81
8.3-rasm. Montaj qilish yo‘nalishlari har xil bo‘lganda elementlarni o‘rnatish
ketma – ketligi:
a – bo‘ylama montaj; b – ko‘ndalang montaj.
Montaj qilishning ko‘ndalang usuli quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
• binoni, uning barcha oraliqlarini o‘z ichiga qamrab oluvchi alohida
seksiyalar tarzida foydalanishga topshirishda;
• amal qilish radiusi katta bo‘lgan kranlar bilan montaj qilishda,
shuning uchunkim har bir to‘xtash joyidan to‘laroq foydalanish uchun;
• montaj kranlarini faqat ko‘ndalang yo‘nalishda xarakatlanishi zarur
bo‘lganda yoki maqsadga muvofiq bo‘lganda.
Kombinatsiyalangan, ya’ni bo‘ylama – ko‘ndalang
usul ustunlarni
bo‘ylama usulda o‘rnatishga va tomyopmani kranning ko‘ndalang yurishida
montaj qilishga asoslangan. Ko‘ndalang montaj qilish ayniqsa 12 x 3 m va
24 x 3 m o‘lchamdagi ustyopma plitalarini va montaj kranini tanlashga
massasi hamda qulochi jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi “2T” uzun o‘lchovli
to‘shamalardan foydalanganda yanada tejamliroq bo‘lishi mumkin.
Kranni
ikkita montaj qilingan fermalar orasiga joylashtirish hisobiga u strelasining
kam qulochi bilan ishlaydi. Montaj qilish yo‘nalishini tanlash ko‘p jihatdan
barpo etilayotgan sanoat binosining texnologik xususiyatlariga bog‘liq
bo‘ladi.