N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


 Vaqtinchalik tayanch va so‘rilardan foydalanish


Download 359.27 Kb.
bet43/80
Sana10.11.2023
Hajmi359.27 Kb.
#1764339
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org (1)

8.4. Vaqtinchalik tayanch va so‘rilardan foydalanish 

Konstruksiyalarning konstruktiv xususiyatlari va ishlash sharoitlariga


bog‘liq holda montaj qilishning, shu jumladan so‘rilardan montaj qilishning
vaqtinchalik tayanchlardan foydalangan holdagi turli usullari – yarim osma
va osma yig‘ish uchraydi.

Montaj qilish jarayonida konstruksiyani tutib turuvchi va uning


massasidan tushayotgan yuklanishlarni qabul qiluvchi yaxlit so‘rilarda
qobiqlar, gumbazlar, arkalar, ko‘priklarning oraliq qurilmalarining ayrim
turlarini va boshqalarning montaji amalga oshiriladi.
Xavfsiz va unumli ishni ta’minlovchi kranosti yo‘llari bo‘ylab
harakatlanuvchi ko‘chma so‘rilar, katta oraliqni tomyopmalarni montaj
qilishda yig‘ishning qulayligi uchun qo‘llaniladi va bu elementlarning
tutashgan tugunlari ostida joylashtiriladi (8.4-rasm).

8.4-rasm. Ko‘chma so‘rilardan foydalanib ark tomyopmasini montaj qilish:
1 – minorali kran; 2 – arkning montaj tutashuv joylari; 3 – domkratli ko‘chma montaj 
qiluvchi so‘rilar. 

Vaqtinchalik tayanchlardan foydalanish bilan agar konstruksiyalarni
butunligicha o‘rnatish imkoni bo‘lmasa yoki maqsadga muvofiq bo‘lmasa,

83


uni qismlari bo‘yicha (asosan katta oraliqlar va katta massali) montaj qilish
amalga oshiriladi.
Yarim osma yig‘ish shunisi bilan ajralib turadiki, bunda montaj
qilish jarayonida konstruksiya vaqtinchalik tortqichlar bilan tutib turiladi
yoki oraliq tayanchlarga o‘rnatiladi. Bunday usulda gumbazlar, arkalarning
ayrim konstruksiyalari, ko‘priklarning oraliqli qurilmalari konstruksiyalari
montaj qilinadi.
Osma yig‘ishni qo‘shimcha tayanchlarsiz amalga oshiriladi.
Konstruksiyani bir tomonidan doimiy tayanchga yoki avval montaj qilingan
qismga mahkamlab, vaqtinchalik konsol tizimi hosil qilinadi. Bu usulning
qo‘llanilishi inshootning montaj qilish jarayonida yig‘iladigan katta qulochli
konsollarning zarur mustaxkamligini va barqarorligini ta’minlaydigan
konstruktiv xususiyatlari mavjud bo‘lgandagina mumkindir.
Montaj qilish uchun so‘rilardan foydalanishni arkali
konstruksiyalarni barpo etish misolida izohlash mumkin. Katta oraliqli
bunday konstruksiyalar fuqarolik va sanoat vazifalarini bajaruvchi binolar –
vokzallarda, sport zallarida, har xil omborlarda qo‘llaniladi. Tayanch
konstruksiyalarga gorizontal kuchlanishlarining (tirkovchi) uzatilishini
istisno qilish uchun arkalarni turg‘un holatini ta’minlash uchun tortqichlar
bilan loyihalanadi. Tortqichlar bo‘lmaganda ustunlarga yoki temirbeton
asosga ham vertikal, ham gorizontal kuchlanishlar uzatiladi.
Odatda, (ravog‘i) oralig‘i 48 m dan ortiq bo‘lgan arkalar vaqtinchalik
tayanchlardan foydalangan holda yarim arka qilib yoki yanada mayda
elementlar tarzida montaj qilinadi. Vaqtinchalik tayanchlarning soni
arkaning oralig‘i (ravog‘i) ga, montaj mexanizmlarining yuk ko‘tarish
qobiliyatiga va arkaning konstruktiv yechimlariga bog‘liq bo‘lib, ular
ko‘pincha tomyopmani montaj qilish texnologiyasi qanday bo‘lishi
kerakligini belgilab beradi.

84


Osmalari montaj blokining tortqiga tiralishida vujudga keladigan
kuchlanishlarni qabul qilishga mo‘ljallanmagan tortqili arkalarni montaj
qilganda teleskopik konstruksiyali vaqtinchalik tayanchlardan foydalaniladi.
Bu holatda arka elementlari va tortqilar alohida montaj qilinadi. Ikki arka
montaj qilinib, tugunlar mahkamlanib va tortqilar taranglashtirilgandan
so‘ng gumbaz hosil qilish (ko‘chirish) amalga oshiriladi, bu jarayonda
vaqtincha tayanchlardagi domkratlar yoki boshqa ko‘tarib turuvchi
elementlar sekin, ohista tushiriladi. Gumbaz hosil qilish (ko‘chirish)
deganda, shunday amal tushuniladiki, buning natijasida montaj qilinayotgan
konstruksiyaning xususiy massasidan tushayotgan yuklanish tayanch loyiha
elementlariga to‘liq uzatiladi, vaqtinchalik montaj tayanchlari esa
yuklanishdan ozod bo‘ladi. Tayanchlar tortqi satxidan pastroqqa tushiriladi
va montaj qilish davomida keyingi oraliqlarga ko‘chiriladi.
Montaj qilish uchun ikkita vaqtincha tayanch mavjud bo‘lishi zarur
bo‘lgan uch sharnirli arkani (8.5-rasm) montaj qilish misolini ko‘rib
chiqamiz. Har bir tayanchning o‘rtacha teleskopik qismi arkaning ikki



Download 359.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling