N. N. Tashtemirova A. Avloniy ilmiy tadqiqot instituti
Download 0,63 Mb. Pdf ko'rish
|
hodisaning ehtimolliligi sifatida qabul qilinadi. Bu ta’rif − hodisa ehtimolligining
statistik ta’rifidan iborat. Yuqoridagi tanga bilan o‘tkazgan tajribamizda, tanganing “raqam” tomoni bilan tushishi ehtimolligi 1 2 ga teng bo‘ladi. Xuddi shuningdek, tanganing “gerb” tomoni bilan tushishi ehtimolligi ham 1 2 ga teng bo‘ladi. Shunday qilib, bizni qiziqtirayotgan hodisaning ehtimolligini topish uchun yetarlicha ko‘p marta tajriba o‘tkazishishimiz lozim ekan. Hodisa ehtimolligini topishning bu usuli juda noqulay va ko‘p vaqtni talab qiladi. Shu bilan birga, agar tasodifiy hodisalar ustida tajribalar o‘tkazilsa va bu tajribalarning natijalari bir xil bo‘lsa, ya’ni ularning ro‘y berish ehtimolliligi bir xil ekanligiga ishonish uchun sabablar mavjud bo‘lsa, unda tasodifiy hodisaning ro‘y berish ehtimolliligi tajribalar o‘tkazilmasdan, mulohaza yuritish orqali topish mumkin bo‘ladi. Ikkita hodisadan birining ro‘y berishi ikkinchisiga ta’sir qilmasa, bunday hodisalarga bog‘liqsiz hodisalar deyiladi, Yana o‘yin toshini tashlash tajribasiga qaytaylik. O‘yin toshini to‘g‘ri shaklga ega va bir hil materialdan yasalgan, deb faraz qilamiz. Shundan kelib chiqib, tosh tashlanganda 1 dan 6 gacha bo‘lgan raqamlarning tushishi imkoniyatlari bir xil bo‘ladi. Bu tajribaning oltita (1, 2, 3, 4, 5 va 6 raqamlari tushishi) natijalarining hammasi teng imkoniyatli natijalar ekanligini anglatadi. Shuningdek, bu hodisalardan birining ro‘y berishi boshqasiga ta’sir qilmaydi, ya’ni ular o‘zaro bog‘liqsiz bo‘ladi. Keling endi o‘yin toshi tashlanganda, B hodisaning ro‘y berishini, ya’ni 3 soniga karrali son tushishini ko‘rib chiqamiz. Bu hodisa tajribalarning faqat ikkitasida: 3 yoki 6 soni tushganda ro‘y beradi. Bu natijalarni B hodisaning ro‘y berishi uchun qulaylik tug‘diruvchi (maqbul) imkoniyatlar deb ataymiz. Mumkin bo‘lgan, teng imkoniyatli barcha 6 ta natijalar ichida B hodisaning ro‘y berishi uchun qulaylik tug‘diruvchi imkoniyatlar soni 2 taga teng bo‘ladi. Teng imkoniyatli barcha natijalar sonining qulaylik tug‘diruvchi (maqbul) imkoniyatlar soniga nisbatiga B hodisaning ehtimolligi deb ataladi. Download 0,63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling