N. N. Tashtemirova A. Avloniy ilmiy tadqiqot instituti


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana12.11.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1768266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
elementar hodisa deb ataladi va ω bilan belgilanadi. Elementar hodisalar to‘plami 
Ω bilan belgilanadi. 
Hayotda turli hodisalar bilan to‘qnashganda, ko‘p hollarda bu hodisalar 
ro‘y berish yoki bermaslik darajasiga baho beramiz. Bunda, ba’zi hodisalar haqida 
“buning bo‘lishi mumkin emas” deb aytsak, boshqa bir hodisalar haqida “bu 
hodisaning ro‘y berishi muqarrar” deb ishonch bilan aytamiz. Ba’zida esa “bu 
hodisaning ro‘y berishiga ishonch katta” desak, ba’zida “bu hodisaning ro‘y 
3-rasm 
4-rasm 


berishiga ishonch kam, dargumon” deb aytamiz. Hodisalar ro‘y berishining 
ishonchlilik darajasini sonlar bilan baholash – ehtimollik tushunchasi bilan bog‘liq. 
Bo‘lishi muqarrar hodisaning ehtimolligi 1 ga, bo‘lishi mumkin bo‘lmagan 
hodisaning ehtimolligini esa 0 ga teng deb olinadi. Tasodifiy hodisaning 
ehtimolligi 0 dan katta va 1 dan kichik bo‘lgan son bilan ifodalanadi. Ravshanki, 
ro‘y berish ehtimolligi katta bo‘lgan tasodifiy hodisaning ehtimolligi 1 ga yaqin 
bo‘ladi. Ro‘y berish ehtimolligi kam bo‘lgan tasodifiy hodisaning ehtimolligi esa 0 
ga yaqin bo‘ladi.
1-masala. Qopda 2 ta ko‘k, 3 ta oq va 10 ta qizil, jami 15 ta shar bor. 
Quyidagi hodisalarning ehtimolligini sonlar nurida taxminan belgilang.
A hodisa: Qopdan tasodifan bitta shar olinganda, rangi ko‘k chiqdi; 
B hodisa: Qopdan tasodifan bitta shar olinganda, rangi oq chiqdi; 
C hodisa: Qopdan tasodifan bitta shar olinganda, rangi qizil chiqdi; 
D hodisa: Qopdan tasodifan bitta shar olinganda, rangi yashil chiqdi; 
E hodisa: Qopdan tasodifan bitta shar olinganda, rangi sariq 
chiqmadi. 
Yechilishi: Avval sonlar nurini chizib, unda birlik kesmani ajratamiz. 
Berilgan hodisalar ehtimolligini chamalab aniqlaymiz, ularning taxminiy son 
qiymatlaridan kelib chiqib, birlik kesmada nuqtalarni belgilaymiz va mos harflarini 
yozib chiqamiz. 
A hodisa: Qopdagi 15 ta shardan faqatgina 2 tasi ko‘k rangda. Shundan 
kelib chiqib, bu hodisa ehtimolligi 1 ga qaraganda 0 ga yaqinroq bo‘ladi, deb 
taxmin qilamiz. 
B hodisa: Qopdagi 15 ta shardan 3 tasi oq rangda. Shundan kelib chiqib, bu 
hodisa ehtimolligi ham 0 ga yaqinroq bo‘ladi, lekin A hodisa ehtimolligidan 
kattaroq bo‘ladi. 
C hodisa: Qopdagi 15 ta shardan 10 tasi qizil rangda. Shundan kelib 
chiqib, bu hodisa ehtimolligi 1 ga yaqinroq bo‘ladi va A va B hodisalar 
ehtimolligidan katta bo‘ladi. 
D hodisa: Qopdagi 15 ta shardan hech birining rangi yashil emas. Tajribani 
necha marta takrorlamaylik yashil rangli shar chiqmaydi, ya’ni bu hodisa bo‘lishi 
mumkin bo‘lmagan hodisadir. Shu bois, bu hodisaning ehtimolligi 0 ga teng 
bo‘ladi. 
E hodisa: Qopdagi 15 ta shardan hech birining rangi sariq emas. Tajribani 
necha marta takrorlamaylik sariq rangli shar chiqmaydi, ya’ni bu hodisa bo‘lishi 
muqarrar bo‘lgan hodisadir. Shu bois, bu hodisaning ehtimolligi 1 ga teng bo‘ladi. 



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling