N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

Nometall rezervuarlar. 
Neft mahsulotlarini saqlashda nometall rezervuarlardan ham foydalaniladi. 
Bunday rezervuarlar: temir beton (t/b), ipli rezina (rezinatkanovue) rezervuarlari 
kiradi. Temir beton rezervuarlari: mazut, neft, yog` va tiniq neft mahsulotlarini 
saqlash uchun ishlatiladi. Tiniq neft mahsulotini saqlovchi nometall rezervuarlarni 
ichki yuzasi yupqa po`lat varog`i bilan qoplangan bo`ladi. 


139 
Silindr ko`rinishidagi t/b rezervuarlarning hajmi 100 – 30000 m
3
, ayrim 
hollarda ularning hajmi 100000 m
3
ni tashqil etadi. Gaz bo`shlig`idagi ichki bosim
≈ 2000 MPa (0.02 kg/sm
2
) tashkil etadi. Ipli rezina rezervuarlari avtomobil benzinini 
reaktiv yoqilg`isini, kerosin, dizel yoqilg`isini va moyni tashish va saqlash uchun 
mo`ljallangan. Ko`p ishlatiladigan bunday rezervuarlarni hajmi 2,5 – 5,0 m
3
tashkil 
etadi. Ayrim hollarda, hajmi 400 m
3
bo`lganlari ham tayyorlanadi. 
 
IX.5-rasmSilindr ko`rinishidagi nometal rezervuarlar. 
IX.5-rasm.
 
Rezinali nometall taxlab qo‘yiladigan rezervuarlar. 
 


140 
IX.2. Neft mahsuloti omborining rezervuar saroyi 
hajmini aniqlash 
Rezervuar saroyi, neft mahsuloti omborining eng qimmat ob‘ektlaridan biri 
bo`lib, uning hajmini kelgusidagi rivojlanishini hisobga olib aniqlash katta 
ahamiyatga ega. Rezervuar saroyining hajmi ortiq ham va kam ham bo`lishi kerak 
emas. Bu transportlarni bo`sh qolishini va texnologik jarayonlarning izdan chiqishini 
sodir etadi.
IX.6-rasmTemiryo‘l berk estakadalarining umumiy chizmalari: 
1–bir tomonli estakada; 2–idish mahsulotlarni saqlovchi omborlar
3–ikki tomonli estakada; 4–to‘kish tomoni; 5–manyovr uchun yo‘l. 
 
Saroy hajmi, neft omborining turiga, yuk almashishiga va yuk olib kelish va 
olib ketish sharoitiga bog`liq bo`ladi. Agar olib kelish va olib ketish sinxron tarzda 
bajarilsa, rezervuar saroyi kerak bo`lmaydi. Aniq sharoitlarda olib kelish bilan olib 
ketish to`g`ri kelmaydi. Bu o`z navbatida rezervuar saroyining bo`lishini taqozo 
etadi. 
Olib kelish olib ketishdan ko`p bo`lsa, ma‘lum vaqtdan keyingi neft 
mahsulotini maksimal hajmi – V
max
teng bo`ladi. 
Uning teskarisi bo`lsa, neft mahsulotining minimal hajmi – V
min
ga teng 
bo`ladi. Tegishlicha, kerakli aylanma rezervuar saroy hajmi eng ko`p va eng kam 
mahsuloti qoldig’ining ayirmasiga teng bo`ladi.
V=V
max
–V
min 
(
IX.1)


141 
Neft ombori rezervuar saroyining hajmini aniqlash uchun yillik yuk almashish 
miqdoriga ko`ra xaftalik yoki dekadalik, oylik yuk olib kelish va olib ketish 
to`g`risidagi (absolyut qiymatda yoki foizda) ma‘lumotlar kerak bo`ladi. Mahsulotlar 
turi bo`yicha, uzatuvchi neft mahsuloti omborining rezervuarlar saroyining hajmi 
quyidagicha aniqlanadi. 
«Aylanuvchanlik» koeffitsiyenti yillik yuk almashinish hajmini (V
o
), 
o`rnatilgan rezervuar hajmiga (V
p
) bo`lgan nisbati: 
K
0
= V
0
/V
p
(
IX.2) 
Bu koeffitsiyent neft mahsuloti omborlari rezervuarlarining ishlatilish 
darajasini ko`rsatadi. 
Ko`p yillik kuzatish ma‘lumotlariga ko`ra: 
- suvli uzatuvchi neft mahsuloti omborlari uchun maqbul K

ning qiymati 18- 
20 ga teng; 
- temir yo`lli taqsimlovchi neft mahsuloti omborlari uchun K

= 6÷8 ga teng. 
Mahsulotlar bo`yicha, taqsimlovchi neft omborining rezervuarlar saroyining 
hajmi quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin: 
V
tak
=QК
n
103/12р
К3
; m
3
(
IX.3) 
Bu yerda K
n
– neft mahsulotini kelishini va uni realizatsiya qilishni bir xilda 
bo`lmasligini hisobga oluvchi koeffitsiyenti. 
Shunday qilib, har bir neft mahsuloti uchun rezervuar saroyining xajmi 
aniqlanib, ularni umumlashtiriladi. Umumiy rezervuarlar saroyining hajmi, neft 
mahsuloti omborining hajmini ko`rsatadi. 
 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling