N. Sh,Abdullayeva “ ” 2023 yil


Ijodiy hikoyaning bir qancha turlari mavjud


Download 208 Kb.
bet19/20
Sana18.06.2023
Hajmi208 Kb.
#1589800
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
ZEBINISO KURS ISHI

Ijodiy hikoyaning bir qancha turlari mavjud:
Tarbiyachi boshlagan ertak yoki hikoyaning oxirini o’ylab topish va oxiriga yetkazish. Tarbiyachi bu hikoya turida hikoya yoki ertakning boshlanishi, lining bog’lamini aytadi, bolaiar esa qahramonlar bilan bo’ladigan asosiy voqealarni o’ylab topadilar.
Masalan, bolalar tomonidan hikoyaning oxirini o’ylab topish. Tarbiyachi bolalarga qanday qilib Vali ismli bola otasi bilan hayvonot bog’iga borganligi haqidagi hikoyaning boshlanishini tinglashni taklif etadi. ‘Valining otasi uni hayvonot bog’iga olib borishni va’da qildi. Vali bu kunni juda sabrsizlik bilan kutdi. Dam olish kuni Valining otasi uni erta uyg’otdi va ular hayvonot bog’iga jo’nashdi..." Bolalar, endi sizlar bola 11 yerda nimalarni ko’rganligini o’ylab topinglar va hikoyani oxiriga yetkazinglar. O’rtog’ingizning hikoyasini takrorlamang, har qaysingizning hikoyangiz har xil bo’lsin.

Ertakning oxirini o’ylah topish


Dastur mazmuni: bolalarda xayol ni rivojlantirish, uncha katta bo’lmagan ertak to’qishga, lining mazmunini izehillik bilan bayon etishga o’rgatish.
Mashg’ulotning borishi.
Tarbiyachi: ‘Bolalar, bugun biz sizlar bilan ertak to’qishni o’rganamiz. Ertak ‘Ayiqcha qanday qilib etigini yo’qotdi va uni qanday topib oldi?" deb ataladi. Men ertakning boshlanishini o’yladim, siz esa oxirini o’ylab topinglar. Ertakning boshlanishini tinglang: ,,O’rmonda ona ayiq ayiqehasi bilan yasharedi. Ayiqcha juda ham sho’x, qiziquvchan edi, ona ayiq uni juda ham yaxshi ko’rar edi. U ayiqehasiga qizil ctikclia sovg’a qildi. Etikcha ayiq- chaga juda yoqdi, u etikchani kiyib, har tarafga yugurar, hatto uxlab yotganida ham uni yechmas edi. Kunlardan bir kuni ona ayiq ovqat izlab, uzoq joylarga ketdi. Ayiqcha esa yolg’iz o’zi qoldi. O’tiribo’tirib, lining anhorda cho’milgisi kelib qoldi. U mazza qilib anhorda cho’mildi. biroq etikchasini yo’qotib qo’ydi".
Endi sizlar ayiqcha qanday qilib etikchasini yo’qotganini, so’ngra uni qanday qilib topib olganligini o’ylab topinglar. Balki ayiqcha etigini yechib, uni qayerga qo’yganini esidan chiqargandir yoki uni tulki olib ketgan bo’lishi mumkin. Balki unga kimdir etigini topishga yordam bergandir?’’
Quyida bolalar tomonidan oxiri o’ylab topilgan ertaklardan biri ni misol tariqasida keltiramiz:
Ahmad. Ayiqcha etigi bilan anhorda cho’mildi. Etikchalar esa oyog’idan chiqib, anhor bo’ylab oqib ketdi. Buni ayiqcha sezmay qoldi, anhordan chiqqandan keyingina buni bilib qoldi: qarasa, oyog’ida etikchalari yo’q. U etikchalarni topmoqchi bo’ldi. U anhorga qayta tushdi. Ejikchalarini uzoq qidirdi. So’ngra uzoqda bir qizil narsani ko’rib qoldi. Ayiqcha uning yoniga suzib bordi, qarasa, o’zining etikchalari. U etikchalarini olib, oyog’iga kiyib oldi. U juda xursand bo’lib, uyga qaytdi.
Maftuna. Ayiqcha cho’milgani bordi. Etigini yechib suvga tushdi. U cho’milayotganida tulki kelib etikchalarini olib ketdi. Ayiqcha mazza qilib cho’milib bo’lgach, anhordan chiqib qarasa, etikchalari yo’q. U etikchalarini qidira boshladi. Qidirib-qidirib juda charchadi va tulkidan uning inida dam olishga ruxsat so’radi. Tulkining inida o’zining etikchalarini ko’rib qoldi. Tulkidan etikchalarini tortib olib, uyiga ketdi.
Salim. Ona ayiq ovqat izlab ketganda, ayiqcha anhorga cho’milish uchun bordi. U etikchasini yechishni esidan chiqarib, cho’mila boshladi. Anhordan chiqib qarasa, etigi yo’q. U etigini qidira boshladi. Qirg’oqda fil turar edi. Fil undan: ‘Ayiqcha, sen nimani qidiryapsan?", — deb so’rabdi. Men anhorda etikcha- larimni yo’qotib qo’ydim, — debdi ayiqcha. Ayiqcha fildan etikchasini topishga yordam berishini so’rabdi. Fil anhorga tushib, xartumi bilan etikchani qidira boshlabdi va uzoq qidirib, etikchani topibdi. Ayiqcha juda ham xursand bo’lib ketibdi va filga rahmat aytibdi.
Ijodiy hikoya tuzishning ikkinchi turi bu — tarbiyachining rejasi asosida hikoya yoki ertak tuzish. Bu hikoya turi bolalardan mustaqillikni talab etadi, chunki tarbiyachi tomonidan berilgan reja hikoya va ertak mazmunining ketma-ketligini belgilaydi xolos, mazmunni rivojlantirishni esa bolaning o’zi mustaqii amalga oshirishi lozim.
Ijodiy hikoyaning uchinchi turi bu tarbiyachi tomonidan taklif etilgan mavzu asosida (rejasiz) ertak yoki hikoya o’ylab topishdir. Bu hikoya turi ijodiy xayolni rivojlantirish. mustaqii fikr yuritishga katta yordam beradi, bola bu hikoya turida muallif sifatida hikoyaning mazmunini va uning shaklini mustaqii tanlaydi. Tarbiyachi tomonidan taklif etilgan mavzuning o’zi bolalarni hikoya to’qishga tayyorlashi kerak. Bolalar bu hikoya turi orqali narsa-buyumlarni tasvirlashga, qahramonlarning his-tuyg’ularini, kayfiyatlarini bildirishga. ular bilan bo’ladigan voqealarni bayon etishga, hikoyaning oxirini qiziq voqea bilan tugallashga oTganadilar. Bolalar mustaqii ravishda hikoya yoki ertak o’ylab topishlari uchun turli xildagi mavzular berilishi mumkin. Masalan:
‘Tulkining tug’ilgan kuni", ‘Quyon qanday qilib o’rmonda sayr 248
qildi", ‘Bo’rining sarguzashti". Misol tariqasida ‘Musluikning tug’ilgan kuni“ degan mavzuda 6 yoshli bolalarning tuzgan ertaklarini keltiraniiz.
‘Mushuk uzoq uxladi, so’ngra uyg’ondi: ‘Miyov-rniyov, bugun mening tug’ilgan kunim, tezroq turish kerak". U uyqudan turdi, o’rinlarini yig’ib, qo’l-yuzlarini yuvdi va mehmonlar uchun dasturxon tuzay boshladi. Mushuk yelib-yugurar va qo’shiq aytar
edi. So’ngra mehmonlar kela boslilashdi: ‘Taq, taq, taq, uy bekasi uydamilar?" — deb so’rashdi ular. ‘Marhamat qilinglar!"
Mehmonlar sovg’alarni berishdi: ‘Tabriklaymiz, sovg’amizni qabul qiling!" ‘Rahmat! Dasturxonga qaranglar". Mehmonlar ovqatlanishar, mushuk esa ular atrofida parvona bo’lar edi.
Mehmonlar dasturxondagi noz-ne’matlardan ycyishdi va mushukka minnatdorchilik bildirishdi. Mushuk xola mehmonlarga shunday dedi: ‘Kclinglar, raqsga tushamiz". Hamma raqsga tushdi. xursand bo’lishib, uy-uylariga tarqalishdi. Mushuk xursand bo’lib, shunday dedi: ‘Tug’ilgan kun qanday yaxshi!".
Ijodiy hikoya turlaridan eng niurakkablari — bu mustaqii ravishda tanlangan mavzu asosida hikoya yoki ertak to’qishdir. Bu hikoya turining niuvaftaqiyatli chiqishi tarbiyachining bolalarni qiziqtira olishiga, ularda emotsional kayfiyatni vujudga keltirishiga. ijodiy xayolga ta’sir etishiga bog’liqdir. Bu ijodiy hikoya turini ‘Kim qiziqroq ertak tuzadi?" shiori ostida o’tkazish mumkin. Bu hikoya turida bolalarni o’rtoqlarining tuzgan ertak yoki hikoyasini baholashga, hikoyadagi ijobiy va salbiy tomonlarni ko’ra olishga o’rgatish juda muhimdir. Buning uchun tarbiyachi baholashning namunasini beradi. Bolalar uchun ijodiy hikoyaning murakkab turi — bu tabiat haqida tasviriy hikoya tuzish hisoblanadi. Bolalar bu hikoya turini tasvirchining aniq ko’rsatma berishi natijasida sekinastalik bilan egallaydilar. Jumladan, yil fasllari to’g’risida (‘Bahor",
‘Mening sevimli faslim") hikoya tuzishdan avval tarbiyachi bolalarga biror faslga oid ob-havo, so’ngra o’simliklar va daraxtlar, hayvonlar haqida, bolalar qanday o’yinlar o’ynashlari va kattalar qanday mehnat qilishlari to’g’risida gapirib berishlarini taklif qiladi.
Ba’zan reja berish mumkin. Masalan: I. Bahor fasli qish faslidan nimasi bilan farq qiladi? 2. Bahor faslida ob-havo qanday bo’ladi? 3. Daraxt va o’simliklarda qanday o’zgarishlar bo’ladi? 4. Bahorda qushlar va hayvonlar qanday yashashadi? Kattalar bahor faslida bog’da qanday mehnat qilishadi?
Tabiat to’g’risida ijodiy hikoya qilishga o’rgatishning dastlabki bosqichida bolalar diqqatini hikoyadagi mazmunning ketma-ketligiga qaratish kerak. Bolalar mazmuni aniq bo’lgan hikoya tuzishga o’rganib olganlaridan so’ng ularning o’zlariga hikoya rejasi va bayonning ketma-ketligini mustaqil ravishda hal etish imkonini berish kerak.


Xulosa

Xulosa qilib aytganda, bu davr bolalari o‘zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona yurtga mehr-oqibatli bo‘lishni, tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o‘rganadilar.


Bu yoshdagi bolalami tevarak-atrofdagi turli voqea-hodisalar nihoyatda qiziqtiradi. Ularning bizni qurshagan olam haqidagi savollariga badiiy asarlarda mufassal javob berilgan. Bu davr bolalariga tavsiya etiladigan asarlarning hajmi awalgisiga nisbatan kattaroq, ma’no va mazmuni murakkabroqbo‘lishidan tashqari, harflari ham yirik-yirik bo‘lib, rasm va bo‘yoqlarga boy bo‘lishi talab etiladi.
Bu yoshdagi bolalar yana sehrli-fantastik ertak, sarguzasht, hikoya, qissa va dostonlarni ham sevib o‘qiydilar. Quddus Muhammadiyning „Erkinjon oyga chiqibdi“ (doston), Yusuf Shomansurning „Oydan kelgan bolalar“ (doston), Anvar Obidjonning „Dahshatli Meshpolvon“ (ertak-qissa) kabi asarlari shu yoshdagi bolalarga mo‘ljallab yozilgan.
Bu yoshdagi bolalar o‘zlari mustaqil ravishda kitob o‘qib qolmay, balki o‘qigan kitoblaridagi qahramonlarning xattiharakatlarini baholashga o‘rganadilar, zarurat bo‘lsa, ular ko‘rsatadigan mardlik va jasoratlarni takrorlashga hozirlanadilar.
Sharq mutafakkirlaridan Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Ahmad Yugnakiy, Al-Buxoriy, Forobiy, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy kabilarning yaratgan asarlari bu davr bolalar dunyoqarashini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu yoshdagi bolalarga xalqimizning shonli tarixi, bugungi hayoti haqida yozilgan turli janrdagi asarlami tavsiya etish mumkin. „Shiroq“, ,,To‘maris“, ,,Spitamen“ kabi afsonalar bilan birga Oybek, G‘afur G‘ulom, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Hakim Nazir, Shukur Sa’dulla, Anvar Obidjon va boshqalaming zamonaviy mavzudagi eng yaxshi asarlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Ko‘rib o‘tganimizdek, bolalar adabiyoti o‘ziga xos xususiyatlari bilan kattalar adabiyotidan farq qiladi. Bolalar yozuvchisi dunyo voqealarini bolalar tasawuri, tushunchasini nazarda tutib tasvirlaydi. Shu orqali kichkintoylarni olg‘a intilishga chaqiradi, hayotni chuqur sevishga yordam beradi. Bolalar adabiyotida didaktika ohangi ustun turadi.
Izlanuvchi tajriba-sinov ishlari ko‘rsatilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazildi. Bunda asosan, Katta guruh yoshidagi bolalarni xalq og’zaki ijodi bilantanishtirishning tahminiy mazmuni ishlandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotsida xalq og’zaki ijodini o‘rganish
jarayoni taxlil etildi. Mashg’ulotda va mashg’ulotdan tashqari ishlarda Katta guruh yoshidagi bolalarni xalq og’zaki ijodi bilan tanishtirish ishlarining shakl va usullari belgilab olindi.
Biz tavsiya etgan ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llangan metod va usullarning maktabgacha yoshdagi bolalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga e’tiborining ortganligi ularning tarbiyalanganlik darajalarini o‘sganligini ko‘rsatdi.
Ishimizning natijasi yozma va og’zaki so‘rov, suhbat, kuzatish jarayonida ma’lum bo‘ldi. Biz olib borgan tadqiqotlarda xalq og’zaki ijodini anglab olishini belgilovchi mezonlarni ko’rib chiqdik va barcha savol-javoblar, suhbatlar, so‘rovlarda ularning javoblaridan mana shu mezonlarga asosan qiziqish darajasini aniqladik.
Xullas,katta guruh yoshidagi bolalarni xalq og’zaki ijodi bilantanishtirishning, ularning bilim, malaka va ko‘nikmalarining ham ortishiga sabab bo‘ldi. Bu esa tadqiqot ishimizda ilgari surilgan ta’lim-tarbiya shakl va usullarining to‘g’ri ekanligi va ishonchliligini to‘liq namoyon etdi.


Download 208 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling