N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

S+2O
2

H
2
SO

Ko‘rib turganimizdek, natijada temir sulfidlar va sulfat kislotasi hosil bo‘ladi. 
Bular neft mahsulotlarining yonib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun 
saqlagichlarning ichki tomoni neft va yengil uglevodorodlarning ta’siriga chidamli 
bo‘lgan turli metall va plastmassalar bilan qoplanadi. Bundan tashqari po‘lat 
saqlagichlarning ichki karroziyasini oldini olish maqsadida ulardagi neftlarga 
kislotalarni neytrallashtiruvshi ishqorlar qo‘shib turiladi. 
Nazorat savollari 
1. Rezervuarning vazifasi nimadan iborat. 
2. Metall rezervuarlar haqida umumiy ma‘lumot bering. 


149 
3. Saqlagichlar nima? Ular nima uchun xizmat qiladilar? 
4. Saqlagichlar nimadan quriladi? 
5. Saqlagichlarning jihozlari qanday vazifalarni bajaradi? 
6. Saqlagichlar qanday jihozlar bilan jihozlanadi? 
7. Saqlagichlar tomidagi yorug‘lik lyuki nima uchun xizmat qiladi? 
8. Saqlagichlarning eng pastki qismidagi lyuk qanday vazifani bajaradi? 
IX- bob bo’yicha xulosa 
Bu bo’limda kon rezervuarlari, rezervuarlar to`g`risida umumiy ma‘lumotlar, 
po`lat rezervuarlarining jihozlari, nometall rezervuarlar, neft mahsuloti omborining 
rezervuar saroyi hajmini aniqlash, tovar neftining sifati va va miqdorini o‘lchash 
usullari tovar neftining hisobi, saqlagichlardagi neftni «nafas oluvchi» to‘sqichlar 
orqali yo‘qolishini oldini olish, po‘lat saqlagichlarni korroziyadan himoya qilish 
haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. 


150 
X-bob. Qatlam suvlar kanalizatsiyasi 
X.1. Neft konlaridagi oqova suvlarga ko‘rsatiladigan talablar 
Neft tarkibidagi suv va suvda erigan mineral tuzlar mustahkam emulsiyalar 
hosil qiladi. Bu emulsiyalar karroziyalarga sabab bo‘lib, neftni qayta ishlashda 
qiyinchiliklar tug‘diradi. Bundan tashqari suvli neftni transport qilish ham katta 
harajatlar talab qiladi. Shuning uchun ham quduqdan olinadigan neft tuzsizlantiriladi 
va suvsizlantiriladi. 
Hozirgi vaqtda qatlam suvlarining tahliliga katta ahamiyat berilmoqda, Chunki 
bu suvlar mahsuldor qatlamga qayta haydash uchun ishlatilmoqda. 
Qatlamdan olinadigan suvlar bir - biridan mineral tuzlar konsentratsiyasi, 
gazlar va mikroorganizmlar mavjudligi bilan farqlanadi. 
Qatlam suvlari turli kimyoviy tarkibdan iborat bo‘lib, 2 ta asosiy guruhga 
bo‘linadi: 
1. Qattiq suvlar – xlor kalsiyli yoki xlor kalsiy-magniyli; 
2. Ishqorli yoki gidrokarbonat natriyli. 
Qatlam suvlarining asosiy tarkibiy qismini natriy xlor NaCl, kaltsiy xlor CaCl
2
va magniy xlor MgCl
2
lar tashkil qiladi. 
Ba’zi suvlarda magniy Mg, kalsiy Ca, temir bikarbonat FeHSO
3
tuzlari ham 
bo‘ladi. 
Qatlam suvlarida anion va kationlarga ajraladigan oddiy tuzlar ham mavjud. 
Anionlarga – gidroksid – OH ion, xlor – CL ion, sulfat – SO
4
ion, bikarbonat – HSO
3
ion, karbonat – SO
2
ion , brom – Br ion va boshqalar kiradi. 
Bundan tashqari qatlam suvlarida kolloidlar (temir oksidi FeO, alyumin oksidi 
Al3O2); gaz ko‘rinishidagi moddalar (karbonat angidrid CO
3
, oltingugurtsuvchil , 
azot N
2
, vodorod H
2
); nodir gazlar (geliy , argon, neon) va organik moddalar 
(naften kislotalar) mavjud bo‘ladi. 
Qatlam suvlarida erigan moddalarning uning hajmiga bo‘lgan nisbati – 
umumiy minerallanish deyiladi. 
Qatlam suvlarining minerallanish darajasi 1 kg/m
3
dan 200 kg/m
3
gacha. Suvni 
asosiy tavsiflaridan biri suvchi ionlar konsentratsiyasi ko‘rsatkichi pH. 


151 
Bu ko‘rsatkichdan suv eritmalarining kislotali va ishqorli muhitlari aniqlanadi. 
Suvlar pH kattaligi bo‘yicha 5 guruhga bo‘linadi: 
1. Nordon
rN = 3 gacha
2. Nimnordon 
rN = 4 - 6 gacha
3. Neytral
rN = 7; 
4. Kam ishqorli
rN = 8 – 10 gacha
5. Ishqorli
rN = 11 – 14 gacha

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling