Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu: kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida reja


Download 424.31 Kb.
bet7/95
Sana28.03.2023
Hajmi424.31 Kb.
#1302312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95
Bog'liq
17.MUTAXASSISLIK TERMINLARINING UCH TILLI LUG’ATINI TUZISH

6- topshiriq. T-sxema bo‘yicha og’zaki va yozma nutqning xususiyatlarini solishtiring.

Og’zaki nutq

Yozma nutq



4-MAVZU: O`ZBEKTILI VA UNING TILLARTIZIMIDAGI O`RNI
Reja:

  1. O'zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari.

  2. Hozirgi o’zbek adabiy tili ta’limi asoslari

3.Dunyo tillar tizimida o’zbek tilining tutgan o’rni
Dunyo tillari yoki jahon tillari — Yer sharida yashovchi (yoki avval yashagan) xalqlarning tillari.Ularning umumiy soni 2500-dan 5000 gacha.
Koʻp tarqagan dunyo tillarining safiga (million kishi hisobi bilan 1985-yilgi maʼlimot boʻyicha) kiruvchi tillar: xitoy (1 mlrd-dan ziyod), ingliz (420), hind, o'ngayaqin urdu (320), ispan (300), rus (250), indoneziya (170), arab (170), bengal (170), portugal (150), yapon (120), nemis (100), fransuz (100), pendjav (82), italyan (70), koreys (65) tillari.
Bu hisobga ularni gapiruvchilari bilan birga millatlararo, xalqlarolik aloqa sifatida foydalanuvchilar ham kiradi.Barcha dunyo tillari yaqinligiga qarab tilli oilalarga boʻlinadi.Ularning har biri yaqin dialektlari guruhidan chiqqan, qadimgi zamonlarda bir tilning dialektlari boʻlgan yoki bir tilli ittifoqqa kirgan.

Jahon tillari - yer yuzida hozirgi yashayotgan va qad. yashab oʻtgan xalqlarning tillari. Jahon tillari umumiy soni turli manbalarda 2500 dan 5000 va undan ortiq deb koʻrsatiladi (bularning aniq sonini belgilash juda murakkab, chunki tillar oʻrtasidagi va bir tilning dialektlari orasidagi farqlar nihoyatda shartlidir). Jahon tillari ichida keng tarqalganlari (soʻzlashuvchilar soniga koʻra) quyidagilar: xitoy, ingliz, rus, ispan, hind va urdu, indonez, arab, bengal, portugal, yapon, nemis, fransuz, italyan, panjob, telugu, koreys, maratxa, tamil, ukrain va b.
Qardoshligiga koʻra Jahon tillari tillar oiyaasita birlashadi.Bulardan eng keng tarqalgani hind-eepona tillari oilasiga mansub tillardir.Mazkur tillar taraqqiyoti tarixida qad. hind davri — vedalar, sanskrit tili, oʻrta hind davri— pali va prakriti tili, soʻnggi hind davri — hozirgi hind va unga yaqin boʻlgan urdu, bengal, maratha, panjob, gujorat, oriy sindxi, nepal, singal va b. alohida ajralib turadi. Eron tillari genetik jihatdan hind tillariga eng yaqin tillar hisoblanadi.
Bular orasida qad.eron tili — kad. fors, ovasta, skif tillari; oʻrta eron — oʻrta fors (pahlaviy), parfiya, sugʻd, xorazm va b.; soʻnggi eron — fors, pushtu (afgʻon), kurd, osetin, pomir, tojik va b. tillar alohida ajratib koʻrsatiladi. Bu tillar vakillari mil.av. 3-ming yillikda Gʻarbiy Osiyo va Shimoliy Qora dengiz va Kaspiy boʻyi hududlariga tarqay boshlaydi.
Qadimiy hind tilidagi matnlarning dastlabkilari mil.av. 1-ming yillikda yozilgan boʻlib, prakriti tillari ulardan rivojlanib, ajralib chiqqan, oʻz navbatida bu tillardan soʻnggi hind tillari — hind, urdu, bengal, maratha, panjob, rajastxon, gujorat, oriy va b. tillar vujudga kelgan. Mil. av. 1-ming yillikdan boshlab Yevropada hind-yevropa tillarining gʻarbiy guruhiga mansub tillardagi yozuv yodgorliklar maʼlum. Bular ulik italiy tillar boʻlib, lotin, falisiy, osk, umbars va b. shu guruhga mansub. Lotin tilining mahalliy turidan roman tillari tarkib topadi: bular — ispan, portugal, fransuz, katalon, provansal, italyan, sardin, reto-ro-man, rumin, moldovan va b. tillardir.
Kelt tillari ham italiy tillariga yaqin turadi va hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Buning tarkibiga hozirgi breton, val (uels-breton), irland, shotland, gel, mena, shuningdek, ulik galla va kornuel (korn) tillari kiradi. Qad.hind-yevropa tillari oilasi guruhiga german tillari ham kiradi.
Xoz.german tillari quyidagi guruhchalarga boʻlinadi:
1) Shimoliy german (yoki Skandinaviya) guruhchasi. Buning tarkibiga shved, norveg , dan, island va fareriya tillari kiradi;
2) Gʻarbiy german guruhchasi. Buning tarkibiga ingliz, nemis, niderland (golland), friz, idish va afrika tillari kiradi. Sobiq sharqiy german guruhchasiga kirgan tillar (got va b.) ulik tilga aylangan.
Hind-yevropa tillari oilasiga kiruvchi baltlar va slavyan tillari guruhlari bir-biriga yaqin turadi. Boltik, tillari tarkibiga hozirgi latish, litva, shuningdek, ulikpruss va b. tillar kiradi. Slavyan tillari guruhida: sharqiy slavyan — rus, ukrain va belorus; gʻarbiy slavyan — polyak, chex, slovak, lujitsa va ulik polab tillari; jan. slavyan tillari guruhida esa serb-xorvat, Sloveniya, bolgar, makedon, shuningdek, eski slavyan tillari bor. Grek, arman va alban tillari hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Xet tili, tohar tili, frigiy, frakiy, illiriy va b. tillar koʻhna hind-yevropa tillaridan hisoblanadi.
Som-xom tillari (anʼanaga koʻra afrika-osiyo tillari oilasi deb ham ataladi) tarkibiga som tillari (ulik akkad, eblait, koʻhna xanaan, qad. yahudiy, qad. oromiy, efiop va b. tillar, shuningdek, xoz. ivrit, arab, amhara, tikrika va b. tillar), barbaraliviya, chad (bular orasida eng koʻp tarqalgan — xausa), kushit (somali, galla va b.), allaqachon ulik tilga aylangan misr tili, undan kelib chiqqan kott tili kiradi.
Finugor tillari, bir tomondan, ugor tillari (venger, xanti va mansi tillari)ga, ikkinchi tomondan, 4 guruhchaga: perm (udmurt, komiziryan va komipermyak) tillari, volga (mari va mordva) tillari, boltiq boʻyifin (fin, eston, kenel va b.) tillari va suomi tillariga boʻlinadi.
Turk, oʻzbek, ozarbayjon, tatar, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, chuvash, boshqird, saxa, gagauz, qorayim va b., shuningdek, bir qator ulik tillar turkiy tillar oilasink tashkil etadi. Bu tillar quyidagi guruhlarga birlashadi: 1) bulgʻor (chuvash tili shunga mansub); 2) jan.-gʻarbiy (turk, ozarbayjon, turkman va b. tillar); 3) shim.-gʻarbiy (tatar, boshqird, qorayim, qumiq, noʻgʻoy, qoraqalpoq, qozoq tillari va oltoy tillariga birlashib qirgʻizqipchoq guruhini tashkil etuvchi qirgʻiz tili); 4) jan.-sharqiy (oʻzbek va uygʻur tillari); 5) shim.-sharqiy (Saxa Respublikasi, Sibir va Oltoydagi boshqa tillar, shuningdek, ulik turkiy tillar, yaʼni qad. turkiy yozuvdagi Urxun-Yenisey va b. yozuv yodgorligi bitilgan tillar).
Buryat, hozirgi moʻgʻullarning oʻz tili va bularga yaqin qalmoq, oyrot va b. tillar moʻgʻul tillarini tashkil etadi. Tungusmanjur tillari tarkibiga manjur, even va b. tillar kiradi. Jahon tillari orasida yapon tili (unga qardosh boʻlgan ryukyusi tili) aniq oʻz oʻrniga ega emas.Baʼzi olimlar bularni (koreys tilini ham) oltoy tillari guruhiga qoʻshadilar. Dravid tillari tarkibiga telugu, tamil, kannada, malayalam, tulu, gondi va b. tillar, shuningdek, bularga qardosh elam tili kiradi. Baʼzi ilmiy farazlarga koʻra, hindevropa, som-xom, kartvel, oʻrol, oltoy, dravid tillari yagona ulkan tillar oilasini tashkil etadi.
Kartvel (Janubiy Kavkaz) tillari tarkibiga gruzin, zan (yoki mergelochan) va svan tillari kiradi. Shim. Kavkaz tillari 3 guruhdan — abxaz, adigey, nax va dogʻiston tillari guruxidan iborat. Xitoy-tibet tillari tarkibida xitoy, tibet-birma (tibet, birma, ulik tangut, kachin), shuningdek, himo-lay, nevar va b. tillar bor. Baʼzi tasniflarga koʻra, avstronez tillari alohida oilani tashkil etadi va monkxemer, palaungva, Vyetnam, malakka, munda, myao-yao va b. tillarni oʻz ichiga oladi.
Malayya-polineziya tillari (qarang Malayya tili va Polinez tillari) koʻpchilik olimlar tomonidan bir oilani tashkil etadi deb hisoblanadi. Uning tarkibi, anʼanaga koʻra, 4 guruhga bulinadi: indonez tillari, melanez tillari, polinez tillari va mikronez tillari. Osiyo qitʼasidagi tillar orasida kelib chiqishiga koʻra,turlicha boʻlgan paleoosiyo tillari aloxida oʻrin tutadi. Paleoosiyo tillari va ulib borayotgan ayna tilida Shim. Amerika indeyslari tillariga xos xususiyatlar uchraydi.
Avstraliya tillari bitta oilani tashkil etadi. Garadye, narinyeri, mudura, aranda, vadyug va b. qabilalarning tillari shu oilaga mansub. Hind-Tinch okean (shu jumladan, koʻp sonli papuas tillari) va andaman tillarining bir-biriga qardoshligi aniqlangan. Afrika tub aholisining tillar tasnifi tugal ishlangan emas. Oʻz tarkibiga eng kup tillarni nigerkordofan yoki kongo-kordofan oilasi birlashtirgan.
Bu oilaga mande, kva, bantu (shulardan eng kup tarqalgani suaxili), gur va b. tillar guruhi kiradi. Afrika xalqlari tillari orasida koysan tili (gottentot va baʼzi b. tillar) alohida oʻrinni tutadi. Indeys tillari tugal tadqiq etilmagan, uzaro genetik aloqalari xususida aniq, ilmiy maʼlumotlar yoʻq. Jahon tillarining anchaginasi haqidagi maʼlumotlar bizgacha saqlanib qolgan qadamiy yozuv yodgorliklaridan maʼlum, koʻpgina tillar esa izsiz yoʻqolgan.
Janubiy-Sharqiy Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tillarining tasnifi ishlab chiqilmagan. Shuning uchun insoniyatning til tarixi hozirgi fanda uncha toʻliq yoritilgan emas.
Sobiq Sho'rolar Konstitutsiyasida SSSR dagi barcha elat, xalq, millatlar va ularning tillari teng huquqli ekanligi ta'kidlangan bo’lsa ham, lekin amalda rus tili davlat tili edi. Barcha ish qog'ozlari, pochta, telegraf ishlari, turli darajadagi yig'ilishlar, qiirultoylar, simpoziumlar rus tilida olib borilardi.Rus tilini вilmaydigan shaxslar uzoqdagi qarindosh-urug'lariga, tanish-bllishlariga oddiy bir telegramma ham jo'nata olmas edilar. Bunday holat rus tilidan boshqa tillar qo'llanish doirasining cheklanishiga olib keldi va bu til vakillarining haqli ravishda noroziligiga sababchi bo'ldi.
1988-yildan boshlab o'zbek ziyolilari ham matbuotda o'zlarining qator maqolalari bilan tilimiz haq-huquqini tiklash, uni davlat tiliga aylantirish muammosini ko'tarib chiqdilar.
Bu masalaga bag'ishlangan bir qancha anjumanlar bo'lib o'tdi.Nihoyat, 1989-yilning 21-oktabrida o'zbek tili O'zbekistonning Davlat tili sifatida rasman e'lon qilindi.Burning natijasida o'zbek tili respublikamizda o'tkaziladigan oliy darajadagi davlat anjumanlarida ham qo'llaniladigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi.Ana shu nuqtayi nazardan bu qonunning tarixiy ahamiyati kattadir.
«Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingandan ikki yil vaqt o'tgach, respublikamiz hayotida katta o'zgarish ro'y berdi.Ajdodlarimizning asriy orzusi ro'yobga chiqdi.Mustaqillik qoiga kiritildi. Dunyoning bir yuz yigirmadan ortiq davlati mustaqil respublikamizni rasman e'tirof etdi va u bilan diplomatik munosabatlar o'rnatdi. O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Qisqa muddat ichida respublikamiz-ning jahon hamjamiyati o'rtasidagi obro'-e'tibori oshdi. O'zbek degan millat va uning milliy tili jahon jamoatchiligining diqqatini tortdi.
«Davlat tili haqida»gi Qonunning ko'p moddalari o'z kuchini yo'qotdi yoki tahrirtalab bo'lib qoldi.Shuning uchun ham amaldagi Qonunni isloh qilish ehtiyoji paydo bo'ldi.Natijada 1995-yilning 21-dekabrida O'zbekiston Rcspublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi «Davlat tili haqida»gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi.
Yangi tahrirdagi Qonunning muhim jihati shundaki, unda o'zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi mavqeyi hisobga olindi.Bu Qonunda O'zbekiston Respublikasining demokratik, tinchliksevar siyosati o'zining aniq ifodasini topdi. O'zbek tili O'zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu narsa respublika hududidagi boshqa tillarning faoliyat ko'rsatishi, rivojlanishi, O'zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o'z ona tillarida erkin aloqa qilishlari uchun aslo monelik qilmaydi. Qonunning 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi.Bu esa yangi Qonunning naqadar xolis ekanligini ko'rsatadi.


Download 424.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling