Namangan davlat universiteti geografiya kafedrasi geografiyaning asosiy muammolari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana31.05.2020
Hajmi0.5 Mb.
#112341
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
geografiyaning asosiy muammolari


              Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 

 

1.Hududiy, geografik, akvatorial mehnat taqsimoti nima? 



2.Hududiy mehnat taqsimotining asosiy omillari va darajalari qanday?.  

3.Hududiy mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv nima?.  

4.Turli bosqichdagi bozorlarning shakllanishi qanday bo’ladi?.  

5.O’zbekistonda hududiy mehnat taqsimotini rivojlantirish masalalari qanday?                   



                           

Tavsiya etilgan adabiyotlar 

 

 

1.ЧистобаевА.И.,Шарыгин  М.Д.Экономическая  и  социальная  география.Л., 

1990  

2.Максаковский В.П. Историческая география мира. -М., 1999. 



3.Саушкин Ю.Г. Изобранные труды. – Смоленск, 2001. 

4.“Географиянинг  асосий  муаммолари” ўқув  курси  бўйича  тайёрланган  ўқув 

услубий мажмуа. 

5.Солиев  А., Махамадалиев  Р. Иқтисодий  ва  социал  географиянинг  асосий 

муаммолари. Ўқув қўлланма. -Т., 2002. 

6. Goudie A.  P’hysische Geograhfie. –Munxen: «Westerman», 1997 

7.Kulke E.Wirtschafts-geograhfie.Munxen– Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004. 

8.Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001. 

9. Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000.  

           



      Mavzu- 3 : Iqtisodiy rayonlashtirish va mintaqaviy siyosat    . 

                                 Reja: 

           3.1 .Geografiyada rayon tushunchasi. 

           3.2. Iqtisodiy rayonning ta’rifi. 

           3.3. Iqtisodiy rayonlashtirishning printsip . 



 

12 


           3.4. Iqtisodiy va sotsial geografik rayonlashtirishning   rivojlanish omili.   

           3.5. Iqtisodiy rayolashtirishning ahamiyati. 



Tayanch so’z va iboralar: Rayon, Iqgisodiy rayon, siyosiy tuzilma, geoiqtisodiy 

tuzilma, sotsialistik rejalashtirish, ijtimoiy mehnat taqsimoti, xududiy mehnat 

taqsimoti, iqtisodiy-geografik jarayon, ixtisoslashuv, geoiqtisodiy tizim,iqtisodiy-

geografik vaziyat yoki xolat, rayonlar turi,milliy  tashqiot, xududiy yaxlitlik .  

 

Hududiy mehnat taqsimoti va uning doimiy "yo’ldoshi" bo’lgan ixtisoslashuv 



natijasida iqtisodiy rayonlar shakllanadi. Ular esa mamlakat    iqtisodiyotining 

hududiy tarkibini  tashqi qiladi. Ammo hududiy tarkib faqat iqtisodiy rayonlar 

to’ridan iborat emas, u ma’muriy birliklar, tabiiy geografik va gidrolagik omillar 

asosida ham belgilanishi mumkin. 

Iqtisodiy rayonlar mintaqaviy  iqtisodiy va mintaqaviy siyosatning ob’ekti 

hisoblanadi. Agar ilgari  tashqi rivojlantirish xalq xo’jaligini planlashtirish maqsadida 

ajratilgan bo’lsa, hozirgi sharoitda ular ishlab chiqarishni hududiy  tashqi qilishning 

asosiy shakli, davlat mintaqaviy siyosatining ob’ekti, ishlab chiqarish kuchlarini 

joylashtirishni tartibga solib borish va boshqarish uchun zarur. Qolaversa, iqtisodiy 

rayonlarsiz mamlakat xo’japigi ichki tuzilishi, hududiy tarkib va tizimini 

geografiyasini o’rganish ham qiyin. 

Aynan ana shu maqsadlarda iqtisodiy rayonlashtirishning amaliy ahamiyati 

yanada oshib bormoqda. Masalan, Rossiya Federatsiyasida 11 ta yirik iqtisodiy 

rayonlar negizida yettita federal okruglar ajratilgan. O’zbekistonda ham  tashqi 

rivojlantirish mamlakatni ijtimoiy-siyosiy  tashqi etish va boshqarish uchun kerak. 

          

Iqtisodiy  rayonlashtirish mamlakat hududining katta – kichikligiga unchalik 

bog’liq emas, eng muhimi tashki makon ichki jihatdan turlangan, hududiy mehnat 

taqsimoti rivojlangan bo’lishi talab etiladi. Ichki tafovutlar qanchalik katta 

bo’lsa,iqtisodiy rayonlar to’ri va tizimi ham shuncha rivojlangan bo’ladi. 

CHunonchi,maydoni  juda  katta  bo’lgan,  alohida  qit’ada  joylashgan 

Avstraliya mamlakatida asosan 4 ta iqtisodiy rayon ajratiladi,xolos, vaholanki, unga 

qaraganda ancha kichik bo’lgan Yevropa davlatlarida bir qator rayonlar shakllangan. 

Iqtisodiy rayonlarning turlari va shakllari ko’p; ular butun mamlakat hududini 

o’z ichiga olishi (unda maydon,  tashqi ahamiyatidan qatьiy nazar, turli qismlarga 

bo’linadi) yoki uning alohida joylarida, ya’ni diskret holda ajratiladi. Bundan 

tashqari, iqtisodiy rayonlar umumiy (integral) va tarmoq rayonlarga bo’linadi. 

Shuningdek, mamlakat hududi ijtimoiy-iqtisodiy va sotsial rayonlarga ham ajratilishi 

mumkin. Ammo, bu rayonlarning xududiy ko’lami bir-biridan farq qiladi; odatda, 

iqtisodiy rayonlarga ko’ra ijtimoiy-iqtisodiy rayonlar kichikroq, ulardan esa sotsial 

rayonlar yanada kichikroq bo’ladi. Bunday farqlar har hil turdagi rayonlardagi rayon 

hosil qiluvchi omillarga bog’liq. 



Ba’zan iqtisodiy rayonlar iqtisodiy geografik rayonlar deb ham yuritiladi. Bu 

yerda jiddiy farq ko’rinmaydi, zero har qanday rayon o’z mohiyat va mazmuniga 

ko’ra geografiyadir. Shu bois, "geografiya" atamasini ishlatish zaruriyati yo’q; 

"xududiy joylashtirish" tushunchasi qanchalik joylashtirish uchun shart bo’lmasa,  

tashqi rivojlantirishda ham "geografiya" so’zi shunchalik ortiqchadir

[4] 

 

13 


Iqtisodiy rayonlar turli omillarga qarab ajratiladi. Ular quyidagilar: 

 ____________________________________ 

4

Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000. 



  

 

- hududiy mehnat taqsimoti va hududiy ixtisoslashuv; 



 

  - bozorga mo’ljallangan tovar mahsulot ishlab chiqarish, bozor makonining 

shakllanganligi; «  Tabiiy    sharoit   va   qazilma   boyliklar, ularning   hududiy 

birikmalari; 

  -  aholi va mehnat resurslari;   

  -  rayon   hosil   qiluvchi   va   uni    tashqi   etuvchi   markaz   yoki 

markazlarning mavjudligi; 

   


- iqtisodiy geografik o’rin;  

   - transport to’rining rivojlanganligi;  

   - mintaqaviy      infratuzilma      va      investitsiya      muhitining 

shakllanganligi va h.k. 

Barcha rayon hosil qiluvchi omil va tamoyillar ikki katta guruhni  tashqi qiladi:  

tashqi (bozor   tashqioti, mujassamlashuv, ixtisoslashuv, kompleks rivojlanish, 

transport) va hududiy yoki geografik (tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar, infratuzilma 

va aholi joylashuv tizimi, geografik o’rin). Bu ikki asosiy qism birligi, ya’ni " tashqi 

hudud" iqtisodiy rayon atamasini shakllaitiradi. Shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti, 

ekologiya kabilar ham rayon chegaralarini aniqlashda ma’lum ahamiyatga ega. 

Yuqoridagi omil va shartlarga ko’ra mamlakatning  tashqi makoni bir necha 

rayonlarga bo’linadi. Hozirgi sharoitda ayniqsa bozor ta’sir doirasi katta ahamiyatga 

ega. Nemis olimi A.Lyosh ham  tashqi landshaftlarni (ya’ni rayonlarni) bozor 

makoniga qarab ajratgan edi. Shu nuqtai nazardan qaraganda rayon hosil bo’lishi 

uchun 2 ta muhim shart bor: rayon hosil qiluvchi markaz va rayon hosil qiluvchi 

ixtisoslashgan  tashqiot tarmog’i. Uzimizda mahalliy xalq o’zi shu qishloq   yashab 

turib, tuman markaziga borishni rayonga borib kelish mazmunida talqin qiladilar. 

Demak, rayon deganda nimanidir hudud yaqinida, atrofidagi degan ma’no kelib 

chiqadi. Ayni chog’da ba’zi olimlar iqtisodiy rayonlarning ob’ektiv borligiga shubha 

bildiradilar (masalan, amerikalik R. Hartshorn) va ular faqat rasmiy chegaralarni tan 

oladilar. Bu xususda aytish joizki, umuman yoki barcha sohalari qamrab oladigan 

"hammabop" rayonlar yo’q, balki aniq sohalarning real hududiy tarkib va tizimlari, 

rayonlari mavjud (sanoat va qishloq xo’jaligi, sotsial rayonlar, sanoat tuguni, 

shaharlarning aglomeratsiyasi va h.k.). 

Hududiy mehiat taqsimotiga o’xshash iqtisodiy rayonlar ham pog’onasimon 

bo’ladi. CHunonchi, mamlakat ichida bir necha iqtisodiy rayonlarni birlashtiruvchi 

yirik tashqi mintaqa, asosiy iqtisodiy rayonlar, ma’muriy-iqtisodiy rayonlar, viloyat 

ichidagi rayonlar va, nihoyat, mahalliy ma’muriy -  tashqi rayoinlar (bizning 

respublikamizda - qishloq tumanlari) bor. Ularning har biriga turli darajadagi 

bozorlar mos keladi.   

 Har bir yirik iqtisodiy rayon bazaviy tarmoqlarga ega bo’lishlari kerak, 

Ularga, masalan, elektroenergetika, qurilish industriyasi kabilar kiradi. Shu bilan 



 

14 


birga bu tarmoqlar yuqoridagi 3 guruxdan iborat bo’g’inlarning biriga ham kirishi 

mumkin. 


Demak, ana shu mazmunda iqtisodiy rayonni hududiy ishlab chiqarish 

majmuasi shaklida talqin qilsa bo’ladi. Hududiy ishlab chiqarish majmualari iqtisodiy 

rayonlarning o’zagini, asosini  tashkil qiladi, ammo rayonning o’zi emas, 

 Har qanday rayon ilmiy o’rganishning yoki bilim egallashning o’ziga xos usulidir u 



klatsifikatsiya va  tipologiya  singari  umumiy  guruxlash  turlariga kiradi. 

Binobarin,rayon hududiy guruhlash demakdir, biroq har qanday guruh kompleks 

yoki sistema bo’la olmaydi. Kompleks esa birlik, uyg’unlikni, texnologik aloqalarni 

anglatadi

[

.

5]

   


         Tizim (sistema) tushunchasi yanada murakkabroq bo’lib, uning o’ziga xos talab 

va shartlari bor. Jumladan, tizim tarkibdan yoki "tizimcha"dan  tashqi topishi

pog’onasimon ierarxiyali bo’lishi, mustaqil faoliyat ko’rsatish  tashqi topish, 

pog’onasimon ierarxiyali bo’lishi, mustaqil faoliyat ko’rsatish, turg’unlik, boshqaruv 

kabi xususiyatlarga ega bo’lmshi kerak.    

Biroq, shunga qaramasdan, iqtisodiy rayon hududiy majmua va hududiy 

tizimlardan unchalik uzoq emas. CHunki, iqtisodiy rayon mamlakat hududining 

ma’lum bir xo’jalik tarmog’iga (yoki tarmoqlariga) ixtisoslashgan va bu jihatdan 

qo’shni, tutash hududlardan farq qiluvchi, umumiy  tashqi landshaft shakliga ega 

bo’lgan qismidir. U yaxlit  tashqi makon sifatida hududiy tizim ma’nosini anglatadi. 

Shunday qilib, rivojlantirish ilmiy tadqiqot jarayoni, usul, rayon esa uning 

natijasi, obьektiv borliqdir. N.N.Baranskiy, V.M.CHetirkin kabi buyuk olimlar 

rivojlantirishni umumgeografik metod sifatida e’tirof etganlar, uning ko’p sonli va 

turli hodisalarni bir tartibda keltirishda, real geografik voqelikni aks ettirishda eng 

muhim vosita ekanligini e’tirof etganlar. 

Iqtisodiy rayonning hududiy tizimga yaqinligini yana bir tomoni shundaki, u 

ayni vaqtning o’zida ham ichki, ham tashqi xususiyatga ega. Agar tizim-tarkib 

uslubiyoti nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, iqtisodiy rayon tashqi jihatdan, ya’ni 

"yopiq" tizim shaklida asosan bir hillik landshaftdir, ichki jihatdan yoki "ochiq" tizim 

shaklida esa u turli-tuman, ichki tafovutlarga boy hududiy birlikni anglatadi. 

Binobarin, mamlakatni ma’muriy rivojlantirish bilan uni iqtisodiy rivojlantirishni 

to’g’ri yo’lga qo’yish muhim siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammodir. Shu jihatdan 

ham araganda,  tashqi rivojlantirish va iqtisodiy rayonlar o’z ilmiy va amaliy 

ahamiyatini saqlab qolaveradi. 

 

 

          Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:                         



1. Iqtisodiy rayon tushunchasi qanday ma’noni anglatadi? 

2. Iqtisodiy   rayonlashtirishning printsiplari qanday? 

4. Iqtisodiy   geografik rayonlashtirishning   rivojlanish omili.?   

5. Iqtisodiy rayolashtirishning ahamiyati?. 

6.Iqtisodiy rayonning hududiy tizimga yaqinligini tushuntiring?   

      



                       

Tavsiya etilgan adabiyotlar  

 

1.Чистобаев А.И., Шарыгин М.Д. Экономическая и социальная география.  Л., 

1990  


 

15 


2.Максаковский В.П. Историческая география мира. -М., 1999. 

5

Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000. 



 

3.Саушкин Ю.Г. Изобранные труды. – Смоленск, 2001. 

4.“Географиянинг  асосий  муаммолари” ўқув  курси  бўйича  тайёрланган  ўқув 

услубий мажмуа. 

5.Солиев  А., Махамадалиев  Р. Иқтисодий  ва  социал  географиянинг  асосий 

муаммолари. Ўқув қўлланма. -Т., 2002. 

6. Goudie A. ‘ P’hysische Geograhfie. –Munxen: «Westerman», 1997 

7.Kulke E.Wirtschafts-geograhfie.Munxen – Zurich: «FerdinandSchoningh», 2004. 

8.Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001. 

9.Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000.  

    

 

 Mavzu-4:Xududiy majmualarni shakllanishi va rivojlantirishning asosiy 

muammolari.

 

                                 Reja: 

4.1. Xududiy majmualarni  shakllanishi  

4.2. Xududiy majmualarni    rivojlantirishning asosiy muammolari. 

4.3. HICHM nazariyasining vujudga kelishi 

4.4. HICHM iqtisodiy geografiyada o`rganish masalalari 

 

Tayanch so’z va iboralar:bozor  munosabatlariga  o’tish,  kontsentratsiya, 

muhassamlashuv, yirik sanoat korxonalari, raqobat muhiti, yengil sanoat, og’ir 

sanoat, oziq-ovqat sanoati, gorizontal iqtisodiy aloqalar, xom ashyo,   tashqi 

integratsiya, ixtisoslashuv, tor ixtisoslashuv, texnologik ixtisoslashuv . 

 

 

Hududiy  ishlab  chiqarish  majmualari  (HICHM)   iqtisodiy-ijtimoiy 



geografiyaning jahon ahamiyatiga ega bo’lgan nufuzli nazariy yutuqlardan biridir. Bu 

xususda eng avvalo N.N.Kolosovkiyning xizmatini alohida ko’rsatish joiz. XX 

asrning yigirmanchi yillarida GOELRO, ya’ni Rossiyani elektrlashtirish davlat rejasi 

doirasida I.G.Aleksandrov ish olib borishda va, ayniqsa, DneproGES loyihasini 

ishlab chiqish jarayonida rayon kombinatlari haqidagi o’zining nazariyasini yaratdi. 

Uttizinchi yillarda esa bu muhim masalani u aniqlashtirdi, chuqur o’rganib rayon 

ishlab chiqarish kombinatlarini  barpo etish lozimligini ta’kidladi. N.N.Kolosovskiy 

I.G.Aleksandrovning rayon ishlab chiqarish kombinatlari to’g’risidagi ta’limotidan 

Ural, Sibir va Qozog’iston kabi yirik rayonlar misolida amaliy foydalandi, uni boyitdi 

va shu asosda o’zining rayon komplekslari (kombinatlari, majmualari) to’g’risidagi 

ilmiy g’oyasini shakllantirdi. Bu, albatta, ilgarigiga qaraganda yangi bir qadam olga 

fikr edi. 

N.N.Kolosovskiy 1947 yilda hududiy ishlab chiqarish (aniqrog’i, ishlab 

chiqarishning hududiy birikmalari, komplekslari) mavzuida maqola chop ettirdi. 

Uning fikricha, bu nazariyaning asosiy mohiyatini ma’lum bir hududda yoki iqtisodiy 

rayonda alohida tanlab olingan ishlab chiqarish korxonalari va aholi lunktlarini bir-

biri bilan bog’liq holda rivojlantirish va joylanishi  tashkil etadi. U ishlab 

chiqarishning hududiy majmuasini iqtisodiy geografiya fanining tarkibiy qismi 

ekanligini qayta-qayta ta’kidladi va, ayni paytda, ma’lum hududda joylashgan ishlab 


 

16 


chiqarish korxonalar yig’indisi hamma vaqt ham kompleks (majmua) bo’la olmaydi, 

deb uqtirgan edi. Bunday oddiy hududiy joylashish gruppirovkani  tashqi etadi, xolos. 

Demak, biz qo’shimcha qilar ekanmiz, har qanday hududiy majmua bu guruh, ammo 

har qanday guruh majmua bo’lavermaydi. 

Keyinchalik  HICHM  nazariyasini  rivojlantirishga  N.N.Baramskiy, 

N.T.Agafonov, A.G.Aganbegyan, M.K.Bandman, N.N.Iekrasov, Yu.G.SauShkin, 

T.M.KalaShnikova, 

M.N.Stepanov, 

A.I.CHistobaev, 

A.T.XruShev, 

M.M.Palamarchuk, M.D.SHarmgin, Z.M.Akramov, S.K.Ziyodullaev, I.Q.Narziqulov, 

K.N.Bedrintsev, A.G.Batigin kabi bir qator olimlar o’z hissalarini qo’shdilar. 

Tajribalar hamda faktik materiallar shuni tasdiqlaydiki, hududiy (yoki 

geografik) mehnat taqsimoti fundamental tushuncha bo’lib, u  tashqi rivojlantirish va 

hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishiga asos bo’lib xizmat qiladi.   

M.N.Kolosovkiy ishlab chiqarishning hududiy majmualari (yoki hududiy 

ishlab chiqarish majmualari, bizningcha, bular ,bir hil ma’noga ega) iborasi iqtisodiy 

rayonlar to’g’risidagi tushuncha o’rnini egallamasligi kerak; bu iqtisodiy 

rayonlarning "yadrosi"ni  tashkil etadi, xolos, deb uqtirgan edi. Darhaqiqat, hududiy 

ishlab chiqarish majmualari mazmun va sifat jihatdan, ishlab chiqarish korxonalarini 

ma’lum bir nuqtadagi yoki joydagi turg’un birikmasi sifatida iqtisodiy rayonlardan 

farqqiladi. 

 Albatta, iqtisodiy rayon xo’jaligi o’zining mazmun - mohiyati va maqsadiga 

ko’ra har tomonlama (kompleks) rivojlantirish lozim. Ana Shu nuqtai \ nazardan 

iqtisodiy rayonlar xo’japigini real yoki potentsial hududiy ishlab chiqarish majmuasi 

sifatida ko’riSh mumkin. Bu yerda biz tushunmovchilikka imkoniyat qoldirmaslik 

maqsadida bunday xududiy ishlab chiqarish majmualarini "ma’muriy  rayonlar 

darajasidagi  majmualar" deb yuritishni taklif etamiz. N.N.Kolosovskiy aytgan 

ma’noda, ya’ni ma’lum bir joyda ishlab chiqarish korxonalarining o’zaro bog’liq 

holda joylaniShi va rivojlantirish asosida vujudga kelgan majmualar esa tom ma’noda 

yoki  "an’anaviy  hududiy  ishlab chiqarish majmualari", deb atalishi to’g’riroq. 

N.N.Kolosovskiy shogirdlaridan biri M.K.Bandman bunday hududiy ishlab chiqarish 

majmualarni mamlakat ahamiyatiga molik, muhim bir muammoni hal etishga, bir 

maqsadga qaratilgan dasturli yoki muammoli majmualar, deb yozadi. 

Sof,  haqiqiy  hududiy  ishlab  chiqarish  majmualari asosan  yangi 

o’zlashtirilayotgan rayonlarda, ulkan tabiiy boylik va, ayniqsa, yoqilg’i-energetika 

zahiralari negizida vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Tabiiyki, tarixiy rivojlanish 

davomida avval o’zlashtirilgan yerlarda vujudga kelgan xo’jalikning hududiy 

tarkibini majmuaga aylantirishga qaraganda, yangi, "sof" yoki "bo’sh" joyda bu 

maqsadga erishish osonroqdir. Majmua yaratuvchi tarmoq sifatida esa ko’proq 

yoqilg’i-energetika sanoati asos bo’lib xizmat qilishi ham, shubhasiz, bir holdir, 

Masalan, Rossiya Federatsiyasidagi Bratsk xududiy ishlab chiqarish majmuasini 

olaylik (uning dastlabki loyihasini N.N.Kolosovkiy rahbarligidagi olimlar guruhi 

yaratgan). Bu yerda yirik 4 mln, kVt. dan ortiq quvvatga ega bo’lgan suv elektr 

stantsiyasi qurildi va bo’lajak suv ombori maydonini o’rmondan tozalash maqsadida 

yog’och-tsellyuloza sanoati vujudga keldi. Arzon elektroenergiyaning mavjudligi 

energiyani ko’p istemol qiluvchy tarmoqlarni o’ziga "tortdi" va, natijada, bu yerda 

uchinchi yirik korxona-alyuminiy zavodi barpo etildi. Rangli metallurgiya va o’rmon 


 

17 


sanoati yana "zanjirsimon" tarzda boshqa korxonalar qurilishini (jumladan, 

mashinasozlik, kimyo) taqozo etadi. 

Bunday majmualar O’rta Osiyo mamlakatlarida qulay tabiiy sharoitda, aholi va 

mehnat resurslari bilan yaxshi ta’minlangan mintaqada va faqatgina energetika emas, 

balki agroiqlimiy resurslar asosida ham vujudga keladi. Demak, respublikamiz 

xududiy ishlab chiqarish majmualari sug’oriladigan dehqonchilik, agrosanoat 

tarmoqlari va mehnatni ko’p talab qiluvchi korxonalarini o’z ichiga olar ekan. Bunga 

Mirzacho’l yoki Qarshi cho’li asosida shakllanayotgai xududiy ishlab chiqarish 

majmualari misol bo’la oladi. 

Ilmiy va amaliy jihatdan respublikamizda hududiy ishlab chiqarish 

majmualarini yaratishdagi erishilgan yutuqlar to’g’risida ham aytib o’tish o’rinli. 

Jumladan, O’zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli sobiq Ishlab chiqarish 

kuchlarini o’rganish kengashida (SOPS) o’tgan asrning 50-yillarida olib borilgan 

ilmiy izlanishlar natijasida rayonlarning kompleks muammolari tushunchasi yoki 

ilmiy yo’nalishi yaratilgan edi. Bu o’zining geografik o’rni va ma’muriy tarkibiga 

ko’ra o’ziga xos bo’lgai Farg’ona vodiysi uchun ayniqsa ahamiyatli edi. 

 Sanoat korxonasi mavjud bo’lgan joy sanoat punkti  hisoblanadi. Agar bir 

joyda bir necha sanoat korxonasi joylashgan bo’lsa, u holda sanoat markazi vujudga 

keladi. Yirik sanoat markyazlari atrofida sanoat punktlarining joylashuvi, ya’ni 

sanoat ishlab chikdrishini hududiy  tashqi etilishi, rivojlantirishning navbatdagi 

pog’onasi,  bosqichi-sanoat  tugunini  shakllantiradi.  Aynan  sanoat  tugunlarida 

hududiy majmualar mukammal tus oladi. CHunki, bunday sharoitda sanoat 

korxonalarining oddiy hududiy guruhi emas, balki ular o’rtasida aloqadorlik (ishlab 

chiqarish, texnologik, infratuzilma, aholi va mehg’yut resurslari aloqalari) mavjud 

bo’ladi. Binobarin, sanoat tugunlarini sanoat ishlab chiqarish majmualarining eng 

yetuk shakli, deb baholash to’g’rirokdir. 

Sanoat tugunlari, ya’ni sanoat korxonalarini bir joyda g’uj holda 

mujassamlashuvi  sanoat aglomeratsiyasn,  deb ham ataladi. Sanoat korxonalarini 

joylashtirishda aglomeratsiya omilini hisobga olish esa nemis olimi Alьfred Veberga 

tegishli. Aglomeratsiya ham mujassamlashuv kabi katta  iqtisodiy (ammo ekologik 

emas) samaradorlikga ega. 

 Alohida tanlab olingan joyni barcha infratuzilma ob’ektlari kabi oldindan 

tayyorlash negizida sanoat parklari vujudga keladi -ki, bu ayniqsa rivojlanayotgai 

mamlakatlar uchun ko’proq xos.   

Tahlillar ko’rsatishicha, Nikolay Nikolaevich Kolosovskiyning hududiy ishlab 

chiqarish majmualari g’oyasini qaysi bir jihatdan A.Veberning ishlab chiqarish 

aglomeratsiyasi ta’limotiga yaqinlik yoki o’xshashlik alomatlari bor. Ammo uning 

boshqa bir ilmiy g’oyasi-energiya ishlab chiqarish tsikllari ta’limotiga hech qanday 

e’tiroz bo’lmasligi kerak. CHunki u bu g’oyani bevosita amalistdan kelib chiqqan 

holda  (N.N.Kolosovskiy o’zining  asl  kasbi  bo’yicha  muhandis-iqtisodchi 

bo’lgan)yaratgan. 

 N.N.Kolosovskiy o’z davrida qora metallarning  metallurgiya tsikli, rangdor 

metallar, mashinasozlik, neft-gaz-kimyo, agroindustrial, o’rmon-yog’och-tsellyuloza 

kabi 8 ta asosiy energiya ishlab chiqarish tsikllarini ajratgan. Hozirgi kunda ularning 

soni 20 ga yaqinni  tashqi qiladi.     


 

18 


 Shunday qilib, HICHMlarning ilmiy nazariy asoslari taniqli olim Nikolay 

Nikolaevich Kolososvkiy tomonidan yaratildi. U ushbu masalani   iqtisodiy 

rivojlantirish muammolari bilan bog’liq ravishda o’rgandi. Umuman olganda, 

N.N.Kolosovkiyning bunday dunyoqarashiga uning transport (temir yo’l transporti) 

muhandisi ekanligi va geografiya uchun an’anaviy ahamiyatga ega bo’lgan kompleks 

yondashuvining uyg’unligi asos bo’ldi; "hudud + kompleks" ishlab chiqarishning 

hududiy birikmalari yoki majmualarini (komplekslarini)  tashkil etadi. 

CHindan  ham  kompleks-majmuaning  ilmiy-amaliy  ahamiyati  katta. 

CHunonchi, u: 

-   tabiiy sharoit va tabiiy resurslardan atroflicha foydalanish; 

-   ishlab chiqarishni mumkin qadar chiqindisiz yo’lga qo’yish; 

-   ishlab chiqarishni tizim-tarkib asosida hududiy  tashkil qilish; 

- iqtisodiy geografiya va uning asosiy tushunchasi bo’lgan iqtisodiy rayonlarni 

o’rganish; 

- iqtisodiy rayonlar xo’jaligi tarkibini qayta qurish va boshqalarda 

ahamiyatlidir. 

  Dastlabki iqtisodiy rayonlar joylarda yirik elektr stantsiyalar qurish va 

ularning ta’sir doirasini aniqlash nuqtai nazaridan energetika, energiya ishlab 

chiqarish rayonlar deb atalgan. Keyinchalik bu rayonlarda xo’jalik tizimining bir 

tomonlamaligiga yo’l qo’ymaslik, mahalliy sharoit va imkoniyatlardan to’laroq 

foydalanish, aholi ehtiyojlarini qondirish, transport harajatlarini qisqartirish va 

ortiqcha,  tashqi jihatdan nomaqbul, uzoq masofadagi transport qatnovlarini 

kamaytirish kabi omillarni e’tiborga olib, iqtisodiy rayonlar xo’jaligini kompleks 

ravishda  tashkil  etishga ustuvor ahamiyat berildi

[6]

 Asosiy  iqtisodiy  rayonlarning  xo’jaligini  kompleks,  majmuali  bo’lishi 

(rayonlar miqyosidagi HICHMlar) yoki ularning    kompleks tamoyili negizida 

yaratish muhim hisoblanadi. 

 HICHM - muayyan geografik nuqta yoki alohida rayonda, uning tabiiy va  

iqtisodiy sharoitlari, transport va itstisodiy geografik o’rniga muvofiq korxonalarni  

 

to’gri tanlab olish va joylashtirshi hisobidan iqtisodiy samaradorlikga erishadigan 



ishlab chiqarishning hududiy  tashkil etish shaklidir. HICHM-lar g’oyasi, birinchidan, 

iqtisodiy  rayonlar  xo’jaligini  kompleks  rivojlantirish  va,  ikkinchidan, 

N.N.Kolosovskiyning  Ural-Kuznetsk  kombinati  (UKK)  va  Baykalbo’yi 

("Angarqurilish") komplekslari loyihalarini yaratish va ularni amalga tadbiq etish 

jarayonida yuzaga keldi.   

 

HICHM-lar iqtisodiy rayonlarning shakllanishi jarayonida muhim taktik va 



strategik vosita hisoblanadi. O’z navbatida, bunday majmualarning o’ziga xos, 

individual xususiyatlarini   aniqlashda,    ularni    alohida       tiplarga      ajratishda 

N.N.Kolosovskiy "energiya ishlab chiqarish tsikllari" ("energiya ishlab chiqarish 

rayonlari"ga mos holda) usulini yaratdi va undai unumli .foydalandi. Bu yerda, 

N.N.Kolosovskiy "energiya ishlab chiqarish tsikllari" ("energiya ishlab chiqarish   

 rayonlari"ga mos holda) usulini yaratdi va undai unumli  foydalandi.   

 Klaster va hududiy majmualar na faqat ishlab chiqarishda, balki ijtimoiy 

sohalarda, noishlab chiqarish, aholiga xizmat ko’rsatish, servis sohalarda ham real 

mavmud

[

.

7]

  


 

19 


6

Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000. 

7

Hagget ‘. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001.



 

CHindan ham har hil hududiy majmualarni ko’rishimiz mumkin.Toshkent 

shahridagi Talabalar shaharchasi, Akademgorodok, yaqqol misol bo’la oladi. 

Avtomobillarga servis xizmatini ko’rsatish, savdo shahobchalari, dorixona + 

poliklinika + kasalxona, universitet + yotoqxona  , kutubxona + sport zali va 

boshqalar ham o’ziga xos hududiy majmualardir. Binobarin,  

geografiya fani uchun o’ta muhim bo’lgan kompleks yondaShuv turli hil va 

yo’nalishdagi xududiy majmualarni taxlil, tadqiq va tashxis qilish bilan boshqa 

fanlardan ajralib turadi. 

 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling