N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik
-rasm. Vertikal ko‘tarish usuli bilan qobiqlarni tayanchlarga o‘rnatish
Download 359.27 Kb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.7-rasm. Tomyopma blokini polispastlar bilan montaj qilish sxemasi
- 8.8-rasm Troslarni uzatishning umumiy sxemasi
8.6-rasm. Vertikal ko‘tarish usuli bilan qobiqlarni tayanchlarga o‘rnatish:
1 – traversa; 2 – ko‘tarilgan va tayanchlarga burilgan qobiq; 3 – montaj krani; 4 – yig‘ilgan qobiq ko‘tarish oldidan; 5 – osilgan ishchi maydonchasi montaj qilingan qobiqlar tayanchlari. 8.7-rasmda har birining yuk ko‘tarish qobiliyati 160 t bo‘lgan to‘rtta polispast yordamida amalga oshiriladigan, vertikal va gorizontal bog‘lanishlar bilan biriktirilgan ko‘taruvchi fermalardan iborat tomyopmaning ko‘taruvchi blokini ko‘tarish ko‘rsatilgan. Fazoviy konstruksiyani gorizontal holatda tomyopmaning barcha konstruktiv elementlarini yerda o‘rnatib va tomyopma elementlari va tom qoplamasi bilan birgalikda qurib yiriklashtiriladi. Ustunlar (tayanchlarning fazoviy konstruksiyalari) ham gorizontal holatda yig‘ilib, proekt holatiga 87
polispastlar yordamida sharnir atrofida burish usuli bilan keltiriladi va keyinchalik o‘sha polispastlar yordamida tomyopma bloki ko‘tariladi. 8.7-rasm. Tomyopma blokini polispastlar bilan montaj qilish sxemasi: 1 – ustun; 2 – montaj yon tirgaki; 3 – tormozli tortqi; 4 – tayanch to‘sin; 5 – ko‘taruvchi polispast; 6 – tomyopma bloki. Fermalarni quyi belbog‘larining tayanch bog‘lamalari ostiga uchlariga harakatlanuvchi polispast bloklari mahkamlangan ko‘ndalang to‘sinlar keltiriladi. Barcha to‘rtta polistpastning ko‘taruvchi tayanchlarga yuklanishini bir tekis taqsimlash uchun uzatishning umumiy sxemasi 8.8- rasmda keltirilgan. Fazoviy konstruksiyani loyihadagi holatga vertikal ko‘tarilgandan so‘ng uning ko‘taruv ustunlarga biriktirilishi amalga oshirildi va montaj yon tirgaklar demontaj qilindi. 8.8-rasm Troslarni uzatishning umumiy sxemasi: 1 – elektrolebedkalar; 2 – polistpastning tortuvchi arqoni; 3 – ko‘taruvchi polistpast; 4 – tomyopma bloki; 5 – tenglashtiruvchi roliklar; 6 – chetga chiqaruvchi rolik. 88
Burish usuli bilan asosan balandligi yuqori va massasi katta bo‘lgan inshootlarni butun ko‘rinishda montaj qilish amalga oshiriladi. Inshoot konstruksiya kabi, avval uning o‘rnatish hududida gorizontal holatda yig‘iladi, bu fazoviy konstruksiyaning asosi burish sharniridan foydalangan holda poydevorga mahkamlanadi va sharnir atrofida burib inshootni loyihadagi holatiga o‘rnatiladi. Bu usul bilan elektr uzatish liniyalari, tayanchlari, tutun chiquvchi quvurlar, minoralar va massasi 100 t va undan ortiq bo‘lgan boshqa inshootlar montaj qilinadi. Surish usulida konstruksiyalar doimiy tayanchlardan chetda yig‘iladi, keyin esa bu tayanchlarga vaqtincha o‘rnatilgan yo‘llar bo‘ylab gorizontal ko‘chirish yo‘li bilan o‘rnatiladi. Bu usul ko‘p oraliqli ko‘priklarni, bir qavatli sanoat binolari qoplamalari konstruksiyalarini montaj qilishda, shuningdek ishlarni qisqa muddatlarda bajarish zarur bo‘lganda yerda boshqa ishlar bilan surishga tayyorgarlikni qo‘shib olib borishda keng qo‘llaniladi. Bu usul amaldagi texnologik inshootlarni (domna pechi, havo isitgich, shaxta kopyori) qayta qurishda, yangi inshoot chetda yig‘ilib va keyin eski demontaj qilinganning poydevoriga surib joylanganda ayniqsa samaralidir. Surish jarayoni ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: blokning massasi 250 t gacha bo‘lganda salazkalarda (chanalarda) sirpantirish bilan va bloklarning massasi 10 ming t va undan ortiq bo‘lganda po‘lat katoklar ustida dumalatib amalga oshirish mumkin. Surish usuliga misol sifatida qoplamasi sigarasimon fermalardan bo‘lgan 84 m oraliqli sport majmuasi binosini montaj qilishni ko‘rib chiqamiz (8.9-rasm). Yuqori va quyi belbog‘lari bo‘yicha 4 mm qalinlikdagi po‘lat listlar bilan o‘rab olingan tomyopma (qoplama) fermalari yopiladigan inshootdan bevosita yaqin joyda maxsus aravalar ustida yerda yig‘ilgan. Aravalar tomyopma elementlarini berilgan aniqlikda yig‘ishni ta’minlash uchun konduktorlar va moslamalarga ega, aravachalarning 89
konstruksiyasi ularga gorizontal va qiya relsli yo‘llar bo‘ylab mahkamlangan fermalar bilan siljishga imkon beradi. Aravachalarni loyihaviy belgigacha ko‘tarish uchun ikkita og‘ma (qiya) montaj to‘sinlari montaj qilingan, aravachalarni navbatdagi tomyopma bloki bilan ko‘chirilishi ikkita tortuvchi polispastlar bilan amalga oshiriladi. Loyihadagi belgiga yetganidan so‘ng aravachalar maxsus tirgakka taqaladi, tomyopma bloki po‘lat katoklar ustiga tushiriladi va dumalatish usuli bilan ikkita yengil polispast yordamida loyihadagi holatga suriladi, bunda domkratlar yordamida uni oldin katoklarni bo‘shatish uchun ko‘tariladi, keyin loyihadagi holatga tushuriladi. Montaj qilishning ko‘rib chiqilgan usulining afzalliklaridan biri – hajmdor blokni loyihadagi belgilarga ko‘chirish va o‘rnatish uchun foydalanish qiymati yuqori bo‘lgan katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega montaj kranini qo‘llanishining zaruriyati yo‘q. Download 359.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling