N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


IX.3. Tovar neftining sifati va va miqdorini o‘lchash usullari


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

IX.3. Tovar neftining sifati va va miqdorini o‘lchash usullari 
Tovar neftining hisobi. 
Issiqlik – kimyoviy qurilmalardan o‘tgan neft tovar parklariga yo‘naltiriladi. U 
yerda uning hajmi qayta o‘lchanib tovar transport tashkilotlariga uzatiladi. 
Tovar neftini hisobga olishning 3 ta usuli qo‘llaniladi: hajm, massa va hajm – 
massa. 


142 
Tovar neftining ko‘p qismi hajm usuli bilan o‘lchanadi. Bunda har bir bo‘lagi 
1sm ga teng qilib kalibrlangan saqlagich sig‘imlardan foydalaniladi. 
Har bir saqlagich uchun kalibr jadvali tuziladi va uning asosida tovar nefti 
hisobga olinadi. 
Neftni hajm usuli bilan hisobga olishda quyidagi jarayonlar bajariladi: 
neft va tovar osti suvining balandligi o‘lchanadi; 
kalibr jadvalidan berilgan balandliklar bo‘yicha neft hajmi hisoblanadi
harorat o‘zgarishiga tuzatmalar kiritiladi. 
Qabul qilish va tarqatish jarayonida neftni hisobga olishning quyidagi tartibi 
keng tarqalgan: 

saqlagichdan olingan namunaning harorati o‘lchanadi; 

neftning o‘rtacha zichligi aniqlanadi va +20
o
C haroratga keltiriladi; 

olingan namuna tarkibidagi suvning miqdori Dina–Stark apparati 
yordamida aniqlanadi. 
Mana shu o‘lchovlar amalga oshirilgandan so‘ng suvlangan neftning 
o‘lchangan hajmi uning o‘rtacha zichligiga ko‘paytiriladi va brutto massasi kelib 
chiqadi. 
Bu massadan suv massasi olib tashlansa, netto massasi kelib chiqadi. 
Tovar neftini hisobga olish jarayonini avtomatlashtirish. 
Tovar neftini hisobga olishning ko‘rib chiqilgan turlari ba’zi kamchiliklarga 
ega. Bular: 
1) saqlagichlardan namuna olish va analiz qilish uchun ko‘p sonli operator va 
laborantlar ishga jalb qilinadi; 
2) namuna olish va analiz qilish ma’lum vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi. Shu vaqt 
ichida neftni tuzsizlantirish va suvsizlantirish qurilmalarining ish tartibi o‘zgarib 
turishi mumkin; 
3) shu ishlarni olib boruvchi operator va laborantlar tomonidan subyektiv 
omillarning ta’siri. 
Mana shu kamchiliklardan qutilib, neftni tinimsiz o‘lchash uchun Rossiya 
konlarida Rubin–2 avtomatlashtirilgan qurilmasi qo‘llanila boshlagan (IX.7-rasm). 


143 
Bu qurilma tovar neftini miqdor va sifat o‘zgarishlarini avtomatik tarzda o‘lchashga 
mo‘ljallangan bo‘lib, nokonditsion neftni qayta tayyorlashga yuboriladi. 
Rubin – 2 qurilmasi quyidagicha ishlaydi: 
Neftni tayyorlash qurilmasidan (NTQ) neft germetiklangan saqlagichlarga (1) 
uzatiladi. Nasos (2) neftni haydab avtomatik namo‘lchagich (3) va tuz o‘lchagichdan 
(4) o‘tkazib yuboradi. Agar neft tarkibidagi tuz va suvlarning miqdori belgilangan 
meyordan ochiq bo‘lsa, namo‘lchagichning (3) zondi joydagi avtomatika bo‘lmasiga 
JAB halokat belgisini yuboradi va gidroharakatlantirgish (8) tusqish (5) yordamida 
tovar neftining yo‘lini to‘sadi. Shu vaqtning o‘zida to‘sqich (6) nokondension 
neftning yo‘lini ochib yuboradi va bu neft uzatkich (7) orqali ayirboshlagish 
ajratgichga boradi. So‘ngra bu neft NTQ da qayta tayyorlanadi. Tuz o‘lchagich (4) va 
suv o‘lchagichdan (3) halokat belgisi kelishi to‘xtashi bilan to‘sqich (5) oshiladi , 
to‘sqich (6) esa yopiladi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling