Namangan davlat universiteti geografiya kafedrasi geografiyaning asosiy muammolari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana31.05.2020
Hajmi0.5 Mb.
#112341
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
geografiyaning asosiy muammolari


                    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:  

1. Iqtisodiy geografiya-o’quv predmeti va fan sohasi xaqida gapiring?. 

2. Yangi  sharoitda iqtisodiy

 

geografiyaning o’qitilishi qanday?. 



3. Oliy maktablarda iqtisodiy

 

geografiya qanday o’qitiladi?. 



4. O’rta maktab, kollej va akademik litseylarda iqtisodiy

 

geografiyaning o’qitili shi?. 



 

57 


 

5.  Iqtisodiy va sotsial geografiya fanining asosiy tamoyillari nimalardan iborat? 

 6  .N.N.Baranskiy tarixiylik tamoiyligi qanday ta’rif bergan? 

                           Tavsiya etilgan adabiyotlar 



  

 1.Чистобаев А.И., Шарыгин М.Д. Экономическая и социальная география.  Л., 

1990  

2.Максаковский В.П. Историческая география мира. -М., 1999. 



3.Саушкин Ю.Г. Изобранные труды. – Смоленск, 2001. 

4.“Географиянинг  асосий  муаммолари” ўқув  курси  бўйича  тайёрланган  ўқув 

услубий мажмуа. 

5.Солиев  А., Махамадалиев  Р. Иқтисодий  ва  социал  географиянинг  асосий 

муаммолари. Ўқув қўлланма. -Т., 2002. 

6. Goudie A.  P’hysische Geograhfie. –Munxen: «Westerman», 1997 

7.Kulke E.Wirtschafts-geograhfie.Munxen-Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004. 

8.Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001.  

9.  Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000.  

    


 

 Mavzu- 11: Iqtisodiy geografiya  va amaliyot. 

 

 

 

 

 

 

 Reja: 

 

       11.1. Amaliy geografiyaning maqsadi va vazifalari 



       11.2. Amaliy geografiyada tadqitod usullari 

       11.3. Amaliy geografiyaning ahamiyati tadqiqotlar. 

       11.4  Sanoat  korxonalarini  joylashtirishda amaliy  geografiyaning roli. 

                 11.5 .Injener-geografik  va gidrogeologik izlanishlar  usullari. 

                 11.7. Landshaft arxitekturasi. 

           

 Tayanch so’z va iboralar: Amaliy geografiyaning maqsadi va vazifalari Amaliy 

geografiyada tadqiqod usullari, Amaliy geografiyaning ahamiyati , Amaliy geografik 

tadqiqodlar, Sanoat  korxonalarini  joylashtirishda amaliy  geografiyaning roli, 

injener-geografik.                                                             

Bizga ma'lumki, geografiya fani Yer yuzasi tabiatini, aholisi va uning xo'jalik 

faoliyatini o'rganadi.Amaliy geografiya fani tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishini 

baholash va bashorat qilish bilan  shug'ullanadi. 

Insoniyat paydo bo'lgan davrdan boshlab jamiyat taraqqiy etgan sari inson va 

tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar murakkablashib bormoqda. Buning natijasida 

mahalliy, mintaqaviy hamda umumsayyoraviy ekologik muammolar va inqirozlar 

paydo bo'lmoqda. 

Ana  shunday ekologik muammolar va inqirozlarni o'rganish, baholash va 

ularning sodir bo’lishini oldindan bashorat qilishda geografiya fanining o'rni va 

ahamiyati nihoyatda muhimdir. 

Mazkur muammolarni o'rganish va ularning yechimini topish davomida 

geografiya fanlari tizimida yangi yo'nalish, ya'ni amaliy geografiya fani paydo bo'ldi 

va u hozirgi paytda tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Amaliy geografiyaning maqsadi 

tabiiy muhit va resurslarni baholash, tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgari shini 

bashorat qilishdan iboratdir. 

Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat: 



 

58 


1) xo'jalik maqsadlarida foydalanish nuqtayi nazaridan tabiiy  sharoit va 

resurslarni o'rganish va baholash; 

2) tabiiy geografik jarayonlarni o'rganish, baholash va bashorat 

3) inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgartirilishi jarayonini 

baholash va ba shorat qilish; 

4)umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolaraing yuzaga 

kelish sabablarini ochib berish va ular yechimining geografik asoslarini ishlab 

chiqish; 

5) ishlab chiqarishni hududiy  tashqi qilish muammolari va aholi joylashuvi 

masalalarini yechish. 



 Amaliy geografiya  fani geografiyaning  rivojlanib kelayotgan yangi 

tarmoqlaridan biri bo'lsa ham, uning ildizi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. 

Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar amaliy geografiyaning rivojlantirishga 

muhim hissa qo'shganlar. Masalan, Ahmad al-Farg'oniy Nil daryosining suv sarfini 

o'rganish va bashorat qilish bo'yicha amaliy geografik  

ishlarni olib borgan. Abu Rayhon Beruniy esa bir gradus yoyning uzunligini aniqlab, 

Yerning asosiy o'lchamlarini hisoblashga juda ulkan hissa qo' shgan . 

 Amaliy geografiya tabiiy va ijtimoiy muhitni o'rganishda turli tadqiqot 

bosqichlarida olib boriladi.   



Tadqiqot usullari bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi: 

-tadqiqot muammosini  shakllantirish bosqichi; 

-ilmiy farazni  shakllantirish, ya’ni tadqiqotni amalga oshirish uchun ma’lumotlar 

qanday usulda, qanday qilib to’planadi,  shuni aniqlashtirib olish; -ma’lumotlar 

to’plash; -to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash; -xulosa ba 

 bo shqalar

[16] 

.  

        


Amaliy  geografiyaning  tadqiqot  usullariga  quyidagilar  kiradi:  sistemali, 

ekologik, landshaft va  ushbu usullarni yondashuv deb atash ham mumkin. 



 Geografik  tadqiqot  usullari  miqdoriy  (sistemali,statistik  va  matematik 

modellashtirirsh) va sifat (kuzatish, tajriba) kabi turlarga bo’linadi

[17] 

Sistemali usul (yondashuv). Mazkur usulda o'rganilayotgan hudud ma'lum bir 

sistema sifatida qaraladi. Bu sistema esa bir-biri bilan bog'langan qator kichik 

sistemalardan iborat bo'ladi,  ekologik usul (yondoshuv). Ushbu usulda ma'lum bir 

hudud yoki muammo o'rganilayotganda, unga tirik mavjudotlaming (o'simlik va 

hayvonot dunyosi), insonning atrof-muhit bilan bo'ladigan o'zaro aloqalari nuqtayi 

nazaridan qaraladi.  

Landshaft usuli (yondashuvi). Mazkur usul qo’llanganda, hudud ma'lum bir 

landshaft turlariga bo'lib o'rganiladi.    .             -     . 

Iqtisodiy usul (yondashuv). Bu usulda aniq matematik-statistik hisobla shlar  

orqali tabiiy  sharoitga, tabiiy resurslarga, aholi va xo'jalik korxonalariga baho 

beriladi hamda ularning o'zgarishi bashorat qilinadi. Masalan, aholi sonining o'sishi 

yoki kamayishi va h.k. 

Amaliy geografiya muhandislik geologiyasi,    amaliy landshaftshunoslik 

fanlariga yaqin turadi, ularning tajriba va ilmiy yutuqlaridan foydalanadi.  Shu bilan 

birgalikda, bu fan tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy usullardan tabiatni muhofaza 

qilishda,atrof-muhitning tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida o'zgarishini ba shorat qili 


 

59 


shda bo shqa fanlar ham keng foydalanadi. 

___________________________________________________- 

16

Nicholas Clifford, shaun French and Gill Valentine. Key Methods in Geography, 34-page 



 

17

Nicholas Clifford, shaun French and Gill Valentine. Key Methods in Geography, 8-page

 

 



Amaliy geografiya fani bugungi kunda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega 

bo'lgan tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishi va uni yahshilashning 

umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy muammolari bilan  shug'ullanadi. 

 Hozirgi paytda amaliy geografiyaning ilmiy yutuqlaridan inson uchun qulay

  

ekologik  sharoitlar yaratishda keng foydalanilmoqda. Natijada "ozon "tuynugi"ning 



maydoni qisqarib bormoqda, yo'qolib ketish arafasida turgan ko'plab o'simlik va 

hayvonlar saqlab qolinmoqda, ifloslangan daryo va ko'llar suvi tozalanib bormoqda.   

Sanoatning rivojlantirish natijasida buzilgan va ifloslangan landshaftlarni qayta 

tiklashning ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda. 

Amaliy geografiya tabiiy resurslardan foydalanishning ilmiy asoslarini  

ishlab chiqish, tabiat va jamiyatning o'zaro ta'sirini yahshilash, tabiiy ofatlarning 

oldini olish, hududlarning rivojlantirishni bashoratlash, yirik loyihalarni ekspertiza 

qilishning geografik-ekologik asoslab berish muammolarini hal etmoqda. Bu esa 

amaliy geografiya fanining yirik davlatlar va dunyo ahamiyatiga ega bo'lgan 

muammolarni yechishdagi ishtiroki ortib borishiga sabab bo'lmoqda.  

Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida vujudga 

kelishi mumkin bo'lgan oqibatlami baholash va bashorat qilish hamda ularning oldini 

olish muammolari bilan  shug'ullanadi. 

Muhandis-geografik tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalga oshirishda asos

 

bo'lib xizmat qiladi. Muhandis-geografik tadqiqotlar asosan sanoat korxonalarini  



joylashtirishda, gidrotexnik inshootlarni (kanallar, to'g'onlar, suv omborlari va h.k.), 

yo'llarni loyihalashda, foydali qazilma konlarini qidirishda olib boriladi 

Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida 

vujudga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni baholash va bashorat qilish hamda  

ularning oldini olish muammolari bilan  shug'ullanadi. 

         

Tibbiy  geografiya  geografik  muhitning,  ya'ni  tabiiy  va  ijtimoiy-  tashqii 

omillarning aholi salomatligiga ta'sirini, kasalliklarning vujudga kelishi va geografik 

tarqalishini o'rganadi. 

           

Hozirgi  paytda  tibbiy-geografik  tadqiqotlar  ikkita  yirik  yo'nalishda  olib 

borilmoqda.  Birinchi yo'nalishda atrof-muhitning inson salomatligiga ta'siri 

baholanadi va bashorat qilinadi. Ikkinchi yo'nalishda kasalliklarning mahalliy tabiiy 

o'choqlari aniqlanadi. 

 Bozor  munosabatlarigi o’tish  ilgari  mavjud  bo’lgan sotsialistik  ishlab 

chiqarishning qator g’oya va tushunchalaridan qat’iylik bilan voz kechishni talab 

qiladi. Endigi  sharoitda mulkchilikning turli  shakllarini vujudga keltirish va  shu 

asosda erkin raqobat muhiti va ko’p qatlamli  tashqiot tizimini joriy etish katta 

aqamiyatga ega. Xususiylashtirish va  mulkchilikning nodavlat   shakllarini 

rivojlantirish ko’proq va ildamroq qishloq xo’jaligida amalga oshiriladiki, bu ham 

bo’lsa mamlakatimiz iqtisodini bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos 

xususiyatini ifodalab beradi.   . 



 

60 


 

Bozor munosabatlariga o’tish davrida sanoatning ijtimoiy   tashqi etish  

shakllarida  sezilarli  o’zgarishlar  bo’lishi  aniq.  Jumladan,  kontsentratsiya 

(mujassamlashuv) hozirgi  sharoitda keskin o’zgaradi. Bunday o’zgarish bevosita 

yoki sofholdagi ishlab chiqarish mujassamlashuviga ham,  shuningdek, uning 

hududiy  shakliga ham taalluqlidir. 

 

 O’tish  davrida  ixtisoslashuv  ham o’zgacha kechadi. Bunda avvalgi tor 



ixtisoslashuv, «monopoliya»ga, yakka hokimlikka barham beriladi, detal (qism) va 

texnologik ixtisoslashuv kamayib, predmet ixtisoslashuv rivojlanib boradi. Demak, 

o’tish davrida hududiy mehnat taqsimoti, ishlab chiqar sh kuchlarini joylashtirish 

printsiplari ham o’zgaradi, eng muhimi –qaer nimani ishlab chiqarishi, nimaga 

ixtisoslashuvi bozor, talab bilan bog’liq bo’lib qoladi.  

 

 Ixtisoslashuv rayon   iqtisodiyotining harakatlantiruvchi kuchidir, u ochiq, 



erkin  iqtisodiyotning vujudga kelishida eng asosiy omildir. Darhaqiqat, ixtisosla 

shgan sohalar orqaligina korxonalar, viloyat va mamlakatlar o’zaro munasabat 

qiladilar. Bu mamlakat ichida geo tashqi xavfsizlikni ta’minlashga olib keladi, jahon 

bozorida esa uning mavqeyini ifodalaydi. 

 

Ixtisoslashuv hamkorlik,  kooperatsiya bilan chambarchas bog’liq. Yuqorida 



ta’kidlaganimizdek, o’tish davri  iqtisodiyotida mamlakatlararo, xususan sobiq 

ittifoqdosh respublikalar orasidagi kooperatsiya ancha buzildi. Mamlakat ichida 

dastlabki paytlarda har bir korxona,  shahar yoki viloyat xo’jaligi ham mustaqil 

bo’lishga uringanligi tufayli ular o’rtasidagi hamkorlik ham biroz qisqarishi mumkin.  

 

Ishlab chiqarishda detal va texnologik ixtisoslashuvning vaqtincha kamayishi, 



kooperatsiya  jarayonining  qisqarishi  o’z  navbatida  kombinatla shuvning 

rivojlantirishni taqozo etadi. Chindan ham hozirgi  sharoitda har qanday yiriklikdagi 

korxona yoki  tashqiot «universal» bo’lishga harakat qilmoqda.  

           

Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida 

vujudga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlami baholash va bashorat qilish hamda 

ularning oldini olish muammolari bilan  shug'ullanadi

Muhandis-geografik tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalga oshirishda asos 



bo'lib xizmat qiladi. Muhandis-geografik tadqiqotlar asosan sanoat korxonalarini 

joylashtirishda, gidrotexnik inshootlarni (kanallar, to'g'onlar, suv omborlari va h.k.), 

yo'llarni loyihalashda, foydali qazilma konlarini qidirishda olib boriladi. 

Sanoat korxonalarini joylashtirishda muhandis-geografik tadqiqotlar ikki bosqichda 

o'tkaziladi.   

Yo'l qurilshini loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar, asosan relyefning 

tahliliga yo'naltirilgan bo'ladi. Chunki ko'p hollarda loyihalanayotgan yo'lning 

yo'nalishini, uzunligini, kengligini, arzon-qimmatligini relyef  sharoiti belgilab 

beradi.  shuning uchun yo'llarni loyihalashda relyefning qulayligi, qanday tog' 

jinslaridan  tashqi topganligi, mutlaq balandligi birinchi navbatda tahil qilinadi. 

Avtomobil yo'llarining qiyaligi 12—15° dan oshmasligi lozim. 

Baland va qiyaligi yuqori bo'lgan joylarda yo'llar yer osti tunnellari orqali 

o'tkaziladi. Masalan, To shkent — Andijon avtomobil yo'lining Kamchiq dovonida 

uzunligi 2,5 km  tunnel qazilgan bundan. tashqari, yo'llarni loyihalashda surilmalar, 

sellar, qorko'chkilari, daryo toshqinlari ham hisobga olinadi. 

Foydali qazilma konlarini qidirish davomida muhandis-geografik tadqiqotlar 



 

61 


ikki yo'nalislida olib boriladi. Birinchi yo'nalishda kon joylashgan hududning tabiiy 

va iqtisodiy-geografik  sharoiti o'rganiladi va baholanadi. Ikkinchi yo'nalishda foydali 

qazilma konini qazib olish jarayonida atrof-muhitda ro'y beradigan o'zgarishlar 

bashorat qilinadi (relyef, tuproq, o'simlik, iqlim, ichki suvlari, qishloq xo'jaligi, 

sanoati, transporti, aholisi va h.k.). 

Eslab qoling! 

Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida 

vujudga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni baholash va bashorat qilish hamda 

ularning oldini olish muammolari bilan  shug'ullanadi. 

Tabiiy geografik jarayonlar deb, tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida sodir 

bo'ladigan jarayonlarga aytiladi.  

  Amaliy landshaftshunoslikning tub   mohiyatii xalq ho`jaligining turli hil amaliy 

maqsadlarini xal etishda landshaft haqidagi ta`limotning nazariy tamoyillari va 

usullaridan foydalanish va tatbiq etishdan iboratdir. 

Landshaftshunoslikning amaliy jixatlaridan biri, asosan xalq ho`jaligining u yoki 

bu tarmogi talablaridan kelib chiqqan holda landshaftlarni ta`riflovchi turli 

ma`lumotlar bilan ta`minlab turishdir. Masalan, landshaft haritalari tabiiy geografik 

rivojlantirish natijalari landshaftlarning batafsil ta`rifi va  xakozolar kiradi. 

Landshaftlarga ta`luqli ma`lumotlarni amaliyotga tadbiq qilishning yana bir turi 

landshaftlarni xalq ho`jaligining ma`lum tarmoqlari maqsadlarida baholash bo`lishi 

mumkin. U ayniqsa qishloq ho`jaligi maqsadlarida yo’l qurilishi,  shahar qurilishi 

sogliqni saqlash yoki rekreatsiya maqsadlarida qilingan ishlarda yaqqol ko’zga 

tashlanadi.   

Landshaftlarga taaluqli ma`lumotlarni amaliyotga tadbiq qilish jarayonida 

landshaftlarning ma`lum bir maqsadni kuzlagan holda guruxlarga birlashtirish ya`ni 

landshaft turlarini aniqlash zaruriyati tugiladi. Ularni xalq ho`jaligining u yoki bu 

tarmogini rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqqan xolda inson tomonidan amalga 

oshiriladigan tadbir (inshoot qurilish, melioratsiya, agrotexnika va xokazo) larga 

qanday reaktsiya berishiga qarab ayrim guruxlarga birlashtirish landshaftlarni amaliy 

jixatidan baholanishni osonlashtiradi. Yana bir narsani ta`kidlab quymoq kerakki 

zalvorli ilmiy nazariy landshaft tadqiqotlarning natijalari joylar amaliy jixatidan 

baholash  zarur asos bo`lishi bilan bir qatorda har doim ham ma`lum maqsad uchun 

zarur bo’lgan ma`lumotlarni beravermaydi. Bunday holda qo’ shimcha tarzda 

tadqiqotlar dalada o`rganish ishlari o’tkazishga tugri keladi 

A.G. Isachenko   1991   tabiiy  muhitni   muvofiqlashtirish   maqsadlarida 

bajariladigan landshaft tadqiqotlarning ikki qismdan iborat deb kursatadi. 

1.Tadqiqotlarning zalvorli qismi geotizmlarning strukturasi va  xayotiy 

faoliyatiga bo’ladigan inson ta`sirini har tomonlama tahlil qilish sanaladi. 

2.Amaliy qismi esa geotizmlarni muxofaza qilish, yahshilash va oqilona 

foydalanish bo’yicha amaliy masalalarni echishda zarvorli tadqiqotlardan olingan 

ma`lumotlarni qullay bilishdir. 

                 Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 

 

1. Amaliy geografiyaning maqsadi va vazifalari qanday? 



2. Amaliy geografiyada tadqiqod usullarini gapiring? 

3. Amaliy geografiyaning ahamiyati qanday? 



 

62 


4. Amaliy geografik tadqiqotlarining ahamiyati ? 

5.Sanoat  korxonalarini  joylashtirishda amaliy  geografiyaning o’rni?. 

6.Injener-geografik  va gidrogeologik izlanishlar  usullariga baho bering?. 

7.Landshaft arxitekturasi xaqida gapiring?. 



                            Tavsiya etilgan adabiyotlar  

 

1.Чистобаев А.И., Шарыгин М.Д. Экономическая и социальная география.  Л., 

1990  

2.Максаковский В.П. Историческая география мира. -М., 1999. 



3.Саушкин Ю.Г. Изобранные труды. – Смоленск, 2001. 

4.“Географиянинг  асосий  муаммолари” ўқув  курси  бўйича  тайёрланган  ўқув 

услубий мажмуа. 

5.Солиев  А., Махамадалиев  Р. Иқтисодий  ва  социал  географиянинг  асосий 

муаммолари. Ўқув қўлланма. -Т., 2002. 

6. Goudie A. P‘hysische Geograhfie. –Munxen: «Westerman», 1997 

7.Kulke E.Wirtschafts-geograhfie.Munxen-Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004. 

8.Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001. 

9.  Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000.  

    


 

 

Фойдаланиладиган адабиётлар рўйхати 

Раҳбарий адабиётлар: 

1. Каримов  И.А. Ўзбекистон XXI аср  бўсағасида: хавфсизликка  таҳдид, 

барқарорлик шартлари ва кафолатлари. -Т.: Ўзбекистон, 1997. -110 б. 

2. Каримов  И.А.  Жаҳон  молиявий-иқтисодий  инқирози,  Ўзбекистон 

шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. -Т., 2009. 

Асосий адабиётлар:  

3. Гвоздецкий  Н.А. Основные  проблемы  физической  географии. М.: 

Высшая школа. 1979. 

4. Зокиров  Ш.С. Кичик  ҳудудлар  табиий  географияси. Т.: Университет. 

1999. 

5. Назаров  И.Қ. География  фанининг  асосий  муаммолари. Т.: Муҳаррир. 



2013. 

6. Юренков  Г.И.  Основные  проблемы  физической  географии  и 

ландшафтоведения. М.: 1982 . 

7. Солиев  А., Махамадалиев  Р. Иқтисодий  ва  социал  географиянинг 

асосий муаммолари. Ўқув қўлланма. -Т., 2002. 

8. Солиев А., Қаршибоева Л. Иқтисодий географиянинг назарий ва амалий 

масалалари. -Т., 1999. 

9.  Чистобаев  А.И., Шарыгин  М.Д. Экономическая  и  социальная 

география.  Л., 1990  

10.  Саушкин Ю.Г. Экономическая география: теория, методы,  практика. -

М., 1973. 

Қўшимча адабиётлар: 

11. Арманд Д.Л. Наука о ландшафте. М., 1975. 



 

63 


12. Забелин  И.М. Физическая  география  в  современном  естествознании. 

М., Просвещение. 1979. 

13. Мильков  Ф.Н.  Физическая  география:  современное  состояние, 

закономерниости, пролблемы. Воронеж. 1981. 

14. Николаев  В.А.  Проблемы  регионального  ландшафтоведения. М., 

Высшая школа. 1979. 

15. Преображенский  В.С. Беседы  о  современной  физической  географии. 

М.,  Наука. 1972. 

16. Сочава В.Б.  Введение в учение о геосистемах. Новосибирск. 1978. 

17.  Бабушкин В.Л., Мазуров Ю.Л. Географические основы  управления. -

М., 2000. 

18.  Баранский  Н.Н. Изобранные  труды. Становление  экономической 

географии. -М., 1980. 

19.  Витвер И.А. Изобранные сочинения. -М.; МГУ, 1998. 

20.  Колосовский Н.Н. Теория экономического районирования. -М.: 

Мысль, 1969. 

21.  Максаковский В.П. Историческая география мира. -М., 1999. 

22.  Новые взгляды на географическое образование. Перевод с анг. -М.: 

Прогресс, 1986. 

23.  Рўзиев А., Абиркулов Қ. Ўзбекистон иқтисодий географияси. -Т., 

2001. 

24.  Саушкин Ю.Г. Изобранные труды. – Смоленск, 2001. 



25.  Солиев А., Ахмедов Э., Махамадалиев Р., Назаров М. ва б. 

Минтақавий иқтисодиёт. -Т., 2003. 

26.  Солиев А., Маллабоев Т. Иқтисодий ва социал географияда айрим 

қонуниятларни ўрганиш методикаси.- Т., 1988. 

27.  Солиев А., Махамадалиев Р. Иқтисодий география асослари.-Т.; 

Ўзбекистон, 1996. 

28.  “Географиянинг асосий муаммолари” ўқув курси бўйича тайёрланган 

ўқув услубий мажмуа. 

   29. Goudie A.  P’hysische Geograhfie. –Munxen: «Westerman», 1997 

   30.Gogra’fieg’  P’hysische Geograhfieg’. –Bonn: «Cornelsen», 1989. 

   31Kulke E. Wirtschafts - geograhfie. -Munxen – Zurich: «Ferdinand  

Schoningh», 2004. 

   32.Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001. 

        33.Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000.

 

 

         



34.  Nicholas Clifford, shaun French and Gill Valentine. Key Methods in 

Geography.  

 

Электрон манбалар: 

          35.ЎзМУ ички тармоғи. 



36. 

www.undp.uz

  

37.

www.Ziyo.net

 

                   



 

64 


 

 

 



 

 

 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling