Namangan davlat universiteti geografiya kafedrasi geografiyaning asosiy muammolari


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana31.05.2020
Hajmi0.5 Mb.
#112341
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
geografiyaning asosiy muammolari


Versal geosiyosiy bosqichining boshlanishi bilan harakterlanadi va geopolitik 

kuchlar nisbatining tubdan o’zgarishiga olib keldi. Kuchli siyosiy markaz bo'lib 

hisoblangan Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Turkiya imperiyalari 


 

33 


inqirozga yuz tutdi. Ushbu davlatlarning parchalanishidan paydo bo'lgan nisbatan 

kichik davlatlarni Versal Shartnomasining mualliflari o'z ta'sir doiralariga kiritishni 

maqsad qilib oldilar. Versal Shartnomasi siyosiy yetakchilikni quruqlikda Fransiyaga, 

dengizda esa Angliyaga tegishini ta'minlab berdi. G'olib davlatlar siyosatchilari 

nuqtayi nazaridan Rossiya uchun Yevropada joy yo'q edi. Versal Shartnomasining 

ajralmas qismi hisoblangan Millatlar ligasi nomidan Germaniya va Turkiya imperiya-

lari koloniyalari g'olib davlatlar tomonidan bo'lib olindi. AQSH Prezidenti 

Vilsonning rejalariga ko'ra Rossiya davlati bir necha ta'sir doiralarga bo'liniShi kerak 

edi. Masalan, Kavkaz Turkiya imperiyasining bir qismi sifatida, O'rta Osiyo esa 

biron-bir Yevropa davlatining pro-tektorati qilinishi lozim edi. Rossiya va Sibirning 

o'zida esa amalda hech qanday siyosiy kuchga ega bo'lmagan qaram davlat tuzish 

ko'zda tutilgan edi. Shu maqsadda jahonning 15 ta yirik davlati o'z qo’shinlarini 

Rossiya hududiga kiritdi. 

Birinchi jahon urushida eng katta yutuqqa AQSH burjuaziyasi erishdi. U o'z 

kuchini his qilgan holda 1922-yilda Vashington konferentsiyasida AQSH Angliya 

bilan bir qatorda harbiy dengiz flotiga ega bo'lish huquqini qo'lga kiritdi. 

Millatlar ligasi yordamida g'olib davlatlar tomonidan Germaniya va Rossiya 

o'rtasida Fransiya va Angliya davlatlari ta'sir doirasida bo'lgan bir gurux davlatlardan 

iborat « sanitar kordon»  tashqi etildi va bu  bilan  ikki yirik davlatning to`g`ridan – 

to`g`ri aloqalariga chek qo`yildi. 

Ikkinchi jahon  urushi Versal  tinchligiga chek ko`ydi . Urushning  barcha 

qiyinchiliklarini sobiq ittifoq o`z bo`yniga oldi , lekin ushbu urushdan u harbiy va 

geosiyosiy jihatdan mustahkam bo`lib chiqdi. O`z tarixida birinchi marta  Rossiya 

atrofida yirik geopolitik  blokni  tashqi etdi. Keyinchalik ushbu blokni  mafkuraviy va 

axborot qurollari yordamida  parchalash uchun yarim asr  vaqt sarflandi. 

          Postdam bosqichi  1945 – yildan boshlandi. Berlin shaxri yaqinida joylashgan 

bu shaharchada imzolangan shartnoma Germaniya va uning ittifokchilari ustidan 

ustidan qozonilgan  g`alabadan so`ng Yevropadagi  kuchlar muvozanatini  o`zida aks 

ettirdi, yangi  geosiyosiy  kuchlarning holatini ,  yangi chegaralarni  aniqlab berdi. 

Shartnoma  jahonning ko`pqirralilikdan biopolyar tizimga  o`tganligidan dalolat berar 

edi. yani bir tomondan , kontinental (quruqlik)  kuchlarini namoyon qiluvchi  sobiq 

ittifoq  va uning  ittifoqchilari, ikkinchi tomondan , ko`proq  dengiz kuchlarini o`zida 

namoyon qiluvchi AQSH va uning ittifoqchilari geosiyosat olamida tan olindi. Bu 

ikki  qutbning qarama – qarshiligi  Postdam  bosqichining mazmunini aniqlab berdi. 

Uning ahamiyatga molik  tomoni shunda ediki, ikkita yirik qutbning  qarama – 

qarshiligi «sovuq» va yadro urushlari  o`rtasidagi  muvozanatda kechdi. 



   

Sobiq ittifoq   tashqioti tashqi o`zgarishlar va rivojlanishlarga   nisbatan  

moslashuvchanlik  darajasi  past bo`lganligi uchun  inqirozga  yuz tutdi. 

   


Belovej davri  yangi davlatlarning paydo bo`lishi bilan harakterlanadi. 

Birinchi navbatda   jahonning yangi xukmdorlari «barxatli» va ma’lum kuchga  

tayangan  holda  sobiq ittifoq atrofida, so`ngra Rossiyada yangi jahon  qoidalarini 

shakllantirmoqdalar. Ular  Versal Shartnomasi  qoidalariga  asoslangan holda  ish 

yuritmoqdalar.   

            

Geosiyosatning  asosiy  qoidalar  kategoriyalari.Geosiyosatning   asosiy 

kategoriyasi  siyosiy makonni  nazorat  qilishdir. Jahon siyosiy makoni o`z navbatida  



 

34 


mintaqalarga ,  rayonlarga  davlatlar  bloki va  ittifoqlariga  bulinib ketadi.Shu sababli  

geosiyosat kategoriyalari quyidagilardan iborat: geostrategik mintaka, geosiyosiy 

mintaqa ,  davlatlar bloki,  geosiyosiy ittifoqlar ,  qudratli, tengi yuq davlat , kuch 

markazlari , geosiyosiy  chiziqlar (yo`nalishlar ),  frontal   boshqalar. 

   

Geostrategik mintaqa  jahon siyosiy makonining  bir qismi bulib , u o`ziga 

xos  hududga ,  savdo va madaniy – mafkuraviy aloqalarning o`ziga xos  xususiyatlari 

bilan ajralib turadi. Geostrategik mintaqa esa  geostrategik  mintaqaning  bir qismi  

bo’lib , maydoni  uncha katta bo`lmasa ham , siyosiy,   tashqi va savdo  aloqalarining  

yuqori darajadagi  sur’ati bilan  ajralib turadi (Evropa, Amerika, Xitoy,  Janubi 

Sharqiy Osiyo va boshqalar). Geosiyosiy mintaqa o`z navbatida davlatlar chegaralari  

bilan mos tushuvchi  siyosiy rayonlarga  bulinadi. Siyosiy rayonning eng muhim  

xususiyati  siyosiy  birlik va yaxlitlikdir. Har bir rayon  o`ziga xos  shakl va 

o`lchamlariga  ega.  

   


Davlat chegaralarining  barpo qilinishi  va rasmiylashtirilishi milliy davlatning 

shakllanishi va rivojlantirish  davrida amalga oshiriladi. Chegaralar  ular o`rab turgan 

« Millat - davlat» makonining geosiyosiy  rasmiylashtirilishidir. Bundan tashqari , 

tabiiy va sun’iy chegaralar mavjud.  Tabiiy chegaralarga  tog`lar,  daryolar  dengiz v 

ko`l    akvatoriyalari  kiradi.    Sun’iy  chegaralar    quruklikda  ham  ,  suvda  ham    aniq  

tabiiy ob’ekt  bo`lmagan  joylarda o`tkaziladi. Bunda geografik kenglik  va uzunlik  

elementlari bo`lgan parallellar va meridianlar  hisobga  olinadi. Masalan, AQSH va 

Kanada o`rtasidagi  davlat chegarasi  49 parallellar buyicha  1450 km ga cho`zilgan. 

Sun’iy chegaralar  davlatlarning  o`zaro kelishuvlari asosida  o`tkaziladi va 

tasdiqlanadi. 

         Geosiyosatda tabiiy  chegaralarga   ko`proq e’tibor beriladi. Dengiz chegaralari  

eng qulay chegara xisoblanadi. Mashxur olim F. Fatsel «Qirg`oq bizlarga  qo`shni 

sifatida  tabiatni in’om etdi va bu qo`shni  har qanday  do`stona  davlatdan  afzaldir», 

- degan edi.  

Dengiz chegaralari  boshqa davlatlar bilan   aloqa o`rnatishga  katta imkoniyat 

yaratadi. Shuning uchun uning qiymati uzunligi  ortgan sari  ortib boradi. 



                1. Dunyo siyosiy haritasining ahamiyati va o’ziga xosligi. 

          

Siyosiy haritaning ahamiyati g’oyat  katta  bo’lib,  u mamlakatlarning  xalqaro 

o’rnini dunyoda egallagan mavqeyini, ularning ichki siyosiy-ma'muriy tuzilmasi 

xususiyatlarini o’zida yaqqol aks ettiradi. Mamlakatlar va xalqlarning butun hayoti 

ularning davlat (siyosiy) chegaralarida o’z hududlarida o’tadi. Ularni aynan shu 

yo’nalishda o’rganish  tashqi, ijtimoiy va siyosiy geografiyaning asosiy vazifasi 

hisoblanadi. Bir tomondan dunyo va regional muammolar ayrim mamlakatlarning 

muammolaridan o’sib chiqadi va shakllanadi, boshqa tomondan esa ularning 

rivojlantirish boshqa ko’plab mamlakatlarga bevosita katta ta'sir ko’rsatadi.   

   

Shu bilan birga bir qatorda halqaro hayotda siyosiy,  iqtisodiy, ekologik 



muammolarni bir nechta davlatlarning birgalikdagi say-harakatlari,  umumiy 

mablag’lar hisobiga hal etish hollari tobora ko’payib bormoqda. Bunda muammolar 

yechimi davlat chegaralaridan tashqariga chiqmoqda va chegaralar esa davlatlarni 

ajratib turadigan to’siqlarni o’zaro aloqa, hamkorlik chiziqlariga aylanmoqda. Lekin 

chegaralar  ochiqligi  davlat  hududlari  suverenitetining  tugaganligini  aslo 

ko’rsatmaydi.  Mustaqil davlatlarning  tashkil topishi, shakllanishi, rivojlantirish, 



 

35 


shuningdek, ularning barbod bo’lishi yoki suverenitetining tugatilishi, o’zgarishi yoki 

tubdan o’zgartirilishi va boshqalar g’oyat murakkab tarixiy jarayonlar bo’lib, ko’plab 

ichki va tashqi amallar-siyosiy, ijtimoiy,  tashqi, etnik, diniy va boshqalar bilan 

belgilanadi.  Ayni paytda,  dunyoning biron mamlakati daryo turlari zichligi,  har yili 

ko’p marta sodir bo’ladigan,  katta moddiy zarar yetkazadigan,  hududning katta 

qismini suv ostida qoldiradigan toshqinlarning katta miqyosi bo’yicha Bangladeshga 

tenglasha olmaydi.  

2. Dunyo siyosiy haritasi shakllanishining xususiyatlari va asosiy bosqichlari 

    Siyosiy harita-geografik harita bo’lib mamlakatlarning, mintaqalarning va 

dunyoning siyosiy bo’linish jarayonini ifodalaydi. Siyosiy geografiya- iqtisodiy va 

ijtimoiy geografiyaning muhim tarmog’i bo’lib siyosiy-geografik holat va 

davlatlarning chegaralari, hududlarning shakllanishi, davlat tuzumi va siyosiy-

ma'muriy bo’linish hamda jamiyatning siyosiy-ijtimoiy tarkibini, davlatlarning 

hozirgi dunyo siyosiy- tashqi tizimidagi roli va o’rnini o’rganadi. 

   

Siyosiy geografiya: Hozirgi bosqichda dunyodagi mamlakatlarning davlat va 

jamiyat qurilishining bosh belgilari va xususiyatlari, mamlakatlarning ichki va tashqi 

siyosatining asosiy yo’nalishlari; 

 

Mamlakatlarning siyosiy-geografik ya'ni (geostrategik) mikro, mezo va makro 



holati, davlat chegaralarining, hududiy tarkibining shakllanish bosqichlari; 

 

Mamlakatlar aholisining milliy, ijtimoiy-siyosiy- iqtisodiy hayotdagi roli va 



o’rnini; Mamlakatlarning jahon hamjamiyatidagi, xalqaro siyosiy  tashqi va nodavlat  

tashqiotlardagi o’rni, mamlakatlarning siyosiy maqsadlari va xalqaro munosabatlar 

tizimidagi ishtirokini tadqiq qiladi.  

 

 Siyosiy-geografiyadagi eng  muhim  geografik  muammolaridan  biri-dunyo 



siyosiy kartasining shakllanish jarayonidir. Bu jarayon  tashqi harakterga ham ega 

bo’lib, ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining “vaqt chizig’i” davomida rivojlanish 

bosqichlarini ifodalaydi. Dunyo siyosiy kartasining shakllanish jarayoni avvalo 

ijtimoiy mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, xususiy mulkchilikning rivojlantirish, 

sinflarining va turli ijtimoiy tabaqalarning  manfaatlarini himoya qiluvchi 

davlatlarning ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatida  tashkil topishini ifodalaydi. Dunyo 

siyosiy kartasining shakllanishini quyidagi bosqichlarga bo’lib o’rganish maqsadga 

muvofiq: 

 

1. Mil.old IV ming - III minginchi yillardan to mil. V asriga qadar; 



 

2. Mil V asrdan to XVII asrning o’rtalari; 

 

3. XVII asr o’rtalaridan to XIX asr o’rtalari; 



 

4. XIX asr 70-yillaridan to XX asr boshlari 1913  

 

5. XX-asrning 20-90 yillari va XXI asr boshlari;  



3. Dunyo mamlakatlari tipalogiyasi. BMT tamoyillari bo’yicha mamlakatlarni 

guruhlashtirish 

   


 Bugungi dunyo siyosiy kartasida 209 ta davlat mavjud. 1900 yilda dunyo 

siyosiy kartasida-55 ta mustaqil davlat bo’lsa, 1947 yilda - 57 ta, 1980 yilda -160 ta 

va 1999 yilda-187 taga yetdi. Dunyo siyosiy kartasida mamlakatlarni turli 

ko’rsatkichlar bo’yicha  guruhlashtiriladi. Jumladan: hududlar bo’yicha-chunki 

mamlakat hududi va aholisining kattaligi-siyosiy  tashqi va ijtimoiy rivojlanish 

omilidir. Shunga ko’ra, dunyo siyosiy kartasidagi mamlakatlar yirik, o’rta, kichik 



 

36 


(mitti) davlatlarga bo’linadi. Hududi va aholi soni jihatidan mamlakatlar, o’rtasida 

farq juda katta, ya'ni Rossiyadan (17,8 mln.kv.km.) to eng mitti davlat Vatikanga 

(0,44 km.kv) qadar bo’linadi. 3 mln.kv.kmdan ortiq hududga ega bo’lgan (Rossiya, 

Kanada,AQSh, Braziliya, Avstraliya va Hindiston) ya'ni 7 davlat quruqlikning 50,0 

foizdan ortig’ini egallaydi. 100,0  mln.dan ortiq aholiga ega mamlakatlar 10 ta bo’lib 

jahon aholisining 3/5 qismini  tashqi qiladi. 

 

           Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:   



              1.  Geosiyosat haqida tushuncha?. 

               2. Geosiyosat asoslari fanining tadqiqot ob’ekti va predmeti? 

               3. Siyosat va geografiya fani o’rtasidagi aloqadorlik? 

               4.  Geosiyosiy bosqichlarni sanang? 

               5. Geosiyosat va mintaqaviy siyosatning o’zaro farqlari.? 

                                

                           

                                     Tavsiya etilgan adabiyotlar 

1.Чистобаев А.И., Шарыгин М.Д. Экономическая и социальная география.  Л., 

1990  


2.Максаковский В.П. Историческая география мира. -М., 1999. 

3.Саушкин Ю.Г. Изобранные труды. – Смоленск, 2001. 

4.“Географиянинг  асосий  муаммолари” ўқув  курси  бўйича  тайёрланган  ўқув 

услубий мажмуа. 

5.Солиев  А., Махамадалиев  Р. Иқтисодий  ва  социал  географиянинг  асосий 

муаммолари. Ўқув қўлланма. -Т., 2002. 

6. Goudie A. P’hysische Geograhfie. –Munxen: «Westerman», 1997 

7.Kulke E.Wirtschafts-geograhfie.Munxen-Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004. 

8.Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001. 

9.Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000.  

     

 

 



 Mavzu -8:  Shaharlarning rivojlantirish  va  urbonizatsiya muammolari 

                                                 Reja: 

8.1. Shaharlarning geografiyasi  fan sifatida uning ob’ekti, predmeti,tadqiqot 

usullari va  fanlar turkumi.  

8.2.   Shaharlarning geografik     uziga xos xususiyatlari. 

     8.3. Shaharlarning iqtisodiy geografik o’rnining turli yo’nalishlari va bosqichlari. 

     8.4.   Shahar kategoriyalari va shaharlarningni oddiy klassifikatsiyasi. 

     8.5.   Shaharlarning gipertrofiyasi haqida tushuncha.      

     


8.6.   Aglomeratsiya  haqida tushuncha, aglomeratsiya shakllanishi uchun zarur 

shart va sharoitlari.  

          

Tayanch so’z va iboralar: Shaharlarning kategoriyasi, yirik shaharlarning, o’rta va 

kichik  shaharlarning,  miqdoriy  ko’rsatkichlar,shaharlarning  gipertrofiyasi. 

shaharlarning, poytaxt shaharlarning, shaharlarningni muqaddasligi, bozor  tashqioti 

va shaharlarning, shaharlarning geografiyasi. 

 

 


 

37 


 

Geourbanistika yoxud shaharlarning geografiyasi aholi va aholi manzilgohlari 

va umuman, iqtisodiy va sotsial geografiyaning eng rivojlangan yo’nalishidir. 

Shaharlarning boshqa iqtisodiy geografik ob’ektlarga qaraganda o’zining yaxlit, 

darhol ko’zga tashlanib turishi bilan farqlanadi. Buning sababi - ularning ishlab 

chiqarishni, ijtimoiy - tashqi voqelikni xuddudda, geografik haritada o’ziga xos 

tasvirlashdir.  

Ma’lumki,  tashqi haritalarda asosan uch hududiy shakl ko’rsatiladi: chiziqlar 

yo’llarga mos kelsa, areal yoki maydonlar-qishloq  xo’jalik sohalariga, nuqta va 

tugunlar (tugunchalar) esa sanoat markazlari, shaharlarningni aks ettiradi. Binobarin, 

aytish mumkinki, iqtisodiy va sotsial geografiyaning asosiy tadqiqot ob’ekti ana shu 

uchlik, hududiy yoki geografik geometriya hisoblanadi va  ularni tahlil etish bu 

fanning tub masalasidir.  

Shaharlarning geografiyasining iqtisodiy va sotsial geografiya fani doirasidagi 

bunday yutug’ini boisi nima? Avvalambor, ta’kidlash lozimki, shaharlarning hududiy 

birlikdir ikkinchidan, ular murakkab sotsial- tashqi kategoriya; uchinchidan, 

shaharlarningda atrof-muhit, mazkur xududning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati, misli 

oynada aksni topganidek, yaxlit mujassamlanadi; to’rtinchidan, shaharlarning har bir 

davlat, xudud, iqtisodiy va sotsial geografik tizimning tayanch nuqtalari, «ustunlari» 

bo’lib xizmat qiladi. Shaharlar-bizning o’tmishimiz, hozirgi kundagi qudratimiz va 

istiqbolda rivojlanish quvvati va imkoniyatimizdir. Ular yerdagi chinakam porloq 

yulduzlardir.   

Shaharlarning juda murakkab mavjudot bo’lib, serqirali vazifalarni bajaradi. 

Siyosiy jihatdan olsak, har bir davlat o’zining shaharlarning to’ri va, ayniqsa, 

poytaxti (dorulsaltanati) bilan kuchlidir. Bejiz emaski, har qanday urush-yurushlar 

muvaffaqiyati va zafari dushmanning shahar va qal’alarini zabt etishda, bo’yin 

sundirishda o’z isbotini topgan. Demak, qadimda shaharlarning butun yurtga, 

mamlakatga, boylikka nisbat berilgan. Ularni turli mamlakat yoki «iqlimlarda» 

turlicha atashgan: qubba, madinat, polis, bolig’, bozor, taun, grad, pur, burg, vill va 

xokazolar ayni paytda shaharlarning geografiyasining kengligidan dalolat beradi. 

Bundan ko’rinib turibdiki, shaharlarning davlatlarning siyosiy xayotida, ularning 

jahon hamjamiyatida, geosiyosiy tuzilmasida muhim rol o’ynaydi.  



Shaharlarning qudrati ularda mujassamlangan   tashqi saloxiyat bilan 

belgilanadi. Shaharlarning, eng avvalo, qishloq xo’jaligi bo’lmagan tarmoqlarning 

hududiy  tashqi etish shakli sifatida  tashqi jihatdan samarali, serdaromad, 

harakatchan (dinamik) yo’nalishlarni o’zida mujassamlashtirgan. Shu bois har 

qanday mamlakat milliy   iqtisodiyotining tarkibi, rivojlanganlik darajasi va xalqaro 

mehnat taqsimotidagi o’rni, undagi mavjud shaharlarning tizimi, urbanizatsiya 

jarayoni bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda  shaharlarning ilmiy-texnikaviy, madaniy 

salohiyatlari ham salmoqlidir

[10]

.  

Shahar bozor  munisabatlariga o’tishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. 

Ularda mavjud bo’lgan bank-moliya tizimlarini bozor infrastrukturasi ma’nosida 

ta’riflash mumkin. Binobarin, mustaqil mamlakatimizning siyosiy xayoti va uning 

bozor munosabatlariga o’tish davrida   shaharlarning ahamiyati beqiyosdir. 

Shaharlarningda zamonaviy tarmoqlar, ilg’or texnologiya joriy etish imkoniyati katta; 



 

38 


xorijiy sarmoyadorlar ham asosan shaharlarning va, ayniqsa infrastruktura tizimi 

mukammal shakllangan markazlarni tanlashadi. Shaharlarningda tovar ayriboshlash,  

 

 

10



 Kulke E.Wirtschafts-geograhfie.Munxen-Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004. 

 

 



pul oboroti (aylanishi) faol bo’ladi. Bularning barchasi shaharlarga yangicha qarashni 

taqozo etadi. 

Shaharning madaniy-ma’naviy, diniy, tarixiy jihatlarini ham unutmaslik lozim. 

Qadimda, xususan, dini islomda shaharlarga oydek nisbat berilgan, ular dorul, bayt-

ul, sharif kabi iboralar bilan ulug’langan. Agar dashtiy yovuzlar shaharlarning 

rivojlantirishga qarshi bo’lgan bo’lsalar, musulmon olamida shaharlarningni barpo 

etish va ularni yuksaltirishga jiddiy e’tibor berilgan.  

 

O’tmishda shaharlarning goh avj olishi, goh tushkunlikka uchrashi madaniyat 



(tsivilizatsiya), ijtimoiy rivojlanishning doimiy yo’ldoshi bo’lgan va ana 

 

shunday 



davriy notekisliklar tarix bosqichlarini belgilab turgan. shuning

 

uchun yurtning tarixi, 



tavsifi va taqdiri ko’p jihatdan   shaharlar bilan bog’liqdir. Har qanday shaharlarning 

azaliy va adabiy muqaddas joylardir, chunki bu joylarda buyuk avliyo va allomalar 

qabri mavjud. Ko’pgina shaharlarning ana shunday fazilatga ega. Bu borada Makka 

va Madina, Buxoro, Turkiston, Samarqand, Xiva, Toshkent, Termiz, G’ijduvon, 

Shahrisabz, Chustga o’xshash shaharlarni tilga olish kifoyadir. 

 

Shaharlarimizning xosiyatli tuprog’i, yeru suvi dunyoga mashhur siymolarni 



bergan. Ular esa ismi-shariflari bilan o’z navbatida tug’ilgan va yashagan shaharlarni 

dunyoga mashhur qilishgan, adabiylashtirgan. 

 

Shaharlarning muqaddasligi qadamjoylar va mozorlar bilan bog’liq bo’lgan; 



qabristonlar shaharlarning o’tmish sirlari, tarixini saqlaydi, ulardagi bozorlar esa 

yurtning ijtimoiy xayotini minatyurada mujassamlantiradi. Binobarin, shaharlarning 

shu o’lka, diyorning iqtisodiy va sotsial, ijtimoiy geografiyasini ko’zgusidir. 

 

Halqimiz xayotida bozorlar azaldan muhim o’rin tutgan; bozori bor joy shahar 



deb yuritilgan (hozir ham Xitoyning Uyg’uristonida kichik shaharlarning, rayon 

markazlari ba’zan bozor deb aytiladi). Bozorlar mamlakatning turli shaharlarningida 

haftaning deyarli har kunida navbatma-navbat uyushtirilgan, ayniqsa, chorshanba, 

payshanba, juma va yakshanba kunlari bozorlar nihoyatda gavjum bo’lgan. Shu bois 

sharq bozorlarining shahar hosil qiluvchi vazifasi ularning shahar halqigagina emas, 

balki butun atrof ahliga xizmat qilishda ko’ringan. Shaharliklar uchun bozorlar har 

kuni va bir joyda muqim, barqaror bo’lsa, qishloq ahliga esa bozor har kuni va har 

joyda bo’lgan. Bozor kunini oila a’zolari zoriqib kutishgan, shu kunga mo’ljallangan 

ma’lum maqsadlarni rejalashtirgan; bozor bolajonlarga sovg’a bergan, oilaga ro’zg’or 

yumushlarini bajargan, oila va qo’ni-qo’shni,  maxalla uchun axborot vazifasini ado 

etib kelgan. 

 

Yurtimizga turli maqsadda tashrif buyurgan sayohatchilar, musofir va 



boshqalar, eng avvalo, shaharlarimizning bozorlarini ta’riflashgan. Shaharning katta-

kichikligi, mamlakat va yurtda tutgan mavqeini bozor xajmi, unda savdo -sotiq 

qilinadigan tovarlar, matolar geografiyasi bilan baholashgan. Shu sababli sharq 

madaniyatini va tarixini bozorlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bizning «bozor»  

atamamiz Buyuk ipak yo’li orqali Yevropaga, ulardan esa Amerika qit’asiga ham 

kirib borgan.  



 

39 


 

Demak,  shaharlarning geografiyasining ob’ekti  ma’lum bir hududda tarixan  

shakllangan shahar yoki shaharlarning to’ri, tizimidan iboratdir. Uning predmetini esa 

quyidagicha  ta’riflash  mumkin.  Shaharlarning geografiyasi iqtisodiy va sotsial 



geografiyaning alohida tarmog’i bo’lib, u turli mamlakat   yoki rayonlarda  

shaharlarning vujudga kelish va rivojlanish xususiyatlari, ularning murakkab 

hududiy tizimlarining shakllanish qonuniyatlarini o’rganadi

[

.

11] 

Shaharlarning geografiyasi sanoat, transport, aholi geografiyasi, hamda shaharsozlik 

va rayon planirovkasi, sotsiologiya, demografiya, aholiga xizmat ko’rsatish sohalari 

geografiyasi kabi yo’nalishlar bilan aloqa qiladi. Uni o’rganishda  geografik 

taqqoslash, kartografiya, tarixiy, statistik, modellashtirish va boshqa metodlardan 

foydalaniladi. 

Shu bilan birga shaharlarni o’rganish orqali mamlakat yoki viloyatning 

o’tmishi, ularning hozirga axvoli, ijtimoiy va siyosiy vaziyatidan boxabar bo’lishi 

mumkin. Ayni paytda shaharlarning   geostrategik ahamiyati  ham katta.   Ammo, 

shaharlarning aholi punktlarining boshqa shaklidan, jumladan, qishloqlardan keskin 

ajratish ham nodurustir. sababi, shaharlarning aksariyati, xususan, bizning 

sharoitimizda qishloqlar negizida shakllangan. Qolaversa,   Osiyo   yoki sharq 

shaharlarning, aslida shahar va qishloqlarning ajralmas birligidir. shaharlarning ham 

tarixi uzoq. Biroq bu tarix insoniyat tarixidan qisqa bo’lib, bu davr jamiyat tarixiga 

mos keladi. Shaharlarning jamiyatning hudidiy birikmasi (sotsiumi) shaklida sinfiy 

tuzum, ya’ni quldorlik davrida ko’proq rivojlana boshladi. Umuman olganda, 

shaharlarning vujudga kelishini ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog’laydilar.  

 Quldorlik davrida shaharlarning qul savdosi markazi bo’lgan. Ayni shu 

vaqtda, ular davlat markazlari vazifasini ham o’taganlar. Natijada, shahar-davlat 

(goroda-poliso’) vujudga kelgan. Masalan, Rim, Afina, Vizantiya, Vavilon, Buxoro,  

Samarqand (Marokand) shular jumlasidandir. 

Feodalizmda shaharlarning rivojlantirishning hunarmandchilik va qishloq 

xo’jaligi, yerdan foydalanish bilan (feod-er) bog’liq bo’lgan. Bu davrda shaharlarning 

katta hududlarning siyosiy, diniy,  tashqi va madaniy hamda savdo markazlari 

funktsiyasini bajargan. 

       


Shuni alohida ta’kidlash joizki, «Shahar» tushunchasi, barcha el va yurtlarda, 

mamlakat va muzofotlarda aynan bir ma’noda talqin qilinmaydi, ular bunday 

maqomda  turli  davlatlarda  turlicha  belgilanadi.  Chunonchi,  islom dini 

mamlakatlarida shaharlarning (Qubbalar) avvalombar bozor va masjidlarning soni 

bilan belgilangan. G’arb mamlakatlarida shaharlarning aholi soni va zichligi, 

joylarning arxitekturasi va qurilish shakli, manzilgohning bajaradigan vazifasiga 

o’xshash mezonlar orqali ajratilgan.  

O’zbekistonda 1972 yildan beri aholi  manzilgohining  shahar maqomini olishi 

uchun eng kamida 7 ming aholigi ega bo’lishi hamda ularning ko’pchiligi qishloq 

xo’jaligi bilan bog’liq bo’lmagan sohalarda band bo’lmog’i shart. 

Shaharlar murakkab tushuncha shu bois ulardan turli fan vakillari har hil talqin 

qiladilar. Masalan, iqtisod uchun shahar asosan ishlab chiqarish, eng avvalo sanoat  

 markazi, sotsiologiya uchun o’ziga xos yashash muhiti, tarixchi uchun o’tmishdan  


 

40 


guvohlik beruvchi joydir va x.k. Iqtisodiy geografiyada esa shahar-bu qishloq 

xo’jaligi bo’lmagan sohalar va ular bilan shug’ullanuvchi aholining hududiy  tashqi 

etish shakllidir; u dinamik ijtimoiy-iqtisodiy tizim (sistema) hisoblanadi. Oldingi   

______________________________________________________________________________ 

11

Kulke E.Wirtschafts-geograhfie.Munxen-Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004. 



 

 

Mavzulardan ma’lum bo’ldiki, shaharlarning har hil omillar asosida vujudga kelib, 



o’ziga xos vazifalarni bajarishga ixtisoslashadilar. Agar dastlabki  shaharlarning uzoq 

o’tmishda paydo bo’lishi ijtimoiy mehnat taqsimoti ta’sirida bo’lsa, ularning 

funktsional tiplari hududiy mehnat taqsimotining natijasidir.  

 

Shaharlarning bajaradigan vazifalariga ko’ra turliligi ularning ayni paytda 



katta-kichikligini ham belgilab beradiki, bu shaharlarning geografiyasidagi muhim 

qonuniyatlardan biridir. Demak, shaharlarning katta-kichikligiga qarab ularning 

funktsiyasi  tashqi topmaydi; aksincha, shaharlarning funktsiyasi,  tashqi yo’nalishi 

aksariyat hollarda ularning yirikligini ifodalaydi. 

Shaharlarning o’z ko’lamiga qarab eng avvalo 3 kategoriyaga bo’linadi 

(umuman, bunday «uch o’lchovlik» barcha mavjudotlarga ham xos): katta, o’rta va 

kichik. Biroq bu tushunchalar tarixiy-geografik nuqtai nazardan nisbiydir. Masalan, 

bir vaqtlar yirik hisoblangan shahar hozirgi davrda bunday bo’lmasligi aniq.  Ayni 

paytda shaharlarning kata-kichikligini belgilovchi miqdoriy ko’rsatkichlar ham 

hamma vaqt va barcha mamlakatlarda bir hil emas. Tabiiyki, uzoq qishloq aholisi 

uchun tuman markazi ham ancha yirik shahar hisoblanadi. Ammo, mamlakat va 

uning poytaxta darajasidan qaraganda xatto ba’zi viloyat markazlari ham ancha 

kichik ko’rinadi. 

Shuni alohida ta’kidlash joizki, geografik taqqoslash va ilmiy tadqiqotlarni 

bajarishda barchaga xos bo’lgan umumiy mezon kerak, ya’ni  shaharlarning yiriklik 

kategoriyasi, sub’ektiv va maxalliy qarashlaridan qat’iy nazar, hammaga bir bo’lishi 

shart. 

Shu nuqtai nazardan yondoshganda yirik yoki katta shaharlarning aholisi 100 



ming kishidan ortiq, o’rta shaharlarda 50-100 ming va kichik shaharlarning har birida 

kamida 50 ming kishigacha aholi bo’lishi kerak. Bunday klassifikatsiya oddiy va 

barchaga tegishlidir. Maxsus ilmiy tadqiqotlarda esa shaharlarning klassifikatsiyasi 

ancha keng turlangan bo’ladi:  

 

 

I.  10 minggacha        -mayda shahar 



II. 10-20 ming           -kichik shahar 

III.20-50 ming          -«yarim o’rta» shahar 

IV.50-100ming         -o’rta shahar 

V.  100-250ming        -katta shahar 

VI. 250-500ming       -yirik shahar 

VII. 500-1000ming    -eng yirik shahar 

VIII. 1000 ming va  undan ortiq  -millioner shahar.  

 


 

41 


Albatta,  shaharlarning bunday miqdoriy ko’rsatkichlari tasodifan bo’lmay, u 

ma’lum qonuniyatlarga ham asoslanadi. Chunonchi, I-klass shaharlarningi ko’pincha 

temir yo’l stantsiyalari yoki kichik resurs shaharchalaridan  tashqi topsa, II-

klassdagilar asosan resurs shaharlarning, III-klass esa deyarli batamom tumanlarning 

ma’muriy markazlaridan iborat. Bu toifadagi shaharlarning qisman IV-klassda ham 

bor. Ammo V-klassdan to’la tekis viloyat markazlari joy oladi. 

           

Shaharlarning  klassifikatsiyasida  «birinchi»  va  «ikkinchi»  shahar 

tushunchalari mavjud, Masalan, O’zbekistonning birinchi shaxri uning poytaxti 

Toshkent bo’lsa, uning ikkinchi darajasidagi shaxri Samarqanddir (hozirgi kunda bu 

mavqega Namangan da’vogarlik qilmoqda). 

Umuman, respublikamizda 17 ta yirik shaharlar bor.   

 I 

Toshkent 



2135.9 

I.   


Namangan 

380.9 


II.  

Samarqand 

362.1 

III. 


Andijon 

328.9 


IV. 

Buxoro 


239.5 

V.  


Qarshi 

198.8 


VI. 

Nukus 


201,8 

VII. 


Qo’qon 

193,8 


VIII. 

Farg’ona 

185,2 

IX. 


Marg’ilon 

153,8 


X.  

Chirchiq 

145,1 

XI. 


Urganch 

139.1 


XII. 

Angren 


129,0 

XIII. 


Jizzax 

126,7 


XIV.  

Navoiy 


121,5 

XV. 


Olmaliq 

115,1 


XVI.  

Termiz 


111,9 

 

Shaharlarning yoyilib ketishi, qimmatni qishloq xo’jalik yerlari hisobidan kengayishi 



ma’lum darajagacha davom etib boraveradi. Keyinchalik Shahar hududining cheksiz 

kengayishi to’xtab «qoladi», u tog’ yoki daryo, davlat chegarasi yoki dengiz kabi 

to’siqlarga duch keladi, shahar ichida esa uy-joy, transport, ekologiya muammolari 

keskinlashadi. Natijada o’ziga xos «revolyutsion vaziyat» vujudga keladi: yirik 

shahar muhiti, uning fan-texnika, infrastruktura salohiyati o’ziga yangi-yangi 

korxonalarni jalb qiladi, biroq yuqoridagi qiyinchiliklar buni cheklab qo’yadi. Ana 

shunday tartibda, yirik shaharga yaqin joyda uni to’ldiruvchi, ixtisoslashgan shahar 

va shaharchalar vujudga keladi. Bunday «yo’ldosh» shaharlarningda markaziy shahar 

ehtiyojini qondiruvchi yoki unga xizmat qiluvchi ob’ektlar o’rnashadi. shunday qilib, 

yirik shahar o’z rasmiy chegarasidan chiqadi, miqdor o’zgarishi sifat o’zgarishiga 

o’tadi, hududiy mujassamlaShuv o’z shaklini o’zgartiradi va  shaharlarning hududiy 

to’plami paydo bo’ladi. 

 

Ko’rinib turibdiki, aglomeratsiyalar har qanday sharoitda ham vujudga 



kelavermaydi; juda ko’p shaharlarning bo’lsa-yu, ular orasida aglomeratsiya tash kil 

 

42 


qiluvchi markaz bo’lmasa, yoki aksincha, yirik shahar bir o’zi bo’lsa bunday holda 

aglomeratsiya shakllanmaydi. Masalan, Jizzax  katta shahar, lekin uning atrofida 

shaharlarning kam; Navoiy ham deyarli shunaqa vaziyatda, yoki Shaxrisabz, Kitob, 

Yakkabog’ va boshqa shaharlarning ham mavjud, ammo Shaxrisabzning o’zini 

aglomeratsiya hosil qilish qudrati past. 

Aglomeratsiyalar bir markazli (monotsentrik) va ko’p markazli (politsentrik) bo’ladi. 

Farg’ona-Marg’ilon, Angren-Olmaliq aglomeratsiyalar ikki markazli hisoblanadi, 

Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, QarShi, Nukus, Urganch va boshqa 

aglomeratsiyalar bitta yirik shahar atrofida vujudga kelgan. 

 

 O’zbekiston (va  O’rta Osiyo) aglomeratsiyalari  o’ziga  xos  mintaqaviy 



xususiyatlarga ega. Ular asosan tog’ oldi hududlarda sug’orma dexqonchilik 

joylarida, elektr transporti sust rivojlangan, atrofi qishloq xo’jalik ekinlari bilan 

o’ralgan sharoitda vujudga kelgan.  mohiyatian, bizning aglomeratsiyalar shahar 

emas, balki shahar-qishloq aglomeratsiyalaridir. 

 

Agar shahar va shaharchalar, o’zaro hududiy tutaShib, qo’shilib ketsa, u holda 



yaxlit -ulkan shahar vujudga keladiki, ularni konurbatsiya deyishadi (London, Rur 

havzasi konurbatsiyasi va x.k.). Biroq, konurbatsiya ham aglomeratsiyalarning bir 

shakli, ko’rinishi bo’lsada, har qanday aglomeratsiya ham konurbatsiya emas. 

 

Shaharlarning  hududiy  birlashmasining  yana  bir  murakkab  shakli 



megalopolislardir (ushbu tushunchani fanga amerikalik olim Jan Gottman 50-yillarda 

kiritgan). Megalapolislar aglomeratsiyalarning o’zaro qo’shilib ketishi natijasida 

vujudga keladi. Masalan, Bosvash (Boston-Vashington), Chipits (Chikago-Pitsburg), 

Tokio-Iokogama va boshqa megalopolislar mavjud. 

 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling