N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


IX.1-rasm. Rezervuarlarning yer yuzasiga nisbatan joylashishini


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

IX.1-rasm. Rezervuarlarning yer yuzasiga nisbatan joylashishini
ko`rsatuvchi chizma: 
a – yer osti yuzasida; b – yarim yer yuzasida; v – yer ostida.
 
Yarim yer osti rezervuarlarining balandligini yarim yer yuzasidan pastda 
joylashgan bo`ladi. Tuzilishi (tashqi ko`rinishi) bo`yicha rezervuarlar: to`g`ri 
to`rtburchakli, 
silindr, 
konus, 
sferik, 
tomchi 
ko`rinishidan 
bo`ladilar. 
Rezervuarlarning formasini (ko`rinishini) tanlash, uning ishlatilish maqsadiga neft 
mahsulotining xossasiga va saqlash sharoitiga ko`ra aniqlanadi. Hozirgi paytda 
ishlatilayotgan rezervuarlarning hajmi 5 m. dan 120000 m. ni tashkil etadi. Tiniq neft 
mahsulotlarining saqlash uchun, asosan, po`latdan yasalgan rezervuarlar hamda ichki 
yuzasi benzinga chidamli qoplamalar bilan qoplangan temir beton rezervuarlaridan 


135 
foydalaniladi. Qora neft mahsulotlarini saqlash uchun, temir beton rezervuarlari 
ishlatiladi. Surkovchi moylar po`lat rezervuarlarida saqlanadi. 
Yer yuzasidagi guruh rezervuarlarining orasidagi masofa. Suzib yuruvchi 
qopqoqli rezervuarlar uchun 0,5 diametrini (20 m dan ortiq bo`lmasligini) pontonli 
rezervuarlar uchun 0,65 diametrni tashkil etadi. Lekin 30 m dan ortiq bo`lmasligi 
kerak. 
Statsionar tomli rezervuarlar uchun 0,75 diametrni (lekin 30 m dan ortiq 
bo`lmasligi kerak) tashkil qilish kerak. Bir guruhdagi yer osti rezervuarlarining 
devorlari orasidagi masofa 1 m dan kam bo`lmasligi kerak. Ikki guruh yer yuzasi 
rezervuarlarda guruhlar devorlarining orasidagi masofa 40 m dan kam bo`lmasligini 
va yer osti guruh rezervuarlarniki esa 15 m dan kam bo`lmasligi kerak. 
Po`lat rezervuarlari. 
Hozirgi zamon po`lat rezervuarlarining ko`rinishi texnologik maqsadga ko`ra: 
tik silindr, tomchi, yotiq (sisternalar) ko`rinishida bo`ladilar. 
Tik silindr ko`rinishidagi po`lat rezervuarlari o`z navbatida past bosimli 
“atmosfera”, pontonli va suzib yuruvchi tomli rezervuarlarga bo`linadi. 
“Atmosferali” guruh rezervuarlarining ichki havo bo`shlig`idagi bosim, atmosfera 
bosimiga yaqin bo`ladi va uning qiymati 0,2 MPa (0,02 kgs/sm
2
) ga teng bo`ladi. 
Bunday rezervuarlarga konus va sferik ko`rinishda yopilgan rezervuarlar kiradi. 
Bunday rezervuarlar kam bug`lanadigan neft mahsulotlarini saqlashda ishlatiladi. 
Masalan, kerosin, dizel yoqilg`isi va boshqalar. 
Yengil uchuvchi neft mahsulotlarini maxsus konstruktsiyaga ega bo`lgan 
rezervuarlarda: suzib yuruvchi tomli, potonli yoki yuqori bosimli – tomchi 
ko`rinishidagi (0,7 kgs/sm
2
gacha bosim ostida ishlaydigan) rezervuarlarda saqlash 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Gorizontal ko`rinishdagi rezervuarlardagi ko`p turdagi neft mahsulotlari 
saqlanib, asosan ular sanoat korxonalarda va qishloq xo`jaligida tarqatuvchi ombor 
sifatida foydalaniladi. 
Konus ko`rinishida yopilgan tik silindrik ko`rinishdagi rezervuarlarning hajmi 
100 – 5000 m
3
bo`ladi. Bunday rezervuarlarning markazda (hajmi 100 va 200 m
3
dan 


136 
tashqari) tayanch ustuni bo`lib, bu ustun tomning yopadigan bo`laklari (xitlari) 
mahkamlanadi. Sferik ko`rinishda yopilgan rezervuarlarning hajmi 10000, 15000 va 
20000 m
3
bo`ladi. Bularda tom bo`laklari rezervuar korpusiga o`rnatilgan qattiq xalqa 
konturi bo`yicha mahkamlanadi. Rezervuar devori metalli qalinligi (pastdan 
yuqoriga) 6 – 14 mm, tom metallining qalinligi 3 mm bo`ladi. 
Suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarning statsionar (qo`zg`almas) tomi 
bo`lmaydi. Tom vazifasida metalldan yasalgan, suyuqlik yuzasida yuruvchi disk 
mavjud. U maxsus konstruktsiyaga ega bo`lib, uning suyuqlik ustidagi harakati 
qo`zg`aluvchan narvon yordamida amalga oshiriladi. Bunday rezervuarlarning hajmi 
100 – 50000 m
3
ga bo`ladi. 
Suzib yuruvchi pontonli rezervuarlarga tomli metall bo`laklari bilan yopilgan 
rezervuarlar kiradi. Ponton g’ovvak ko`rinishidagi disk bo`lib, suyuqlik yuzasiga 
tegib turadi, ya‘ni suyuqlik bilan harakatlanadi. Suyuqlik yuzasi bilan uning o`rtasida 
havo bo`shlig`i yo`qligi sababli, yengil bug`lanuvchan mahsulotlarni isrof bo`lishligi 
4–5 marta kam bo`ladi. 
Tomchi ko`rinishidagi rezervuarlar, oddiy tik o`rnatilgan rezervuarlarning 
ishlatish mumkin bo`lmagan hollarda, yengil bug`lanuvchan neft mahsulotlarini 
saqlash uchun foydalaniladi. 
Havo bo`shlig`idagi ichki bosim 0,04 – 0,2 MPa (0,4 – 2 kgs/sm
2
) ga 
mo`ljallangan. Yengil bug`lanuvchi mahsulotlarni saqlashda, umuman ularning isrof 
bo`lishligi sodir bo`lmaydi. «Kichik» nafas olishdagi yo`qolish bo`ladi. Faqat 
to`ldirishda bug`lar havoga chiqaziladi («katta» nafas olishdagi yo`qolish). 
Yotiq rezervuarlar taqsimlovchi neft mahsuloti omborlarida va tarqatuvchi 
omborlarida, neft mahsulotlarini tashishda va saqlashda ko`p ishlatiladi. Ular 0,07 
MPa ichki – 100 m
3
ni tashqil etadi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling