N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

 
Nazorat savollari 
1. Neft va gazni konlarda tayyorlash uchun qanday asbob-uskunalardan 
foydalaniladi va bu asbob – uskunalar nima vazifalarni bajaradi? 
2. Tayyor neftni jo`natish taxlili. 
3. Elektrodegidratorlardan nima maqsadda foydalaniladi? 
4. Neft emulsiyalari deganda nima tushuniladi? 


133 
5. Neft emulsiyalarida necha xil fazalar mavjud? 
6. To‘g‘ri va teskari ko‘rinishdagi emulsiyalar deganda nima tushuniladi? 
7. Neft konlarida neftni gazdan ajratish uchun qanday ajratgichlardan foydalaniladi? 
8. Ajratgichlardan ajratilgan gazlar qaerlarga yuboriladi? 
9. “Shakarbuloq” konida neft tayyorlash qurilmasining tahlil qiling. 
10. Sho‘rtan” konida tabiiy gazlarni tayyorlash texnologiyasi. 
11. Past haroratda ajratish qurilmasining texnologik tarxi. 
12. Gazlar tarkibidan nordon gazlarni seolit yordamida tozalash
VIII- bob bo’yicha xulosa 
Bu bo’limda neft, gaz, suv separatsiyasi, neftni tayyorlash asbob-uskunalari, 
quduqlardan qazib olinayotgan neftning tarkibi va undagi qo`shimchalarning salbiy 
ta‘sirlari, neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi, “Shakarbuloq” konida neft 
tayyorlash qurilmasining tahlili, kondan qazib olinayotgan gazlar tarkibi va ularning 
salbiy ta‘sirlari, tabiiy gazlarni tayyorlash texnologiyasi, tabiiy gazni yig‘ish tizimlari 
“Sho‘rtan” koni misolida, gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi haqidagi ma’lumotlar 
keltirilgan. Gazni oltingugurtdan tozalash. 


134 
IX-bob. Kon rezervuarlari 
IX.1. Rezervuarlar to`g`risida umumiy ma‘lumotlar 
Rezervuarlar neft mahsulotlarini saqlashdagi asosiy qurilmalar bo`lib, ularda 
ko`p miqdordagi qimmatbaho mahsulotlar saqlanadi. Neft mahsulotlarining saqlanish 
sharoitlari bir–biridan farq qilinganlik sababli, rezervuarlar tiniq va qora neft 
mahsulotlarini saqlovchilarga bo`linadilar. Tayyorlanadigan materiallari bo`yicha: 
metalldan va nometalldan yasalgan rezervuarlarga bo`linadilar. Metall rezervuarlari 
asosan po`latdan, ayrimlari alyumindan yasalgan bo`ladilar. Nometall rezervuarlariga 
temirbeton va har xil sintetik materiallardan tayyorlangan plastmass rezervuarlari 
kiradi. 
Rezervuarlar yer yuzasida, yarmi yer ostida va yer ostida quriladi (IX.1-rasm). 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling