ya.Bichurin o’z izlanishlari bilan mo’g’ulshunoslikning keyingi rivojiga zamin 
yaratdi» yanada tushunarliroq bo’ladi deb o’ylayman. 
N.Ya.Bichurin tomonidan boshlangan Mo’g’uliston tarixini o’rganish 
bo’yicha ilmiy an’analarni davom ettirgan va rivojlantirgan olim 
akad.V.P.Vasilyevdir. Uning Markaziy va Sharqiy Osiyo xalqlari tarixiga 
bag’ishlangan mukammal asarlarida ayni paytda Mo’g’uliston tarixi ham yoritib 
38
Рашид-ад-дин. Сборник летописей. т.1 кн.1, М-Л.1952; т.1. кн.2 М-Л.1952; т.III.М-Л. 1946. стр 45 


42 
o’tiladi. Uning buddizm va lamaizm to’g’risidagi ishlarining ahamiyati ham katta 
bo’lib, bu tadqiqotlari samarasi sifatida u Rossiyada va Yevropada buddologiya 
yo’nalishini boshlab berdi. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida rus mo’g’ulshunosligida erishilgan 
muhim yutuqlar akad. V.V.Bartold nomi bilan bog’liq. Uning «Mo’g’ul 
bosqinchilari davrida Turkiston» nomli asari tarixshunoslik fanida birinchilardan 
bo’lib keng doirada manbalar (asosan musulmon manbalari) taxliliga asoslangan 
bo’lib, unda mo’g’ullar ijtimoiy tuzumi tafsiloti, Chingizxon imperiyasining harbiy 
va davlat boshqaruv tashkiloti harakteri «chizib» beriladi. Undan tashqari 
V.V.Bartold mo’g’ullar tarixining ayrim kam e’tibor berilgan jihatlarini ham 
tadqiq qilib, izlanishlari natijasida bir qator maqolalar, maxsus ishlanmalar 
yaratgan. Uning mashhur 9 tomlik asarlaridan bir nechtasi mo’g’ullar tarixiga 
bag’ishlangandir. Uning asarlarda ko’chmanchi mo’g’ul qabilalarining kelib 
chiqishi, urf-odatlari, madaniyati, tarixi, mo’g’ul-tatarlar imperiyasi vujudga 
kelayotgan va hukumronlik yillarida ularning ahvoli, imperiya yuzaga kelishida 
tutgan o’rni batafsil xikoya qilinadi
39

Bartold Chingizxon shaxsi xaqida. Endi Chingizxon shaxsi xaqida fikr 
yuritadigan bo’lsak, uning yoshligiga to’xtalib o’tishga to’g’ri keladi. U 1155 yilda 
Onon buyida qora va yovvoyi tatarlar chegarasida dunyoga keldi. Xitoyliklar uni 
qora tatarlarga tegishli deydilar. Mo’g’ullar hisobi bo’yicha Temuchin qiyat 
urug’idan, o’rmon qabilalaridan biri bo’lgan tadjiyut qabilasiga tegishlidir. 
Afsonalarga qaraganda Temuchin va uning aka-ukalari yoshliklarida ovchilik va 
baliqchilik bilan shug’ullanganlar. Temuchinning otasi Yosugay bahodir oddiy bir 
o’nboshi bo’lib, (Men Xun ma’lumotiga ko’ra) mo’g’ullar tabaqasida oddiy 
mo’g’ullarga deyarli yaqin turgan. Tarixiy afsonalarga ishonilinadigan bo’lsa, 
uning Bui-Hop tatarlari bilan bo’lgan jangda qilgan qahramonliklari va shu jangda 
halok bo’lganligi gapiriladi. Undan ancha oldin u qandaydir asbob bilan alohida 
safarga chiqib, Qo’ng’irot qabilasidan olgan xotini bilan Xitoy chegarasida 
39
Иванин М. Икки буюк саркарда. Чингизхон ва Амир Тимур. Т.-1994. стр 78 


43 
yashaydigan oq tatarlar oldiga boradi. U yerda Temuchii va uning ukalari tug’iladi. 
Otasi o’lgandan keyin uning yosh o’g’illari (kattasi Temuchin 13 yoshda edi) 
tashlab qo’yilgan va bir qancha vaqt ular onasi bilan og’ir hayot kechiradilar. Ular 
o’simlik ildizlari, parranda va baliqlar ovlash bilan kun ko’rganlar. Lekin tobora 
ahvol yaxshilana borgan. Temuchinning qahramonligi, otasining shon-shuhratidan 
habardor bo’lgan yigitlar unga kelib qo’shiladilar va oxir-oqibat u drujinaga ega 
bo’ladi. Temuchinning yoshlik yillarida mo’g’ullarning kuchli qabilasi XII asrda 
bir qancha vaqt Manjuriyadagi Sin sulolasiga va Shimoliy Xitoyga xavf solib 
turgan. 
Temuchin boshqa jangchilar bilan birga keraitlarga qarshi qo’shiladilar. 
Keraitlar bilan birga Buinor tatarlari, naymanlar, g’arbiy Mo’g’ulistonda 
hukmronlik qilgan merkitlar va Baykalbo’yi xalqlari bor edi. Shunda Xitoy 
imperatori o’z qo’shinini Mo’g’ulistonga jo’natib buinor tatarlari bilan birgalikda 
hal qiluvchi zarba berish uchun va keraitlar xoniga umumiy dushmanlarini 
birgalikda yo’q qilish uchun birlashishni taklif kildi. Sharqiy Mo’g’ulistonda 
hukmronlik qilayotgan keraitlar xoni Xitoy imperatoridan shoh titulini oldi. Ammo 
janglarda keraitlar mag’lub bo’ladi. Temuchin aristokratlar nazariga tushgan
ularning ichida so’nggi mo’g’ul xoni Xutula Qag’anning o’g’li Altan ham bor edi. 
Mo’g’ullar ma’lumotiga ko’ra, Yesugay bahodir Xutula qog’onning oshnasi 
bo’lgan ekan. Bu gan Temuchinning o’z huquqini kengaytirishi uchun o’ylab 
topilgan bo’lishi ham mumkin. Temuchinga qasamyod qilishayotgandagi 
bahodirlar so’zidan bir parcha: «Biz seni podsho qilib ko’tarmoqchimiz. Sen 
podsho bo’lganingdan so’ng, biz ko’p sonli dushmanlarga qarshi kurashda oldingi 
saflarda bo’lamiz, agarda chiroyli qizlar va xotinlarni, yana uchqur otlarni asirga 
olsak ularni senga beramiz. Yovvoyi hayvonlarni qurshab ov qilishda biz 
boshqalarga nisbatan birinchi bo’lib harakat qilamiz» va xokazo. Bundan so’ng u 
o’z xizmatchilariga qarab shunday deydi: «Agarda men ko’plab uyurlar, podalar, 
toylar, ayollar va bolalarni qo’lga kiritsam ularni sizga beraman. Siz uchun o’zim 
dashtda ov qilgum va yovvoyi podalar va tog’ qushlarini siz tomonga 


44 
xaydagum»
40
. Bundan ayon bo’ladiki, huquq, va burchlar xuddi shu shaklda 
mo’g’ul feodal armiyasining yuzaga kelganligi ko’rinib turibdi. Xon o’z 
safdoshlarini g’alabaga boshlaydi, yurish va ovlarda ularga boshchilik qiladi va 
buning uchun u o’ljaning eng yaxshi qismini oladi. Bu vaqtda dasht aristokratiyasi 
Temuchinni o’zlariga bosh qilib qo’ydilar, oddiy xalq esa boylik ham ,shon-
shuhrat ham istamas,ularga kunlik oziq-ovqati bo’lsa qanoat qilar edilar. 
Bartold Chingiziylar imperiyasining qulashi sabablari to’g’risida. Bu 
imperiyaning qulashi, bizning fikrimizcha ko’chmanchi qabilalarning asosiy 
iqtisodiy birligi bo’lgan urug’lar bilan bog’liqdir. Avval urug’niki deb hisoblangan 
moddiy boyliklar davlat ixtiyoriga o’tib xon urug’ining mulki, deb e’lon qilingan. 
Bunday siyosat endi urug’larning alohida a’zosining boshqasiga kerak bo’lmay 
qolishiga, ya’ni, ypyg’ birligiga putur yetkazdi. O’rxun yozuvlarida hoqon o’z 
xalqiga bitganidek: «kichik uka kattasini, o’g’li otasini bilmasdi». 
Imperiya yuksalish cho’qqisiga chiqqandan so’ng ayrim shahzodalar o’z 
urug’doshlaridan mustaqil ravishda bosib olingan yerlarda hukmron bo’lib oldilar. 
Chingizxon davridagidek kuchli avtoritar shakldagi davlat endi alohida 
davlatchalarga bo’linib, hukmdorlar orasida birodarkushlik urushiga aylanib ketdi. 
Tarixshunoslikda ilk mo’g’ul feodal davlati mo’g’ullarning ijtimoiy tuzumi 
va Chingizxonning hokimiyatga kelish masalalarining o’rganilishi. Oltin O’rda 
tarixshunoslikda, ayniqsa rus tarixshunosligida keng o’rganilgan feodal davlatdir. 
Oltin O’rda Rossiya tarixida ma’lum darajada o’z o’rniga ega. Shuning uchun ham 
Oltin O’rda ko’pgina rus sharqshunos olimlarining e’tiborini o’ziga jalb etib 
kelgan. 
XX asr boshiga kelib Mo’g’uliston va mo’g’ullar tarixini o’rganish siyosiy 
tuzum o’zgarishi sabab biroz yo’nalish o’zgarishi asosida rivojlana boshladi. 1926 
yilda taniqli etnolog G.B.Grumm-Grjimaylning Markaziy Osiyo sayohatlari 
natijasida yozilgan asari bosmadan chiqdi (Zapadnaya Mongoliya i Uryanxayskiy 
kray. T.2 Istoricheskiy ocherk etix stran v svyazi s istoriyey Sredney Azii. L.1926). 
40
Варгин Н.Т. Монгольская народная республика. М., 1949. стр 98 


45 
Asarning asosiy yutug’i Mo’g’uliston tarixiga doir 1917 yilgacha bo’lgan 
adabiyotlardan foydalangan holda qadimgi davrdan mamlakat hayoti bilan bog’liq 
siyosiy voqyelikning batafsil va tizimli asosida berganligida edi. Ayrim 
o’rinlardagi ideallashtirish, bir qancha tarixiy faktlarni noto’g’ri berish holatlarini 
tarixchilar tanqid ostiga olgan. 
XX asrning birinchi yarmida nafaqat mo’g’ulshunoslik balki sharqshunoslik 
rivojlanishini akad. B.Ya.Vladimirsovning «Mo’g’ullarning ijtimoiy tuzumi» 
(Obщyestvennыy stroy mongolov. Mongolskiy kochevoy feodalizm. M.,1934) 
asarisiz tasavvur qilish qiyin. Asarning ilmiy ahamiyatli tomoni shundan iboratki, 
asarda XI asrdan XVIII asrgacha bo’lgan davr oralig’ida mo’g’ullarda feodalizm 
jarayonining paydo bo’lishi, rivojlanishi va inqirozi, bu jarayonning o’ziga xos 
jihatlari hamda xususiyatlari, undan tashqari Mo’g’uliston tarixi bo’yicha javob 
ayrim munozarali tomonlar akad.B.Ya.Vladimirsovning chuqur tahlillari natijasida 
ochib berildi. 
B.Ya.Vladimirsovning asarining qimmati shundaki, bu asarda dasht 
aristokratiyasining tashkil topishi, qabila boshliqlari-xonlarning paydo bo’lishi, 
qabila birlashmalari kuren tarzida ko’chib yurishdan ail tarzida ko’chib yurishgan 
o’tishi, va shu bilan bog’liq bo’lgan holda, yopirilib ov qilishni uyushtirish 
usullarining o’zgarishi va shu qabilalar haqida juda muhim ma’lumot to’plagan. 
B.Ya.Vladimirsov mo’g’ullar tarixi bilan birga Oltin O’rda tarixiga ham oid 
bo’lgan juda qimmatli ma’lumotlar to’plagan.
Ko’chmanchi feodalizmning vujudga kelish vaqtidagi mo’g’ul urug’ini 
B.Ya.Vladimirsov bunday deb ta’riflaydi: «Mo’g’ul urug’i – obox – qon-
qarindoshlarning agnatlik
41
prinsipiga va ekzogamaga asoslangan juda ham tipik 
bir ittifoqidan, ilgari kognatlik munosabatlari, yakka tarzda xo’jalik yurgizish, 
yaylovlarning umumiyligi, katta o’g’ilning muayyan huquqlarga rioya qilingani 
holda kichik o’g’ilga ba’zibir maxsus huquqlar berilishi kabi ba’zi sarqit alomatlari 
41
Агар уруғнинг барча аъзолари ўзлари учун умумий бўлган бир ота (авлод)дан тарқалган бўлсалар, бу уру 
ғ агнат уру ғи деб аталади. 


46 
saqlangan ittifoqdan, qasos olish va ota-bobolar ruhiga atayin sig’inish ittifoqidan 
iboratdir».
42
B.Ya.Vladimirsov, Chingizxon boshchiligidagi davlat vujudga kelmasdan 
ilgari ham mo’g’ul jamiyatida to’la ravishda tashkil topgan feodal munosabatlar 
mavjud bo’lgan, demoqchi bo’ladi. Bu munosabatlar u vaqtda endigina tashkil 
topayotgan bo’lgan va ular faqat XIII asrdagina, ya’ni feodal ijtimoiy monosabatlar 
jihatidan taraqqiy qilgan, ammo mo’g’ullar imperiyasi sostaviga kirgandan 
keyingina to’la rivoj topgan.
43
Tarixchining boshqa tarixiy asarlari ham Mo’g’uliston tarixini o’rganishda 
qimmatli ahamiyat kasb etadi. («Buddizm Tibete i Mongolii», «Chingiz- xan», 
«Gde pyat xalxaskix pokoleniy») 
1937 yilda A.Yu.Yakubovskiyning akad.B.D.Grekov hamrohligida yangi, 
keng doiradagi manbalar, shu jumladan fors va arab tillaridagi manbalar, asosida 
yozilgan mo’g’ullar tarixiga oid asar chop etildi. Asarda Jo’ji Ulusi- Oltin 
O’rdaning tashkil topishi, taraqqiyoti va inqirozi masalalari yoritib o’tilgan bo’lib, 
A.Yu Yakubovskiy tomonidan yozilgan qismlar Chingizxon boshliq mo’g’ul 
davlatining 
feodal 
xarakteri 
haqidagi 
B.Ya.Vladimirsov 
konsepsiyasini 
rivojlantiradi (Dastlabki nashri «Zolotaya Orda» Ocherk istorii ulusa Djuchiyeva v 
period slojeniya i rassveta v XIII-XIV vv.) M-L.,1937, ikkinchi nashri 1941 yilda, 
uchinchi nashri «Zolotaya Orda i yego padaniye» nomi ostida qayta ishlangan va 
to’ldirilgan variantda M- L.,1950 yilda nashr etilgan. 
Rus tarixi nuqtai nazaridan qaraganda Jo’ji ulusi, ya’ni Oltin O’rda rus 
sharqshunoslarida alohida qiziqish uyg’otgan. Yirik rus tarixchilari B.D.Grekov va 
A.Yu.Yakubovskiylar o’zlarining bu mavzuga bag’ishlangan kitoblarida «Oltin 
O’rda tarixini bilmay turib, Moskva markazlashgan davlatining tashkil topishini 
bilib bo’lmaydi»
44
- deb alohida ta’kidlab o’tishgandi.
42
Б.Я.Владимирцев, кўрс. асар, 58 бет. 
43
«История Монгольской народной республики» М., 1983. учинчи нашри. 
44
Греков Б.Д. Якубовский А.Ю. Олтин Ўрда ва унинг қулаши. Т., 1956. С.8.


47 
Bu haqida Rossiya Fanlar Akademiyasi a’zosi, akademik Fren ham 1832 
yilda shunday degandi: «Bir vaqtlar ikki yarim asrgacha Rossiya boshiga balo va 
dahshat solib kelgan, uni butkul qullik zanjirida tutgan va rus knyazlarining toju-
taxti va hayot-mamotini qo’lda tutib kelgan, bizda Oltin O’rda deb, musulmonlarda 
esa Jo’ji Ulusi deb atalgan... shu mo’g’ullar dinastiyasining hukmronligi vatanimiz 
taqdiri, tuzumi, qonun-qoidalari, maorifi, urf-odati va tiliga ozmi- ko’pmi ta’sir 
ko’rsatgan».
45
Oltin O’rda va uning Rossiya tarixida o’ynagan roli haqida aytgan 
bu fikrini Fren o’zining, Rossiya Fanlar Akademiyasiga bergan Oltin O’rda 
haqidagi xatida aytib o’tgandi.
Tarixshunoslikda 
Oltin 
O’rda 
tarixining 
o’rganilishi. 
Rus 
sharqshunoslarining ko’pchiligi Oltin O’rda muammosi bilan ma’lum darajada 
shug’ullangan. Grigoryev, Savelyev, Berezin, Velyaminov – Zernov, Sablukov, 
Patkanov, Tizengauzen va Veselovskiy kabi tarixchilar bu borada katta ish olib 
borganlar. Biroq, bularning hech biri Oltin O’rda tarixiga doir butun bir asar 
yozgan emas. Ammo, Oltin O’rda tarixidan asl material to’plashda hech bir rus 
sharqshunos olimi V.G. Tizengauzendek katta ish qilmagan; u umrining ko’p 
yillarini sharq manbalaridan (arab va fors manbalaridan) ma’lumotlar to’plashga 
sarf qildi. 1884 yilda uning «Sbornik materialov, otnosyaщixsya k istorii Zolotoy 
Ordы. Izvlecheniya iz sochineniy arabskix» nomli asari bosilib chiqdi. Bu asarni 
Tizengauzen XIII-XV asrlarda yashagan mualliflarning, asosan arab va fors 
mualliflarining Oltin O’rda haqida bergan ma’lumotlariga asoslanib yozgan.
46
V.G.Tizengauzen uncha katta ish qilmagan bo’lsa ham Oltin O’rta tarixiga 
oid boy ma’lumot to’plaganki, bu keyinchalik rus sharqshunos olimlarining Oltin 
O’rda tarixini o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qilgan. 
A.Yakubovskiyning yozishicha, V.G.Tizengauzen arab mualliflarining 
ma’lumotlaridan 
iborat 
birinchi 
tomdan 
so’ng, 
fors 
mualliflarining 
45
Греков Б.Д. Якубовский А.Ю. Олтин Ўрда ва унинг қулаши. Т., 1956. С.5. 
46
Тизенгаузен В.Г. Сборник материалов, относящихся к истории Золотой Орды. Извлечения из сочинений 
арабских. Т.1. СПб., 1884. С.3-10. 


48 
ma’lumotlaridan iborat ikkinchi tomni chiqarmoqchi bo’lgan, biroq ayrim 
sabablarga ko’ra uning niyati amalga oshmagan: 
Sobiq 
SSSR 
Fanlar 
Akademiyasining 
sharqshunoslik 
instituti 
V.G.Tizengauzenning Oltin O’rda tarixiga oid bo’lgan fors tilidagi ma’lumotlarini 
1941 yilda nashr qilgan. 
N.Aristovning «Qipchoqlar yeri to’g’risida» («O zemle poloveskoy» Kiyev, 
1887.) degan monografiyasi eng qimmatli asarlardan biridir. 
Mo’g’ullar tarixi, shu bilan birga Dashti Qipchoq tarixiga oid muhim 
ma’lumotlarni biz K.P.Patkonovning «Istoriya mongolov po armyanskim 
istochnikam» nomli asaridan ham olishimiz mumkin. K.P.Patkonov asarining 
qimmatli tomonlaridan biri, unda savdoni rag’batlantirish va savdogarlarga 
imtiyozlar berish va shu kabilar to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar uchraydi. Bu 
davrda yaratilgan A.N.Nasonovning «Mongolы i Rus» nomli asari ham ma’lum 
darajada muhim bo’lib, u bu kitobni yozishda faqat rus manbalaridagina emas, 
balki sharq manbalarining rus tiliga qilingan tarjimalaridan ham foydalangan. 
A.N.Nasonov kitobidan Berkaxon hukmronligi davrida Mo’g’uliston 
imperiyasining hayoti, jumladan, uning qo’l ostidagi Oltin O’rda haqidagi 
ma’lumotlarni olamiz. Ma’lumki, Novgorodda 1259 yilda esa Rostov, Suzdal, 
Yaroslavlda va boshqa shaharlarda qo’zg’olon bo’lgan. Bu to’g’rida A.N.Nasonov 
o’zining «Mo’g’ullar va Rus» («Mongolы i Rus») nomli asarida anchagani muhim 
ma’lumotlar keltirgan. 
Jo’ji ulusi, ya’ni Oltin O’rda tarixiga oid yana bir ma’lumotni biz 
I.Berezinning «Jo’jilar ulusi ichki tug’ulishi haqida ocherk» («Ocherk vnutrennego 
ustroystva Ulusa Djuchiyeva») nomli asaridan olamiz. U o’g’lonlar, beklar, ulus 
beklari va tarxonlar hamda ular oladigan yorliqlar haqida muhim ma’lumot yozib 
qoldirgan. 
Oltin O’rda tarixshunosligida To’xtamishxon bilan Temur qutlug’ 
hukmronligi davrini yoritishda rus sharqshunos tadqiqotchisi V.Radlovning 
«Yarlыki Toxtamыsha i Timur-Kutluga» nomli asari muhim rol o’ynaydi. 


49 
V.Radlov bu asarida tumanboshi, mingboshi, yuzboshi, o’nboshilarga beriladigan 
yorliqlar haqida, To’xtamishxon tva Timur-Qutlug’ yorliqlari haqida gapirib 
o’tadi. Oltin O’rda tarixiga doir ma’lumotlar qoldirgan tarixchilardan biz yana 
N.Veselovskiyning «No’g’aylar va ularning davri» («Nogayi i yego vremya»), 
V.Smirnovning «Qrimga arxeologik sayohat» («Arxeologicheskaya ekskursiya v 
Krыm»), M.D.Priselkovning «Rus metropolitlariga xon yrlig’i» («Xanskiye 
yarlыki russkim mitropolitam»), A.A.Semenovning «Oltin O’rdaning bosqoq 
atamasi haqida» («K voprosu o zolotoordinskom termine basqaq»), 
M.S.Grushevskiyning «Kiyev yerlari tarixidan lavhalar» («Ocherk istorii 
Kiyevskoy zemli»), Ilovayskiyning «Ryazan knyazligi tarixi» («Istoriya 
Ryazanskogo knyajestva») va boshqalarni tilga olishimiz mumkin.
Oltin O’rda tarixini o’rganishda I.P.Petrushevskiyning «K voprosu o 
prikreplenii krestyan k zemle v Irane v epoxu mongolskogo vladыchestva» (Jurn. 
«Voprosы istorii», №4. 1947 g.) va «Ocherki po istorii feodalnыx otnosheniy v 
Azerbaydjane i Armenii v XVI-nachale XIX vv.» (L: 1949). Shuningdek 
A.A.Alizodaning «Borba Zolotoy Ordы i gosudarstva Ilxanov za Azerbaydjan» 
(M. 1946) nomli kabi asarlari ham bizga ko’pgina ma’lumotlar beradi. 
Oltin O’rda tarixi bilan B.D. Grekov va A.Yu.Yakubovskiylar ham ancha 
chuqur shug’illangan rus sharqshunos olimlaridandir. Ular birlagilikda Oltin O’rda 
tarixiga bag’ishlangan «Oltin O’rda va uning qulashi» nomli ajoyib asar 
yaratganlar.
47
Bu asar juda ko’p ma’lumotlar asosida Oltin O’rdaning vujudga 
kelishi, uning taraqqiyoti, davlat tuzilishi, siyosiy tarixi, shahar hayoti, Rossiya 
bilan munosabatini, hamda uning feodal tarqoqlik natijasida bo’linib ketishi va 
qulashini tasvirlab beradi.
Asarning uchinchi qismida Amir Temurning Oltin O’rdaga yurishi, 
keyinchalik feodal to’s-to’polonlar va taxt talashishlari natijasida Oltin O’rdaning 
qulashi hamda uning o’rnida vujudga kelgan xonliklar haqida ham batafsil 
yozilgan. 
47
Греков Б.Д. Якубовский А.Ю. Олтин Ўрда ва унинг қулаши. Т., 1956. 


50 
K.V.Kudryashovning «Dashti Qipchoq» («Poloveskaya step». ZVGO. 
Novaya seriya, T.2. M., 1948.) nomli asari ham Oltin O’rda tarixini yoritishda 
muhim manba, ma’lumotdir. 
Oltin O’rda haqida V.A.Gordilevskiyning «Chto takoye, bosыy volk?» M., 
1947. nomli asari ham muhim ma’lumot beradi. 
Oltin O’rda tarixi haqida qisman bo’lsada, hozirgi davr rus tarixchilari 
A.S.Orlov, V.A.Georgiyev va boshqalarning birgalikda nashr ettirgan «Rossiya 
tarixi» («Istoriya Rossii») nomli kitobi ham ma’lumotlar beradi. Kitob Rossiya 
tarixining IX asrdan to 1996 yilgacha bo’lgan davrini o’z ichiga qamrab olgan. Bu 
kitob Oltin O’rda davlati hududi, davlat boshqaruvi, aholisi va dini to’g’risidagi 
ma’lumoti bilan Oltin O’rda tarixini o’rganishda muhimdir. Bu kitobdan biz Oltin 
O’rdaning vujudga kelishidan to parchalanishigacha bo’lgan ma’lumotini olamiz.
XX asrning 50 yillaridan keyin mo’g’ullar tarixini, ularning Osiyo va 
Yevropaga hujumlari va uning oqibatlarini o’rganish bo’yicha mutaxassis 
tarixchilar ilmiy izlanishlarini ham yuqori baholash mumkin. Bu borada alohida 
ilmiy tadqiqot muassasalarida faoliyat ko’rsatgan akad.L.V.Cherepnin, L.I.Duman, 
V.T.Pashuto, 
N.P.Shastina, 
N.S.Munkuyev 
(Moskva), 
L.N.Gumilev, 
I.P.Petrushevskiy, Ye.I.Kыchanov (Sankt- Peterburg), M.G.Pikulin (Toshkent), 
A.Galstyan (Yerevan) kabilarning xizmatlari evaziga mo’g’ullar tarixining turli 
sohalari 
o’rganilib, 
fanga 
ma’lum 
qilindi. 
Rus 
tarixshunosligining 
mo’g’ulshunoslik yo’nalishi bo’yicha shug’ullanuvchi yosh avlodlar sirasiga 
A.A.Bonщagin, 
S.Kuchera, 
G.V.Melixov, 
N.P.Svistunova, 
V.M.Serov, 
M.Kutlukov va boshqalarni kiritish mumkin. 
Chuluun Dalay va uning «XIII-XIV asrlarda Mo’g’uliston» asari. Muallif bu 
monografiyada 1260 yildan 1368 yilgacha bo’lgan mug’ullar tarixining yuz yillik 
davrini o’z ichiga olgan: mug’ullarning o’sha davrdagi davlat tuzilishi, xo’jaligi, 
jamoat munosabatlari, ijtimoiy tabaqalar va kurashlar, davlatchiligi, xalq hayot 
tarzi, madaniyati, diniy qarashlari va boshqa masalalarga to’xtalib o’tgan.


51 
Monografiya bu davrni o’rganishda juda qimmatli bo’lgan va ko’psonli 
tadqiqotchilar tomonidan ko’p yillar davomida alohida e’tibor bilan 
o’rganilayotgan xitoy manba r yoritilgan. Ikkinchi qismida esa 1980 yilgacha 
bo’lgan davr yoritilgan. 
Yevropadagi juda ko’p xalqlar tarixchilari Mo’g’ullarining 1241 yilda 
orqaga qaytishlarini o’z xalqining ularga qarshi qahramonona kurashi natijasida 
deb baholaydi (rus, chex, venger va 1 tarixchilar) va ular biz Yevropani 
Mo’g’ullarning hukmronligidan saqlab qoldik, deb hisoblaydilar. 
Biz ham shunday ayta olamizmi? – Ha, 1238 yilda Buxorodagi Maxmud 
Torobiy boshchiligidagi qo’zg’alon davrida 10 ming Mo’g’ul o’ldirildi. Bu 
Mo’g’ullarning orqaga qaytishlariga qisman sabab bo’ldi. 


52 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling