Namangan davlat universiteti geografiya kafedrasi geografiyaning asosiy muammolari


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana31.05.2020
Hajmi0.5 Mb.
#112341
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
geografiyaning asosiy muammolari


 «Urban» (urban) -shahar, «zatsiya»- jarayon demakdir. Shu ma’noda 

urbanizatsiya mamlakat yoki boshqa hududlarning shaharlashuvini anglatadi. U o’ta 

murakkab, ijtimoiy-iqtisodiy  va butun dunyoga xos global jarayondir. Biroq uning 

geografik jihatlariham kam emas, chunki urbanizatsiya turli mamlakat va rayonlarda 

o’zgacha sodir bo’lmoqda. 

 

Urbanizatsiya murakkab hodisa ekanligi tufayli uni faqat bitta mezon, 



ko’rsatkich bilan ifodalash, o’lchash mumkin emas. Ammo, shunday bo’lsa-da, 

barcha uchun qulay bir o’lchov kerak. U ham bo’lsa mamlakat va boshqa hududlar 

aholisining qanchasi, qancha qismi shahar joylarda yasashi, ulushi, nisbiy hissasidir. 

Masalan, O’zbekiston Respublikasida bu ko’rsatkich 38%,Tojikistonda-

32%,Afg’onistonda-19%,Turkmanistonda-48% va x.k. Rivojlangan mamlakatlarda 

urbanizatsiya koeffitsienti 90 va undan ortiq foizni  tashqi etadi. 

 

Urbanizatsiyaning umumiy ko’rsatkichi bilan mamlakat    iqtisodiyotining 



rivojlanganlik darajasi va uning tarkibiy tuzilishi orasida ma’lum aloqadorlik bor. 

Chunonchi, agar urbanizatsiya koeffitsienti taxminan 70-75 va undan ortiq bo’lsa, u 

holda mamlakat sanoat jihatidan yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat 

hisoblanadi; 50-70%-bu ham rivojlangan, milliy  tashqioti industrial-agrar; 30-50%- 

rivojlanayotgan agrar-industrial va 30 foizdan past bo’lsa, sust rivojlangan agrar 

mamlakat holatida bo’ladi. 

 

O’zbekiston bilan Turkmanistonni olaylik: urbanizatsiyaning demografik 



ko’rsatkichi  Turkmanistonda  biznikidan  ko’ra  ancha  yuqori.  Vaholanki,   

iqtisodiyotda bunday xulosa chiqarish notug’ri bo’lardi  



 

43 


  

 Yuqoridagilar urbanizatsiyaning naqadar murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa 

ekanligidan yana bir bor dalolat beradi. 

 

Albatta, urbanizatsiya - bu ob’ektiv va umuman olganda ijobiy jarayon. Ammo 



uning salbiy tomonlari ham yo’q emas. Chunonchi, ekologik va sotsial 

muammolarning keskinlashuvi hozirgi zamon urbanizatsiyasining eng ko’zga 

ko’rinarli salbiy «yo’ldoshlaridir». 

 

O’rta Osiyo va O’zbekistondagi urbanizatsiya sharqona xususiyatga ega. 



Binobarin, bu yerda urbanizatsiya ko’rsatkichini yaqin kelajakda 70-80 foiz bo’lishini 

tasavvur qilish qiyin va bunday aslo bo’lmaydi ham. Sababi-bizda shaharlarning 

rivojlantirish qishloq xo’jaligi bilan qadimdan an’anaviy holda bog’liq. 

               Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:   

          1.   Shaharlarning geografiyasi    uning ob’ekti, predmeti,tadqiqot usullari  ? 

     2.   Shaharlarning geografik     uziga xos xususiyatlari.? 

          3.  Shaharlarning iqtisodiy geografik o’rnining turli yo’nalishlari? 

     .    4.   Shahar kategoriyalari va shaharlarningni oddiy klassifikatsiyasi.? 

          5.   Shaharlarning gipertrofiyasi haqida tushuncha.?      

         6.   Aglomeratsiya haqida tushuncha? 

                    

   


              

Tavsiya etilgan adabiyotlar

 

 1.Чистобаев А.И., Шарыгин М.Д. Экономическая и социальная география.  Л., 



1990  

2.Максаковский В.П. Историческая география мира. -М., 1999. 

3.Саушкин Ю.Г. Изобранные труды. – Смоленск, 2001. 

4.“Географиянинг  асосий  муаммолари” ўқув  курси  бўйича  тайёрланган  ўқув 

услубий мажмуа. 

5.Солиев  А., Махамадалиев  Р. Иқтисодий  ва  социал  географиянинг  асосий 

муаммолари. Ўқув қўлланма. -Т., 2002. 

6. Goudie A.  P’hysische Geograhfie. –Munxen: «Westerman», 1997 

7. Kulke E.Wirtschafts-geograhfie.Munxen-Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004. 

8. Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001. 

9.  Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000.  

      


            Maruza-9:Iqtisodiy geografiya va geoekologik muammolar.  

                                               Reja: 

9.1.  Geoekalogik    dunyo qarashning umumiy hususiyatlari.   

9.2.  Urbaekalogiya ,tibbiyot tizimida ekalogiya, ekalogiya va inson salomatligi. 

9.3.  Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda geoekalogiya omili. 

9.4.  Iqtisodiy geografiya  va sanoat ,qishloq xo’jaligi, transportning geoekalogik  

muammolari.                                            

 9.5. Mintaqaviy siyosat va geoekalogik muamolar .O’zbekiston Respublikasi 

xududlarida geoekalogik vaziyat. 

        

Tayanch so’z va iboralar: Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi   , tabiiy 

muhit,ekologik-huquqiy talablar,me'yorda fizik ifloslanish, kimyoviy    o’zgarish,   

xalqaro-huquqiy muhofaza   manbayi ,xalqaro ekologik munosabatlar,   xalqaro 


 

44 


muhofaza,xo'jaligi zonalari,Barqaror rivojlanish, tabiiy muhitni op-

timallashtjrishda;   

         

Dastlab  <>  tushunchasini  nemis olimi  Ernst  Gekkel  tomonidan  

1868  yilda ishlatilgan .  U  ekalogiyani  zoologiya  fanining  bir  yo’nalishi  sifatida  

tariflab,  hayvon  organizimlarining  va barcha  hayvonlarning  o’zaro  hamda  tashqi  

muhit  bilan  munosabati  mazmunida  talqin  qilgan.  Demak,  bu  yerda  ekologiya  

yoki  munasabat  uch  darajada  nazarda  tutilgan :  1) hayvon ichki  organizimlarning  

o’zaro  aloqasi  ;    2)      shu    turdagi    hayvonlarning    o’zaro    aloqasi  ;  3)    ana      shu    

hayvonlarning  tashqi  muhit  bilan  munosabati.  Keyinchalik  ekologiyaning  ilmiy  

asoslari    Ch.  Darvin  tomonidan  yanada  rivojlantirilgan.   

   Zoologik    ekalogiya    asta  –sekin    o’simlik    ekalogiyasiga    o’tgan    va    u    to’la    

ma’nodagi    bialogik  ekologiya   yoki  bioekalogiyaga  aylangan.  So’ngra  

amerikalik   tibbiyot   olimlari   <> ,   <>  

tushunchalarini  kiritib,  ularni  inson  organizimi  va  salomatligi  nuqtai  nazardan  

qo’llangan.    Ayni  vaqtda  shaharlarning  rivojlantirish   natijasida  <

>>  tushunchasi  ham  vujudga  kelgan.  O’z  navbatida  urboekalogiya  va  inson  

ekalogiyasi  asosida  ijtimoiy   ekalogiya  shakillangan  bo’lib,  u  rasmiy  ravishda  

o’tgan   asirning  70- yillarida  tan  olingan.  Shunday  qilib,  ekalogiyaning  

evalutsion  o’zgarishlar  zooekalagiya-à  fitoekalogiya  bioekalogiya à   inson  

ekologiyasi  urboekologiyasià    ijtimoiy    ekologiya    Shaklida    sodir    bo’lgan  .  

Hozirda  ekologiyaning yo’nalish  va turlari   juda   ko’payib   ketgan    (geokologiya,  

bioekalogiya,  geokologik    ekalogiya    tashqi ekologiya,  hatto    rimyo  va   

matematik      ekologiya  ,    huquq  ekologiyasi    va  h.k.    Natijada      aytish    mumkinki,      

bugungi  kunda  hamma  ekolog,  iekin  ayni  vaqtda  aniq,   umumiy  ekologiyaning   

o’zi   yo’qdek.  Chunki,   biror-bir  kishini  ekologiya  bo’yicha  har  tomonlama   

mutaxasis   darajasaida   etirof   etish  qiyin. 

        


Omma    orasida  <>   tushunchasi    ko’proq   atrof-muhitning   

ifloslanishi,  zarar    va    zaharlanishi      bilan      uyg’unlashib      ketadi.  Vaholanki,      biz      

yuqorida    ko’rganimizdek,  ushbu  atamaning  manosi   faqat   bir   tomonlama,     

salbiy    ruhda      talqin      qilish      noto’g’ridir.    Biroq  ,    shu    bilan        birga  tan      olish    

lozimki,  chindan       yam     ishlab     chiqarish  kuchlarining       rivojlantirish     va      

mujassamlashuvi  , shaharlarning   va   urbanizatsiya   taraqiyoti   tabiat  va  inson  ( 

jamiyat)   orasidagi  muvozanatni  buzdi,  ekologik   muammo  global,  olamshumul   

ahamiyat   kasb   etdi.  Shuning    uchun  hozirgi   sharoitda  ijtimoiy  hayotning  biror  

bir  sohasi  yo’qki ,  u  ekologiya   bilan  dog’liq   bo’lmasa. 

           Ekologik  holatning  turli  rayon   va  mamlakatdagi   xususiyati  , uning  



keltirib  chiqaruvchi  sabablarini  esa  umumiy  geografiyaning  bir  tarmog’i  - 

geoekologiya  o’rganadi.  Aynan  shu  ma’noda  geokologiya  tabiiy  geografayi   

bilan   tashqi   va  ijtimoiy   geografayini  bog’lab  turadi

[12]

          

Tog’-  kon   sanoati   natijasida   texnogen   landshaftlar   vujudga   keladi,                      

<<  bedlentlar>>  (  yomon    yerlar)    paydo    bo’ladi,    joy    relyefi,  geomorfologiyasi    

buziladi. Bunday  sanoat  rayonlarida  shakillangan  hududiy  majmualar  yaxlid  

birlikka    ega  emas,  ularda    transport    va  boshqa    aholiga    xizmat    ko’rsatish    

sohalarini      tashqi    qilish    murakkablashadi.  Shu  bilan    birga    tog’-  kon  sanoati    



 

45 


rayonlarida  yer  osti  boyliklari  vujudga  keladi, ayniqsa  temir  rudasi  , qong’ir  

ko’mir,  turli  tuz  konlari  va  boshqalarni ochiq  usulda( karherlarda)  qazibolishda  

 

__________________________________ 



12

Kulke E.Wirtschafts-geograhfie.Munxen-Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004.  

 

 

landshaftning tabiiy<>   buzuladi, qimmatbaho va serhosil tuproq ,  



unumdor ekin  maydonlari  qishloq  xo’jaligi  oborotidan  chiqib  ketadi. 

           

Elektr-energetikaning   ekologik   xususiyatlari   o’ziga   xos  .Masalan,  suv  

elektr   stansiyalari, umuman  olganda, ekologik jihatdan toza, bezarar korxona 

hissoblanadi.    Ular    faqat    katta    yer    maydonlarini    suv    omborlari    uchun    talab    

qiladi,  xolos.  Qolgan  masalalarda  esa  bunday  elektr  stansiyalarining  ekologik  

oqibatlari  ancha  salbiy.  Xususan shahar  ichidagi  IEMlar,   yirik   shaharlarning   

yaqinida    joylashgan      IESlar    atrofga    yomon      ta’sir      qiladi-  zaharli    gazsimon      

tutunlar  atmosfera  havosini   ifloslantiradi,   yoqig’i  yondiriigandan    qolgan   

chiqindi   kullar   esa  suniy  tepaliklarni  hosil  qiladi.   Shuning  uchun  katta  

quvvatga      ega    bo’lgan    issiqlik      elektr  stansiyalari    joining    relefi        shamol    

yo’nalishi  va  boshqa  meteorologik  omillarni  hisobga  olgan  holda qurilishi  kerak.   

Tadqiqotlarga  ko’ra,   respublikamizdagi   yirik  Sirdaryo,    Yangi Angiren  kabi   

IES  asosida   vujudga  kelgan  sanoat  majmualarining  havosi  va  suv  tarkibi  

o’zgargan,    tuproq   qatlami,   ekin  maydonlar  va  hatvonot   

dunyosi   ancha  zarar  ko’rgan.Qora  va  rangli  metallurgiya   ham  ekalogik   nuqtai  

nazardan   <>emas.    Yirik  qora  metallurgiya  korhonalari  atrofida katta   

miqdorda   shakillar  hosil  bo’ladi  (domna  pechining  chiqindisi),  shahar  havosi  

va  suvi  ifloslanadi.   

Ayniqsa  rangli   metellurgiyaning   tabiatga tasiri  kuchli.  Jumladan,   yirik  tog’-

metallurgiya  kambinatlari  yaqinida  radiaktiv   ifloslanish   xavfli  vujdga  kelishi  

ham   mumkin.     

          

Sanoat   tarmoqlari   ichida   kimyo    sanoatining   suv,   havo   va   tuproqqa,   

inson    salomatligiga    ta’siri    kuchli  .      Xususan    sintetik    tola,      kauchik,    ammiak,  

qishloq xo’jaligi  zararkunandalari   uchun  turli  gerbitsid  va  zaharli  moddalar,   

mineral  o’g’itlar  ishlab  chiqarish  ekalogik   tomondan  xavflidir.  Shuning   uchun  

bo’lsa  kerak,  O’zbekistondagi   yirik   kimyo  sanoati   markazlarida  Chirchiq, 

Navoiy,  Farg’onada    ekalogik  vaziyat  uncha  sog’lom  emas.   Bundan  tashqari,   

Qashqadaryo    viloyatidagi   Sho’rtan,  Muborak  gaz  kimyosi  sanoat  markazlarida   

ham  bu  vaziyatning  yaxshilaniShi   talab  etiladi.    

   


Sanoat   tarmoqlarining   ekologik   xavfini    10-balli shkalada    taxminan   

quyidagicha  baholashimiz  mumkin:  kimyo  sanoati   -10,   rangdor  metallurgiya  -

9,    issiqlik    elektro    stansiyalar    -8,    qora    metallurgiya  -7,      sement    sanoati  -6,  

sellyuloza –qg’oz  sanoati  -5,  charm  sanoati  va jun  yuvish -4,   oziq-ovqat -3,   

pahta  tozalash  zavodiari -2,   mashinasozlik   va   metalni  qayta  ishlash   -1.     Bu  

bolalar  ,      albatta,    juda    qatiy      emas    va    ular      tegishli    mutahasis    -    ekspertlar    

tomonidan  yanada  aniqlashtirilishi   mumkin. 


 

46 


Chiqindisiz  tehnologiyani   joriy  qilish,   energiya ishlab chiqarish  sikillari  

bo’yicha   sanoat  va  qishloq    xo’jalik   tarmoqlarining   tashqi  etish   katta   

ahamiyatga      ega.      Odatda,      hom      ashyoni      ko’p      talab      qiluvchi    sanoat        

korxonalarida    chiqindi  (xuddi  shunday   <>   korxonalarida   ham) 

Ko’p  hosil  bo’ladi.  Binobarin,   birinchi  navbatda  ana  shunday   korxonalarni   

kombinat  shaklida   uyushtirish,   xom  ashyodan   atroflicha  foydalanish,    ishlab  

chiqarish  chiqindilarni  qayta  ishlash   zarur. 

          Ekologik omil.  Yuqoridagi barcha  omillar  ushbu  omil    hisoblashlari shart . 

Hozirgi ekologik  sharoit  shuni  taqozo  etadi. Shu  tufayli ayrim sanoat  

korxonalarning  faoliyati to’xtatilgan. Suv ko’p talab qiladigan hamda  kimyo , 

yog’och- sellyuloza , go’sh va boshqa tarmoqlar  IES ekologik jihatdan  noqulay. 

Esse hajmi taklif  qilgan mavzudagi 1000 so’zdan  5000 so’zgacha do’lgan asardir. 

Esse bu muallifning alohida individual pozisiyasiga ega erkin shakldagi  

bayoni bo’lib , qanday buyum yoki qandaydir sabab bo’yicha umumiy yoki oldindan 

bildirilgan fikr – mulohazadan iborat bo’ladi. 

Dalillangan esse bu qo’yilgan savolga  dalillanga javob mavjud bo’lgan yozma ishdir. 

Muallif muayyan pozisiyaga ega va uni himoy qiladi, o’z pozisiyasini quvvatlash  

uchun bir qator dalillarni taqdim etadi. Maqsad –muallifni o’zi qo’llaydigan nuqtai – 

nazarga boshqalarni ham ishontirishni  hohlaydi. 

Xozirgi   vaqtda  tirik  organizimlar -   o’simlik,  xayvonat    dunyosi  va    odamning   

atrof   muxit  bilan   munosabatlari   fan   va  tehnika    taraqqiyotining  jadallashuvi    

tufayli   brogan   sari  keng  miqyosda  sodiq  bo’lib,   avvalgi   tabiiy  barqaror    

muvozanat      ayrim    joylarda    buzulish      arafasida,        bazi    o’lkalarda      esa      u      

butunlay  buzulib,   xavfli,   xatto  harakatli   ekalogik   vaziyat   tarkib  topmoqda.    

Binobarin,    inson  tabiatga,    o’z  navbatida   tabiat   insonga   aks  tasir   

qilmoqdaki,  buning  oqibatida   murakkab,    ko’p    qirrali   va   turli   hususiyatli    

muammolar   yuzaga   kelib,    o’zaro  tasir   kuchaygan   sari   ular   tezlik  bilan   

shakillanib   bormoqda. 

     O’zaro  tasir   kelib  chiqishi  jixatida   aslida   ekologik   muammo  hisoblanadi,   

lekin   u  ma’lum   makonda   (tabiiy   koplekslarda ),   turli  miqyosda   va    tabiiy   

hamda  ijtimoiy    tashqi    geografik   qonuniyatlar asosida    ro’y   bergani   sababli   

geografik   muamo  ham  hissoblanadi. 

Boshqacha        aytganda,           ekologik        muammo      ma’lum      geografik    hududda        

tarkib  topib,   shakillanib   rivojlanish    bosqichlarini  bosi  o’tadi.     Shu jihatda     

qaraganda          ekalogik      muamoni      qisqacha    qilib      <>        

deb  qarash  mumkin.     Geoekologik -  ekologiyaning    yuqori     bosqichdagi     

ekosistemalarni   (geosistemalarni).     Shu  jumladan    biosferani     ham    tadqiq   

etuvchi        bo’limi,           geoekologiya        landshaft      ekalogiyasi,        biogeseanologiya        

deb  yuritiladi.    Geoekologiyani    haqiqiy   tabiiy,   ijtimoiy   iqtisodiiy   geografik  

va   ekologik   muammo  deb   tushunmoq     kerak,   chunki  hozirgi   vaqtda    

geografiya      fani      ekologiyalaShib,          ekologiya          fani      esa        o’z        navbatida      

gegrafiyalashib,   bir –biriga    yaqinlashib   bormoqda.     

           Geoekologik       muammolar         tabiiy      geografiya         (uning      <

bilimi      sohasi)  ni      o’ganadigan         yerning      qobiqlari,         yani         atmosfera,        

gidrosfera,    litosfera    va   biosferaning   o’zaro    munosabatlari    (ya’ni   o’zaro    


 

47 


bog’liqlik   hamjihatlik,  bir   birini   taqozo   qilish   va  b.)   qonuniyatlari    asosida   

tadqiq    qilinadi.         Geoekologik         tadqiqotlar       ya’ni    tabiiy       majmualarni      

o’zgaruvchanligi,    barqarorligi,    tadrijiy     o’zgarishlari,     rivojlanish    bosqichlari   

haqidagi      omillarga      ham      tayanadi.        Chunki    tabiat      komponentlari      va      

majmualarning    inson  tasirida    o’zgarishlari   tabiat    taraqqiyotining    yuqorida    

qayd      qilingan      qonuniyatlari        va      xususiyatlar      (hislatlar)ning        buzulishi      

natijasida   yuz   beradi.   Binobarin,   geoekologik    muammoni   qaysi   hududda   

va  qanday   sharoitda    tarkib  topmsin  uning   hususiyatlari       tabiiy    geografik    

qonuniyatlar     asosida   shakinlanib     boradi.   Geoekologik   muammoni    ilmiy    

o’rganish        ekalogiya      va      geografiya         fanlari          tadqiqot      usullari             va          

tamoilarini      birga     qo’lagan    holda     amalga     oshirishi      zarur.    

         Geoekologik  muomoni    ekotizim   va  biosenoz   doirasida   o’rganish    ham    

mumkin.Lekin        bu      holda      tadqiqot      qilayotgan        muamoning          xududiy      

chegaralari      geneti   geotizim   chegaralariga     har     doim   ham    mos   tushunch    

bermaydi.          Inson      tabiat        boyliklaridan          foydalanganda          uning      ijtimoiy          

faoliyat     ma’lum     geografik    hudud   (geosistema)  da     sodir    bo’ladiki,     bu   

hudud    (aytaylik ,   landshaftning   u   yoki    bu    morfologik     birligi)       hamma   

jihatdan    ham    tabiiy   geneti   chegaralarga    ega    bo’ladi.    Binobarin,        shu   

joyining    tabiiy  boyliklari      xalq   ho’jaligiga    lalb   qilinganligi    tufayli   avvalo   

tabiiy          sharoit          o’zgara      boshlaydi  ,          uning          asosiy          harakatlantiruvchi        

omillar    tadrijiy                   o’zgarishda           bo’ladi,           geotizimlarning        ma’lum        

yo’nalishidagi  o’zgarishlari          tarkib    topadi.   Lekin     geotizimlar    holatining     

inson      faoliyati              tasirida        o’zgarishi        har        doim        ham          ko’zlangan        

maqsadga        olib      kela      vermaydi.            Insonning            tabiatga        bo’lgan      ta’siri        

miqyosi        ma’lum        meyorgacha      bo’lishi      kerak,        tasir      muayan        meyordan        

oshib   ketishi   bilan     ekologik   muvozanat      buzuldi.          Buning  oqibatida    

tabiatning     aks    tasirida    unga    bo’lgan   tasir   jihatdan     bir   necha  barobar     

oshib   ketishi   mumkin.    Bunga    orol   bo’yida     sodir   bo’layotgan     ekologik   

va   ijtimoiy-iqtisodiy    oqibatlarni     misol   qilib    keltirish     mumkin.  Aslini     

olganda     Orol   dengizi     va  Orol     bo’yi    xududini    ma’lum   miqyosdagi     

qo’shaloq,    bir   biri    bilan   bog’liq   ikki           geotizim   deb    qaralsa,    inson   

bilan        tabiat        o’rtasidagi          o’aro      munosabat        va      tasirini        to’lig’I      bilan          

Makrogeoekologik    muamo   deb     qarash    maqsadga    muvofiq   bo’ladi.     

 Geoekologik      muammo   qotib    qolgan  ozgarmas  xolat      bo’lmay,      balki   

muntazam     ravishda     tadrijiy    o’zgaruvchi      va   rivojlanuvchi,      ko’p 

  

tizimli,         ko’p   sonli   oddiy    muamolarning   majmuasidir.      OROL  bo’yida     



geoekologik          muamolarning          majmuasidir.          Orol        bo’yida          geoekologik        

muamo       60    yillarning     boshidan     vujudga    kelsa    boshlagan    bo’lsa,     70   

yillarning     o’rtalarida     (1974    yilda   Taxiatosh   gidroulezi   qurulib   ishga   

tuShurilishi    va    buning    natijasida     Amudaryo    deltasida    daryo   suvining    

tabiiy        holda        toshishiga          chek        qo’yilishi            tufayli  )                shakillanish        

bosqichiga      o’tadi.      Agar          bu      bosqichda          grunt          suvlari      sathining      

ko’tariliShi   bilan     bug’laniSh   kuchayib,    tuproqda   tuz   toplaniShi     hodisasi    

hamda     gurunt   suvlarining     menerallashish   darajasi    ortgani     kuzatilgan     

bo’lsa,         1978-yildan        etiboran         yangi      bosqich  ,      ya’ni                         elyuvial              


 

48 


tekisliklarda    zol     (shamol    tasirida     ro’y   beradigan   )    xodisalari zamini    

shamol   bo’lishi      hamda      mayda     tuproq,    tuz ,  qum,   qumoqlari     bir    

joydan           o’chirib  ,         boshqa           joylarda         to’planishi             jarayonlari,          

o’simliklarning       esa    gidrofitlardan     (suv    o’simliklaridan  )      psammofitga    

(qumda    o’suvchi    o’simlik  )    tomon   o’zgarishlari      boshlandi .  Binobarin,         

intrazanal     xususiyatli     tabiiy   majmualar    tadrijiy    o’zgarish   va   rivojlanish   

borasida    zonal   xislatlariga     ega   bo’lib    bormoqda.   Bunday    o’zgarishning      

xaqqoniyligini           tarkib      topayotgan         tuproq      turlari        va         kichik      turlari          

tasdiqlamoqda.    Qayirlarning    alyuvial      o’tloq   tuproqlari      o’tloq    va   botqoq   

o’tloq,         sho’rhoklar       va         taqirli         -qum,       cho’l             tuproqlari,           taqirlar                          

yo’nalishida     o’zgarib    bormoqda.   

           Geoekologik      vaziyatni      tezlatuvchi ,      tadrijiy      o’zgartiruvchi   kuch       

qurg’oqchil     iqlim    sharoitida    asosan    yo’nalish   xodisasidir.         Geoekologik        

muammo     tabiiy      jihatlardan     tashqari   ijtimoiy        tashqi    jihatni       o’z   

ichiga     oladi.       

         Geoekologik     muamolarning     qanday    ko’lamda     vujudga    kelishi       



hamda    shakillanishiga       ularga    ta’sir   etuvchi   asosiy   ichki   va     tashqi      

muhim     omillar     majmuasi,    geoekologik     tadrijiy      o’zgaruvchanligi,    

murakkabligi     darajasi     tabiat     xususiyatlarining    o’zaro     bog’liqligini    

barqarorligi   va   boshqalar      ta’sir   etadi.

[13]


     

        Orol    va  Orol    bo’yi     muammosi    nihoyatda murakkab , ko’p qirrali , keng   

qamrovli  geokologik  muammolarga  yaqqol   misol  bo’ladi.  Unga  ta’sir  etuvchi    

tashqi    asosiy omil minerallashuv darajasi yuqori bo’lgan va turli kimyo  moddalar 

bilan  to’yingan      daryolar      suvining        iste’mol  qilinishi  hamda         sug’ariladigan        

dehqonchilikda    ishlatilishidir. 

                Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:   

1.  Xozirgi «geoekologiya» tushunchasi, uning dastlabki talqinidan qanday farq 

qiladi? 

2.  Geoekologiya nima? 

3.  Geoekologik xavfsizlik nuqtai nazaridan sanoat tarmoqlarini tahlil qiling/?. 

4.  Respublikamizning qaysi hududiy majmualarida ekologik vaziyat salbiylashgan? 

5.  Ekologik madaniyat, ekologik fikrlash va ekologik tarbiya nima? 

                       Tavsiya etilgan adabiyotlar 

 

1.Чистобаев А.И., Шарыгин М.Д. Экономическая и социальная география.  Л., 



1990   

2.Максаковский В.П. Историческая география мира. -М., 1999. 

3.Саушкин Ю.Г. Изобранные труды. – Смоленск, 2001. 

4.“Географиянинг  асосий  муаммолари” ўқув  курси  бўйича  тайёрланган  ўқув 

услубий мажмуа. 

5.Солиев  А., Махамадалиев  Р. Иқтисодий  ва  социал  географиянинг  асосий 

муаммолари. Ўқув қўлланма. -Т., 2002. 

6. Goudie A.  P’hysische Geograhfie. –Munxen: «Westerman», 1997 

7.Kulke E.Wirtschafts-geograhfie.Munxen-Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004. 

8.Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001. 

9.  Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000.  


 

49 


  

__________________________________  



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling