137
saqlovchilar, sath o`lchovi, ko`pik genaratori va boshqalar. Qabul qiluvchi –
tarqatuvchi quvur, mahsulotni qabul qilib olish tarqatish ishlarini bajaradi.
O`lchovchi lyuk – neft mahsulotini, suv osti mahsulotni balandlik sathini aniqlashda
hamda namunalarni olish uchun xizmat qiladi.
IX.2-rasm. Po‘lat rezervuar jihozlarining joylashish chizmasi:
1–yorug‘lik lyuki; 2–shamollatish patrubkasi; 3–nafas oluvchi klapan;4–yong‘indan
saqlovchi klapan; 5–o‘lchash lyuki; 6–mahsulot sathini o‘lchovchi asbob; 7–kirish lyuki; 8–sifon
krani; 9–«xlopushka»; 10–qabul qiluvchi-tarqatuvchi patrubka; 11–chiqarib turuvchi moslama;
12–«xlopushka»ning boshqaruvchisi.
IX.3-rasm. Pontonli rezervuar:
1-Neft uzatuvchi quvur. 2-Neft oluvchi quvur. 3-rezervuarning korpusi. 4-ponton. 5-nafas oluvchi
klapan. 6-alangalanishdan saqlovchi quvur. 7-pontonni chegaralovchi qurilma.
138
IX.4
-
rasm. Suzuvchi quvurli rezervuar:
1-yomg’ir suvlarini yig’ib to’kuvchi quvur; 2-neft uzatuvchi quvur; 3-yig’ilgan neftni
jo’natuvchi quvur. 4-rezervuarning korpusi. 5-suzib yuruvchi qopqoq, 6-qopqoq bilan
rezervuarni ajratuvchi.
Kirish lyuki, rezervuarni pastki qismida joylashgan bo`lib, u orqali ichki
qismini
tozalash, ta‘mirlash hamda shu ishlarni bajarish davomida shamollatishga
mo`ljallangan. Yorug`lik lyuki, tepada joylashgan bo`lib, rezervuar ichiga yorug`likni
tushishi va shamollatish uchun xizmat qiladi. Xlopushka qabul qiluvchi – tarqatuvchi
quvurning ishdan chiqqan paytida, neft mahsulotlarini to`kilishini oldini olish uchun
xizmat qiladi. Nafas oluvchi klapan rezervuarning ichki bo`shlig`ini atmosfera bilan
bog`lash uchun xizmat qiladi.
Gidravlik saqlovchi klapan, nafas oluvchi klapanning
ishdan chiqqan paytida rezervuar ichidagi ortiqcha bosimni kamaytirish uchun xizmat
qiladi. Olovdan saqlovchi klapan – olov yoki uchquni nafas oluvchi klapanlar orqali
rezervuarlar ichiga kirishini oldini olish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: