N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

Kimyoviy adsorbsiya. 
Kimyoviy adsorbsiya jarayonida yutuvchi va yutiluvchilar molekulasi 
kimyoviy birikishlar natijasida amalga oshadi. 
Adsorbent sifatida g’ovak, qattiq moddalardan foydalaniladi. Adsorbent har xil 
diametrli kapilyar kanalcha – g`ovaklari mavjud. Ular shartli ravishda quyidagicha 
bo`ladi: 
makro g`ovak (2*10
-4
mm dan katta); 
g`ovak (6*10
-6
dan 2*10
-4
mm); 
mikro g`ovak (2*10
-6
- 6*10
-6
mm). 
Sanoatda yutuvchi sifatida aktiv ko`mir va mineral adsorbentlar (silikogel, 
seolit va boshqalar), shu bilan birgalikda sintetik smolalardan foydalaniladi. 
“Sho’rtanneftgaz” MChJ da gazlarni tozalashda seolitlardan foydalanilmoqda. 
Gazlarni mexanik qo`shimchalardan tozalash chang ushlagichlarda amalga 
oshiriladi. Bu ajratgichlar asosan gazni, kompressor stantsiyasigacha va gazni 
taqsimlash stantsiyasigacha kirish oldidan o`rnatiladi. Ular tuzilishi bilan farq qilib, 
xo`l yoki quruq filtrlash prinsipi bilan ishlaydilar (siklon yoki chang ushlagichlar). 


130 
Yuqorida ko`rsatilgan barcha qo`shimchalardan tozalangan gaz hidlantiriladi. 
Hidlantiruvchi modda sifatida etilmerkaptan C
2
H
5
SH ishlatiladi. Hidlantirish jarayoni 
«barbotash» apparatida amalga oshiriladi va 1000 m
3
gazga 16 gr. etilmerkaptan 
qo`shiladi. Tozalangan tabiiy gaz bosh inshootda joylashgan bosh kompressor 
stansiyasi yordamida magistral gaz quvurga haydaladi. 
Gazni oltingugurtdan tozalash. 
Gazni oltingugurtdan tozalash uchun etanolamin eritmasidan foydalaniladi, 
agar ammiak (NН
3
) molekulasining bir atom vodorodini (C
2
H
6
) gruppasi bilan 
almashtirilsa, monoetanolamin C
2
H
5
ONH
2
ikki atom vodorodini almashtirilsa 
dietanolamin, uch atom vodorodini almashtirilsa trietanolamin hosil bo`ladi
 
(XIII.10-
rasm). Barcha etanolaminlar vodorodsulfid bilan beqaror birikma hosil qiladi. 
Shuning uchun gazni tozalashda ko`proq foydalaniladi. Monoetanolamin bilan 
seravodorodning o`zaro ta‘siri quyidagicha yoziladi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling