Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda
Jaloliddin shaxsining manbalarda yoritilishi
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
5aec47bd72400
2.2. Jaloliddin shaxsining manbalarda yoritilishi.
Muhammad Xorazmshoxning o’g’illari Xorazmdan qaytishida Xurosondan o’tishlari shart edi. Toxuchar boshchiligida mo’g’ul otryadi shu yerda joylashganligini ko’rgan ediki Xurosonning katta shaharlarida mo’g’ullaning garnizoni yo’q edi. Chingizxon xorazm shaxzodalarining qochganligini eshitib mo’gullarning kuzatuv otryarini Xurosonning shimoliy chegarasiga qo’ydi. Niso shahri atrofida mo’g’ullarning yettiyuz otliq otryadi turar edi. Chunki kutilmaganda, Jaloliddin va uning uch yuz otliq askari hujum qilishi mumkin edi. Haqiqatdan hujum bo’lgach, mo’g’ullarning ko’pchiligi qochib, kichik bir qism qutilishga muvoffaq bo’lidi. Nasafiy bu yutuqni musulmonlarning urishdagi birinchi g’alabasi deb atagan. Temur Malikning Yangikentdagi g’alabasi noma’lum bo’lib qolgan. Ushbu g’alabadan so’ng Jaloliddin va uning safdoshlari otlarini almashtirib, Nishopurgacha yetib bordi. Uzloqshoh va Oqshox esa mo’g’ullarning chegarasidagi qo’shinlaridan qochishga ulgursada mamlakat ichida mo’g’ullar tomonidan o’rab olinib o’z sheriklari bilan birgalikda o’ldirilgan. Juvayniy esa ushbu shahzodalar asirga olingandan so’ng 2 kundan so’ng o’ldirilganligini aytadi. Xurosonda mo’g’ul kuchlari unchalik katta bo’lmasada, Jaolliddin ham bu yerda qo’shin yig’ish holatida emas edi. Nasafiyning aytishicha, Jaloliddin Nishopurda 1 oy to’liq bo’lgan. juvaniyning aytishicha Nishopurda faqat 3 kun bo’lib 1221-yil 6-febral kuni shaharni tark etgan. Jaloliddin Nishopurdan Juzjon shahriga o’tgan (Juzjon- bu Xuroson va Ko’histon chegarasida bo’lib Keindan 3 kunlik yo’lni tashkil qilgan).Jaloliddin Juzjonda qolishni istagan bo’lsada Juvayniyning aytishicha, aholining dushmanlik kayfiyati sababli u ketishga majbur bo’lgan. Nasafiy esa aksincha Jaloliddin o’z ixtiyoriga ko’ra shahardan ketganligini aytadi. Chunki qal’a kuchsiz bo’lib, mo’g’ullardan himoyalanish mushkul edi. Jaloliddin bu yerdan Hirot orqali Bo’stonga o’tgan. Nasafiyning hikoya qilishicha Jaloliddin bu yerda Amin al-Mulkning 10.000 lik otryadi bilan birlashib, Sajustonda mo’g’ul otryadini mag’lub etgan. Shundan so’ng Jaloliddin G’aznaga o’tdi va asosiy shaharni egalladi. Qandaxor jangi haqida 53 biror bir manbada ma’lumot keltirilmagan. Chingizxon uzil-kesil qo’shinlarini 1221-yil bahorida Amudaryo orqali Balxga tashlab, u yerni ishg’ol qildi. Ibn al- Asrning aytishicha, shahar ixtiyoriy taslim bo’lib, shavqat so’ragan. Juvayniyning ma’lumotiga ko’ra Chingizxon aholini iltimosini qabul qilsada, o’z vadasini buzib ularni talon-taroj qilgan. 48 Ibn Battutaning aytishicha, shahar vayrona hududda joylashgan edi. To’lu Xurosonga yuborildi. Chig’atoy va O’qtoy esa Xorazmga yuborildi. Qolgan qo’shin esa shimoliy tog’lik qal’a hisoblangan. Paropamiz va Hindukushni qamal qilishga qoldirildi. Chingizxonni o’zi esa Nusratlikhuh qal’asi va Talkan atroflarini qamal qildi. Mo’gullar lageri “No’mon tepaligi” va “Kaba cho’li”, shuningdek, Talkan va Balx atrofini egallab olishdi. Ibn al-Asrning aytishicha qamal 9 oy davom etgan. Rashidaddin qamal muddatini 7 oy deb ko’rsatadi. Ushbu vaqt davomida To’lu, Chig’atoy va O’qtoylar o’z vazifalarini bajarishib otasi yoniga qaytib ketishdi. Musulmonlar qo’shining vaqtdan foydalana olmaganiga sabab turk va boshqa qabilalar o’rtasidagi nizoning kuchayishi edi. Shu sababli, Jaloliddin hatakat qilishga qiynalgan. Jaloliddinning g’aznadagi vakili Kerber Malik bo’lib, u 1220-yil viloyatni o’z holiga qoldirib, Amin al- Mulkning taklifiga ko’ra Sejustonga ketgan. Bundan foydalangan Ixtiyoriddin Muhammad bin Ali Xarpust G’aznani egalladi. Xarpust G’aznaga Muhammad xorazmshohning takliffiga ko’ra kelgan edi. 49 Juzjoniynig aytishicha, Xarpust Chingizxon hujumiga qarshi urashish uchun 150 ming qo’shin yig’a olgan edi. Juvayniy esa uning qo’shinini 20 ming deb ko’rsatadi. Amin al-Mulk unga ittifoqchilik va hokimyatni o’zaro bo’lib olishni taklif qildi. Ammo boshqa qabilalar turklar bilan bir yerda yashashni istashmagan. Bunday qarorga kelishda Salohiddin Muhammad Nesafiy, ya’ni shahar asosiy qismining boshlig’i shuningdek, fuqaro hokimyati vakili, vazir Jaloliddin Shamsul al-Mulk Shaxobiddin al-Saraxsiylar tashabbus ko’rsatishgan. Salohiddin aynan Xarpustni o’z qo’li bilan o’ldirgan. Xarpustning o’ldirilishi 48 Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling