Namangan davlat universiteti geografiya kafedrasi geografiyaning asosiy muammolari


Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana31.05.2020
Hajmi0.5 Mb.
#112341
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
geografiyaning asosiy muammolari


13

Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001. 

 

     


 Mavzu-10:O’rta va oliy ta’lim  tizimlarida iqtisodiy geografiyaning o’qitish  

muammolari 

 

Reja:

 

 

10.1. Iqtisodiy

 

geografiyani o’quv predmeti va fan sohasi. 



10.2.Yangi  sharoitda iqtisodiy

 

geografiyaning o’qitilishi. 



10.3.Oliy maktablarda iqtisodiy

 

geografiya. 



10.4.O’rta maktab, kollej va akademik litseylarda iqtisodiy geografiya. 

           

Tayanch so’z va iboralar: Iqtisodiy

 

geografiya geografiyaning o’qitilishi, siyosiy 



mustaqillik, Bozor iqtisodiyoti, Oliy maktablarda iqtisodiy

 

geografiya, O’rta maktab, 



kollej va akademik litsey iqtisodiy

 

geografiyasi,    fanning ob’ekti , predmeti, 



o’rganish metodlari, tarixiy  shakllanish, ilmiy-nazariy asoslari. 

         

Yuzaga kelgan siyosiy va  iqtisodiy vaziyat  barcha  fanlar qatori iqtisodiy va 

sotsial geografiyaning o’qitilishi, uning nazariy va amaliy rivojlantirish borasida 

qator dolzarb masalalarni oldinga surdi. Ushbu muammolarning yechimi eng avvalo 

ikki asosiy nuqtai nazardan kelib chiqishi kerak. Bu ham bo’lsa mustaqillik  

va bozor munosabatlariga o’tishdir. 

 

O’zbekiston Respublikasining dunyo hamjamiyatiga alohida siyosiy birlik 



sifatida qo’shilishi uning bu siyosiy mustaqillikni ta’minlovchi iqtisodiy 

imkoniyatlarini har tomonlama hisobga olish va ulardan to’la foydalanishni nazarda 

tutadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari esa ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish 

va joylashtirishga bo’lgan an’anaviy («sotsialistik») qarashlarni, bu yo’sindagi omil 

va qonuniyatlarni tubdan va qaytadan ko’rib chiqishni taqozo etadi. Aynan  shu ikki 

masala iqtisodiy va sotsial geografiya fanining rivojlantirish va o’qitilishidagi asosiy 

vazifalarni belgilab beradi. 

 

Albatta, mazkur fanning ob’ekti sifatida ishlab chiqarish kuchlarining hududiy 



tarqalishi yoki tarkibi saqlanib qolaveradi. Uning predmeti ham deyarli o’z holicha, 

ya’ni turli rayon yoki  mamalkatlarda ishlab chiqarish kuchlarining hududiy iqtisodiy   

omil   va  xususiyatlari,  hududiy  sotsial-  iqtisodiy  tizim  (sistema)larning  

shakllanishidagi qonuniyatlarini o’rganishdan iboratligi o’zgarmaydi.  shu bois uning 

asosiy nazariy tushunchalari (hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiy rivojlantirish, 

hududiy ishlab chiqarish majmualari, iqtisodiy geografik o’rin va   boshqalar) o’z 

ahamiyatini yo’qotmaydi. 

 

Bunday  fanlar  turkumiga  o’ta  siyosiylashgan,  ilgarigi  sotsialistik 



(kommunistik) g’oyalarni o’qtiradigan KPSS tarixi, ilmiy kommunizm, ilmiy ateizm 

kabilar kiradi. Iqtisodiy va sotsial geografiyada esa mazkur fanning ayni paytda tabiiy 

va ijtimoiy xususiyati tufayli bunday qiyinchilik biroz yengil ko’chadi. Ammo  

shunday bo’lsada, uning yashovchanligi va hayotiyligini saqlab qolish uchun fanning 

mavjud nazariy masalalarini yangicha, zamonaviy talablarni hisobga olib tadqiq 

qilish va o’rganish kerak.  



 

50 


 

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda barcha asosiy (fundamental)  

tushunchalarning hududiyligi, aniqligini oshirishi lozim. Chunonchi, hududiy yoki 

geografik mehnat taqsimoti ilgarigidek katta ko’lamda, «Butunittifoq» miqyosda 

emas, O’zbekiston Respublikasi, qolaversa, viloyat va tumanlar doirasida to’g’ri 

amalga oshirishi nazarda tutiladi. Xuddi  shunday, aslida, mohiyatan to’g’ri bo’lgan 

hududiy ishlab chiqarish majmuasi g’oyasi juda katta, ulkan (quyi Amudaryo, 

Qashqadaryo va hokazo) makonda emas, balki uni nisbatan kichik va ixcham 

joylarda, infrastruktura tizimi bilan ta’minlangan ishlab chiqarish bug’inlarini to’la 

vujudga keltirilgan  sharoitda  shakllantirish zarur. Darvoqe, ilg’or xorijiy 

mamlakatlarda aynan  shunday kichik va mahalliy ishlab chiqarish majmualarini 

rivojlantirishga ko’proq e’tibor beriladi. 

 

Iqtisodiy geografiyaning asosiy tushunchasi «hududiy mehnat taqsimoti» 



bo’lsa, uning va umuman geografiyaning bosh tushunchasi rayon, rivojlantirishdir. 

Binobarin, iqtisodiy rivojlantirish ham o’z ko’lamini, aniqlik darajasini o’zgartirgan 

holda saqlanib qoladi. 

 

 Ittifoq yo’qolishi bilan o’z elimizga e’tibor kuchaydi. Xuddi tarix darsida o’z 



xalqimizning o’tmishini o’rganishdan, adabiyotda  o’z  milliy allomalarimiz 

asarlaridan boshlaganimizdek iqtisodiy va sotsial geografiyani ham o’z ona 

yurtimizni chuqur bilishdan boshlamog’imiz zarur.  Shuning uchun ham o’rta va oliy 

maktablarda O’zbekiston Respublikasini o’rganish horijiy yoki jahon mamlakatlari 

sotsial-iqtisodiy va siyosiy geografiyadan oldin boshlanishi to’g’ridir. O’zbekistoning 

iqtisodiy va sotsial geografiyasi kursi ikki asosiy qismdan iborat bo’lmog’i lozim. 

Birinchi qismda fanning ob’ekti va predmeti, o’rganish metodlari, tarixiy  shakllanish 

jarayoni, uning ilmiy-nazariy asoslari (hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiy 

rivojlantirish, hududiy ishlab chiqarish majmualari va xokazo) o’qitiladi. 

Ikkinchi blok bevosita O’zbekiston Respublikasi  iqtisodiy va sotsial 

geografiyasiga bag’ishlangan bo’lib, u ham o’z navbatida ikki qismdan tuzilishi 

maqsadga muvofiq. Bu yerda avval respublika iqtisodiy geografk o’rni, uning tabiiy  

sharoiti va foydali qazilmalari, iqlim va yer suv zaxiralari, aholisi va mehnat 

resurslari, xalq xo’jaligining tarmoqlar tarkibi va asosiy tarmoqlarining iqtisodiy 

geografik tavsifi berilishi kerak. Mazkur qism O’zbekiston Respublikasining 

iqtisodiy rivojlantirishi bilan  nihoyasiga yetsa, unda tom ma’nodagi geografik 

qismga «ko’prik» yasalgan bo’ladi.  

Demak,  respublika  iqtisodiy  va  sotsial  geografiyasining o’qitilishida 

umumnazariy, mamlakat xalq xo’jaligi tarmoqlaridan keyin uning iqtisodiy 

rayonlariga o’tiladi. O’zbekiston hududi bu borada, eng avvalo, 4 ta asosiy iqtisodiy 

mintaqa yoki zonaga ajratiladi: Markaziy (Toshkent),  sharqiy (Farg’ona), Janubiy-

G’arbiy va quyi Amudaryo yoki  Shimoli-G’arbiy mintaqalari. Bu mintaqalar 

iqtisodiy rayonlardan, ular esa viloyat ko’lamidagi rayonlardan  tashqi topadi.   Shu 

bilan birga hududi katta va ichki xo’jalik tuzilishi murakkab bo’lgan viloyatlarda 

(masalan, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo 

kabilarda) yanada kichikroq sotsial- iqtisodiy rayonlar ajratilishi maqsadga muvofiq. 

Eng quyi bosqichda esa 160 dan ortiq qishloq ma’muriy rayonlari (tumanlari) turadi 

va ularning sotsial- iqtisodiy geografiyasini o’rganish ham katta vazifa hisoblanadi. 



 

51 


Bu borada maktab o’quvchilari xususan o’zlari yashab turgan tuman geografiyasini 

yahshi bilmoqlari zarur. 

Hozirgi zamon talablariga ko’ra iqtisodiy va sotsial geografiyaning o’qitilishida 

bir qator asosiy yo’nalishlar borki, ular siyosiy, sotsial, ekologiya, iqtisodiy, tarix va 

geografiyalashtirishdan iboratdir. Har bir dars mazmuni xuddi  shu masalalar bilan 

boyitilishi kerak. Iqtisodiy va sotsial geografiyaning o’qtilishida hozirgi kunning 

siyosiy masalalari, ekologik vaziyati, aholining yashash tarzi va darajasi, unga xizmat 

ko’rsatuvchi tarmoqlar, milliy urf-odatlarning (mentalitetning) hududiy xususiyatlari,  

shuningdek, bozor iqtisodiyotiga  molik asosiy tushunchalar o’quvchilarga yoritilib 

berishi zarur.  Shu o’rinda o’lkamizning tarixiga ham e’tibor kuchaytirilishi 

maqsadga muvofiqdir. Tarix va geografiyaning (zamon va makonning) bir-biri bilan 

bog’liqligiga qaramay, geografiyaning biroz bo’lsada tarixi bor, tariximizning 

geografiyasi yoki tarixiy geografiya yo’q va u yaratilishi kerak. Darhaqiqat, arablar 

yoki mo’g’ullar istilosi davridagi, sohibqiron Amir Temur yoki xonliklar vaqtida 

yurtimizda xo’jalik tarmoqlarining ahvoli va ularning hududiy tuzilishini biz hali 

deyarli bilmaymiz. 

  Mavjud tajriba  shuni ko’rsatadiki, geografik bilimning to’liq bo’lishi uchun 

faqat raqamlar yoki geografik elementlarni (nomenklatur geografiya) yodlab olish 

yetarli emas. Aksincha, bunday yondashish zararlidir. Xuddi  shunday yoki bu joy 

geografiyasini o’rganishda ma’muriy chegarani «Xitoy devori» sifatida qarash ham 

xatodir. Chunki,  shu ma’muriy chegara ortida ham tabiat, aholi joylashuvi, 

xo’jalikning ixtisoslashuvi deyarli  shunday (masalan, Farg’ona vodiysini yoki qaysi 

bir qishloq tumanini o’rganishda). Demak, geografiyada ham sistema – struktura yoki 

tizim–tarkib uslubi yahshi va to’g’ri qo’llanilishi lozim. Aytmoqchimizki, 

o’rganilayotgan ob’ekt-tuman, viloyat yoki xo’jalik tarmog’i aynan bir paytda ham 

«yopiq», ham «ochiq» tizim sifatida uning yaxlit bir butunligi va, o’z navbatida, turli 

qismlardan iboratligi, tashqi va ichki, tik va yotiq (gorizontal) aloqalar mavjudligi 

o’quvchilarga singdirilishi zarur. 

Geografik bilimdonlik mezoni behisob raqamlarni yodlab olish bilan emas, 

balkim hududiy qonuniyatlarni aniqlash bilan belgilanadi.  Shu o’rinda, masalan, 

mazkur fanning bosh masalasi geografiyami yoki jo’g’rofiya, okeanmi yoki ummon 

kabi bemahsul bahslardan voz kechish kerak. Aksincha, ishlab chiqarish kuchlarining 

hududiy tuzilishi va tarkibi, tabiiy boyliklar, aholi va xo’jalik tarmoqlarining 

joylashuvi, ular o’rtasidagi qonuniy alohqdorliklarni o’rganish muhimroqdir. 

Albatta, davlat tili maqomiga ega bo’lgan o’zbek tilining sofligi, nafis va 

jozibaligini tiklashimiz va saqlab qolishimiz zarur. Ammo tilimizni eng avvalo 

xorijiy (ajnabiy) so’zlardan tozalash kerak, xalqaro mazmunga ega bo’lgan ilmiy 

tushuncha yoki atamalardan emas,  shu bilan birga  shahar va qishloqlar, daryo va 

ko’llarni ilk tarixiy nomlariga qaytarish lozim. Lekin Soldatskiy,Askarlik, 

Krasnogorskiyni Qiziltog’ Jilgorodokni «yashash  shaharchasi»ga to’g’ridan-to’g’ri 

o’girish ham kulgili holdir. Agar ularning eski nomi bo’lmasa, o’z holicha 

qolavergani ma’qul, chunki bu ham tarixdir. Xuddi  shuningdek, iqtisodiy rayonlarni 

iqtisodiy nohiya yoki tuman  shaklida ham ishlatish ham o’ta noto’g’ridir. Agar juda 

zarur bo’lsa nohiya yoki tuman atamalarini faqat quyi ma’muriy birliklarga - qishloq 



 

52 


rayonlariga nisbatan qo’llash mumkin, xolos. qolgan barcha hollarda ma’lum 

umumiylikka ega bo’lgan real hududiy borliqlar rayondir. 



Geografiya  fanining  imkoniyatlari  katta.  Ulardan  to’la  foydalanish 

umuminsoniy ahamiyatga molik. Zero, bu fanning tarbiyaviy, milliy mafkurani  

shakllantirshda roli beqiyosdir. Ushbu fanning serqirraligi, bir qarashda butun bir 

hududiy mavjudotni to’la va uni ichki xususiyatlari bilan qamrab olishi barcha 

«qo’shni» fanlar bilan aloqada bo’lishini taqozo etadi.Hozirgi paytda geografiyaning 

tarix, siyosat,  tashqiot, psixologiya, sotsiologiya, demografiya siyosatshunoslik va 

boshqalar qirrasida o’rganilishi uning yangi-yangi yo’nalishlarini ochib beradi.

[14] 

Geografik o’rganishning asosiy maqsadlaridan biri har bir joyning u yoki bu 

sohaga qulay yoki noqulayligini aniqlashdan iboratdir.  Shu bois, aytish mumkinki

tabiatda umuman, mutlaq yomon joy yo’q, balki yomon yoki nodon geograf bordir.  

 

Axir, tog’ ham yahshi, tekislik ham, quruqlik ham, suv ham,  shaharu-qishloq ham 



yahshi. Bunday geopara (geojuftlik) ayniqsa, birgalikda, o’zgacha yahshi va ular 

olamning borligi va butligi, yaxlitligi va harakatchanligini ta’minlaydi. Iqtisodiy 

geografiya ham tabiiy geografiyadek hududiy notekisliklar, nobarobarlik bilan  

shug’ullanadi. Chunki, hamma joy bir hil bo’lganda, geografiyaning o’zi ham 

bo’lmasdi.   

 Har qanday fanning o’qitilishi avvalambor o’quv dasturlari  Mavzular matni va 

qo’llanmalarisiz bo’lmaydi. Bu borada iqtisodiy va sotsial   geografiya oldida  

talaygina muammolar mavjud. Gap  shundaki, hozirgi  kunda davlat tili o’zbek tilida 

umumta’lim maktablarida ham, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida ham uhbu  

o’quv predmeti  bo’yicha darsliklar juda oz.  Sakkizinchi sinf uchun faqat 

Z.Akromov va P.Musaevlarning «O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy jug’rofiyasi» va 

oliy o’quv yurtlari talablariga mo’ljallangan G.Asanov, M.Nabixonov, I.Safarovlar 

hamkorligida yozilgan «O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo’g’rofiyasi» bor, 

xolos. Yaqinda  tashkil qilingan kollej va akademik litseylarda esa ahvol yanada 

murakkabroq-hozircha ularda geografiya va  shu jumladan iqtisodiy geografiya qay 

darajada va yo’nalishda o’qitilishi uncha aniq va ravshan emas. 

Aytish lozimki, iqtisodiy geografiyadan darslik yozish o’ta ma’sulyatli va mushkull 

ish; ushbu fanning o’ziga xos xususiyatlari-harakatchanligi (dinamikligi), siyosat va 

statistika, ekologiya bilan aloqadorligi har qanday darslik oldidagi qiyinchiliklarga 

sababchi bo’ladi. Uning ustiga, o’tish davrida rivojlanishing uncha barqaror emasligi, 

pulning biroz qadrsizlanishi  oqibatida mahsulot qiymatining turli yillardagi  real 

holatini  o’zgaruvchanligi, gorizontal aloqalar (ishlab chiqarish kooperatsiyasi)ning 

vaqtincha buzilganligi oqibatida ba’zi sohalarda  o’sishning deyarli to’xtab qolganligi 

kabi masalalar darslik mualliflarini nihoyatda qiyin vaziyatga tushiradi, qolaversa, 

avvalgi bandlarda ta’kidlaganimizdek, ishlab chiqarishni  tashqi etishning ijtimoiy va 

hududiy   shakllari: mujassamlashuv, ixtisoslashuv, kooperatsiya (hamkorlik), 

kombinatlashtirish, hududiy ishlab chiqarish majmualari, sanoat parki va tugunlari, 

o’sish qutb va markazlari, texnopolis, yagona makon, agrosanoat majmualari, 

infrastruktura tuzilmasiga o’xshash an’anaviy va zamonaviy tushunchalar yangicha 

talqin qilishni talab qiladi 

 

 Hozirga qadar ayrim hududlar Samarqand, Xorazm, Namangan, Surxondaryo, 



Qashqadaryo, Buxoro va boshqa viloyatlar geografiyasi to’g’risida har hil hajmdagi 

 

53 


qo’llanmalar tayyorlangan. Hatto qibray tumanining iqtisodiy va ijtimoiy haritasi 

ham nashr ettirilgan. Bu, albatta, tahsinga loyiq ishlardir va ular Vatan geografiyasini 

chuqurroq o’rganishga asos bo’lib xizmat qiladi. 

 Respublikamizda 1997 yilda qabul qilingan Ta’lim to’g’risidagi qonun va  

____________________________________________________________________ 

14

 Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001. 



 

 

 



kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dasturni amalga oshirish olinadigan bilimlarning 

ancha «yosharishi» va zamonaviylashuvini nazarda tutadi. Mamnunlik bilan qayd 

etishjoizki, hozir ham mamlakatimiz vakillari turli fanlar bo’yicha o’tkazilayotgan 

xalqaro o’quv olimpiadalarida yuqori ko’rsatkich va natijalarga erishmoqdalar. Bu, 

albatta, o’qituvchilarimizning o’z kasbiga fidoiyligi, sidqi dildan xizmat qilishlari 

mahsulidir. 

 Shubhasiz,  erishilgan  yutuqlar o’zimizniki,  ular kelajagi buyuk  bo’lgan 

O’zbekiston uchun xizmat qiladi.  Shu bilan birga umumta’lim maktablarda, kollej, 

akademik litsey va oliy o’quv yurtlarida bilim va ilm, ta’limu fan mushtarakligini 

ta’minlash, ularni o’zaro uyg’unlashtirilgan holda olib borish kerak.  

Bilim olish uzluksiz jarayon, uning doirasi kishi hayoti davomida kengayib 

boraveradi. Ayni vaqtda tobora kattalashgan bilim doirasi  shunga muvofiq, yanadi 

kattaroq noaniqlikka, mavhumlikka taqalaveradi. Demak, qancha ko’p bilsak, yana 

undan ham ko’proq bilmasligimiz, bila olmasligimiz ayon bo’laveradi. 

 Muayyan yo’nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlar, nazariy-uslubiy  va metodik 

asoslar majmuasi alohida fanlarning   shakllanishiga olib keladi.  Bu o’rinda fan 

ilmning hosilasidir. Biroq bilimni  kishi faqat kitobdan emas, balki hayotdan olishi 

ham zarur, zero hayot maktabi, kundalik  jonli mushohada  ba’zan barcha 

manbalardan  ham muhimroq va boyroq. qolaversa, kitob ham qachondir ob’ektiv 

borliq, hayotdan olingan.  Bilimdon  kishilarning hamalari ham ilm cho’qqilariga  

erishavermaydi, olim bo’lish darajasiga yetishmaydi.

[15]

   Iqtisodiy geografiyaning  

O’zbekistonda rivojlantirish, uning eng yangi tarixi yakunlangan asrning 20 yillaridan 

boshlangan  shu davrda nashr etilgan iqtisodiy geografiya va xududiy  hususiyatlarga 

doir ilmiy.ishlar ko’proq O’zbekiston va O’rta Osiyoning  umumiy  ta’rifiga 

bagishlangan edi. Bu yunalishdagi tadqiqotlarda eng avvalo G.N.Cherdantsev va 

V.M.Chetirkinlarning xizmati katta bo’lgan. Chunonchi, G.N.Cherdantsevning 1922 yilda 

yozgan O’rta Osiyo xaqidagi monografiyasida ulka iqtisodi to’g’risidagi ma’lumotlar 

keltirilgan.U1928yilda O’rta Osiyo respublikalariga bagishlangan kitobini ham chop 

ettirgan. 

Taxminan ana  shu yillarda O’rta Osiyo qishloq xo’jaligi va uni rivojlantirishga 

bagishlangan tadqiqotlar boshlangan. Bu ishlar V.M.Chetirkin va Yu.I.Poslavskiy 

tomonlaridan olib borilgan. V.M.Chetirkin (u 1892 yilda Samarkdndda tugilgan) 

1926 yilda O’zbekiston xalq xujaliganing ahvoli va rivojlantirish borasida kitobini 

yozgan. Keyinchalik u TOShDU iqgisodiy geografiya kafedrasi mudiri sifatida 

(1944-1948 yy.) qishloq xujaligini rayonlashitarish, turli viloyatlar tabiati va 

xujaligini urganish, yosh geograf olimlarni tayyorlashga alohida e’tibor  bergan. 

  Geografiyaning rivojlantirish o’ttizinchi yillarda tabiiy boyliklarni urganish bo’yicha olib 

borilgan ekspeditsiyalar (saxro tadqiqotlari) va ilmiy anjumanlar bilan bogliq bo’lgan. 


 

54 


Jumladan. bunday tadqiqotlar Qoraqalpogistonda hamda uning Ustyurt qismida amalga 

oshirilgan, respublikamiz ishlab chiqarish ko’chlarini joylashtirish mavzusida 1933 

yilda dastlabki  ilmiy   anjuman   o’tkazilgan. 

 

-



__________________________________________________________________________________________________- 

15

Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000.

 

O’zbekistonda tabiiy gegrafiyaning rivojlantirishda Toshkent (O’rta Osiyo) 



Davlat universiteti xozirgi O’zbekiston Milliy universitetida  shu nomli birinchi 

kafedraning  tashqi etilishi va bu kafedra qoshida 1943 yilda aspiranturaning ochilishi katta 

ahdmiyatga ega bo’lgan. Kafedra xodimlari 50-yillardagi Fargona vodiysi 

ekspeditsiyasining  o’tkazilishida  faol  qatnashishgan.  Bunday saxro  tadqiqotlari,  

shuningdek Qashqadaryo, Surxon- SHerobod va Zarafshon vodiylarida ham amalga 

oshrilgan, To shkent  shaxrini atroflicha urganishgan.



 

 

O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida, xususan V. M. Chetirkin hamda 

K.N.Bedrintsevlarning ishlarida rayonlarning kompleks muammolarini urganish ilmiy 

yunalishi  shakllangan. Ayni paytda olib borilgan saxro tadqiqotlari jarayonida 

R.S.Lobach, Z.M.Akromov, R.A.Xodiev, T.Tojimov, T.Raimov, E.Toshbekov kabi 

qator olimlar yetishib chiqqan. N.G.Tsapenko, V.M.Csetirkin va K.N.Bedrintsevlar 

bilan birgalikda   rivojlantirish muammolari ustida ish olib borgan. 

Maxalliy millat vakillaridan birinchi iqgisodiy geografiya bo’yicha nomzodlik 

dissertatsiyasini 3. M .Akromov 1953 yilda yoqlagan. Ushbu dissertatsiya asosida  

Namangan viloyatining iqtisodiy geografik ta’rifiga bagishlangan monografiyasini 

nashr ettirgan. Keyinchalik professor Z.M. Akromov Buxoro va Samarqand 

viloyatlari qishloq xujaligi, cho’l, tog va togoldi rayonlarini o’zlashtirish, iqtisodiy 

rivojlantirish kabi muammolar ustida izlanishlar olib borgan. U kishi iqtisodiy 

geografiya kafedrasining mudiri (1970-1984 yy.) va O’zbekistan Respublikasi 

Geografiya jamiyati hamda Fanlar akademiyasi qoshidagi Geografiya bo’limida qator 

fan nomzodlari va doktorlarini tayyorlashda samarali ishlarni bajarib  kelgan. 

Iqtisodiy geografiya fanining rivojlantirishda ilmiy anjumanlar va chop etalgan 

kitoblarning ahamiyata salmoqli bo’lgan. Jumladan, O’rta Osiyo va Qozogiston 

respublikalarini tabiiy geografik va iqtisodiy geogarfik rivojlantirish bo’yicha 1959, 

1961, 1967 va 1971 yillarda, aholishunoslik muammolari to’g’risida 1965, 1972 

yillarda ilmiy anjumanlar utkazilgan.  Shuningdek, urbanizatsiya jarayonlari nufuzli 

ilmiy seminarlarda (1973 va 1975 yy.) muxokama etilgan. Bunday tadbirlarni  tashqi 

etashda Z.M.Akromov, M.K.Qoraxonov va O.B.Otamirzaevlarning xizmatlari katta 

bo’lgan. Keyingi yillarda Samarqand (1984), Antren (1987), Namangan (1989), 

Fargona (1991), va boshpda  shaharlarda ham iqtisodiy va sotsial geografiyaning turli 

muammolariga bagishlangan ilmiy - amaliy anjumanlar o’tkazilgan. Respublika 

Geografiya jamiyatining navbatdagi s’eyzdi 2000 yidda Samarqanda o’tkazildi. Bu 

urinda geografiya fanining rivojlantirishga katta xissa qo’shayotgan bu jamiyatning 

axborotnomalarini muntazam ravishda chop etib borishini alohida ta’kidlamoq zarur 

(asosiy  tashkilotchilar Z.Akramov va  Sh.Azimov). 

O’zbekistan respublikasi to’g’risidagi geografik kitoblar 1950,1953, 1956,1963 yillarda 

nashr etgirilgan, eng sunggisi 1982 yilda chiqqan. Bu kitoblarni yozishda ToShDU 

geografiya fakulteti olimlari faol katnashishgan. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi 


 

55 


xaqidagi ma’lumotlar E.Axmedov kitoblarida ham bayon etilgan.  Shu bilan birga urta 

va oliy maktablar uchun O’zbekiston iqtisodiy geografiyasidan darsliklar yozilgan. 

Dastlabki urta maktablarga oid darslik N.G.TSapenko va N.V.Smirnov ham 

muallifligida nashr ettirilgan.   Oliy maktablar uchun   O’zbekiston Respublikasi 

iqtisodiy geografiyasi G.Asanov, M.Nabixonov va E.Safarovlar tomonidan yozilgan. 

G.Asanov aholi geografiyasi uqo’v qo’llanmasi, sotsial- iqtisodiy geografiyaning 

izoxli lugati xaqida kitoblar ham chop qildirgan. Turli mavzu va ko’chlarga doir uko’v 

qo’llanma va uslubiy ko’rsatmalar R.Xodiev, A.Soliev, A.Qayumov, X.Salimov, 

J.Xoliqov, S.Boqiev va boshqalar muallifligida yozilgan. Surxandaryo, Namangan, 

Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari geografiyasi to’g’risidagi har hil xajmdagi 

asarlar  yaratilgan (A.Ruziev,  O.Abdullaev,  I.Nazarov,  MYangiboev,  R. 

Qo’rbonniyozov). 

 Shunday  qilib, xozirgi kunda reslublikamizda ta shkil va sotsiat geografiyasining 

ikki asosiy yunali shi  shakllangan.  



Birinchi yunalsh-qishloq  xujaligi geografdogsi bo’lib, u nisbatan oldinrok 

vujudga kelgan. Agrogeografiyaning nazariy masalalari, qi shloq xujaligini rivojlantiri sh. 

i shlab chikiri shning xududiy tizimlari va agrosanoat majmualari yuzasidan 

V.M.CHetirkin, Z.M.Akromov, K.I.Lapkin, A.Ruziev. K.Abirko’lov, O.Abdullaev, 

M.Yusupov, Ye.Umarov, A.Sodikovlar tadqiqot olib bori shgan. Yangi yerlar-cho’l va 

tog oldi mintakdlarni uzla shtiri sh va  shu asosda qi shloq xujalip shi rivojpantiri 

sh, yer - suv zaxiralaridan foydalan shp, 

suv omborlarini ko’ri sh va sugori sh 

dexkonchiligi  masalalari R.Xodiev, T.Egamberdiev, S.Saidkarimov, S.Islomov, 

G.Asho’rov, E.Xoshimov,  SH.Azimov, Z.Zolotarev, Q.Qo’rbonov, B. SHotursunov, 

T. SHoturaevlarning i shlarida urganilgan.  shuningdek, qi shloq; xujalik geografiyasi 

Mavzusida M.Axmedov, M.Yoko’bovlarning ham nomzodlik dissertatsiyalari yozilgan. 

 Shahar  atrofi  qishloq  xujaligi  R.Usmonov,  S.Boqiev,  X.Xalilova  va 

J.Musaevlar tomonidan yaratilgan bogdorchilik va uzumchilik, chorvachilik, paxta 

yetishtirish va uni qayti ishlash bo’yicha M.Maxmudova, X. Shosaidov, K.Gadoev, 

A.Xolmirzaev, K.Allanovlar nomzodlik dissertatsiyalarini yozishgan, aloxida rayonlar 

qishloq xujaligiga M.Valixonov, I.Ishchonov (Xorazm voxasi) larning ishlari 

bagishlangan. 



Ikkinchi yunalish  -  aholi  va  aholi  manzilgohlarning  geografiya  va 

demografiya muammolari,  shaharlar va urbanizatsiya jarayonining regional masalalari 

bo’yicha tadqiqotlar nisbatan tarixan kechroq vujudga kelgan bo’lsada, u keiynchalik 

juda tez rivojlanib ketdi. Ushbu yo’nalishning  rivojlanishi eng avvalo N.V.Smirnov 

faoliyatidan boshlangan. N.V.Smirnov va N.G.TSapenko ilmiy raxbarligida respublikamiz 

va xususan Fargona vodiysi  shaharlari bo’yicha ko’plab diplom ishlari bajarilgan. Buning 

natijasida N.V.Smirnov 1957 yilda Fargona vodiysi  shaharlari to’g’risidagi kitobini 

nashr ettirgan. Keiynchalik O’zbekiston va uning ayrim rayonlari - Qo’yi 

Amudaryo, Toshkent va Toshkent viloyati  shaharlari xaqida ham ilmiy asarlar 

yaratildi. 

Aholining tabiiy va mexanik harakati, oila demografiyasi, aholini bashorat 

etish kabi muammolarni urganish ayniqsa M. Qoraxonov raxbarligida  tashqi etilgan 

O’rta Osiyoda yagona ilmiy tadqiqot laboratoriyasi faoliyati bilan bogliq bo’ldi. 

Ushbu  yo’nalishning  rivojlantirishda  I.Mullajonov,  X.Salimov,  G.Asanov, 



 

56 


O.Otamirzaev, M.Burievalarning ham xizmati katta bo’lgan. Aholi va mehnat 

resrulari R.A.Ubaydullaeva, A. Qayumov, O.Ergashev, M.Yangiboev, I.Safarov. 

T.Jumaev. aholi  migratsiyasi S.N.Kononenko,  L.P.Maksakova,  B.Maxmudov 

aholining tabiiy harakati R.Valieva, N.Aliakbarova, M.Urinova, A.G’anievlar 

tomonidan urganilgan. 

O’zbekiston garchi qishloq joylar va urbanizatsiya jarayoni nisbatan sust 

rivojlangan mamlakat bo’lsada, bu yerda  shahar mavzusi ancha oldinlab ketgan. Bu 

xususda eng avvalo T.Raimovning xizmati katta bo’lgan; u kishi O.Otamirzaev va 

A.Soliev bilan hamkorlikda («O’rta Osiyo uchligi»)  qator  makolalar  yozishgan.  

Shuningdek,  shahar muammolari E.Toshbekov, E.Axmedov, N.Fayziev, I.Inamov, 

R.Tillaev, A.Qayumov, Z.Raimjonov,   SH.Imomovlar tomonidan ham tadqiq 

kilingan. Turli iqgisodiy rayon va viloyatlar  shaharlari,  shahar aglomeratsiyalarining  

shakllanishi va rivojlantirish, ularning ekologik muammolariga T.Mallaboev, 

N.Mamatqo’lov, Vey Sinь, U.Sultonov, R.Axmedov, X.Tursunov, Z.Abdalova, 

S.Zokirovlarning ilmiy ishlari bagishlangan.  Shu bilan birga  shahar va qishloq 

manzilgohlari ayrim viloyatlar aholi geografiyasi doirasida" R.Mahamadaliev, 

M.Erdonov, M. Qodirov, G.Xodjaeva. Z.Tojieva,  SH.Jumaxonovlar tomonidan 

urganilgan., aholi joylashuvini boshqarish va ijtimony infrastruktura to’g’risida 

V.M.CHeskidov va V.N.Smirnovlarning nomzodlik dissertatsiyalari yozilgan. 

Yuqoridagi yunalishlardan tapshqari iqtisodiy va sotsial geografiyaning boshqa 

muammolari ham ozmi - ko’pmi tadqiq qilingan. Jumladan, fanning umumnazariy 

masalalari, iqtisodiy geografiyaning asoslari va dolzarb muammolari Z.Akromov. 

O.Otamirzaev. A.Soliev. A.Qayumov,  Sh.Azimovlarning ishlarida ko’rilgan. Sanoat 

geografiyasi, mineral xom ashyo resurslaridan foydalanish, sanoat tuguni va ishlab 

chiqarish            majmualarining  shakllanishi yuzasidan  SH.N.Zokirov, A.Jalilov, 

G.Xolmatov,    U.  Sodiqov,      X.  Mamatqo’lov,  I.Toirov,  M,  Garirov,  F.  Obidov,  S.  

Xaydarov,  X.S.Mirzaaxmedov,  B.Kalonov,  Yu.Axmadaliev,  Yu.Salomov, 

L.Erdonovlar tadqiqot olib borishgan. Aloxida viloyat va kichik xududlar xujaligi 

F.Muminov, E.Togaev va boshqa mutaxassislar faoliyatida uz ifodasini topgan.  Shu 

bilan birga respublikamizda ilk bor aholiga xizmat ko’rsatish geografiyasi bo’yicha 

M.Nazarov va G.Bekbo’latova, fan va ilmiy tadqiqotlar geografiyasiga oid 

X,.Nazarova. tibbiyot geografiyasi yuzasidan K.Komilovalar uzlarining nomzodlik 

dissertatsiyalarini ximoya  qilishgan. 

Xozirgi vaqtda mamlakatimizda 

iqtisodiy 

va 


sotsial geografiyaning milliy va regional markazlari, ilmiy yunagtish va maktablar  

shakllanmoqda. Bunday markaz va yunalishlar katta ilmiy saloxiyatiga ega bo’lgan 

Toshkentdan tashqari Namangan, Termiz, Samarqand, Fargona va Qarshi  shaharlarida 

ham vujudga kelmoqda.

 

Iqtisodiy 



va sotsial geografiyaning istiqboldagi rivojlantirish   vazifalari eng avvalo 

O’zbekiston Respublikasining siyosiy mustaqilligi va uning bozor munosabatlariga 

o’tish davridagi dolzarb muammmolaridan kelib chiqadi.   


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling