122
Yuk ko‘tarish-tashish transport mexanizmlarlari bilan bloklarni oraliq
bo‘ylab, o‘rnatish joyigacha tashishga quyidagi faktorlar ta’sir etadi:
•
blok massasi;
•
binoning yer ostki qismining barpo etish davridagi texnologik
uskunalar poydevorlarining, kommunikatsiyalarini ko‘pligi,
va ularni
barpo etish usullari va boshqalar (ochiq yoki yopiq).
Shu asosiy mezonlardan kelib chiqqan holda bloklarni konveyerdan
ko‘chirishni ikkita asosiy sxemasi ishlab chiqilgan:
•
blok yukko‘taruvchi –transport mexanizmlari,
uskunalar va
konstruksiyalar yordamida o‘rnatiladigan joyiga yerdagi yo‘llar orqali
ko‘chirilib va u yerda ko‘tarilib loyiha holatiga o‘rnatiladi;
•
blok konveyerdan ko‘tarilib, bino karkasining yuk ko‘taruvchi
konstruksiyalari – kranosti to‘sinlari yoki stropilaosti fermalariga tushirilib va
loyiha holatiga surilib ko‘chiriladi.
Tayyor bloklarni oraliq bo‘ylab ko‘chirishni
quyidagi usullari ishlab
chiqilgan va qo‘llaniladi:
• kranosti to‘sinlari usti bo‘ylab harakatlanadigan past bo‘yli
o‘rnatgichlar bilan;
• o‘ch oraliqni o‘rtasida relsli yo‘llarda harakat qiluvchi og‘ir minorali
kran yoki og‘ir yuk ko‘taruvchi o‘ziyurar gusenitsali kran bilan;
• maxsus yuk ko‘taruvchi konstruksiya bilan;
• har bir oraliqda o‘zining rels yo‘llarida harakatlanidigan baland
o‘rnatuvchilar bilan;
• pnevmog‘ildirakli baland o‘rnatuvchi yordamida;
• oldindan montaj qilingan stropilaosti to‘sini yoki ferma bo‘yicha
harakatlanadigan past bo‘yli o‘rnatgichlar bilan;
• bloklarni o‘ch oraliqda o‘rnatuvchisiz montaj
qiladigan keng oraliqli
chorpoyali kran bilan.